Kirish Asosiy tushuncha va atamalar
Ishlab chiqarish jarayonini umumiy holda quyidagicha ko‘rinishda ifodalash mumkin
Download 0.98 Mb.
|
1-Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnologik jarayon tarkibi.
Ishlab chiqarish jarayonini umumiy holda quyidagicha ko‘rinishda ifodalash mumkin:
Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar.Ishlab chiqarish jarayoni xom ashyodan yoki chala ma’sulotdan tayyor ma’sulot olish uchun bajariladigan barcha jarayonlar (ishlar) yiindisidan iborat. Ishlab chiqarish jarayoniga faqatgina asosiy jarayonlar: mashina detallariga mexanik ishlov berish ularni yiish kirmasdan, balki yordamchi turdagi jarayonlar detallarni tashish, nazorat qilish, kesuvchi asboblar va moslamalarni tayyorlash kabi jarayonlar ham kiradi. Texnologik jarayon material yoki xomashyodan tayyor ma’sulot olish maqsadida ularning shaklini, o’lchamlarini va xususiyatlarini belgilangan texnik talablar asosida ketma-ket o’zgartirishdan iborat. Mexanik ishlov berish texnologik jarayoni ishlab chiqarish jarayonining bir qismidir. Ishlab chiqarish jarayoni quyidagi davrlardan iborat bo’ladi: xomashyo tayyorlash – quyish, bolalash, shtamplash yoki prokatdan tayyorlanadigan materiallarga birlamchi ishlov berish; mashina detallarini yakuniy shakl va o’lchamlarga keltirish uchun metall kesish dastgo’larida ishlov berish; quyma birikmalar, agregatlar yoki mexanizmlarni hosil qilish; mashina yoki ma’sulotni yakuniy yig’ish; mashina yoki ma’sulotni sozlash va sinash; mashina yoki ma’sulotni bo’yash va ularni konservatsiya qilish. Ishlab chiqarishda bajariladigan texnologik jarayonlarning barcha amallarida texnik nazorat o’tkaziladi. Texnik nazorat o’tkazishdan maqsad ma’sulotni talab qilingan texnik shartlarga javob bera olishini tekshirishdan iborat. Mexanik ishlov berish texnologik jarayoni kam material va me’nat resurslarini sarflagan holda talab etilgan texnik shartlar asosida tayyor mahsulot yaratishga qaratilgan bo’lishi kerak. Texnologik jarayonlar GOST 1.109-73 asosida loyihali, ishchi, donaviy, namunaviy, standart, vaqtli, taraqqiy xarakterdagi (kelgusida qo’llaniluvchi), marshrutli, amal uchun va marshrutli-amalli bo’lishi mumkin. Texnologik jarayon tarkibi.Texnologik jarayonini maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirish uchun tayyorlanayotgan detalning qaysi yuzalariga va qanday ketma-ketlikda ishlov berishni ifodalovchi reja tuziladi.Ushbu rejada detal yuzlariga ishlov berish usullari keltiriladi. SHu maqsadlarda mexanik ishlov berish texnologik jarayoni alo’ida qismlarga bo’linadi, bu qismlarning yiindisi uning tarkibini tashkil etadi. Texnologik jarayon quyidagi tarkibiy qismlarga bo’linadi: texnologik amal; xolat; o’tish; yurish; xarakatlar yiindisi. Texnologik amal texnologik jarayonning bir qismi bo’lib, bir ish o’rnida (bir yoki bir necha ishchi tomonidan) ketma-ket bajariladigan ishlar yiindisidan iborat. O`rnatish amalning bir qismi bo’lib detalning (dastgoh turiga qarab bir necha detalning) bir marta mahkamlaganda bajariladigan ishlar yiindisidan iborat. Dastgohga o’rnatilgan yoki mahkamlangan xomashyo uning ishchi organalariga nisbatan stolini aylanishi yoki siljishi natijasida yangi holatni egallash mumkin. Holat detalning bir marta mahkamlagan holatida dastgohning ishchi organlariga nisbatan egallagan holati. Holatni o’zgarishi dastgoh stolining aylanishi yoki siljishi natijasida bo’ladi. Masaslan: ko’p shpindelli ko’p holatli dastgohlarda. Amal texnologik va yordamchi o’tishlarga bo’linadi. Texnologik o’tish texnologik amalni tugallangan qismi bo’lib detalning ishlov berilayotgan yuzasini, kesuvchi asbobning va kesish momonlarining doimiyligi bilan xarakterlanadi. Yordamchi o’tish texnologik amalning tugallangan qismi bo’lib ishchining va (yoki) dastgo’ning xarakatlari yiindisidan iborat. Yordamchi o’tish natijasida detalningng shakli, o’lchamlari va xususiyatlari o’zgarmaydi. O’tish o’z navbatida ishchi va yordamchi yurishlardan iborat bo’ladi. Ishchi yurish texnologik o’tishning tugallangan qismi bo’lib kesuvchi asbobni, ishlov berilayotgan yuzani doimiy saqlagan holda detaldan ma’lum qatlamni kesib olish bilan bog’liq bo’ladi Yordamchi yurish texnologik o’tishning tugallangan qismi bo’lib kesuvchi asbobni ishlov berilayotgan detalga nisbatan metalni kesib olmagan holda bir marta siljishidan iborat. Bu o’tish kesish jarayonini takroran amalga oshirish uchun kesuvchi asbobni kerakli holga qaytarish uchun zarur bo’ladi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling