Kirish bob Maktab va futbol


Download 193.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/13
Sana21.11.2023
Hajmi193.98 Kb.
#1790725
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Forrest Gump o\'zbek tiliga tarjimasi. By Mushtariy

3-bob. Katta o’yin 
Juma kuni kechasi talabalar markaziga bordim. U yerda odam juda ko’p, uzun 
ko’ylak kiyib olgan Jenny kuylayotgan edi. U bilan birga uch to’rt kishi bitta 
guruhda juda ajoyib ovozda kuylayotgan edi. Meni ko’rgan Jenny tabassum qildi, 
men polga o’tirdim va uni tingladim. Juda ajoyib edi. 
Ular taxminan bir soatchalar kuyladi, men esa yumilgan, baxtiyorona 
ko’zlarim bilan ularni tingladim. To’satdan, qanday sodir bo’ldi bilmayman
o’zimga kelsam ular bilan birga o’zimning garmonikamni kuylayotgan edim. Jenny 
va guruhda kuylayotgan boshqalar kuylashdan to’xtadi va mening garmonikamni 
olib kuylashni boshladi, shundan so’ng barcha menga “Ofarinlar’’ aytdi.
Jenny meni ko’rishga keldi. “Forrest, garmonika chalishni qayerdan 
o’rganding?” 
“Hech qayerdan o’rganmadim,” dedim. So’ng Jenny meni har Juma kunida 
uning guruhi bilan kuylashimni va buni evaziga u menga har safar yigirma besh 
dollar berishni taklif qildi! 
*** 
O’sha yili men bilan universitetimda sodir bo’lgan muhim voqealardan biri bu 
Miamidagi “Apelsin kubogi” katta o’yin edi. Murabbiy Bryant g’alaba 
qozonishimizni xohlagani uchun ham u juda muhim o’yin edi.
O’yinda raqib jamoa bizni 28 u 7 hisobga mag’lub etayotganda murabbiy 
Bryat meni chaqirdi. “Forrest, dedi, “butun yil davomida men senga to’p bilan 
yugurishni va uni tutishni sirlarini o’rgatdim. Hozir esa sen yovvoyi havonga 
o’xshab yugurasan, hopmi?” 
“Hop, ustoz,” dedim.
Va men uning aytganini qildim. To’pni tutayotganimni ko’rgan hamma men 
bilan hayratlanishdi. To’satdan hisob 28 u 14 bo’ldi. So’ngra men to’pni to’rt yoki 
besh marta tepdim, hisob 28 u 21 bo’lib tenglashdi. Boshqa jamoa guruhiga ikkita 


11 
ishtirokchi olishdi, ular meni izimdan yugura boshladi. To’pni uzatuvchi Veasel gol 
urdi va hisob 28 u 24 ga chiqdi. Ammo o’yin yana aksiga olib ketdi. Weasel juda 
yomon xato qildi, o’yin tugadi, biz esa o’yinni boy berdik. 
Murabbiy Bryant mamnun emas edi. “Yaxshi, bolalar,” dedi, “har doim keying 
yil bo’lgan.” Ammo men uchun emas edi, men buni tezda o’zlashtirdim. 
*** 
Universitetda ortiq qololmas edim. Darslarga deyarli umuman aqlim yetmas 
edi va meni ushlab turadigan hech narsa yoki hech kim yo’q edi. Murabbiyimiz 
Bryant esa judayam hafa edi.
“Meni bunaqa bo’lishini bilardim, Forrest,” dedi. “Lekin ularga aytgandim. U 
bolani guruhimga faqatgina bir yilga bering!”, va ular berdi ham. Bu yil biz uchun 
ajoyib yil bo’ldi – zo’r yil bo’ldi, Forrest! Omad yor bo’lsin, o’g’lim!” 
Bubba narsalarimni chamadonimga solishga yordam berdi va men bilan 
hayrlashish uchun avtobusgacha keldi. Talabalar markazidan o’tdik, ammo Juma 
kechasi emas edi, Jennyning guruhi ham kuylamayotgan edi. U qayerda, menga 
noma’lum edi.
Avtobus Mobilega yetib borganda kech tushgan edi. Oyim kelganimni bildi, 
ammo uyga kirsam u yig’layotgan edi.
“Nima bo’ldi?” deb so’radim undan. 
“Xat keldi,” dedi u yig’lab. “Armiyaga borishing kerak!” 


12 


13 

Download 193.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling