Quduqlarni sinashning asosiy maqsadi – o‘rganilayotgan obyektning
kollektorlik xossalarini mahsuldorligini, ulardagi neft va gaz zahiralarini, ularning
ekspluatatsiya qilish usullarini tanlashni, optimal rejimini baholash uchun aniq va to‘liq
ma’lumot yig‘ishdan iborat. Odatda, quduqlar o‘zlashtirilgandan keyin darhol sinashga
o‘tiladi. Razvedka qilinadigan har qaysi mahsuldor qatlam alohida-alohida sinaladi. Sinash
pastki qatlamdan boshlab ketma-ket o‘tkaziladi. Keyingi obyektni sinashdan oldin yuqorida
joylashgan obyektni sinalgan obyektdan germetik sement ko‘prigi yordamida chegaralanadi.
Neft va gaz konlarining geologik kesimida g‘ovakli qumlar, qumtoshlar, ohaktoshlar, gillar,
mergellar uchraydi. Bu tog‘ jinslar neftli, gazli va suvli bo‘lishi mumkin.
Mahsuldor qatlamlarni ochish bir necha usullarda amalga oshiriladi.
1.
Burg‘ilash qudug‘i mahsuldor qatlamning shipigacha kovlanib, oraliq quvurlar
yordamida sementlanadi. Keyin mahsuldor qatlamlar ochilib, burg‘ilash qudug‘iga sizgich
tushiriladi. Bu holda oraliq quvurlar birikmasi ishlatish quvuri vazifasini bajaradi.
2.
Burg‘ilash qudug‘i mahsuldor qatlamning butun qalinligi bo‘yicha kovlanadi va
sizgichli foydalanish quvurlari birikmasi tushiriladi. Keyin manjet usuli yordamida neft
qatlami shipining ustki qismi sementlanadi. Bunday usullar past bosimli qatlamlarda
foydalinadi.
3.
Burg‘ilash qudug‘i mahsuldor qatlamning butun qalinligi bo‘yicha kovlanadi. Bundan
so‘ng foydalanish (ishlatish) quvurlar birikmasi tushirilib, quduq tubidan boshlab
sementlanadi.
. 51. Neft, gaz va gaz kondensati konlarini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari va yerosti gaz omborlaridan
foydalanish
Konnlarda ekspluatatsiya obyektlarining rivojlanish tizimlari quyidagicha
1.
Qatlam bosimi yordamisiz. Tabiiy suv bosimi rejimida, yuqori kollektorlik
xususiyatlariga ega, neftning past qovushqoqligi µ, pezo va gidroo’tkazuvchanlig yuqori
bo’lgan, qatlamda hech qanday uzilishlar uchramaydigan qatlamlarga xos.
2.
Do'stlaringiz bilan baham: |