Kirish Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi
Download 43.33 Kb.
|
Dissertatsiya 1-bob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tatbiq etish darajasi va iqtisodiy samaradorligi.
Amaliy ahamiyati. Dissertatsiya ishining amaliy ahamiyati shundan iboratki, bugungi kundagi aholining tug‘ilishi, keksayib borishi, o‘rtacha umr ko‘rish yoshining oshib borishi natijasida pensiya tizimida yuzaga kelayotgan moliyaviy va ijtimoiy muammolarni bartaraf etish hamda pensiya tizimini barqaror faoliyat ko‘rsatishi borasida ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Tatbiq etish darajasi va iqtisodiy samaradorligi. O‘zbekiston Respublikasida pensiya tizimi barqarorligini ta’minlashda taraqqiy etgan mamlakatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rganish va amaliyotga joriy etish. Qo‘llanish sohasi. Ishlab chiqilgan tavsiyalar va berilgan amaliy takliflar pensiya ta’minoti tizimini isloh etish konsepsiyasini ishlab chiqishda hamda Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi faoliyatida, sohaga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda keng qo‘llanilishi mumkin. I-BOB. JAMG‘ARIB BORILADIGAN PENSIYA TIZIMINING NAZARIY-HUQUQIY VA TASHKILIY-IQTISODIY ASOSLARI 1.1 Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimining nazariy asoslari va o‘ziga xos xususiyatlari “Pensiya” - bu fuqarolarning qonunchilikda belgilangan keksalik yoshiga yetganida, nogironlik tufayli mehnat faoliyatini yo‘qotganida, shuningdek, boquvchisidan mahrum bo‘lganida va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda qonunchilikda belgilangan shartlar va normalar asosida beriladigan har oylik to‘lovlar hisoblanadi”. Pensiya ta'minoti esa ushbu to‘lovlarni maxsus Pensiya jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan fuqarolarga to‘lanishining ta'minlanishidir. Ya'ni pensiya aholini iqtisodiy xavfsizligini ta'minlashning asosi hisoblanadi. Pensiya ta'minoti tizimi jamiyatning turli ijtimoiy qatlamlarining manfaatlarini qondirish uchun mo‘ljallangan, iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy institutlarni birlashtiruvchi murakkab organizmdir. “Pensiya” atamasi XIX asrning ikkinchi yarmidan paydo bo‘ldi. Bunga sabab ilm-fan,sanoatning riivojlanishi hamda yollanma ishchilar sinfining rivojlanishi bo‘ldi. Ilk marotaba 1883-yil 15-iyunda Germaniyada Reyxstag tomonidan «Kasallik bo‘yicha davlat sug‘urtasi to‘g‘risida»gi qonun qabul qilingan. 1884-yilda “Baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash to‘g‘risidagi” qonun qabul qilindi. 1889-yil 22-iyulda “Nogironlikadan va qariyalikdan sug‘urtalash to‘g‘risida” gi qonun qabul qilindi. Germaniyadan so‘ng Yevropaning boshqa mamlakatlarida ham aholini majburiy sug‘urtalash to‘g‘risidagi qonunlar qabul qilindi.Ushbu tizim sekin astalik bilan davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimini shakllanib borishiga olib keldi. AQShda 1935-yil pensiya to‘g‘risidagi qonunlar qabul qilindi. Rossiyada 1910-yilda pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar to‘g‘risidagi qonunlar qabul qilina boshladi. Rossiya iqtisodchilari Karchevskiy V.V.Androsova L.D.Okuneva L.E. Smirnovaning “Целевые бюджетные и внебюджетные фонды” o‘quv qo‘llanmasida Rossiyadagi davlat maqsadli jamg‘armalari va byudjetdan tashqari fondlar faoliyati yoritib berilgan. Mazkur o‘quv qo‘llanmaning uchinchi bobi Rossiya Federatsiyasi Pensiya fondiga bag‘ishlangan. Rossiya Federatsiyasi Pensiya fondining faoliyati, huquqiy asoslari, manbalar bo‘yicha daromadlarni shakllantirish tartibi, pensiyalar va nafaqalar ko‘rinishida xarajatlarini amalga oshirish, fuqarolarga davlat pensiyasini tayinlash, hisoblash va to‘lash tartibi berilgan. Rossiyada nodavlat pensiya jamg‘armalarining tashkil topishi va rivojlanishi 1998-yil 7-mayda Rossiya Federatsiyasi Prezidentining “Nodavlat pensiya jamg‘armalari to‘g‘risida”gi 75-sonli qaror qabul qilinishi bilan bog‘liqligi, shaxsiy jamg‘arib boriladigan jamg‘armaga majburiy va ixtiyoriy badallarning yig‘ilishi, jamg‘arma daftarchalarining ochilishi, daftarchalarning yo‘qolgan holatida yangi daftarchalar (dublikat)ni berish tartibi, shaxsiy jamg‘armadan fuqarolarga pensiya to‘lovlarini to‘lash jarayonlari ko‘rsatilgan. Rosssiyalik iqtisodchi S.G.Eroshenkovning “Perexod k nakopitelьnoy pensionnoy reforme: mirovoy opыt i vozmojnosti primeneniya yego v Rossii” nomli monografiyasida davlat pensiya ta'minoti tizimida islohotlarni amalga oshirish strategiyasi jamg‘arib boriladigan pensiya ta'minoti bilan bog‘liqligi ko‘rsatilgan. Monografiya uch bobdan iborat bo‘lib, birinchi bobda ijtimoiy ta'minot, davlat pensiya ta'minoti, Rossiya Federatsiyasi Pensiya fondini shakllantirish tarixi, moliyaviy faoliyati, fondning daromadlari va xarajatlarini boshqarish jarayonlari ko‘rsatilgan. Pensiya ta'minoti tizimida islohotlarni amalga oshirishga e'tibor qaratilgan. Ikkinchi bobda pensiya ta'minoti tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar strategiyasi va xorijiy davlatlarda xususiy pensiya tizimi o‘rganilgan. Uchinchi bobda pensiya ta'minoti tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni takomillashtirish yo‘llari va jamg‘arib boriladigan pensiya ta'minotini rivojlantirish masalalari ko‘rilgan. Shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya tizimining yaratilishi mazkur mamlakatning davlat pensiya ta'minoti mexanizmiga, ijtimoiy siyosatiga, bandlik masalasini hal etilishiga ta'sir etishi va demografik holati bilan bog‘liqligi tadqiq qilingan. O‘zbekistonda fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti sohasida yagona tizim yaratilgani esa, soha faoliyatini yanada takomillashtirishga, shuningdek, ijtimoiy xizmat turlarini kengaytirishga keng yo‘l ochdi. Fuqarolar uchun pensiya tizimini tashkil etishda jahonga mashhur Germaniya va Chili modellari andoza sifatida tanlandi. Pensiya ta'minotining ikki bazaviy modeli taqsimot-tortiluvchi va kapitallashgan modellaridir. Mashhur venger iqtisodchisi Y.Kornay taqsimot va kapitallashgan pensiya tizimlari o‘rtasidagi farqlar mohiyatini asoslab berdi. Ular o‘rtasidagi farq qisman moliyalashtirish texnikasida yuzaga chiqadi. Taqsimot modeli pensionerlarni hozirgi vaqtda amalda bo‘lgan aholining iqtisodiy faol qatlami hisobiga ta'minlaydi. Pensiya tizimining kapitallashgan modeli taqsimotdan farqli ravishda insonning o‘z mehnati va pensiya jamg‘arilishi natijalari bilan uzviy bog‘liq Germaniyada taqsimot pensiya tizimi 1891-yilda joriy qilingan bo‘lib, o‘sha davrdan hozirgacha uning turli ko‘rinishlari Yevropa mamlakatlarida, MDH davlatlarida qo‘llanilmoqda. Germaniyaning pensiya tizimidagi taqsimot- tortiluvchi modeli sxemasiga ko‘ra aholining iqtisodiy faol qatlami tomonidan to‘langan majburiy pensiya badallari hisobidan pensiya harajatlari shakllanadi va aholining iqtisodiy faol qatlamlari o‘rtasida taqsimlanadi. Boshqacha qilib aytganda, joriy pensiya harajatlari joriy daromadlar hisobidan qoplanadi. Ushbu tizim avlodlar birdamligi asosida qurilgan. Bir avlod ichida esa, daromadlar aholining alohida ijtimoiy guruhlari o‘rtasida tabaqalandi. Germaniyada to‘lov intizomini rag‘batlantiruvchi ball tizimi taqsimot modelini to‘ldiradi. Chili eski pensiya tizimini isloh qilishni yangi tizimga o‘tish bilan bir vaqtda olib borgan mamlakatlardan biridir. Davlat pensiya ta'minoti bo‘yicha qarzlarni yangi xususiy majburiy jamg‘armalarni tashkil qilish bilan bir qatorda davlat pensiya fondiga tushumlarni qisqartirish sharoitida olib bordi. Chili modeli - kapitallashgan model. Ushbu model erkin bozor islohotlari doirasida Chili mutaxassislari tomonidan ishlab chiqildi. 1981-yilda e'lon qilingan farmonga ko‘ra, shu kundan boshlab mehnat munosabatlarida ishtirok etgan har bir kishi uchun davlat pensiya ta'minoti bekor qilindi, bir vaqtning o‘zida ular xususiy pensiya fondlarining mijoziga aylandi. Kapitallashgan model sxemasi quyidagicha: pensiya badallarini investitsiya qilishdan va to‘plashdan hosil bo‘lgan kapital pensiya harajatlarini qoplashga yo‘naltiriladi. Pensiya badallari kapital to‘lovchining shaxsiy hisob raqamida hisobga olib boriladi. Ushbu hisob raqamni pensiya fondlari yoki pensiya kassalari, sug‘urta kassalari yoki banklar yuritadi. Pensiya mablag‘larini tizimli investitsiya qilish bilan ushbu institutlar investitsiya daromadlariga ega. Kapital yoki yig‘ilgan pensiya badallari summasi ularni investitsiya qilishdan olingan daromad pensiya fondi faoliyati harajatlari, natijasida kapitallashgan pensiya'ning moliyaviy manbasidir. Avlodlar birdamligi asosida qurilgan taqsimot modelidan farqli ravishda kapitallashgan model sug‘urta tamoyiliga asoslanadi. Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga badallarni qayta taqsimlashning davlat mexanizmi yordami bilan individual hisobraqamlardan foydalangan holda, moliyaviy ta'minlash, pensiya tizimini tashkil etishning o‘ziga xosligi, belgilangan yagona badallarni hisobga olib, pensiya miqdorini belgilash kabilar xosdir. Jamg‘arib boriladigan pensiya'ni olish uchun muayyan jamg‘arma stajiga ega bo‘lish va qonunda ko‘rsatilgan pensiya yoshiga etish zarur. Jamg‘arish tamoyiliga asoslangan pensiya tizimida badallar kapitallashtiriladi va pensiya hisobi individual hisob asosida shakllantirilib boriladi, shaxsiy hisoblarda jamg‘arilgan jamg‘arma badallari pensiya darajasini belgilaydi. Xorijiy tajribalar shuni ko‘rsatadiki, keksalar ta'minotini moliyalashtirish mexanizmining uch xil turi mavjud: - barcha mamlakatlarda keng tarqalgan davlat byudjeti tushumlardan moliyalashtiriladigan davlat pensiyalarini to‘lash; - ixtiyoriy va majburiy shaxsiy jamg‘arma rejalarini amalga oshirish; - moliyaviy-iqtisodiy inqiroz, inflyatsiya, jamg‘armalarni yo‘qotishga va qadrsizlanishga olib keladigan investitsion risklardan himoya qadrsizgan sug‘urta tizimini rivojlantirish. Ikki asrdan ko‘proq tarixga ega bo‘lgan pensiya tizimi ikki sektor tomonidan moliyaviy ta'minlanadi: davlat va xususiy sektor. Shartli-jamg‘ariladigan hisobraqam tizimida har bir xodimning ajratmalari uning alohida hisobraqamida saqlanadi va bu mablag‘lar foyda keltiradi. Mazkur hisobraqamlarga tushumlar va ularga hisoblangan foizlar yuritiladi. Mazkur tizim Italiya, Latviya, Polьsha, Shvetsiyada joriy qilingan. O‘zbekistonga to‘xtaladigan bo‘lsak, XX asrning 10-yillaridan Chor hukumati ozidaga asosiy regionlarda katta-katta zavod va fabrikalarda sug‘urtaga asoslangan pensiya tizimini kiritdi. 17-yillargacha tub aholi pensiya to‘risida hech qanday tushunchaga ega bo‘lishmagan. O‘sha vaqtlarda, Toshkentda 10 kishi, Sirdaryo viloyatidan atigi 4 kishiga pensiya tayinlangan. 1918-yildan boshlab esa hammaga pensiya berish tashkil etilgan. 1930-yilda O‘zbekistonda yangicha pensiya tizimi tashkil etilgan. Unga ko‘ra endi, ishchilar, harbiy xizmatchilarga ham pensiya tayinlanadigan bo‘ldi. 1964-yilda kolxoz ishchilari ham pensiya tizimiga qamrab olindi. Mustaqilikka erishganimzdan so‘ng esa pensiya ta'minotida ham bir qator o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta'minoti to‘g‘risidagi Qonunning maqsadi: fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta'minoti sohasidagi munasabatlarini tartibga solishdan iborat. Davlatning nazorati ostida ish beruvchilar va ishlovchilarning shakllanuvchi maxsus byudjetdan tashqari ijtimoiy jamg‘armalardan pensiyalarni moliyalashtirilishi jamg‘arib boriladigan pensiya tizimining xususiyatli jihatidir. “Jamg‘arib boriladigan pensiya ta'minoti- fuqarolarni shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‘laridan davlat pensiyasiga qo‘shimcha pul mablag‘lari bilan ta'minlashdir. Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga olinayotganda fuqarolarga Xalq banki umrbod qilib belgilanadigan, doimiy shaxsiy tartib raqamli jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqalari ochiladi.”4 Ish beruvchilarning, mehnat faoliyatini menat shartnomasi orqali amalga oshiruvchi fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida ishtirok etishi,agar qonun hujjatlarida boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, majburiydir. yakka tartibdagi tadbirkorlar,yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi dehqon xo‘jaliklarinng a'zolari,shuningdek,boshqa fuqarolar jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida ixtiyoroylik asosida ishtirok etadilar. jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida ishtirok etish Download 43.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling