Kirish Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi
Download 43.33 Kb.
|
Dissertatsiya 1-bob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning metodlari.
- Olinishi kutilayotgan natijalar va ularning yangiligi
Tadqiqotning maqsadi. Demografik muammolarning pensiya tizimiga ta’sirini o‘rganish va bartaraf etish borasida nazariy va amaliy taklif-tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari: jahonda demografik muammolarni o‘rganish va tadqiq etish; demografik muammolarning pensiya tizimiga ta’sirini o‘rganish va moliyaviy jihatlarini tahlil qilish; O‘zbekistonda pensiya taʼminoti tizimi faoliyatini samarali amal qilishining nazariy-uslubiy asoslarini tadqiq etish; pensiya tizimi modellarini tadqiq etish; mamlakatda pensiya taʼminoti tizimini barqarorligini baholovchi ko‘rsatkichlarni tahlil qilish; pensiya tizimini takomillashtirish bo‘yicha xorij tajribasini tahlil qilish va undan O‘zbekiston amaliyotida foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʼarmasi daromadlari va xarajatlarini tahlil qilish; O‘zbekistonda pensiya taʼminotini tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish. Tadqiqotning metodlari. Tadqiqot davomida dissertatsiyada xronologik va solishtirma tahlil usuli va bilishning boshqa umumilmiy usullari: deduktsiya va induktsiya, analiz va sintez, statistik, tuzilmaviy, prognoz baholash, tizimli-mantiqiy va boshqa yondashuvlar qo‘llanildi. Tadqiqotning obyekti sifatida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi belgilangan. Tadqiqotning predmeti. Demografik muammolar ta’siri natijasida pensiya tizimini isloh qilish va takomillashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy munosabatlardan iborat. Olinishi kutilayotgan natijalar va ularning yangiligi: demografik omillar o‘rganiladi, ularning iqtisodiyot tarmoqlariga ta’siri ko‘rib chiqiladi hamda bo‘lishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi; aholini ijtimoiy himoya qilishda pensiya tizimining ahamiyati tadqiq etiladi; byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi faoliyati ko‘rib chiqiladi, daromad va xarajatlari tahlil qilinadi; davlat pensiya ta’minoti tizimining o‘ziga xos-xususiyatlarini inobatga olgan holda pensiya tizimini samarali tashkil qilish bilan bog‘liq amaliy takliflar ishlab chiqiladi; O‘zbekiston Respublikasi pensiya ta’minoti tizimini xorij tajribasi asosida takomillashtirish borasida taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Download 43.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling