Kirish bob Maktab va futbol


Download 193.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/13
Sana21.11.2023
Hajmi193.98 Kb.
#1790725
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Forrest Gump o\'zbek tiliga tarjimasi. By Mushtariy

1-bob. Maktab va futbol 
Men ovsar bo’lib tug’ilganman- ammo odamlar o’ylagandan ancha 
aqilliroqman. Men barcha narsani yaxshi o’ylay olaman, lekin ularni yozganimda 
yoki gapirganimda nimadir xatolikka yo’l qo’yaman. Tug’ilganimda ismimni onam 
Forrest deb qo’ygan. Tug’ilganimdan biroz keyin otam vafot etgan. U kemalarda 
ishlagan. Bir kuni bir qutti banan otamning boshiga ag’nab ketib uni o’ldirgan.
Shuning uchun bananlarni yomon ko’raman faqatgina bananli tortni yeyman. 
Avval boshda ulg’ayguncha, hamma bilan o’ynadim, keyin bolalar meni ura 
boshladi va onam meni ular bilan birga o’ynashimni xohlamadi. Men qizlar bilan 
o’ynashni boshladim, ammo ular ham mendan qocha boshladi. 
Atiga bir yil oddiy maktabga bora boshladim. Bollalarning hammasi meni 
ustimdan kulishdi va mendan qocha boshladi. Ammo bitta qiz, Jenny Kurran, 
mendan qochmadi, va u ba’zida men bilan uyga birga ketdi, u juda ajoyib qiz edi. 
Keyin meni boshqa turdagi maktabga qo’yishdi, u yerda g’ayritabiiy bolalar ko’p 
edi. Ularning ba’zilari birovning ko’magisiz ovqatlanisha olishmasdi va hojatxonga 
bora olmas edilar. Men u maktabda to’rt-besh yil qoldim. Lekin 13 yoshimda, 6 oy 
ichida oltita jaroxat oldim. Ular tuzalguncha 16 yoshga to’ldim va men maktabdagi 
boshqa bolalar kabi kattaroq, vazminroq bo’lgan edim.
Bir kuni uyga ketayotganimda yonimga mashina kelib to’xtadi. Haydovchi 
meni ismimni so’radi va unga men javob berdim. 
“Qaysi maktabga borasan?” so’radi u. Men unga ahmoqlar maktabini aytdim. 
“Umringda futbol o’ynab ko’rganmisan?” so’radi u.
“Yo’q,’’ dedim unga. “Boshqa odamlarni o’ynayotganini ko’rganman, lekin 
o’zim hech qachon o’ynamaganman, chunki mendan ular bilan o’ynashimni 
so’ramagan.” 
“Yaxshi” dedi u. 



Uch kundan keyin, o’sha odam kelib, meni maktabga mashinasi bilan olib 
keldi. Onam ham u yerda edi va ular partamdagi barcha narsalarni malla qog’oz 
sumkaga solishdi. Va ular o’qituvchim bilan hayrlashishim kerakligini aytishdi. 
Mashinadagi odam va onam meni yangi o’rta maktabga joylashtirishdi. U yerda oq 
sochli keksaroq odam mendan juda ko’p savollarni so’radi. Ular meni futbol 
o’ynashimni judayam xohlashyotganini bilib turardim. Mashinali odam u yerda 
futbol murabbiysi Fellers ekan. So’ng murabbiy Fellers futbol formasini kiyishimni 
so’radi, so’ng yana yechishimni so’radi, yigirma marta u menga kiyimlarni kiydirib 
yechtirdirdi toki ularni osongina kiyib yechmagunimga qadar. 
Men o’rta maktab jamoasi bilan futbol o’ynashni boshladim, murabbiy Fellers 
menga yordam berar edi. So’ng men maktab darslariga bordim. U yerda Henderson 
xonim menga o’qishni o’rgatdi, u judayam yaxshi inson edi. Eng ajoyibi, men 
maktab kafesida bir kishini uchratdim. U Jenny Kurran edi! U ancha ulg’aygan, 
ajoyib qora sochli, uzun bo’yli, go’zal yuzli qiz bo’lgan edi. Men uni yoniga borib 
o’tirdim va u meni esladi! To’satdan kafedagi bir bola meni ismimni aytib chaqira 
boshladi, va u menga qarab, “Qanchalik ahmoqsan?” dedi. So’ng u mening 
boshimga sut quyib yubordi, men o’rnimdan turib qochib ketdim. Oradan bir ikki 
kun o’tdi, tush payti darsdan qaytayotgan chog’imda kafeda menga sut sepgan bola 
va uning bir nechta do’stlari qarshimda paydo bo’ldi. Ular meni urib, tepa boshladi, 
men futbol maydoniga qarab qocha boshladim, ular esa meni izimdan quvlab yetisha 
olmay qolib ketdi. Tasodifan murabbiy Fellers meni kuzatib turganini sezdim. Uning 
ahvoli juda g’alati edi, u yonimga keldi va menga futbol formasini kiyib kelishimni 
aytdi, undan so’ng mening qo’limga to’p tutqazdi va u bilan birga yugurishimni 
tayinladi. To’p ortidan yugurayotgan chog’imda boshqa jamoadosharim meni 
izimdan quvlay boshladi, buni bilishim zahotiyoq, imkon qadar tezroq yugurishga 
harakat qilardim. Men shunchalar tez yugurdimki, menga yeta olmagan 
jamoadoshlarimni ko’rgan murabbiy Fellers hursandligidan kulib sakray boshladi. 
Shundan so’ng bizning birinchi o’yinimiz bo’ldi, vujudimni qo’rquv egallagnidan 
oyoq-qo’llarim qaltiray boshladi. Jamoadoshlarim menga to’pni uzatishdi, qo’rquv 



bilan futbol maydonida yugurardim, baxtga qarshi men ikki uch marta raqib 
darvozasiga to’p yo’lladim, shu musobaqamizdan so’ng esa barcha menga mehribon 
bo’la boshladi. 
Quvonchli kunlarning boshlanishi xosiyatsiz bo’ldi, yaxshi narsa sodir 
bo’lmadi. “Jenny Kurranni kinoga taklif qilmochiman,” dedim oyimga.
Oyim Jennyning oyisiga telefon qildi va vaziyatni tushuntirdi. Ertasi kuni 
Jenny bizning uyga yetib keldi. Jenny shunchalik go’zallashib ketgan ediki, tarifga 
so’z ojiz edi, egniga oppoq ko’ylak va sochida pushti gullardan yasalgan gulchanbar 
bor edi. Shu vaqtgacha ko’rgan dunyodagi eng go’zal qizim Jenny edi go’yo. U bilan 
birga kinoga bordik. Kino uyimizdan uncha uzoq emasdi. Jenny chiptalarni oldi va 
biz ichkariga kirib birga kino tomosha qilishni boshladik. Kino Bonnie va Clyde 
ismli erkak va ayol kishilar haqida edi, kinoda otishmali, odam o’ldiradigan joylari 
juda ko’p edi. Otishmali sahnalarni ko’rib baland ovozda kular edim, keyin hamma 
odam menga tikilib qarab turar edi, Jenny esa kinodan qo’rqqanidan o’rindiqdan 
sirpanib polga tushar edi. Ne ko’z bilan qarasam u polda yotar edi, uni tortib olish 
uchun qo’llarimni uning yelkasidan ushladim va torta boshladim, afsuski men 
qo’llarim bilan uni ko’ylagini yirtib yubordim va u yechilib ketdi Jenny esa qichqirib 
hayqira boshladi… 
Oyim politsiya stansiyasiga yetib keldi. U tinmay ko’z-yosh to’kayotgan edi, 
sezdim, yana muammolar girdobida qoldim…. Men muammolar girdobida edim 
ammo, quvonchli xabar ham eshitdim. Keyingi kun, universitetdan xat yetib keldi. 
Hushxabar. Agar men jamoa bilan o’yinda ishtirok etsam, u yerdagi yangi maktabda 
menga joy bor edi. Xabarni o’qigan politsiyachilar menga shahardan chiqib 
ketmaslik sharti bilan meni qo’yib yuborishdi. Keyingi kun oyim, menga kerakli 
anjomlarni sumkamga joyladi va meni avtobus bekatiga olib bordi. U yana 
yig’lashni boshladi, lekin avtobus yura boshladi, biz hayrlashdik va men ketdim. 







Download 193.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling