Kirish bob Maktab va futbol
Download 193.98 Kb. Pdf ko'rish
|
Forrest Gump o\'zbek tiliga tarjimasi. By Mushtariy
4-bob. Vetnam
Hamma va hatto murabbiy Fellers, Bryantdan baqirish eshitadigan ahmoqona maktabni tark etdim va armiyaga borib ham baqirish eshitdim. Lekin, yana shuni aytib o’tishim muhim: armiyada uchratgan odamlarim baqirganchalik hech kim balandroq va davomliroq baqira olmas edi. Benning qal’asi Georgiada edi. Taxminan yuz soatlardan so’ng, men va avtobusdagi boshqa ko’plab odamlar u yerga yetib bordik. Men yashashim kerak bo’lgan joy universitetdagi joydan yaxshiroq edi, ammo ovqatni unday deya olmayman. Ovqatlar judayam ayanchli ahvolda edi. So’ng oylar o’tdi, men qilishim kerak bo’lgan narsalar menga aytildi. Ular menga miltiqdan qanday o’q otishni, qo’lda granata uloqtirishni, qornim bilan yotib harakatlanishni o’rgatishdi. Bir kuni, oshpaz kasal bo’lib qoldi va menga kimdir aytdi: “Bugun sen oshpazlik qilasan.” “Nima, men oshpazlik qilaman?” dedim. “Qanday qilib pishiraman?” “Bu oson,” dedi bir kishi. “Shunchaki barcha mahsulotlarni qozonga solasan va pishirasan.” “Mazzasi yomon bo’lib qolsachi,” dedim. “Bu yerda hech narsa qilmaydi!” dedi u. U haq edi. Keyin ishni bir konserva pomidorni olishdan boshladim, biroz guruch, olma, kartoshka va topa olgan narsalarimni to’pladim. “Qanday qilib pishiraman?” deb so’radim odamlarning biridan. “Shkafda idishlar bor, “dedi u. Lekin idish judayam kichkina edi. “Biron narsa topishing kerak,” dedi yana boshqa bir odam. “Buchi?” deb so’radim. Biz o’tiradigan burchakda bu idishdan ancha kengrog’i bor edi. “Bu choy qaynatish uchun choynak. Sen unda hech narsa pishira olmaysan” 14 “Nega?” deb so’radim.” Bu issiq. Unda issiq suv bor. Odamlarni menga o’rgatishdan boshqa ishlari ham bor edi. “Qanday xohlasang shunday qil,” dedi ular. Men suv qaynatishda ishladiladigan choynakda ovqat pishira boshladim. Hamma narsani ichiga soldim, biron soatlardan keyin yaxshi hid tarala boshladi. Keyin hamma birma-bir kelib tushlikni olib kelishimni kuta boshladi. “Tushlikni tezroq olib kelsangchi, Gump! Biz ochmiz!“ baqirdi ular. To’satdan choynak qimirlab ovoz chiqara boshladi va u portlab ketdi! Ichidagi ovqat hammaga- menga, stol atrofida o’tirgan barchani ustiga sachrab ketdi. “Gump!” ular baqirdi. “Sen ahmoqsan!” lekin ular allaqachon buni sezgandi. *** Bir yildan so’ng, urushda jang qilish uchun Vetnamga bordik. Bir tunda bizni dush qabul qildirishga olib borishdi, “dush qabul qilduruvchilar” qo’lida uzun suv purkovchi asbob bilan turgandi. Ular shunchaki suv purkagich bilan turgan joyimizda bizga purkash boshladi va to’satdan qayerdandir g’alati shovqin keldi. Turgan joyimizda portlashlar boshlandi. Biz asbobdagi suvni o’zimizga purkab boshladik va kimdir baqira boshladi. Baqirayotgan kishi bizning odamlardan biri edi va u qonga burkangan edi. Biroz vaqtdan so’ng hamma joy jimib qoldi, bir necha daqiqalardan so’ng esa bizning yarmimiz chodirga qarab o’rmalab kirib ketdi. So’ngi besh kun ichida dushman bizni portlatishga urinishdi. Bu vaqtda biz shimoliy o’rmondagi boshqa kishilarga yordam berish uchun ko’chdik. Biz vertalyotlarda borayotgan bir vaqtda, yetib borgan joyimizdan tutun kela boshladi. Yerga qo’nishimizdan avval dushman bizga qarata o’t ocha boshladi va hattoki bizning boshqa bir vertalyotimizni portlatishdi ham. Juda qo’rqinchli edi! Odamlar olov ichida qolgan, bizning qo’limizdan esa hech narsa kelmas edi. Deyarli yarim tunga borganda o’rmonda qolgan boshqa askarlarimizni topdik. Ulardan birini kim deb o’ylaysiz? Albatta u Bubba edi! Otishmada Bubba menga oyog’i jarohatlangani 15 tufayli futbolda o’ynolmasligini, universitetni tark etganini aytdi. Agar oyog’ida jaroxati jiddiy bo’lganda, u yerda- armiyada bo’lmagan bo’lar edi. “Jenny Kurranga nima bo’ldi?’’ so’radim. “U maktabni bitirdi va urushga qarshi bo’lgan jamoasi bilan ketdi,” dedi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling