Kirish fan haqida tushuncha. Fanlar tizimi
Insonning xwjalik faoliyati ta`sirida geografik sistemalarning wzgarishi
Download 400.97 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Landshaftlarning inson tomonidan wzgartirilishi. Madaniy landshaftlar
Insonning xwjalik faoliyati ta`sirida geografik sistemalarning wzgarishi. Insonning xwjalik faoliyati geografik komplekslarga har turli ta`sir kwrsatib, ularda har turli wzgarishlarga sababchi bwladi. Er yuzida insonning xwjalik faoliyati ozmi-kwpmi ta`sir etmagan geografik kompleks jwq deb aytish mumkin. Lekin inson tabiiy kompleksga qancha ta`sir etmasin, baribir bu kompleks tabiatning bir qismi bwlib qolaveradi va ob`ektiv tabiiy qonuniyatlar asosida rivojlanishda davom etadi. 45
Inson wzining xwjalik faoliyati natijasida wzgartgan geografik komplekslarda (land- shaftlarda) odatda ikkilamchi komponentlarda wzgarishlar kwproq bwladi. Masalan, antropogen landshaftlardan iborat shaharlar, vohalar manzarasi atrofdagi manzaradan qancha farq etmasin, baribir ular zaminning geologik, iqlim xususiyatlari, makrofel`ef , wzgarmagan bwladi. Bunda wsimlik qatlami, hayvonat dunesi butunlay almashtirilishi, tuproq madaniy tuproqqa aylanishi mumkin. Landshaft komponentlari elementlarini uch guruhgatbwlish mumkin. 1. Sun`iy elementlar-joylar, ywllar, qattiq qatlamli maydonlar va h.k. 2. Tabiiy elementlar, bular tabiiy holda uchraydi. 3. Aralash elementlar. Ular landshaftda sof element bwlsada, qurilishlar erdamida tabiiy komponentlardan paydo etiladi. Bularga suv omborlar, kanallar, kollektorlar va bosh- qalar kiradi. Geografik komplekslarga (landshaftlarga) inson tomonidan buned etilgan elementlar, qaysi guruhga loyiq ekanligidan qat`i nazar, ular tabiatning wzaro aloqalar tizimida ishtirok etadi. Shuning bilan birga ular, tabiiy elementlarga wxshab, tabiiy jaraenlar ta`sirida bwladi. Landshaftlarning inson paydo etgan yaki boshqa landshaftlardan olib kelingan sof elementlarning eski, tabiiy elementlardan asosiy farqi ularning barqarorligidir. Sof elementlar shu landshafda mustaqil rivojlanib ketmay, insonningin` (doimiy) erdamiga muhtoj bwladi. Insonning xwjalik faoliyati landshaftning tashqi Omillarga (atmosferaning tarkibi, quyash radiatsiyasi, effektiv nur tarqalishiga) ma`lum darajada ta`sir kwrsatmoqda, lekin uni hozirgacha kwp wzgarta olmaydi. Wzgartirganda ham u inson uchun halokatli bwlar edi. Shuning uchun uni wzgartirishga emas, balki tabiiy holatini saqlashga, ifloslantir- maslikka harakat qilish kerak.Lekin bundan tabiiy landshaftlar qanday bwlsa, uni wzgart- masdan foydalanish kerak, degan xulosa kelib chiqmaydi. Inson xwjalik uchun noqulay bwlgan landshaft komponentlarining elementlarini wzgartirib, unga sof elementlar kirgizib, undan og`ilona foydalanish kerak. Geografik komplekslarning ikkilamchi komponentlariga kirgizilgan har qanday element, yuqorida aytganimizdek, beqaror bwladi. Geografik komplekslardan ratsional foydalanish uchun, unga kirgizilgan sof element- larning nisbatan barqaror bwlishi uchun geografik komplekslarga ularning birlamchi kompo- nentlari orqali ta`sir kwrsatish kerak. Birlamchi komponentlar wzgarganda avvalgi holatiga qaytmaydi va geografik kom- plekslardagi ular orqali yuz Beradigan wzgarishlarda barqaror bwlib, wz holiga qaytmaydi.
46
Baland (sertepa) erlar haydalib, ekin ekiladi (sof element). Agar tuproq eroziyasiga qarshi choralar ma`lum bir vaqtgacha twxtatilib qwyilsa, tuproqning yuvilishi boshlanib ketadi. Agar birlamchi komponent-rel`ef elementi wzgartirilsa, ya`ni tepaliklar tekislanib, keyin erni haydab, ekin ekilsa, tuproq eroziyasi yuz bermaydi. Hatto ekin ekilmasa ham, baland (sertepa) erdagi wsimliklar qayta tiklanmaydi. Rel`efning wzaerishi quyash radiatsiyasining er yuziga taqsimlanishini, tuproqning suv rejimini, tuproqlarda yuz beradigan jaraenlarni, wsimlik va hayvonot dunesining ekologik sharoitini ham wzgartadi. Geografik komplekslar qancha katta bwlsa, ularga kirgizilgan antropogen wzgarish shunchama kam bwladi. Xulosa qilib aytganda, landshaft yaki undan ham katta geografik komplekslar, ma- salan zona doirasida faqatgina ikkilamchi komponentlarga-wsimlik, hayvonot dunesi, tupro- qqa biroz wzgarish kirgizish mumkin.
Insonning xwjalik va maishiy ehtiejlari uchun landshaftlar ham barqaror bwlishi za- rur. Landshaftlarga kirgizilgan wzgarishlar asosan ikki holatda biroz barqaror bwladi. 1. Agar landshaft komponentlarining mavjud elementlerining ekologiyasi tufayli ularga teng bwlgan elementlar bilan H masalan ayrim wsimliklar yaki ekologik sharoitga twg`ri (mos) keladigan elementlar kirgizilsa, bunday elementlar landshafda barqaror, twliq yashab ketadi. Bunga misol qilib, Quyi Amudaredagi, twqaylarga va Mirzachwldagi qamishzorga yuborilgan on- datrani kwrsatish mumkin. Bular borgan eridagi landshaftda kwpayib, uning elementlariga ay- lanib ketgan. Wsimlik va hayvnot dunesidagi wzgarishlar landshaftdagi moda almashinuvini, tu- proq jaraenlarining hatto mikrorel`efga ta`sir etishi mumkin. Lekin bu wzgarishlar landshaft- larning ikkilamchi komponentlariga tegishli (taalluqli) bwlganligidan landshaftning tuzilishi wz holida avvalgiday qola beradi. Landshaftdagi tabiiy ekologik sharoitga twliq moslashib ketmagan har qanday ele- ment (u mayli wsimlik, mayli hayvon bwlsin), inson aralashib, parvarish etib turmasa, uzoq vaqt yashay olmaydi. 2. Er yuzida, shuning ichida har bir erda tabiiy sharoit doim bir turda turmasdan tek- tonik harakatlar va iqlimning asta-sekin wzgarishi natijasida twxtovsiz wzgarib turadi. Bun- 47
ing oqibatida har bir landshaftta avvalgi sharoitda paydo bwlgan va hozir kamaymb, ywq bwlib boraetgan relikt, hozirgi sharoitga mos bwlgan va yangidan paydo bwlib, rivojlanib ke- laetgan elementlar bwladi. Agar biz landshaftning anna shu uch turli elementini wrganib, progressiv element- larni kwpaytirishga harakat qilsak landshaftga kirgizilgan bu elementlar barqaror bwladi. Geografik landshaftlarga insonlar tomonidan berilgan turtki, u bevosita yaki bil- vosita, mayli u wylab ishlangan, yaki tasodifiy bwlmasin, landshaftlarda tabiiy muvozanatni buzib, ularning bundan buen rivojlanishiga ta`sir etadi va landshaft wzgarishini kwrsatadi. Har bir tabiiy holdagi landshaftda, insonlar tomonidan wzgartirilgan landshaft ham twxtovsiz rivojlanishda bwladi. Landshaftlarning inson xwjalikdagi faoliyati natijasida wzgaruvchanlig darajasi har turli bwladi. Bularni quyidagi guruhlarga bwlish mumkin. 1. Deyarli wzgarmagan, ya`ni ibtidoiy landshaftlar. Bunday landshaftlarga insonning xwjalikdagi faoliyatida foydalanilmagan va bil- vosita ta`sir kwrsatilgan landshaftlar kiradi. Masalan, Arktikadagi muz bilan qoplangan orollar. Antraktida, baland tog`lardagi, uzoq taygadagi va ekvatorial wrmonlardagi xwjalikka jalb etilmagan landshaftlar. Lekin bularda sanoat chiqindilari, ximiyaviy preparatlar (gebitsidlar), radioaktiv changlar uchrashi mumkin. 2. Kam wzgartirilgan landshaftlar. Bularga ekstensiv xwjalik (ovchilik, baliq ov- lagsh, saylab terak kesish, chorva mollarini keng maydonda boqish). Landshaftning ikkilam- chi komponentlarining elementleriga ta`sir etadigan landshaftlar kiradi. 3. Buzilgan (kuchli wzgartirigan) landshaftlar. Bunday landshaftlarga stixiyali inten- siv ta`sir natijasida tabiat komponentlari orasidagi ichki aloqalar biroz buzilgan, jamiyat uchun noqulay xususiyatlarga ega bwlgan va inson aralashmasa, buzilib ketadigan landshaft- lar kiradi. 4. Madaniy landshaftlar. Ularga tuzilishi aniq (muayyan) maqsad bilan ilmiy asosda va jamiyat manfaatlarini kwzlab, aqlga muvofiq wzgartirigan landshaftlar kiradi. Ilmiy adabi- etda madaniy landshaftning sinonimi sifatida antropogen landshaft tushunchasi ham foy- dalaniladi. Asosan har qanday antropogen landshaftni ham madaniy landshaft dyish mumkin emas. Antropogen landshaftga insonning kon qazish faoliyatini, wrmonlarning kwplab va pala-partish kesilishi, chwlda wsimlik qatlamining ywq qilinishi va boshqalarni kiritish mum- kin. Unumsiz, kwrimsiz bwlib qolgan landshaftlar ham kiradi.
48
Madaniy landshaftlarda unumdorlik, iqtisodiy samaradorlik eng yuori, insonlarning haeti uchun juda zarurli. Sharoit qulay, tabiiy muhit, suluv gwzal bwlishi kerak. Madaniy landshaftda biologik komponentlar-wsimlik va hayvonot dunesi kwp, mwl hosil berishi bilan birga doim qayta tiklanib, boyib borishi kerak. Tiklanmaydigan resurslardan nobud qilmay foydalanish va ularni saqlab qolish, sanoatdan chiqadigan chiqindilar tabiatdagi modda aylanishiga qwshilib ketishi, tabiiy mu- hitga zarar keltirmasligi, kerak. Tugamaydigan resurslardan iloji boricha kwproq foydalanish, tabiatning ifloslanishiga ywl qwymasligimiz kerak. Geografik komplekslardan jamiyat ehtiejlariga mos ravishda foydalanishda uch asosiy ywnalish bor. 1. Landshaftlarni tabiiy holda saqlab qolish. Landshaftlar odatda tabiiy holda ham jamiyatning ehtiejlariga qoniqarlii javob bera- digan bwlsa, uni wz holida saqlagan ma`qul. Bundan tashqari, landshaftlar ilmiy maqsadlarda (geografik komplekslarning tuzilishi va rivojlanish qonuniyatlarini wrganishda etalon-namuna sifatida foydalanish uchun). Wsimlik va hayvonlar genefondini saqlash, tuproqni eroziyadan saqlash, suv rejimini va manbaini muhofaza qilish vash u kabilar uchun tabiiy holda saqlab qolinadi. 2. Landshaft komponentlari va ularning elementlari orasidagi wzaro aloqalarni buzmasdan cheklangan holda ekstensiv foydalanish. Bunga chwl, tog` yaylovlaridan tartibli turda foydalanish. Wrmondagi daraxtlarning yillik hosildorlik miqdorini hisobga olib daraxt kesish, hayvonlarning kwpayishini hisobga olib ov qilish va boshqalarni misol keltirish mumkin. 3. Tabiiy komplekslarga kuchli meliorativ ta`sir kwrsatish va tabiatni qwriqlash bi- lan birga ulardan xwjalikda intensiv turda foydalanish. Bunday geografik komplekslarda tabiiy komponentlar orasidagi muvozanat insonlarning meliorativ ta`siri natijasida wzgargan bwlib, ma`lum darajada sun`iy turda ushlab turiladi va inson ta`sir etgan vaqtdan boshlab yana wzgaradi. Madaniy landshaftlar, asosan ikki turli landshaftlar asosida paydo bwladi. 1. Madaniy landshaftlar, tabiiy landshaftlar yaki insonning xwjalik faoliyati zaif, ta`sir etgan landshaftlar asosida yaratiladi. 2. Madaniy landshaftlar kwpincha insonning xwjalik faoliyati ta`sirida buzilgan geografik komplekslar wrnida yuzaga keltiriladi.
49
Madaniy landshaftlarning yaratilishida yana bir ahamiyatli narsa shundan iboratki, landshaft qancha kwp komponentli bwlsa, u shuncha barqaror bwladi. Bu gap ayniqsa biologik komponentlarga tegishli. Xulosa qilib aytganda, madaniy landshaftlarni yaratishda va undan foydalanishda quyidagi talablar olg`a qwyiladi. 1. Madaniy landshaftlar jamiyatning iqtisodiy, reakratsion va estetik talablarga yax- shi javob berishi kerak. Insonlarning yashashi uchun ekologik sharoit eng xos (mos), atrof- muhit toza bwlishi kerak. 2. Madaniy landshaft bir turli manzarali (monoton) bwlmasligi kerak. Shuning uchun madaniy landshaftda ekin maydonlar bilan birga daraxtlar, suv havzalari, hatto botqoqlik, tabiiy yaylovlar ham bwlishi kerak. 3. Madaniy landshaftlarda wsimliklarning kwp bwlishiga alohida e`tibor berish kerak. Qishloq xwjaligi uchun noqulay va sanoatning ishlab chiqarishdan bwshab qolgan er- lar yashil zonalarga aylantirilishi kerak. 4. Landshaftlardagi tabiiy muvozanatni saqlash uchun oldindan tabiiy biotsenozlarni, ulardagi wsimliklarning saqlanib qolishiga, xwjalikda ulardan unumli foydalanishga ularni qwriqlashga e`tibor berish kerak. 5. Madaniy landshaftda insonning xwjalik faoliyati natijasida yuzaga kelgan chwllar», tashlandiq erlar, (musor), tashlab ketilgan kar`erler, yaroqsiz erlar bwlmasligi kerak. 6. Madaniy landshaftlarning tabiiy sharoit va resurslardan ilmiy asosda foydalanish hamda ularni qwriqlash bilan birga bu landshaftlarning iqtisodiy samaradorligini oshirish maqsadida turli melioratsiya ishlarini amalga oshirib borish kerak. Landshaftlarni madaniylashtirish rejalashtiraetganda ba`zi tipik landshaftlarni ilmiy tadqiq etish, wsimlik va hayvonlar genofondini saqlash, landshaftda yuz beradigan jaraenlarni wz holicha wrganish vash u kabi maqsadlarda saqlab qolish kerak.
Download 400.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling