Kirish bob Maktab va futbol
-bob. Jennyni qayta uchratish
Download 193.98 Kb. Pdf ko'rish
|
Forrest Gump o\'zbek tiliga tarjimasi. By Mushtariy
7-bob. Jennyni qayta uchratish
Oradan ko’p o’tmay, armiyani erta tark etgach, ular menga uyga qaytib ketishim uchun poezga chipta puli berdi. Ammo o’sha vaqtlarda ham men Jenny haqida o’ylayotgan edim. Danang kasalxonasini tark etishimdan avval, undan xat olgandim. Hozir u “Broken eggs” nomli guruhda ijro etyotgani, Garvard universiteti yaqinidagi Hoddady Club nomli joyda har haftaning ikki tunida kuylashi haqida aytgandi. Endi armiyada hizmat qilmayman bo’shman, uni borib ko’rgim keldi. Mobilega chipta olishni o’rniga Bostonga sotib oldim. Poez stantsiyasidan to Hodday Club yaqinigacha piyoda borgim keldi, keyin yo’limni yo’qotib qo’yganim tufayli taksiga chiqdim. Tush vaqti edi, bar yaqinida turgan odamdan Jennyni so’radim, “Jenny soat o’nlarda shu yerda bo’ladi.” “Kutib tursam bo’ladimi?” deb so’radim. “Albatta” dedi u. O’sha yerda o’tirib uni taxminan besh yoki olti soatlar kutdim. Talabalar kelishni boshladi, ularning ko’pchiligi betamiz jinsi shimlar kiyib olgan edi. Erkaklar soqolli, ayollar esa uzun to’zg’igan sochda edilar. Keyinroq, “Broken eggs” guruhi yetib keldi, ammo ular orasida Jennyni ko’rmadim. Ular juda baland tonda ijro etishni boshladi, musiqa ovozi yerdan ko’tarilyotgan samalyot ovoziga o’xshagan bemani edi, ammo talabalar sevib tinglashardi. Va nihoyat Jenny yetib keldi! U judayam o’zgacha edi. Uning uzun sochlari butun orqasiga tushib turardi, hatto tunda ham ko’zoynak taqib olgandi! Rang barang futbolka bilan ko’k jinsi shim kiyib olgadi. Jenny guruhga qo’shilib kuylashni boshladi. Tashqariga chiqdim bir soatlar sayr qildim, yana qaytib kirsan talabalar konsert davom etishini kutayotgan edi. Yana qaytib chiqib yerga o’tirdim va sumkamdan garmonikamni olib kuylashni boshladim. Ichkaridagi musiqa sadolari aniq eshitilib turar edi. To’satdan, ortimdagi eshik ochildi va Jenny chiqib keldi. 26 27 “Kim garmonika chalyapdi?” dedi va meni ko’rib “Forrest Gump!” So’ng qo’llari bilan meni quchib oldi. *** Uning keying qo’shiq kuylashi uchun navbati kelguncha birga suhbatlashdik. “Maktabni bitirolmadim,” dedi. “Bir tunda xonamdan bola topib olgandan so’ng meni haydab yubordi, Kaliforniyaga borib u yerda bir muddat turdim.” U kuldi. “Sochimga gulchambar taqib, sevgi haqida gapirdim. Ammo odamlar judayam g’alati edi. So’ng u yerda bir kishini uchratdim, birga Bostonga keldik, lekin u juda havfli ekan. U menga o’xshab urushga qarshi ekan, binolar va narsalarni portlatib yubordi. U bilan ko’p qololmasim. Keyin Garvard universitetidan bir o’qituvchini uchratib qoldim, afsuski u uylangan ekan. So’ng “Broken eggs” guruhida kuylashni boshladim. “Qaterda yashayapsan?” deb so’radim “Sevgan yigitim bilan,” dedi u. “U talaba. Kechqurun biz bilan qolishing mumkin.” Sevgan yigitining ismi Rudolf edi. U yosh odam, Jennyning kvartirasiga borganimizda u ko’zlari yumuq holda o’tiraradi. “Rudolf, bu Forrest, u meni shahrimdagi do’stlarimdan biri, u biz bilan bir necha kun qoladi.” Rudolf na gapirdi na ko’zini ochdi, lekin qo’lini ko’tarib jilmayib qo’ydi. Keyingi tong uyg’onsam, Rudolf yumuq ko’zlari bilan hali ham polda o’tirardi. O’sha tushda, Jenny meni guruhidagi bir kishi bilan uchrashtirdi va Hodday Clubdagilar bilan garmonika kuylaydigan bo’ldim. Hammasi yaxshi ketyotgandi, men ular bilan har kech garmonika kuylardim. Bir kuni kvartiraga kelsam, Jenny polda o’tiribdi. “Rudolf qani?” deb so’radim. “Ketdi, hammaga o’xshab yurib chiqib ketdi” dedi va yig’lashni boshladi. 28 “Iltimos yig’lama, Jenny,” dedim va uni quchib oldim. “Shuncha vaqtdan beri qayerda eding, Forrest?” |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling