Kirish asosiy qism I. Bob. Gepatit s kasalligining ichki ko’rinishi
Download 1.93 Mb.
|
GASTRIT, GEPATIT S KASALLIKLARINING ICHKI KO’RINISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot metodi.
- Ishning tuzilishi.
- I.BOB. GEPATIT S KASALLIGINING ICHKI KO’RINISHI. 1.1. Gepatit S nimasi bilan tahlikali va uni qanday tanib olish mumkin
- Gepatit S va uning xavfi nima
Tadqiqot ob’yekti. Shuningdek, turmush tarzini o‘zgartirish, ish va dam olishni normallashtirish, kontrastli dushlar qabul qilish, ochiq havoda sayr, jismoniy faollikni kuchaytirish tavsiya etiladi.
To‘g‘ri oziqlanishga e’tibor berish lozim. Kuniga kamida 1,5 litr toza suv ichish, yog‘siz go‘sht va baliq mahsulotlarini iste’mol qilish, sho‘r oziq-ovqatlarni kamaytirish, vitamin va antioksidantlarga boy mevalarni, ayniqsa, sitrus mevalarni ko‘proq tanovul qilish tavsiya etiladi. Tadqiqot metodi. Metodi, yilda bir yoki ikki marta sanatoriy va kurortlarda dam olish, ayniqsa, umurtqa kasalliklarini davolash mehnat qobiliyatini yaxshilashga yordam beradi. Orqa miyada avtonom asab tizimi markazlari osteoxondroz, disk churrasi, skolioz, spandilez mavjud, bu kasallikni kuchaytiradi. Samarali davolanishga va kasallikning kelib chiqish sabablarini bartaraf etishga psixoterapevt kurslari yaxshi yordam beradi. Ishning tuzilishi. Ishning tuzilishi, aksariyat bemorlarda chuqur xo‘rsinishlar paydo bo‘ladi. Odamlar gavjum va havosi dimiqqan joylar yomon ta’sir qiladi, sovuqqa chidamsizlik paydo bo‘ladi. Tunda ikkala oyoq bezovta bo‘lib, uxlamay chiqish ham mumkin. Tong yorishi bilan oyoqlardagi bezovtalik o‘tib ketadi. Bunday bemorlar ertalab uyg‘onganda yuz-ko‘zlari biroz shishgan va ko‘z tagi salqigan bo‘ladi. Bu kasallikda bemorning kayfiyati tez-tez buzilib turadi va arzimagan narsaga jahli chiqadi, hissiy portlashlar, atrofdagi voqealardan doimo norozilik kuzatiladi. Ba’zida depressiyaga tushib, hech kim bilan gaplashmay qo‘yish, hech narsadan qoniqmaslik paydo bo‘ladi. Аsossiz qo‘rquv va xavotir, aqliy va jismoniy ishlarga xohish yo‘qligi, parishonxotirlik va xotiraning pand berib yurishi vegetativ distoniyaning doimiy hamrohidir. I.BOB. GEPATIT S KASALLIGINING ICHKI KO’RINISHI. 1.1. Gepatit S nimasi bilan tahlikali va uni qanday tanib olish mumkin Ushbu o‘lim darajadasidagi xavfli infeksiyadan 90 foizgacha bemorlar qutula olishadi. Asosiysi — davolanishni boshlashga kech qolmaslik. Gepatit S — eng ayyor kasalliklardan biridir. Uni bekorga «muloyim qotil» deb atashmaydi: ko‘pincha u yillab, hattoki o‘n yillab o‘zini sezdirmaydi. O‘zini tanitishni boshlaganda esa juda kech bo‘ladi. Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, gepatitning S turi bilan yer yuzining 70 milliondan ortiq kishisi aziyat chekadi. Ushbu infeksiya va u bilan bog‘liq asoratlar natijasida yiliga 400 mingga yaqin inson vafot etadi. Gepatit S va uning xavfi nima?Jigarning gepatoinfeksiyalardan biri bo‘lgan S guruhi virusi bilan yallig‘lanishiga Gepatit S kasalligi deb aytiladi. Boshqa guruhdagi viruslar ham mavjud, biroq ular sezdirmasdan zararlamaydi. Aksariyat hollarda S-virus qon orqali yuqadi. Bundan tashqari, zararlanish kundalik hayot tarzida ham sodir bo‘lishi mumkin. Masalan, manikyur jarayonida sizdan oldingi mijoz uchun ishlatilgan asboblarni yetarlicha sterillamaslik noxush holatni kelib chiqishiga sabab bo‘lishi ehtimoli yuqori. So‘ngra, inson o‘zida hech qanday g‘ayritabiiy alomatlarni sezmaydi. Virus jigarni deyarli sezdirmagan holatda qamrab oladi. Aynan shu sababli gepatit S’ning surunkali turi bilan og‘ruvchi bemorlarning 50 foizi kasallik haqida hattoki o‘ylab ham ko‘rmagan bo‘lishadi. Bu orada u rivojlanib boradi. Gepatit S jigar raki rivojlanishining asosiy sababidir. Amerikaning kasallikni nazorat qilish va oldini olish Markazi ma'lum qilishicha, gepatit S bilan xastalangan odamlarda: jigar faoliyatining surunkali buzilishlari rivojlanadi, xavf - 60-70 foiz; jigar sirrozi yuzaga keladi (odatda bu zararlanishdan 20-30 yil o‘tib ro‘y beradi), xavf - 10-20 foiz; jigar yetishmovchiligi kuchayadi, xavf - 3-6 foiz; jigar raki aniqlanadi, xavf - 1-5 foiz. Ijobiy holatlar ham mavjud: taxminan 15-25 foiz bemorlar o‘z-o‘zidan davoga erishadi. Ba'zida u bilan kasallanganini bilmagan holda ham virusdan qutulib ketish hollari uchraydi. Shifokorlar buni to‘satdan virusdan tozalanish deb atashadi va uning sababi aniqlanmagan. Biroq siz qaysi guruhga kirasiz — o‘zini o‘zi davolaganlarmi, sirrozga yo‘liqqanlarmi yoki undan ham yomonroq — buni oldindan aytish mushkul. Yaxshisi, tavakkalchilik qilmagan ma'qul. Virusli gepatit - oʻtkir yuqumli kasallik; jigar hujayralarining zararlanishi, umumiy intoksikatsiya belgilari, teri va shilliq qavatlarning sargʻayishi, peshobning toʻq sariq yoki "pivo"ga oʻxshash, najasning oqimtir tusga (gilvata rangiga) kirishi, jigar, baʼzan taloqning ham kattalashishi bilan ifodalanadi. V. g . deganda bir-biriga oʻxshash olti xil gepatit tushuniladi, bular A, V, S, D, Ye, G viruslari qoʻzgʻatadigan kasalliklardir. Ular yuqishiga qarab ogʻiz orqali (A, Ye) va parenteral yoʻl bilan yuqadigan (B, S, D, G) xillarga ajratiladi. A va Ye virusli gepatitlarda viruslar bemorning axlati orqali tashqariga chiqadi. Shuning uchun axlat, suv, oziq-ovqat mahsulotlari, bemor foydalangan buyum va narsalardan ifloslanish juda xavfli hisoblanadi. Parenteral yoʻl bilan yuqadigan V. g .lar shprits, igna va b. tibbiy asboblarni yetarli zararsizlantirmaslik oqibatida, shuningdek qon va qon preparatlari quyish hamda turli tibbiy muolajalar (ginekologik, stomatologik va b.) vaqtida yuqishi mumkin. V. g .lar davriy kechishi bilan harakterlanadi, uning yashirin, boshlangʻich, avj olgan, orqaga qaytish va sogʻayish davrlari ajratiladi. Kasallikning yashirin davri uning turiga qarab har xil: A va Ye virusli gepatitlarda 7 kundan 60 kungacha, parenteral yoʻl bilan yuqadigan xillarida 2 haftadan 6 oygacha, baʼzan 1 yilgacha davom etishi mumkin. V. g .lar yengil, oʻrta va ogʻir, shuningdek asoratsiz va asoratli, oʻtkir, surunkali hamda vaqt-vaqti bilan qaytalanib turadigan shakllarda kechadi; baʼzan aralash xillari ham kuzatiladi. Homilador ayollar va bolalarda kasallik ogʻirroq kechadi. V. g .larning shakli-shamoyili turlicha: grippga oʻxshash, dispeptik, astenovegetativ, artralgik alomatlar, aralash sindromlar bilan hamda latent (klinik belgisiz). Kasallik grippga oʻxshab boshlanganda bemor toʻsatdan qaltiraydi, eti uvishadi. boshi ogʻriydi, harorati koʻtariladi, aʼzoyi badani qaqshaydi, yoʻtaladi va h.k. Dispeptik alomatlar bilan boshlanganida bemor koʻngli aynib qusadi, meʼda sohasida bir oz ogʻriq boʻladi, baʼzan ichi ketadi; uning madori qurib, ishtahasi pasayadi, oʻng qovurgʻasi ostida ogʻriq paydo boʻladi. Astenovegegativ alomatlar bilan boshlanganda bemorning boshi aylanadi, ogʻriydi, koʻp terlaydi, oʻta injiq, yigʻloqi boʻlib qoladi. V.glarning boshlangʻich davri qanday sindrom bilan kechishidan qatʼi nazar, shu kasallikka xos 3 belgi kuzatiladi: 1) siydikning pivo rangida boʻlishi; 2) axlat rangining oqarishi; 3) koʻpchilik (deyarli 90%) hollarda jigarning kattalashishi. Kasallikning "sariqlik davri" ham oʻziga xos tarzda kechadi. Koʻz oqi sargʻayishi bilan V. g .ning avj olgan davri boshlanadi; A shaklida bemor sargʻayishi bilan uning ahvoli ancha yengillashib tuzalinqiraydi. Parenteral yoʻl bilan yuqadigan V. g .larda, ogʻiz orqali yuqadiganlariga nisbatan sariqlik davri uzoqroq choʻziladi, bemor tezda tuzalavermaydi, darmoni quriydi, koʻngli ayniydi, baʼzi hollarda badani qichiydi (xolestatik xili). V. g .larning xiliga qarab uning klinik alomatlari turlicha namoyon boʻlishi mumkin: sariqsiz oʻtadigan shaklida pigment almashinuvi buzilmaganligi sababli bemor sargʻaymaydi, siydigi va axlatining rangi oʻzgarmaydi, qonda bilirubin miqdori meʼyorida boʻladi. Bilinar-bilinmas belgilar bilan oʻtadigan shaklida bemorning koʻzi qisqa muddat sal sargʻayadi, bilirubin miqsori ham tezda oʻz asliga keladi. Subklinik shaklida klinik belgilar deyarli kuzatilmaydi, uni faqat lab. tekshiruvlaridan bilish mumkin. V. g .ning virus tashib yuruvchilik shakli ancha murakkab, u yashirin holda kechib, bora-bora surunkali tus oladi. Kasallikning surunkali xili ancha ogir asoratlarga (oʻtkir jigar ensefalopatiyasi, gemorragik, shish-assitik sindrom va b.) sabab boʻlishi mumkin. V. g . tashhisi (diagnozi) asosan bemordan olingan maʼlumotlar, kasallikka xos alomatlar, qon tahlili va b. asosida qoʻyiladi. V. g .ning boshlangʻich davri dispeptik, kataral va soxta revmatoid sindromlarda kuzatiladigan belgilarga oʻxshab ketganligi bois, uni ana shu kasalliklardan farqlay bilish lozim. V. g .larning oldini olishda shaxsiy gigiyena qoidalariga bekamu koʻst amal qilish, kasallikni oʻz vaqtida aniqlab, bemorni kasalxonaga yotqizish va u bilan yaqin boʻlganlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish hamda u tutgan idish-tovoq va buyumlarni dezinfeksiya qilish muhim. Kasalxonadan chiqqan bemorlar maʼlum muddat dispanser nazoratida boʻlishlari lozim. Kasallikning oldini olish maqsadida A va V gepatitlarga qarshi vaksinatsiya qilinadi (emlanadi). U yangi tugʻilgan chaqaloqlarga, 2-marta esa 1 oyligida teri ostiga yuboriladi. Revaksinatsiya bola 6 oyligida oʻtkaziladi. Emlash natijasida 95% bolalarda kasallikka qarshi immunitet paydo boʻladi; epidemiologik jarayonlarga qarab kattalarga ham vaksina yuboriladi, u birinchi bor qilingandan keyin oradan 1 oy va 6 oy oʻtgach qayta emlanadi. Emlash natijasida immunitet paydo boʻlib, u 15— 20-yilgacha saqlanadi va kasallik tar-qalishining oldini oladi, virus tashuvchilik himoyalanadi. Profilaktika maqsadida bolalarga gammaglobulin (normal immunoglobulin) dan ukol qilinadi. Davolash asosan bemorning umumiy ahvoli va kasallikning klinik belgilariga qarab olib boriladi; yengilroq xilida deyarli dori-darmonlar berilmaydi, kun tartibi va parhezga (qarang Parhez bilan davolash) rioya qilish tavsiya etiladi. Kasallikning boshqa shakllarida ham parhez va kun tartibiga amal qilishdan tashqari, glyukoza, vitaminlar, tuzli eritmalar, qon hamda plazma va qon oʻrnini bosuvchi suyuqliklar, zarur hollarda gormonlar, antibiotiklar va h. k. buyuriladi. Bemorga vitaminlar, uglevodlar, oqsilga boy ovqatlar, shuningdek turli meva sharbatlari beriladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, Yer yuzida gepatit B va C bilan zararlangan insonlar soni 325 millionni tashkil qiladi, ushbu kasallik sabab yiliga 1,5 million inson hayotdan ko‘z yumadi. “Domashniy ochag” jurnali gepatitning eng ko‘p tarqalgan turlari qaysilar va yuqtirib olmaslik uchun qanday ma’lumotlarga ega bo‘lish kerakligiga to‘xtalib o‘tadi. Xalq tilida “sariq kasal” deb nomlangan gepatit virusli kasallik hisoblanadi. Unda jigar hujayralari zararlanishi kuzatilib, jigar faoliyati buzilishi oqibatida organizmda intoksikatsiya — zaharlanish yuz beradi. Gepatitning o‘tkir va surunkali turlari bor. O‘tkir gepatit bilan kasallangan odam jigar qayta tiklanishiga imkon berish uchun bir yilgacha qat’iy parhez tutishi, spirtli ichimliklardan voz kechishi kerak. Surunkali gepatit o‘limga olib keluvchi jigar sirrozi va saratoni kabi asoratlarga sabab bo‘lishi mumkin. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling