Kirish Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi
Download 43.33 Kb.
|
Dissertatsiya 1-bob
Kirish Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi. Bugungi kunda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), Jahon banki, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT), Pensiya va ijtimoiy fondlar xalqaro assotsiatsiyasi oʼtkazgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, dunyoda aholining keksayib borayotganligi, demografik vaziyatning keskinlashishi, ishsizlik muammosining keskin avj olishi, yashirin iqtisodiyotda band boʼlganlar sonining ko‘payishi bilan bog‘liq muammolarning pensiya taʼminoti tizimiga salbiy taʼsir ko‘rsatishi natijasida pensiya taʼminoti tizimida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni bartaraf etish borasida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. “Jahon bankining bergan maʼlumotlariga ko‘ra 1990-yilda dunyo aholisining deyarli yarim milliarddan ortig‘ini 60 yoshdan oshganlar tashkil etgan bo‘lsa, 2030-yilga borib bu ko‘rsatkich 1,4 milliardga yetadi. Bu esa pensiyaga chiquvchilarning oshishidan dalolat beradi.”1 Ammo mazkur tizimdagi muammolar yetarlicha tadqiq etilmayapti. Bu esa o‘z navbatida pensiya taʼminoti tizimini isloh qilish borasida xalqaro miqyosda doimiy ravishda ilmiy tadqiqotlar olib borish zarurligini taqozo etmoqda. Bugungi kunda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligining oshib borayotganligi, shuningdek insonlarning keksayganda, mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki to‘liq yo‘qotganda ijtimoiy xavf-xatarlardan himoyalash bo‘yicha mavjud muammolarni hal qilish bo‘yicha jahonda ko‘plab ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Xalqaro moliya tashkilotlari, jumladan, Ijtimoiy va pensiya fondlari xalqaro assotsiatsiyasi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotlari pensiya taʼminotiga doir izlanishlar natijalarini eʼlon qilib kelmoqda. Tadqiqotlarda pensiya taʼminoti tizimini takomillashtirishga oid masalalari keng yoritilgan, biroq pensiya taʼminotiga oid ko‘plab masalalari yetarlicha ochib berilmagan. O‘zbekistonda “Aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish, jumladan, keksalar, imkoniyati cheklangan shaxslar va boquvchisini yo‘qotganlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, aholining boshqa ehtiyojmand toifalarining ijtimoiy taʼminotini yanada yaxshilash”2 pensiya taʼminoti tizimining muhim maqsadlaridan biri hisoblanadi. Bugungi globallashuv davrida jahon miqyosida chuqur moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davom etayotgan, raqobat tobora kuchayib borayotgan keskin bir sharoit dunyo mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot dasturlariga o‘zgartirishlar kiritishni obyektiv zaruratga aylantirmoqda, jumladan, pensiya tizimida ham. Oʼzbekistonda ham “..... pensiya va nafaqalarni tayinlash va toʼlash tartibini qayta ko‘rib chiqish, pensiya tizimini tubdan isloh qilish zarur”3 ekanligi davlatimiz rahbari tomonidan taʼkidlab o‘tildi. Download 43.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling