Kirish Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi


-rasm. Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida ishtirok etish mexanizimi5


Download 43.33 Kb.
bet4/5
Sana28.02.2023
Hajmi43.33 Kb.
#1237751
1   2   3   4   5
Bog'liq
Dissertatsiya 1-bob

1.1-rasm. Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida ishtirok etish mexanizimi5

Mamlakatimizda jamg‘arib boriladigan pensiya tizimining tashkil etilishi jamiyatda ijtimoiy adolatni ta'minlash, siyosiy barqarorlikni vujudga keltirish va ta'minlab turishning asosiy shart-sharoitlaridan biridir degan xulosaga kelish mumkin.


Xalq banki jamg‘arib boriladigan pensiya badallarini kirituvchilardan shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlarini ochish va ularni yuritish uchun zarur ma'lumotlarni oladi. Fuqarolarniing jamg‘arib boriladigan pensiya tizimining mablag‘larini investitsiyalashdan olingan daromaddan marja olish huquqiga ega. Xalq banki oladigan marja miqdori O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan belgilanadi.


1.2 Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimining me'yoriy-huquqiy asoslari
Bizga ma`lumki, jamiyat xayotidagi xar qanday iqtisodiy ijtimoiy mexanizmlar faoliyat yuritishi uchun birinchi galda ushbu mexanizmlarning qonuniy-huquqiy asoslari yaratilishi lozim. Ushbu asoslar davlat tomonidan tasdiqlanib, amaliyotga joriy etilishi, majburlashtirilgandan, so‘nggina mexanizm faol ishlay boshlaydi va barcha subyektlar tomonidan unga rioya etilishi ta`minlanadi. Shunday ekan, demak, davlat pensiya tizimi mexanizmi ishlashi uchun xam uning qonuniy- huquqiy asoslari yaratilishi obyektiv holatdir. Ushbu holatdan kelib chiqib, O‘zbekiston davlati o‘z mustaqilligiga erishgandan so‘ngi davr ichida davlat pensiya tizimini qonuniy-xuquqiy asoslarini yaratish sohasida bir qator ishlarni amalga oshirdi. Ayni vaqtdagi mamlakatimizda mavjud bo‘lgan jamg‘arib boriladigan pensiya tizimining me'yoriy-huquqiy asosini quyidagicha tavsiflashimiz mumkin: asosiy huquqiy asoslar va qo‘shimcha huquqiy asoslar.
Asosiy huquqiy asoslarga quyidagilarni kiritish mumkin:
-O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi;
-O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi;
-O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi;
-O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning pensiya ta'minoti to‘g‘risida”gi Qonuni;
-O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning Jamg‘arib boriladigan pensiya ta'minoti tog‘risida”gi Qonuni, va boshqalar.
Qo‘shimcha huquqiy asoslarga quyidagilarni kiritish mumkin:
-O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori
-“Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya taьminoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish chora- tadbirlari xaqida”gi Vazirlar Mahkamasining Qarori;
-“Fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridan mablag‘larni to‘lash tartibi to‘g‘risida” Nizom;
-“Jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasi to‘g‘risida” Nizom;
-O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi ;
-O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo‘mitasi ;
-O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki Boshqaruvining Qarori;
-O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Qarori;
“Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimini takomillashtirish va texnika bilan jihozlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Nizom va boshqalar.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining quyidagi moddalarini jamg‘arib boriladigan pensiya ta'minoti va umuman pensiya ta'minotining huquqiy asosi sifatida qarashimiz mumkin:
36-modda: Har bir shaxs mulkdor bo‘lish huquqiga ega. Bankka qo‘yilagan depozitlar sir tutiladi.
37-modda:Har bir shaxs mehnat qilish, kasb tanlash, ishsizlikdan himoyalanishga haqli. Majburiy mehnat taqiqlanadi.
39-modda: Har kim qariganda, mehnat qobilyatini yo‘qottganda ijtimoiy ta'minot olish huquqiga ega.Pensiyalar, nafaqalar miqdori eng kam pensiya miqdoridan kam bo‘lishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 51 bobi aynan yagona ijtimoiy to‘lov va fuqarolarning byudjetdan tashqari sug‘urta badallariga qaratilgan.
Soliq Kodeksining 179-moddasi 31-bandiga asosan, 2010-yilning 1- yanvaridan fuqarolarning soliq solinadigan ish haqqi va boshqa daromadlarining Xalq bankidagi fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlqriga ixtiyoriy ravishda yo‘naltiilgan summlari jismoniy shaxslarning soliq solinmaydigan daromadlari sifatida belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi 9 bo‘lim, 191-moddadan iborat bo‘lib,undagi har bir moddadan biz foydalanishimiz mumkin.
Respublikamizdagi aholining ijtimoiy ta'minotini kuchaytirish hamda pensionerlarning farovonligini qo‘shimcha ravishda oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-dekabrdagi 595-sonli qaroriga binoan “Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta'minoti to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Mazkur qarorga binoan quyidagilar belgilandi:
-2005-yil 1-yanvardan boshlab amaldagi fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti tizimiga qo‘shimcha ravishda jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi joriy etildi;
-2005-yil 1-yanvardan boshlab fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisob raqami fuqarolarning asosiy ish joyidagi Xalq banki filialida amalga oshiriladi, fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya hisob raqamiga majburiy har oylik badallar jismoniy shaxslarning qonun hujjatlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan daromad solig‘i summasidan tegishli ravishda chiqarib tashlangan holda xodimning hisoblangan ish haqi (daromad)ning bir foizi miqdorida amalga oshirish;
-jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida ixtiyoriylik asosida qatnashadigan fuqarolar tomonidan shaxsiy pensiya hisob raqamlariga badallar miqdori va to‘lash muddatlari mustaqil ravishda belgilanishi va boshqalar.
Shuningdek, jamg‘arib boriladigan pensiya ta'minoti mablag‘larini ko‘paytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi va Markaziy bank boshqaruvining 2006-yil 7-oktyabrdagi 88-son va 282-V-son qarori bilan “Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘larini investisiya va kredit resurslari sifatida joylashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomi tasdiqlandi.
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta'minoti to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, jag‘arilib boriladigan pensiya tizimi mablag‘larini investisiya va kredit resurslari sifatida, shu jumladan moliyaviy vositalarga joylashtirish tartibini belgilab berdi.
Ushbu mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi va Markaziy banki nomidan Xalq banki tomonidan omonatchilarning manfaatlarini ko‘zlagan holda o‘z huquq va majburiyatlarini amalga oshiradi va Nizom asosida boshqariladi.
Pensiya tizimini moliyalashtirishdagi islohotlarni tezlikda amalga oshirib bo‘lmaydi, ularni Respublikamizda boshqa islohotlar bilan jumladan, mehnat bozoridagi, soliq tizimidagi, moliya va kredit tizimidagi islohotlar bilan birgalikda amalga oshirish lozim. Pensiya tizimini moliyalashtirish bo‘yicha islohotlarni amalga oshirishda milliy urf-odatlarimiz, oilalarga, qariyalarga yordam e'tiborga olinishi kerak. Mazkur tizimning mamlakatimizda qo‘llanilishi jarayonida quyidagilarni amal qilish ko‘zda tutilgan:
-jamg‘arib boriladigan pensiya'ning umumiy va majburiy xarakteri, ijtimoiy kafolatlarini amalga oshirishdagi imtiyozlar kishining ijtimoiy himoyalanish huquqining ta'minlanishi;
-jamg‘arib boriladigan pensiya majburiy va ixtiyoriy shakllarning birligi teng huquqliligi shaxsning ijtimoiy ta'minotga bo‘lgan zaruriy darajasi ta'minlanadi va uning keksalik chog‘ida yaxshi yashashi uchun ta'sir ko‘rsatishi;
-turli xil pensiya tizimining bir vaqtning o‘zida amal qilishidagi mustaqilligi va o‘zini-o‘zi idora qilish sharoitida majburiy jamg‘arib boriladigan pensiya bo‘yicha to‘lovlar darajasi va tizimni barqarorligining davlat tomonidan kafolatlanishi;
-jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida qatnashuvchi shaxs va ish beruvchini moliyaviy ishtirokining majburiyligi, zaruriy holatlarda davlat subvensiyalarining jalb etilishi.
-jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida qatnashuvchi shaxsga uning jamg‘argan badallari to‘lashidagi moliyaviy ishtiroki tufayli hosil bo‘lgan mablag‘dan turli shakldagi moddiy yordam va xizmatlar ko‘rsatishi ta'minlanishi;
-aholining tegishli ijtimoiy kategoriyalarni qamrab oluvchi kishilar guruhi yoki mamlakatning barcha aholisining u yoki bu pensiya ta'minot turidan manfaatdorligi;
-barcha jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida qatnashuvchi shaxslarning xarajatlarini moliyalashtirish bo‘yicha majburiyat va natijada ega bo‘lingan huquq va kafolatlar nuqtai nazaridan tengligini ta'minlanishi.
Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga badallarni qayta taqsimlashning davlat mexanizmi yordami bilan individuallashtirilgan hisobraqamlardan foydalangan holda, moliyaviy ta'minlash, pensiya tizimini tashkil etishning o‘ziga xosligi, belgilangan yagona badallarni hisobga olib, pensiya miqdorini belgilash kabilar xosdir. Jamg‘arib boriladigan pensiya'ni olish uchun muayyan jamg‘arma stajiga ega bo‘lish va qonunda ko‘rsatilgan pensiya yoshiga etish zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 28-iyundagi “Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimini takomillashtirish va texnik ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi gi PQ-110-sonli Qaroriga asosan yuridik shaxslar tomonidan jamg‘arib boriladigan pensiya majburiy badallarining to‘g‘ri, to‘liq hisoblanishi va o‘z vaqtida o‘tkazib berilishi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi zimmasiga yuklatilgan. “Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta'minoti to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. Davlat jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida ishtirok etuvchi fuqarolarga shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlarida jamg‘arilgan mablag‘lari saqlanishi hamda to‘lanishini kafolatlaydi.” Qonunning 5-moddasiga asosan fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‘larining saqlanishi va to‘lanishi Davlat tomonidan kafolatlanadi. Shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlarida to‘plangan mablag‘larga daromad hisoblash foizi inflyasiya darajasida yuqori bo‘lishi lozim.
“Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimini takomillashtirish va texnika bilan jihozlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”
“Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta'minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-dekabrdagi tegishli 595-sonli qarorini ijro etish yuzasidan Xalq banki va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan jamg‘arib boriladigan pensiya tizimini amalda joriy etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Respublikaning barcha mintaqalaridagi Xalq banki bo‘limlarida xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning taqdimnomasi bo‘yicha fuqarolar uchun yakka tartibdagi jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlari ochilgan, shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchalari berilmoqda, jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo‘yishning elektron ma'lumotlar bazasi shakllantirilmoqda.
“Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida majburiy tartibda qatnashayotgan fuqarolarni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga olish ish beruvchi tomonidan ish beruvchi soliq ro‘yxatiga olingan joydagi Xalq bankining filialida amalga oshirilishi belgilandi. Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida shaxsiy hisobda turmagan (shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisob raqamiga va jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasiga ega bo‘lmagan) xodimni ishga qabul qilishda, ish beruvchi ish boshlangan kundan boshlab besh kun muddatda Xalq banki filialiga jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo‘yish uchun ishga qabul qilingan xodimning shaxsiy ma'lumotlari ko‘rsatilgan so‘rovnomani yuborishi (taqdim etishi) lozim”.
Har bir ish beruvchi hisobot oyidan keyingi oyning 15-kunigacha har oyda belgilangan shakl bo‘yicha shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida ishtirok etayotgan xodimlar reestrini jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi yagona ma'lumotlar elektron bazasi formatida elektron hujjat sifatida shakllantirishi, ish beruvchi soliq ro‘yxatiga olingan joydagi Xalq banki filialiga elektron manbalarda taqdim etishi yoki uni interaktiv davlat xizmatlari yagona portalidagi shaxsiy “tadbirkorlik sub'ekti kabineti” yoxud internet tarmog‘ining reestrni yuborish imkonini beruvchi boshqa saytlari orqali bevosita jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi yagona ma'lumotlar elektron bazasiga yuborishi shartligi belgilab qo‘yildi.
Reestr va elektron to‘lov hujjatining yakuniy qatorida ko‘rsatilgan badallar summasi, shuningdek, reestrning har bir qatori va har bir ustuni bo‘yicha yakunlar tafovuti bo‘lmaganda, reestrning ma'lumotlari Xalq bankining jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi yagona elektron ma'lumotlar bazasiga kiritiladi. Reestrni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi yagona ma'lumotlar elektron bazasiga kiritish jarayonida xatolar va tafovutlar aniqlangan taqdirda ushbu reestr qabul qilinmaydi va avtomatik rejimda xatolarni tuzatishi yoki tafovutlarni bartaraf etish uchun ish beruvchiga qaytariladi. Agar hisobot oyidan keyingi oyning 25- kunigacha ish beruvchi reestrga tuzatish kiritish choralarini ko‘rmasa, Xalq banki filiali bu haqda davlat soliq xizmatining tegishli hududiy organiga chora ko‘rish uchun xabar yuboradi.
Shuningdek, jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlarini oluvchilar kalendarь yilining oxirgi kunidagi holati bo‘yicha shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘idagi pensiya jamg‘armasi to‘g‘risida ularning manziliga Nizom ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha xabarnoma yuborish yo‘li bilan Xalq bankining filiali tomonidan majburiy tartibda xabardor qilinadi. Xabarnoma jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlarini oluvchiga muhrlangan konvertda pochta orqali yoki internet tarmog‘i orqali elektron shaklda yuboriladi yoxud Xalq banki filialining xodimi tomonidan oluvchining imzosi qo‘ydirilib shaxsan beriladi.
Bundan tashqari, oluvchining ixtiyoriga ko‘ra jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlari xabarnomasi SMS jo‘natish yo‘li bilan ham yuboriladi. Natijada jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlarini oluvchilar shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘idagi yig‘ilgan mablag‘lar to‘g‘risida muntazam xabardor bo‘lib boradilar.
O‘zbekistonda shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘ini Yagona portal orqali ochish mumkin bo‘ldi.
O‘zbekiston Prezidentining 2015-yil 15-maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta'minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni talablarini bajarish doirasida Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 29-avgustdagi 250-son qarori bilan hukumatning 2004-yil 21-dekabrdagi “Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta'minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” gi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
1.Xalq banki tomonidan fuqarolarni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida shaxsan hisobga olishni yuritish tartibi to‘g‘risida nizomda ish beruvchilar, shuningdek, mehnat faoliyatini mehnat shartnomasi asosida amalga oshirayotgan fuqarolar uchun jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida qatnashish majburiy ekanligi belgilab qo‘yildi.
2.Endi ish beruvchi pensiya tizimida majburiy tarzda qatnashayotgan fuqarolarni yozma shaklda yoki Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalining shaxsiy “tadbirkorlik sub'ekti kabineti”da elektron shaklda hisobga qo‘yadi.
Agar so‘rovnoma yozma tarzda rasmiylashtirilgan bo‘lsa, fuqaroni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga olish, uning uchun shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘i ochish va jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasini rasmiylashtirish ishlari uch kunda, agar Yagona portal orqali elektron shaklda rasmiylashtirilgan bo‘lsa, Xalq banki tomonidan bir kunda rasmiylashtiriladi.
Fuqaroni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo‘yishda Xalq banki filiali uch ish kuni mobaynida ish beruvchiga uning xodimlari hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risida xabarnomani yozma yoki elektron shaklda yuboradi.
O‘zbekiston Respublikasining qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori “Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya taьminoti to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari Xalq banki tomonidan fuqarolarni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida shaxsan hisobga olishni yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom va boshqalar.
Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida majburiy tartibda qatnashayotgan fuqarolarni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga olish ish beruvchi tomonidan ish beruvchi soliq ro‘yxatiga olingan joydagi Xalq bankining filialida amalga oshiriladi.
Hisobga olish uchun ish beruvchi xodimning pasportidagi ma'lumotlar asosida mazkur Nizomning 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha xodimning so‘rovnomasini ixtiyoriy tarzda yozma shaklda yoki Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalining shaxsiy “tadbirkorlik sub'ekti kabineti”da elektron shaklda to‘ldiradi.
So‘rovnoma bosma harflar bilan to‘ldiriladi yoki mashinkada yoziladi. So‘rovnomada tuzatishlar kiritishga va bandlarning asossiz bo‘sh qoldirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Agar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasportida fuqaroning identifikasiya raqami (shaxsiy kodi) ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u holda ish beruvchi yashash joyi bo‘yicha ichki ishlar organlaridan fuqaroning identifikasiya raqamini (shaxsiy kodini) so‘raydi va u aniqlangandan keyin so‘rovnomaning tegishli ustuniga yozuvni qayd etadi.
Yozma ravishda to‘ldirilgan so‘rovnomada ko‘rsatilgan ma'lumotlarning to‘g‘riligi ish beruvchining rahbari imzosi bilan tasdiqlanadi. Agar xodim uzoq muddat bo‘lmaganligi (kasallik, xizmat safari, ta'til yoki boshqa sababga ko‘ra) munosabati bilan so‘rovnomadagi mavjud ma'lumotlarni shaxsan tasdiqlash imkoniyatiga ega bo‘lmasa, ish beruvchi ushbu sabablarni so‘rovnomada ko‘rsatadi va uni o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi.
To‘ldirilgan so‘rovnomalar ish beruvchi tomonidan ish beruvchi soliq ro‘yxatiga olingan joydagi Xalq bankining filialiga yozma tarzda taqdim etiladi yoki Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalidagi shaxsiy “tadbirkorlik sub'ekti kabineti” orqali jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi yagona ma'lumotlar elektron bazasida hisobga qo‘yish elektron shaklda yuboriladi
Xalq banki filiali so‘rovnomani to‘ldirishning to‘liqligini tekshiradi va unda ko‘rsatilgan ma'lumotlarni Xalq bankining jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi yagona elektron ma'lumotlar bazasiga kiritadi.
Xalq bankining jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi yagona elektron bazasiga avtomatik rejimda reestr kelib tushgandan keyin reestrning yakuniy qatorida ko‘rsatilgan badallarning yakuniy summasini elektron to‘lov hujjatida ko‘rsatilgan badallar summasi bilan solishtiriladi, shuningdek reestrning har bir qatori va har bir ustuni bo‘yicha yakunlarning to‘g‘riligi tekshiriladi.
Reestr va elektron to‘lov hujjatining yakuniy qatorida ko‘rsatilgan badallar summasi, shuningdek reestrning har bir qatori va har bir ustuni bo‘yicha yakunlar tafovuti bo‘lmaganda, reestrning ma'lumotlari Xalq bankining jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi yagona elektron ma'lumotlar bazasiga kiritiladi.
Reestrda ko‘rsatilgan qatorlar va ustunlar badallari, yakunlari mos kelmagan taqdirda ushbu reestr qabul qilinmaydi va aniqlik kiritish uchun badal kirituvchiga avtomatik rejimda qaytariladi”;
Fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridan mablag‘larni to‘lash tartibi to‘g‘risida Nizom.
Nogironligi bo‘yicha yoki boquvchisini yo‘qotganlik uchun pensiya tayinlashda Jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlari olish huquqi to‘g‘risidagi guvohnomada to‘lovlarning boshlanish va tugash muddatlari ko‘rsatiladi.
Jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasi to‘g‘risida Nizom.
Jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasi jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga olingan har qaysi fuqaro uchun, fuqarolarni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga olish uchun zarur hujjatlar olingan va Xalq banki tomonidan fuqarolarni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida shaxsan hisobga olishni yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq Xalq banki filiali tomonidan amalga oshiriladi.



Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalidagi shaxsiy “tadbirkorlik sub'ekti kabineti” orqali elektron shaklda rasmiylashtirilgan hujjatlar olingan paytdan boshlab bir kun muddatda rasmiylashtiriladi.




Download 43.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling