Kirish bob Maktab va futbol


Download 193.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/13
Sana21.11.2023
Hajmi193.98 Kb.
#1790725
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Forrest Gump o\'zbek tiliga tarjimasi. By Mushtariy

12-bob. Kichkina Forrest 
Sue va men Savvanahga kelib avtobusdan tushdik va avtobus stantsiyasi 
tashqarisidagi tamaddixonadan kofe olib ichdim. Endi nima qilaman? Bilmasdim. 
Kofe ichib bo’lganimdan keyin kofe idishimni qoyib cho’ntagimdan garmonikani 
olib kuylay boshladim. Ikkita qo’shiq kuyladim- bir odam bo’sh kofe qutisiga pul 
tashlab ketdi! So’ng ikkitadan ko’proq qo’shiq kuyladim, deyarli bir pasda kofe 
idishi yarim to’lgan edi.
Keying hafta oxirigacha kuniga o’n dollardan oladigan bo’ldik. Keyin, parkda 
kuylay boshhladim. Bir kuni parkda kuylayotganimda bir yosh bola meni 
ehtiyotkorlik bilan kuzatayotganini sezib qoldim. So’ng unga qaradim uning oldida 
bir ayol turgandi, u Jenny Kurran edi!
Uning sochlari boshqacha, biroz qarigan va charchagan ko’rinar musiqani 
kuylab bo’ldi, lekin u Jennyning o’zginasi edi. Musiqani kuylab tugatganimdan 
so’ng yana qarasam, u kichkina bolakayni qo’lidan ushlab, yo’ldan o’tib meni 
oldimga kelayotgan edi.
U jilmayib: “Oh, Forrest garmonikani ovozini eshitib bu senligingni bilgandim, 
chunki hech kim uni sendek chala olmaydi.”
“Bu yerda nima qilyapsan?” deb so’radim undan. 
“Biz hozir shu yerda yashaymiz, Donaldning tijorati tufayli uch yil oldin shu 
yerga ko’chib kelgan edik.” 
Kuyni to’xtatganimdan so’ng odamlar keta boshladi. Kichik bolakay Sue bilan 
o’ynayotganda Jenny kelib meni yonimga o’tirdi.
“Nega gamonikangni parkda kuylab o’tiribsan?” deb so’radi Jenny.
“Oyim menga seni krevetka savdoying va qanchalik boyib ketganing haqida 
yozgandi” 
“Buning tarixi uzun, kichkina bolakay senikimi?” deb so’radim 


45 
“Ha,” deb javob berdi u. “Uni nima deb chaqirasan?”
“Uning ismi Forrest,” dedi sekin ovozda. So’ng davom ettirdi. “U sening 
o’g’ling, Forrest.” 
Hali ham Sue bilan o’ynab o’tirgan bolakayga qaradim va “Mening …….. 
o’g’lim?” dedim hayratda. 
“Men bola borligini Indianapolisga ketyotganimda bilgandim,” dedi Jenny
“ammo senga aytishni xohlamgandim. Negaligini bilmayman. Men havotir olardim, 
balki u – “ 
“Balki u ahmoq bo’lib tug’ilar deb,” meni uni to’xtatdim.
“Ha. Lekin Forrest, u ahmoq emas, u aqilli bola,” 
“U meni bolamligiga ishonching komilmi?” deb so’radim.
“Albatta, u futbolchi bo’lmoqchi.” dedi u. 
Bolaga qaradim va Jennyga: “Uni bir ikki daqiqaga ko’rsam bo’ladimi?” dedim 
“Albatta, dedi va o’g’lini chaqira boshladi, “Forrest, men senga boshqa 
Forrestni tanishtirmoqchiman. U meni eski do’stlarimdan biri.” 
Bolakay keldi va o’tirdi. “Sizning judayam quvnoq hayvoningiz bor ekan,” 
dedi u. 
“U maymuncha,” dedim. “Uning ismi Sue.” 
“U o’g’il bolaku, nega uni Sue deb chaqirasiz?” 
Anglab yetdimki, mening o’g’lim ovsar emas ekan. “Oying menga seni 
futbolchi bo’lmoqchiliging haqida aytdi.” 
“Ha, futbol haqida biron narsa bilasizmi?” deb so’radi. 
“Biroz, dadangdan so’ra u mendan ko’p biladi futbol haqida.” 
“U qo’llari bilan meni biroz quchdi va Sue bilan o’ynagani yugurib ketdi.” 


46 


47 
Jenny menga qaradi va “Forrest, qancha vaqt do’st edik? O’ttiz yil, ammo 
ba’zida buning barchasi yolg’ondek tuyiladi menga.” U menga yaqinroq keldi va 
bo’sa berdi. “Ahmoqlar,” dedi Jenny. “Kim ahmoq emas?” 
U o’rnidan turdi va kichkina Forrestni qo’lidan ushlab yurib ketdi. 
*** 
Shundan so’ng, biroz narsalar qildim. Avval janob Tribblega qo’ng’iroq qildim 
va krevetka savdosidan yig’ilgan pulni ozginasini oyimga va ozginasini Bubbaning 
dadasiga berishini aytdim. 
Qolgan yarmini esa Jenny va uning kichkina o’g’li Forrestga ajratishini aytdim.
O’sha tunda o’yga g’arq bo’ldim. “Balki Jenny bilan yana birga bo’lib to’g’ri 
qilarman, dedim o’zimga, uni yana topdim-ku” lekin qancha ko’p o’ylagan sarim 
tushunib yetardimki, Jenny va o’g’li uchun eng yaxshisi bu hozirgi turmush o’rtog’i 
bilan birga bo’lishidir, har qalay ahmoq ota emas. 
Ahmoq? Ha, men ahmoqman. Ammo har doim aqillilardek ish tutishga harakat 
qilaman.

Download 193.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling