Kirish. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlari
Navoiy ijodini evristik ta’lim metodlari asosida o‘rganish
Download 146.5 Kb.
|
Sharq mutafakkirlari ijodini o`rgatishning tarbiyaviy-pedagogik ahamiyati
Navoiy ijodini evristik ta’lim metodlari asosida o‘rganish
Istiqlol davri pedagogikasida yosh avlodni ijodkorlikka yo‘naltirish, mustaqil o‘qib-o‘rganish, nazariyani amaliyotga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ham kognitiv, ham kreativ jarayon bilan yaqin aloqadorligiga ko‘ra evristik ta’lim metodlari bu borada yaxshi samara beradi. Evristik metod o‘quvchilarda faollik, izlanuvchanlik sifatlarini shakllantirishga, muammo va uning yechimiga oid eng muhim hamda muqobil variantlarni topishga yo‘naltiruvchi savollar orqali bilish jarayonlarini rivojlantirishga qaratilgan ta’lim berish tizimidir. Kognitiv (“bilmoq, anglamoq, tushunmoq”) metodlar ta’lim oluvchilarda butun olam haqidagi mavjud bilim va tushunchalarni yanada orttirish, shuningdek, masalani tarkibiy qismlarga ajratib tadqiq qilish ko‘nikma va mala kalarini hosil qiladi. Kognitiv o‘qitish – bu turli xil o‘qitish usullari bo‘lmasdan, balki uning asosida shaxsni biologik, psixologik va ijtimoiy tashkillashtirishning dinamik tizimi yotadi. Tadqiqotchilar fikricha, uning asosiy maqsadi “strategiya va aqliy qobiliyatlarning butun majmuyini rivojlantirib, o‘qitish jarayoni va individning yangi sharoitlarga o‘rganish jarayoniga imkoniyat yaratadi” So‘nggi paytlarda jahon falsafasi va tilshunoslik sohasida keng ommalashgan ushbu tahlil metodlarini adabiyot o‘qitish, xususan, Alisher Navoiy ijodini o‘rganishga tatbiq etish orqali o‘quvchilar ongi, ruhiyati va idrok, tafakkur, diqqat, xotira kabi bilish jarayonlari rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish nazarda tutiladi. Zamirida ta’limiy va, asosan, obyektni bilish maqsadi ustuvor kognitiv metodlar samarasi o‘qituvchining o‘quvchi bilan do‘stona munosabat o‘rnatishida, darsda qulay pedagogik va psixologik muhit yarata olishida namoyon bo‘ladi. Ta’kidlash o‘rinliki, empatiya, obrazli ko‘rish, ramziy ko‘rish, evristik savollar, taqqoslash, evristik kuzatish, tadqiqot, tushunchalarni yig‘ish va ilmiy faraz (gipoteza) kabi qator metodlar kognitivlik xususiyatiga ega. Empatiya metodida o‘quvchining hissiy-obrazli va fikriy tasavvuri orqali o‘rganilayotgan shaxs, narsa-buyum yoki voqelik ichiga “kirib”, uni his qilish, bilishga intilishi nazarda tutiladi. Natijada shunday holat yuzaga keladiki, jarayonda o‘rganilayotgan obyektni tushunish va anglash o‘zaro uyg‘unlashadi. Buning samarasi o‘laroq ong va tasavvurda muayyan qahramonning omuxtalashgan tashqi va ichki portreti, emotsional-bo‘yoqdor hayotiy manzaralar tasviri paydo bo‘ladi, turli fanlar doirasidagi bilimlar sarhisob qilinadi, qiyoslanib, umumlashtiriladi hamda voqelikning tub mohiyati idrok qilinadi. Uzluksiz ta’lim tizimida Alisher Navoiyning “Xamsa” asarini o‘rganish jarayonida o‘quvchilarning obrazlar qiyofasiga xayolan “kirib olishi”ga mos iqlim yaratish orqali muayyan qahramon kechinmalari kuzatiladi va his qilinadi. Natijada tasavvurda jonlangan obrazlilik nutqda san’atkorona tarzda aks etishiga erishiladi. Adabiyot darslari inson kechinmalari va his-tuyg‘ularini turli rakurslarda tadqiq etish nuqtayi nazaridan ham hayotiydir. Shu bois ta’limiy obyektlar ichiga kirib borish jarayonida o‘quvchi his qilish darajasida fi krlashga harakat qiladi. Masalan, umumiy o‘rta ta’lim maktablari 7-sinf o‘quvchilariga mustaqil mutolaaga tavsiya qilish mumkin bo‘lgan “Hayrat ul-abror” dostonining “Salotin” bobidagi “Shoh G‘oziy haqida hikoyat”ni o‘rganishda o‘quvchilarga quyidagicha murojaat qilish mumkin: “Tasavvur qiling, siz asar voqealari sodir bo‘lgan zamon va makonga tushib qoldingiz. O‘zingizni shoh G‘oziy qiyofasida ko‘ring. Kampir sizdan o‘g‘lining xunini talab qilmoqda. Kampirning da’vosiga nisbatan qanday chora ko‘rasiz? Uni jazolaysizmi yoki hukmdordek yo‘l tutasizmi? Jabrlanuvchi adolat talab qilgandagi holatingizni so‘z bilan ifodalang”. «Empatiya» metodini qo‘llashning ahamiyati o‘quvchida personajlar qiyofasiga kirish orqali obyekt muammolarini tushunish, kechinmalarini his qilish va jarayonni belgili, harakatli yoki rasmli tarzda tasvirlash ko‘nikma va malakalari shakllanishi; mavjud imkoniyatlar yuzaga chiqishi; obyekt ichiga kirish holatida o‘quvchi o‘zini kuzatish va baholash imkoniga ega bo‘lishida namoyon bo‘ladi. Fanda ilmiy gipoteza ilmiy dalillarga tayanishi yaxshi ma’lum. Shu nuqtayi nazardan ilmiy faraz haqiqatligi isbotlanishi talab etiladigan bilimdir. Ilmiy faraz (gipoteza) olamdagi aniq narsa, hodisa va jarayonlarning mohiyati, qonuniyatlarini yoritish masalasi ustuvor bo‘lgan metoddir. Har qanday fan empirik materiallar tahliliga tayanadi va ularni anglashdan boshlanadi. Bu esa, o‘z navbatida, ichki mohiyat, o‘zaro bog‘liqlik va munosabatlarning in’ikosi bo‘lmish yangi g‘oyalar ijod qilinishiga zamin yaratadi. Bunda avvaldan “Taklif qilingan joyga kirish mezbonning hurmati sanaladi”, “Halol mehnat bilan topilgan burda nonning qadri o‘zgacha”, “Ehtirom ko‘rsatganlarga munosib javob qaytarish millatimizga xos xususiyat”, “Cholning iltifotni rad etishini manmanlik sifatida baholash mumkin” tarzidagi mulohazalar va ularni izohlash uchun zarur sharoit tashkil etiladi. Ayon bo‘ladiki, har qaday nazariya unga asos bo‘ladigan ilmiy dalil va qonunlar bilan mavjuddir. “Ramziy ko‘rish” metodida, asosan, obyekt va u ning ramzi o‘rtasidagi aloqadorlikni aniqlash masa lasi ko‘riladi. Mazkur metod belgi, rang yoki shakllar zamiridagi ma’nolarni izohlash; ramzlarning xususiyatlarini belgilash; obyektning aynan nega shunday ramz lar bilan qiyoslanish sabablarini ochib berish maqsadiga xizmat qiladi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari 5-sinfi da “Hayrat ul-abror”, 6-sinfida “Mahbub ul-qulub”dan berilgan boblarni o‘rganishda o‘quvchilarga mazkur asarlarda ulug‘langan fazilat va qoralangan illatlarni matn bilan bog‘liqlikda tasavvur qilishlari va ularni turli belgilar yoki shakllar ko‘rinishida chizishga doir topshiriqlar berish mumkin. Masalan, “Saxiy bulutdir, xirmon-xirmon don hosili, balki xazina beradi; baxil chumolidir, don-dun, mashoq teradi... Oliyhimmat odam – balandparvoz lochin, behimmat – sichqon ovlovchi kalxatdir” kabi ta’riflar asosida o‘quvchi tasavvurida mazkur xususiyatlarga xos muayyan chizgilar badiiy tarzda gavdalanadi. “Sab’ai sayyor” dostonidagi Junaning yashindan ham tez harakatlanadigan “Sari us-sayr” ulovi, Iskandar olimlari kashf qilgan sirli qurollar yoki Xitoy xoqoni Iskandarga tuhfa etgan “Oinai Chin” ko‘zgusi tasvirini grafi k ko‘rinishlarda ifodalash vazifasini berish orqali mavjud namunalarga nimasi bilandir o‘xshab ketadigan obraz, matn yoki vaziyatning shakli va mazmuni idrok qilinadi. Xususan, “Ikkinchi iqlim yo‘lidan keltirilgan musofi r hikoyati”dagi Zayd Zahhob yasagan taxt zamonaviy eskalator yoki liftning Navoiy orzusidagi ko‘rinishidir: “Bu g‘aroyib taxt sakkiz poyali bo‘lib, to‘rttasi yuqoriroqda, yana to‘rttasi pastroqda edi... Dur-u la’llar bilan bezatilgan bu taxtning zinasi ham sakkiz poyali bo‘lib, shunday ishlangan ediki, shoh taxtga chiqmoqchi bo‘lganida, u poyalar pasayib ustma- ust taxlanar, qadam bosgach, u poyalar ko‘tarilib, shoh taxt ustiga chiqar, ...shoh qaysi tomonga yurmoqchi bo‘lsa, taxt salgina ishorat bilan yura boshlardi” Aytish mumkinki, kognitiv metodlar ta’lim oluvchilarning obyektni turli ramzlar orqali fi kran tasavvur qilish, obyekt timsolini xayolan yaratish, voqea-hodisalar, narsa-buyumlar o‘rtasidagi sabab-natijalar mohiyatini idrok qilish ko‘nikmasini shakllantirishga xizmat qiladi. Tadqiqot xarakteridagi kreativ metodlar bolada maqsadga qaratilgan ijodiy tafakkurni qaror toptirib, shaxsiy ta’lim mahsulini yaratish bilan natijalanadi. U o‘z tarkibiga “O‘ylab topish”, “Agarda...”, “Obrazli tasvir”, “Giperbolizatsiya”, “Tasodifiy assotsiatsiyalar”, “Aggl tinatsiya”, “Aqliy hujum”, “Sinektika”, “Morfologik quti”, “Inversiya yoki murojaat qilish” kabi metodlarni qamrab oladi. “O‘ylab topish” metodi avvaldan ma’lum bo‘lmagan aqliy faoliyat natijalari mahsulini yaratish maqsadini nazarda tutadi. “O‘ylab topish” metodi vositasida o‘quvchilarga “Farhod va Shirin” dostoni qahramonlari, jumladan, Farhoddagi yaratuvchanlik, bunyodkorlik, oliyjanoblik kabi fazilatlarni fikran Xusrav obraziga o‘tkazish taklifi ni berish mumkin. O`qish jarayonda o‘quvchilar Xusravni tamomila boshqa qiyofada ko‘rish va xayolan o‘zlari inkishof etgan evrilishlarni yuzaga chiqarish imkoniga ega bo‘ladilar. Jumladan, Farhodning ishq, insonparvarlik, maqsadga intilish bobidagi xatti-harakatlari ta’sirida Xusrav ham o‘quvchilar nazarida o‘zini jaholatdan asray bilgan obraz sifatida gavdalanishi kutiladi. “Agglutinatsiya” metodi shakl va mohiyatan qarama-qarshi narsa-buyum, hodisalarni yaxlit bir butunlikda ko‘ra olishga yo‘naltiruvchi faoliyatdir. Evristik ta’lim metodlari ustida izlanishlar olib borgan tadqiqotchi J.E.Tursunovning fikricha, ushbu metod ta’lim oluvchilarga ayrim narsa va predmetlarni haqiqiy voqelikda o‘zaro muvofi q kelmaydigan belgi, sifat, xususiyat yoki qismlarga tayanib birlashtirishga qulay sharoit yaratadi. Bunga issiq qor, chuqurlik cho‘qqisi, yugurayotgan daraxt, shirin tuz, qora yorug‘lik, uchayotgan ayiq kabi obyektlar misol qilib olinadi. Uzluksiz adabiy ta’lim jarayonida ushbu metoddan qaysi mavzular doirasida foydalanish mumkin, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Bunda obyektning ichki va tashqi xususiyatlariga zid jihatlar tanlab olinib, masalaning asl mohiyatini teran anglash muammosi hal qilinadi. Masalan, Bahrom puxta va uzoqni ko‘zlab ish yurituvchi hukmdor, Zayd Zahhob halol zargar, yolg‘onchi sher, rostgo‘y durroj kabilar shular jumlasidandir. Demak, har qanday ta’lim metodi negizida nazariy xulosalarni real shaklga keltirish, o‘quvchining yangi bilimlarni o‘zi “kashf qilish” faoliyatiga yo‘l ochish, bilim borliqdan ko‘chirilgan nusxa emas, balki inson tafakkuri mahsuli ekanligi kabi ilmiy xulosalar ilgari suriladi.
“Umumiy o‘rta ta’limdan boshlab o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’limgacha bo‘lgan bo‘g‘inlarda chuqur bilim va puxta kasb-hunar tayyorgarligiga ega bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalash jarayonini o‘z ichiga olgan yaxlit uzluksiz ta’lim tizimini shakllantirish ishlari izchil davom ettirilganini ta’kidlamoqchiman”4. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning bu so‘zlari vatanimizda uzluksiz ta’limga qanday e’tibor berilayotganligidan guvohlik berib turibdi. Shuningdek, she’riyat mulkining sultoni, buyuk bobomiz Alisher Navoiy va uning ijodi ham hech qachon mustaqillik davridagidek qadrlanmagan. Shuning uchun ham : “Inson qalbining quvonchu-qayg‘usini ezgulik va hayot mazmunini Alisher Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan-kam topiladi. Ona tiliga muhabbat uning beqiyos boyligi va buyukligini anglash tuyg‘usi ham bizning ong-u shuurimiz, yuragimizga, avvalo, Alisher Navoiy asarlari bilan kirib keladi. Biz bu bebaho merosdan xalqimimzni, ayniqsa, yoshlarimizni qanchalik ko‘p bahramand etsak, milliy ma’naviyatimizni yuksaltirishda jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishda shunchalik qudratli ma’rifiy qurolga ega bo‘lamiz” deb ta’kidlagan edi5. Jamiyat taraqqiyoti va shaxs kamoloti uchun zarur bo’lgan ma’naviy va axloqiy tarbiya o’z-o’zidan paydo bo’lmaydi. Bu o’rinda boshlang’ich sinf o’quvchilari tarbiyasida aqliy tarbiya yetakchi tarkibiy qism bo’lib, o’quvchi yoshlarni tabiat va jamiyat, kishi tafakkuri haqidagi bilimlar tizimini ilg’ab olishi, fan asoslaridan xabardor qilish, tafakkur va nutq qobiliyatlarini o’stirishni maqsad qilib qo’yadi. Inson kamolotining fazilatlaridan hisoblangan adolat tushunchasi va tuyg’usi Navoiy donishmandligining asosini, ma’naviy-axloqiy qarashlarining bosh mezonini tashkil etadi. Barchaga barobar adolat ustivor bo’lgan taqdirdagina mamlakat va uning fuqarolari farovonlikka erishishi mumkinligini shoir o’z asarlarida yorqin ifodalaydi. Mamlakatning osoyishtaligi, obodonchiligi, xalqning nizolarsiz tinch-totuv yashashi, turmushning farovon bo’lishi davlatni oqilona idora qiladigan dono yo’lboshchiga, adolatli shohga bog’liq, deydi Alisher Navoiy. Uning zamondoshi, tarixchi olim Xondamir «Makorimul axloq» asarida: «Adolat va insof eshiklarini insoniyat yuziga ochib qo’ydi», deya – hazrat Navoiyga yuqori baho beradi. Ta’lim tizimida har jihatdan xalqimizning boy ma’naviy qadriyatlari hisoblanmish mashhur mutafakkir va mutafakkirlarning ma’naviyatga doir o’gitlarini o’rganish muhim ahamiyatga egadir. Zero, ularning asarlarida axloq-odob doimo ulug’langan. Chunki, xulq-odob insonga beqiyos husn va nazokat bag’ishlaydi, ota-onaga hurmat, mehr-oqibat, mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalash imkonini beradi. Markaziy Osiyo mutafakkirlari o’z asarlarida ma’naviy-axloqiy g’oyalarni tarannum etib, xalqni oriflik, fozillik, komillik darajasiga ko’tarishga chog’langanlar. Ayniqsa, Alisher Navoiy ijodida komil inson tarbiyasi asosiy o’rinda turadi.
Download 146.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling