Kirish dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati
AES algoritmini ifodalovchi d.n.sh. ifodasida tenglamalar tizimining parametrlari
Download 1.47 Mb.
|
Alimov dis
- Bu sahifa navigatsiya:
- Raundlar Tenglamalar soni (TS) Noma’lumlar soni (NS)
- 2 ning darajasi shaklida
- Umumlashgan Jegalkin ko‘phadi orqali baholash
- SubBytes akslantirishini ifodalovchi umumlashgan Jegalkin ko‘phadidagi funksiya hadlari
- Funksiya Funksiyadagi turli xil birhadlar soni
- MixColums akslantirishini
- AES da akslantirishlarni ifodalovchi umumlashgan Jegalkin ko‘phadidagi model parametrlari
- AES algoritmini ifodalovchi umumlashgan Jegalkin ko‘phadidagi tenglamalar tizimining parametrlari
- Umumlashgan va guruhlashgan Jegalkin ko‘phadi orqali baholash
- SubBytes akslantirishini ifodalovchi umumlashgan va guruhlashgan Jegalkin ko‘phadidagi funksiya hadlari
- Funksiya Funksiyadagi turli xil birhadlar soni Funksiyadagi chiziqli hadlar soni
- ShiftRows akslantirishi
- AES da akslantirishlarni ifodalovchi umumlashgan va guruhlashgan Jegalkin ko‘phadidagi model parametrlari
- AES algoritmini ifodalovchi umumlashgan va guruhlashgan Jegalkin ko‘phadidagi tenglamalar tizimining parametrlari
AES algoritmini ifodalovchi d.n.sh. ifodasida tenglamalar tizimining parametrlari
Yuqoridagi natijalardan ma’lumki, AES algoritmiga AK usulini qo‘llash orqali qurilgan tenglamalar tizimini MutantXL usuli orqali yechish imkoniyati nazariy mavjud. Shuningdek, [16,56] ishlargada bayon qilingan bardoshlilik o‘lchovlariga muvofiq AES algoritmida raundlar soni 3 va undan yuqori bo‘lgan AES shifrlash algoritmi algebraik kriptotahlil usuliga amaliy bardoshli. Umumlashgan Jegalkin ko‘phadi orqali baholash Kalit o‘lchami 128 bit bo‘lgan AES shifrlash algoritmida AddRoundKey akslantirishida noma’lumlar soni 128+128=256 ta, tenglamalar soni esa 256 tani tashkil qiladi. Subbyte akslantirishni ifodalovchi 5-ilovada keltirilgan Jegalkin ko‘phadini 2.4-paragrafda ifodalangan umumlashgan Jegalkin ko‘phadi orqali ifodalash mumkin. Hosil bo‘lgan bul funksiya shaklidagi matematik model 16-ilovada keltirilgan. Hosil bo‘lgan model asosida Subbyte akslantirishida 1 bayt uchun 336 ta elementar konyunksiya, har bir elementar konyunksiyalarni yangi o‘zgaruvchi bilan belgilansa blok o‘lchami 128 bitli AES shifrlash algoritmi uchun 336*16=5376 ta yangi o‘zgaruvchi paydo bo‘ladi. Yangi o‘zgaruvchilarni belgilashni ham tenglama sifatida yozilsa 5376+128=5504 ta yangi o‘zgaruvchi va 5504 ta tenglama hosil bo‘ladi. 3.4-jadval SubBytes akslantirishini ifodalovchi umumlashgan Jegalkin ko‘phadidagi funksiya hadlari
MixColums akslantirishini ifodalovchi 14-ilovada keltirilgan Jegalkin ko‘phadida berilgan funksiyalarda guruhlashni amalga oshirib bo‘lmaydi. Shu sababli 14-ilovada berilgan modeldan o‘zgarishsiz foydalaniladi. Natijada MixColums akslantirishida 128 ta tenglama va 128 ta yangi o‘zgaruvchi tashkil qiladi. ShiftRows akslantirishi blokdagi bitlar joylashuvini o‘zgartirganligi sababli bu akslantirish uchun yangi o‘zgaruvchi kiritmasdan I bobda aniqlangan (1.14) formula orqali qiymatlarni almashtirishni o‘zi yetarli. Blok o‘lchami 128 bit bo‘lganligi sababli ShiftRows akslantirishidan chiqishda 128 ta tenglama va 128 ta noma’lum hosil bo‘ladi, deb hisoblandi. 3.5-jadval AES da akslantirishlarni ifodalovchi umumlashgan Jegalkin ko‘phadidagi model parametrlari
3.6-jadval AES algoritmini ifodalovchi umumlashgan Jegalkin ko‘phadidagi tenglamalar tizimining parametrlari
Natijalardan ma’lumki, AES algoritmiga AK usulini qo‘llash orqali qurilgan tenglamalar tizimini MutantXL usuli orqali yechish imkoniyati nazariy mavjud. Shuningdek, [16,56] ishlarda bayon qilingan bardoshlilik o‘lchovlariga muvofiq AES algoritmida raundlar soni 6 va undan yuqori bo‘lgan AES shifrlash algoritmi algebraik kriptotahlil usuliga amaliy bardoshli. Umumlashgan va guruhlashgan Jegalkin ko‘phadi orqali baholash Kalit o‘lchami 128 bit bo‘lgan AES shifrlash algoritmida AddRoundKey akslantirishida noma’lumlar soni 128+128=256 ta, tenglamalar soni esa 256 tani tashkil qiladi. Subbyte akslantirishni ifodalovchi 5-ilovada keltirilgan Jegalkin ko‘phadini algebraik chiziqsizligi 2 va 1 ga teng hadlarni guruhlash orqali, undan katta chiziqsizlikka ega hadlarni umumlashgan Jegalkin ko‘phadi shaklida ifodalangan funksiyalar asosida baholashni amalga oshirilsa. Hosil bo‘lgan bul funksiya shaklidagi matematik model 18-ilovada keltirilgan. 3.7-jadval SubBytes akslantirishini ifodalovchi umumlashgan va guruhlashgan Jegalkin ko‘phadidagi funksiya hadlari
Hosil bo‘lgan model asosida Subbyte akslantirishida 1 bayt uchun 336 ta elementar konyunksiya va 64 ta chiziqli hadlar paydo bo‘ladi. Har bir hadni yangi o‘zgaruvchi bilan belgilansa blok o‘lchami 128 bitli AES shifrlash algoritmi uchun (336+64)*16=6400 ta yangi o‘zgaruvchi paydo bo‘ladi. Yangi o‘zgaruvchilarni belgilashni ham tenglama sifatida yozilsa 6400+128=6528 ta yangi o‘zgaruvchi va 6528 ta tenglama hosil bo‘ladi. MixColums akslantirishini ifodalovchi 14-ilovada keltirilgan Jegalkin ko‘phadida berilgan funksiyalarda guruhlashni amalga oshirib bo‘lmaydi. Shu sababli 14-ilovada berilgan modeldan o‘zgarishsiz foydalaniladi. Natijada MixColums akslantirishida 128 ta tenglama va 128 ta yangi o‘zgaruvchi tashkil qiladi. ShiftRows akslantirishi blokdagi bitlar joylashuvini o‘zgartirganligi sababli bu akslantirish uchun yangi o‘zgaruvchi kiritmasdan I bobda aniqlangan (1.14) formula orqali qiymatlarni almashtirishni o‘zi yetarli. Blok o‘lchami 128 bit bo‘lganligi sababli ShiftRows akslantirishidan chiqishda 128 ta tenglama va 128 ta noma’lum hosil bo‘ladi, deb hisoblandi. 3.8-jadval AES da akslantirishlarni ifodalovchi umumlashgan va guruhlashgan Jegalkin ko‘phadidagi model parametrlari
3.9-jadval AES algoritmini ifodalovchi umumlashgan va guruhlashgan Jegalkin ko‘phadidagi tenglamalar tizimining parametrlari
Natijalardan ma’lumki, AES algoritmiga AK usulini qo‘llash orqali qurilgan tenglamalar tizimini MutantXL usuli orqali yechish imkoniyati nazariy mavjud. Shuningdek, [16,56] ishlarda bayon qilingan bardoshlilik o‘lchovlariga muvofiq AES algoritmida raundlar soni 5 va undan yuqori bo‘lgan AES shifrlash algoritmi algebraik kriptotahlil usuliga amaliy bardoshli. AES shifrlash algoritmining umumiy analitik shakli (3.7) ko‘rinishda ifodalanadi. Bu yerda – raunddan chiqqan shifr, – boshlang‘ich matn, – raund kalitlar. (3.7) Hosil bo‘lgan tenglamalar tizimida quyidagicha noma’lumlar va tenglamalar soni bo‘ladi (3.10-jadval). Kriptotahlilchiga M va C (C=C10) ma’lum bo‘lganda round kalitlarini topish uchun hosil bo‘lgan tenglamalar tizimini yechish talab qilinadi. Bunda 1-blokda 1408 ta noma’lum, 128 ta tenglama hosil bo‘ladi, to‘liq tekshirish usuli bilan ta holatni tekshirish talab etiladi. n-blokda 1280+128n ta noma’lum, ta tenglama hosil bo‘ladi va to‘liq tekshirish usuli bilan ta holatni tekshirish talab etiladi. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling