Kirish bob Maktab va futbol


-bob. Universitetdagi hayot


Download 193.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/13
Sana21.11.2023
Hajmi193.98 Kb.
#1790725
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Forrest Gump o\'zbek tiliga tarjimasi. By Mushtariy

2-bob. Universitetdagi hayot 
Universitetga borganimda, murabbiy Bryant biz bilan suhbatlashishga keldi. 
“Mashq qilish zaliga kelgan oxirgi odam meni oyoq kiyimlarini kiyib ketib qolgan!” 
deb baqirdi bizga. Bunaqa gapni undan eshitib, uni qanday odam ekanligini darrov 
angladik. Men yashash uchun borgan bino tashqi ko’rinishi ajoyib edi, ammo 
binoning ichki qismiga bu tarifni ishlatish qiyin edi. Ko’plab eshik-derazalari 
singan, pol esa judayam kir edi. Binoning bir xonasiga joylashdim, u yerda Kurtis 
ismli kishi bilan bitta xonada turdik. U xonaga bahaybat g’alati, yovvoyi ko’zli odam 
ko’rinishda kirib keldi. U ozg’inligiga qaramasdan, juda ham kuchli edi. 
“Qayerdansan?’’ deb so’radi mendan. 
“Mobile,” javob berdim. 
“Judayam ahmoqona shahar!’’dedi beparvogina. 
Bir necha kun ichida qilgan muloqotimiz shu gaplardan iborat edi xolos. 
Mashg’ulot maydonidan ishim aksi olib ketaverdi. To’pni oldim, ammo noto’g’ri 
yugurishni boshladim, hammani hafsalasi pir bo’lib, g’azab ustida menga qarab 
baqira boshladi. Shunda murabbiy Bryant meni chaqirdi. ‘’ To’pni chiziqdan ol va 
yugur!’’, dedi u menga. Va men unga nimadir demoqchi bo’ldim lekin u eshitishni 
xohlamadi. ‘’ O’rta maktabda menga hech qachon to’p tutishni o’rgatmagan,’’ 
dedim. ‘’Maqsad chizig’imiz qayerda ekanligini shunchaki esimdan chiqarib 
yuboryapman’’. U mendan mamnun bo’ldi deb ayta olmayman, ammo shu kundan 
boshlab u menga to’p tutishni o’rgata boshladi. 
Oyimni sog’indim, uyga borishni judayam xohladim. U joy menga umuman 
yoqmadi. Kurtis doim asabiy, afsuski uni tushuna olmayman. Uning mashinasi bor 
edi va ba’zida mashg’ulot maydoniga haydab borishmga berib turadi. Bir kuni 
mashinasini g’ildiragini almashtirishi kerakligida, unga yordam berdim. 
“Ovsar bo’lsang,” dedi u jaxl bilan, “qanday qilib bajarasan?” 
“Balki ovsardirman, lekin ahmoq emasman.” 



Kuris mendan uzoqroqqa qochib ketdi va har xil haqoratomuz so’zlar bilan 
meni haqoratlay boshladi. Shu voqeadan so’ng yotog’imni boshqa xonaga 
o’zgartirdim. 
*** 
Shanba kuni birinchi futbol musobaqamiz bo’ldi. O’yinda yaxshi yugurdim, 
35ga 3 hisobda raqib jamoani yutib chiqdik. Hamma mendan hursand edi. Keyin 
oyimga qo’ng’iroq qilib o’yinni aytdim. 
“O’yinni radio orqali eshitdim, o’g’lim!” dedi u yig’i aralash hursandchilik 
bilan. “Men judayam hursandman, jasoratingni eshitib ko’zimga yosh keldi!” 
O’sha kecha, hamma bazmga ketdi, ammo hech kim meni borishimni 
so’ramadi. Jimgina xonamga qaytdim, lekin to’satdan qaysidir zinadan musiqa ovozi 
eshitila boshladi. Musiqa ovozi bo’ylab boraverdim va bir yosh yigitni xonada 
garmonika chalib o’tirgan yosh ko’rdim. Uning ismi Bubba. U mashg’ulotda 
oyog’ini sindirib olgani uchun, musobaqada qatnasha olmagandi. Bir-birimizga bir 
soatlar gapirmadik, so’ng men asta so’radim, “Kuylashga urinib ko’rsam maylimi?”
“Hop’’, dedi va garmonikani menga berdi. Kuy chalishni boshladim. Bir necha 
daqiqalardan keyin, Bubba judayan hayratlana boshladi, “Yaxshi, qoyil, ajoyib!’’, 
va so’radi, “Garmonika bunchalik yaxshi chalishni qayerdan o’rganding?’’ 
“Hech qayerdan o’rganmadim, birinchi marta chalishim’’, dedim. U kech 
anglab yetdi, garmonikanio’zim bilan olib ketshimni aytdi va men uni olib ketib 
xonamda ancha vaqtgacha ijro etdim. 
Ertasi kuni garmonikani Bubbaga qaytarib olib keldim. 
“Uni o’zingda qoldirishing mumkin, menda yana boshqa bor.” 
Men judayam hursand bo’ldim, daraxt tagida o’tirib kun bo’yi garmonika 
chaldim. Vaqtga qarasam kech tush bo’lib qolgan, so’ng asta yurib uyga qaytayotgan 
edim, to’satdan baqirgan ovozni eshitdim. 



“Forrest!’’ o’girilib qaradim va Jennyni ko’rdim! Uning yuzida juda katta 
quvonch bor edi u meni yonimga yugurib keldi va qo’llarimni ushladi. 
“Forrest, seni kecha futbolda ko’rdim,’’ dedi u. “Sen juda ajoyib o’ynading!’’ 
Kinodagi ko’ngilxushlikdan u mendan hafa emas edi va meni birga suhbatlashishga 
taklif qildi. 
“Musiqa darslariga qatnayapman, qo’shiqchi bo’lmoqchiman’’, dedi. 
“Kichkinagina guruhda ijro etyapman, ertaga kechga “Talabalar markazi”da qo’shiq 
aytaman. Kelmaysanmi?’’ 
‘’Boraman’’…. 


10 

Download 193.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling