Kirish. Fanning asosiy maqsadi va vazifalari. Quduqlarda geofizik tadqiqot o’tkazish usullari


Yerning tabiiy issiqlik maydoni usuli (geotermiya)


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/15
Sana04.05.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1425316
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
geofizika yakuniy Javoblar docx

Yerning tabiiy issiqlik maydoni usuli (geotermiya) 
Yer bag‘rining tabiiy temperaturasi neft va gaz konlarini paydo bo‘lishi, ularni 
migratsiyasi, qatlamlarda saqlanish sharoitlarini belgilovchi omillardandir. Konlarni qazish, 
ularni ekspluatatsiya qilish, quduqlarda ishlatiladigan geofizik apparatlarini tanlashda 
quduqdagi temperaturani bilish muhim ahamiyatga egadir. 
Geotermiya usuli quduqlarda burg‘i qorishmasining sirkulsiyasi to‘xtatilgandan keyin, 
birqancha vaqt (o‘rtacha 10-20 kun) o‘tgandan so‘ng qorishma qatlam temperaturasini qabul 
qilgandan so‘ng o‘tkaziladi. Burg‘i qorishmasi va qatlam temperaturalarini bir-birlariga 
tengliklari quduqlarda temperatura qarorlashgan holat deb ataladi va bu sharoitda o‘lchangan 
temperatura qatlamlarning chuqurlikdagi haqiqiy temperaturalari hisoblanadi. 

Quduqlarda temperaturani o‘lchash uchun maksimal simob termometrlari va elektr 
termometrlari qo‘llaniladi.
27. Quduq va qatlam bosimini aniqlashda barometrik usuldan foydalanish. 
Barometriya vaqt davomida bosimning harakatini yoki quduq bo'ylab bosim gradientini 
o'rganadi. Usul chuqurlik va rezervuar bosimining qiymatlarini aniqlash, qatlamlarga 
tushirish (repressiya) ni baholash, gidrostatik bosim gradientini aniqlash, statsionar 
aralashmaning zichligi va tarkibini baholash, toraytirilgan bosimning qaytarilmas 
yo'qotishlarini baholash uchun ishlatiladi. quduq qudug'i, harakatlanuvchi oqimning 
gidravlik yo'qotishlari va harakatlanuvchi aralashmaning zichligi va tarkibini aniqlash (oqim 
tarkibini baholashning boshqa usullari bilan birgalikda). Qo'llash cheklovlari quduqdagi 
statsionar bo'lmagan jarayonlar, harorat va gaz-suyuqlik oqimining strukturasi bosim 
o'lchagichlarning ko'rsatkichlariga ta'siri bilan bog'liq. O'lchovlar chuqurlik o'lchagichlari 
bilan amalga oshiriladi. absolyut bosim va differentsialni o'lchashga bo'linadi. Bundan 
tashqari, avtonom ro'yxatdan o'tgan bosim o'lchagichlari mavjud bo'lib, ular qirg'ichdan 
yasalgan simga yoki shakl sinovchilarining bir qismi sifatida tushiriladi va masofadan turib, 
kabel orqali ishlaydi. Bosim transduserlari piezokristal (kvarts, safir), shuningdek, torli va 


membrana turlari (eskirgan modellar) bo'lishi mumkin. Quduq o'lchagichlari umumiy 
bosimning statik komponentini o'lchash uchun mo'ljallangan bo'lishi kerak (radial oqimlar 
ta'sir qilishi mumkin bo'lgan quduq tubiga intensiv suyuqlik oqimining intervallari bundan 
mustasno). Barometrik usulning masofaviy asboblari quyidagi talablarga javob berishi kerak: 
asosiy o'lchov diapazonlari- 10; 25; 40; 60 va 100 МPа ; bosim o'tkazgichlarining sezgirligi - 
0,001-0,05 MPa; asosiy nisbiy o'lchov xatosi - ±0.25% yoki ±0.5%. Bosim sensorlari bo'lgan 
qurilma (modul) "kirish-tarkibi" baholash usullarining boshqa sensorlari, shuningdek, HA, 
LM (bo'limga ulanish uchun) bilan birlashtirilgan. Birlamchi va davriy kalibrlashlar yuqori 
bosimli kalibrlash uskunasida sertifikatlangan o'lchagichlar yordamida amalga oshiriladi. 
Chuqurlik o'lchagichlarining ko'rsatkichlariga haroratning kuchli ta'siri tufayli kalibrlash 
transduser va qurilmaning o'zini termostatlashda kamida uchta belgilangan haroratda 
amalga oshiriladi. Kalibrlash bog'liqligi P = f (J; T) ko'rinishiga ega, bu erda P, T - bosim (MPa) 
va harorat (° S), J - qurilma ko'rsatkichlari. Mutlaq bosimlarni va ularning o'zgarishlarini 
o'lchash uchta usulda amalga oshiriladi, belgilangan chuqurlik nuqtalarida vaqt funktsiyasi 
sifatida bosimning o'zgarishini qayd etadi; chuqurlik funktsiyasi sifatida quduq bo'ylab 
statsionar bosim maydoni; chuqurlik va vaqt funktsiyasi sifatida quduq bo'ylab statsionar 
bo'lmagan bosim maydoni. Bosimning o'zgarishini vaqt funktsiyasi sifatida qayd etish 
tebranish o'lchovlari paytida yoki rezervuarlarni gidrodinamik tadqiq qilishda (CP kirish egri 
chizig'ini, bosim o'zgarishi egri chizig'ini - bosimning oshishi, bosimning oshishi va 
boshqalarni qayd etish) amalga oshiriladi.
28. Neft va gaz konlarini ishlatishni nazorat qilishda termometriya usuli. 
Quduqlarda temperaturani o‘lchash uchun maksimal simob termometrlari va elektr 
termometrlari qo‘llaniladi. Maksimal simob termometrlarning ishlash prinsipi tibbiyotda 
ishlatiladigan termometrlar kabidir. Termometrning simob joylashgan rezervuari bilan 
kapillyar ulangan joyida torayish mavjud bo‘lib, temperatura oshgan sari simob yuqoriga 
kapillyar bo‘ylab ko‘tariladi. temperatura pasayaboshlaganda, yuqorida aytilgan torayish 
kapillyar va rezervuardagi simobni uzib qo‘yadi. Termometr eng baland temperaturani 
ko‘rsatadi, shuning uchun uni maksimal termometr deb ataladi. Simobni rezervuarga 
qaytarish termometrni silkitish bilan amalga oshiriladi. Temperaturani aniq o‘lchash uchun 
quduqqa birnechta termometr bir vaqtda tushiriladi. Tevarak atrofning temperaturasini 
termometr qabul qilib olishi uchun birqancha vaqt kerak, shuning uchun termometr 
o‘lchash nuqtasida 0.5 soatdan 1 soatgacha ushlab turiladi. Maksimal simob termometrlari 
temperaturani katta aniqlikda o‘lchaydilar. quduqlarda ishlatiladigan elektr termometrlarida 
ko‘prik sxemasi qo‘llanidadi (rasm-1). Rasm-1.a da temperaturani uch tomirli kabellarda, 
rasm-1.b da bir tomirli kabellarda o‘lchash sxemalari keltirilgan. Rasm-1.v da elektron 
termometri TEG ning elektr sxemasi keltirilgan. Termik usullar yuqorida sanalgan 
vazifalarning birinchisi, ya’ni sementning ko‘tarilgan balandligini aniqlaydi. Ma’lumki sement 
qorishmasi qotayotganida ekzotermik reaksiya sodir bo‘lgani uchun issiqlik chiqaradi. 
Sementlangan oraliq, sementlash tugagandan so‘ng ko‘p vaqt o‘tmay o‘lchangan 
termogrammalarda temperaturaning oshishi bilan kuzatiladi. Sementlangan oraliq 980 m. 


dan pastda joylashgan bo‘lib, termogrammada temperaturaning keskin o‘zgarishi bilan 
ajralib turipti. Agarda 980 m. gacha sementlanmagan oraliqda termogrammada 
temperaturaning chuqurlik bilan o‘sishi bir tekis, ravon bo‘lsa, sementlangan oraliqda esa, 
temperaturaning o‘sishi keskin differensiallangan. Sement ko‘tarilgan balandlikda 
temperaturaning qiymati quyidagi omillarga bog‘liq: 1) sementning fizikaviy va kimyoviy 
xususiyatlari va uning miqdoriga; 2) sement qorishmasi quyilgandan temperaturani 
o‘lchaguncha ketgan t vaqtga; 3) sementlash ishlarining geologik va texnik sharoitlariga. 
Harxil markadagi sementlarning qotish vaqti va issiqlik chiqarish temperaturasi turlichadir. 
Eng yuqori temperatura qorishma quyilgandan 6-16 soat vaqt o‘tgandan keyin kuzatiladi. 
Lekin temperaturani o‘lchash imkoni (texnik sabablarga ko‘ra) 24-48 soatdan keyin paydo 
bo‘ladi. 1000-1800 m. chuqurlikda sementlash ishlari o‘tkazilgan va quduqqa sement 
qorishmasi quyilgan vaqt bilan temperaturani o‘lchaguncha o‘tgan vaqt t orsida 
temperaturaning ekzotermik reaksiya natijasida oshishi o‘rganilgan. Tekshirishlar shuni 
ko‘rsatdi. Agarda t bir sutka bo‘lganida temperatura oshishi 3(, t ikki sutka bo‘lganida bu 
ko‘rsatgich 1.6( va t uch sutka bo‘lganida temperatura oshishi 0.9( bo‘lgan. Shuning uchun 
quduq bo‘shashi bilan temperaturani o‘lchash zarur.
29. Neft va gaz konlarini ishlatishni nazorat qilishda gamma-gamma zichlik o’lchash usuli.
Gamma-gamma usulida tog‘ jinslarini gamma nurlar bilan nurlatilganda ularni tashkil 
qiluvchi elementlaridan qaytgan su’niy gamma nurlar qayd qilinadi. Quduqqa tushirilgan 
zondda gamma nur taqatuvchi manba’ 1, tog‘ jinslaridan qaytgan nurlarni hisoblovchi 4 - 
indikator, manba’dan indikatorga to‘g‘ridan-to‘g‘ri nur tushmasligini ta’minlovchi 
qo‘rg‘oshin to‘siq 3, zond ichidagi elektron sxemani tok bilan ta’minlovchi blok 5, indikator 
4da gamma nurlaridan hosil bo‘lgan impulslarni kuchaytirgich 6, quduqning ta’sirini 
kamaytiruvchi va uni quduq devoriga taqab turuvchi qurilma 8, zond bilan yuqoridagi 
o‘lchovchi qurilmalarni bir-biri bilan bog‘lovchi kabel 7, kollimatsion darchalar 2 kabilar 
mavjuddir. Rasm-1 Gamma nurlari tog‘ jinslaridan o‘tayotganlarida muhitning atomlari, 
elektronlari yoki atom yadrolari bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lishlari mumkin. Bu o‘zaro ta’sirda 
gamma nurlar butunlay yutilishlari yoki harakat yo‘nalishlarini o‘zgartishlari va bu hol esa 
ularning energiyalarini kamaytirishga olib kelishi kuzatiladi. Energiyalari 10 Mev dan kam 
bo‘lgan gamma nurlar uchun moddalar bilan gamma nurlarining, odatda, uch hil o‘zaro 
ta’siri kuzatiladi: 1) fotoelektrik effekt; 2) Kompton effekti; 3) pozitron -elektron juftligini 
hosil bo‘lish effekti. Fotoeffektda (-nurlar element atomlari bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladilar va 
bor energiyalari h) ni atomlarning elektron qobig‘laridagi elektronlarning biriga to‘la 
beradilar. Gamma nurlarning energiyalari katta bo‘lmaganida elektronlar gamma nurlariga 
nisbatan 90( burchak ostida yuliyu olinadi. Gamma nurlarning energiyalari oshishi bilan bu 
burchak kamayib boradi. Fotoeffekt jaroyonining kuzatilish ehtimoli ta’sir qilayotgan gamma 
nurlarining energiyasini elektronlarning atom qobig‘laridagi bog‘lanish energiyalariga 
qanchalik yaqin bo‘lishiga bog‘liq. Odatda elkektronlarning bog‘lanish energiyasi birnecha 
yuz Kev dan oshmaydi, shuning uchun fotoeffekt gamma nurlarining energiyalari nisbatan 
kichkina bo‘lganda yuz berishi mumkin. Og‘ir elementlar uchun elektronlarning bog‘lanish 


energiyalari chuqur orbitalarida ortib boradi, demak og‘ir elementlarda fotoeffektning 
kuzatilish ehtimoli ko‘proq bo‘ladi. Elektron pozitron juftligi gamma nurlarini yadro bilan 
o‘zaro ta’sirida hosil bo‘ladi.
30. Vertikal seysmik profillash usuli yordamida quduqlar oralig’ini o’rganish texnologiyalari. 
ВСП-С, ВСП-ПГР материалларини қайта ишлаш. ВСП материаллари сигнал-тўсиқ 
муносабатни ошириш, тўлқинлар харитаси структурасини соддалаштириш ва сейсмик 
тўлқинларнинг динамик ва кинематик хусусиятларини аниқлаш учун қайта ишланган. 
Қайта ишлаш СЦС-3 ВСП-ПГР комплекси IBM-370 тизимида ҳамда персонал ЭҲМ 
ларидаги ВСП-ПГР, ВСП-С, СЦС-3-РС пакетларида бажарилган. ВСП-С маълумотларини 
қайта ишлаш қуйидагича бажарилади: 1. Демультиплексация. 2. Паспортни яратиш ва 
СЦС-3 бошини ўзлаштириш. 3. Рўйхатга олиш билан профил тузиш. 4. Маълумотларни 
СЦС-3 форматидан (IBM-370) ВСП-ПГР (IBM-PC) тизими форматига ўтказиш. 5. ВСП-РС 
тизимида паспортни яратиш ва бошини яратиш. 6. Статик тузатмалар киритиш. 7. 
Дастлабки майдонни олдиндан айтувчи деконволюция қилиш. 8. Тўлқинларни тезлик 
бўйича ажратиш. 9. Бир каррали қайтарувчи трассаларни ҳисоблаш. 10. ВСП 
маъдумотларини қайта ишлаш натиларининг визуализацияси. ВСП-ПГР материаллари 
қуйидаги жараёнлар натижасида қайта ишланган: 1. Демультиплексация. 2. Паспортни 
яратиш ва СЦС-3 бошини ўзлаштириш. 3. Рўйхатга олиш билан профилни 
жойлаштириш (тузиш). 4. Қатламларни улаш. 5. Маълумотларни СЦС-3 форматидан 
ВСП-РС форматига ўтказиш. 6. ВСП-РС тизимида паспортни яратиш ва бошини 
ўзлаштириш. 7. Статик тузатмаларни киритиш. 8. Тезликлар бўйича тўлқинларни 
ажратиш. 9. Оптимал деконволюция. 10. Синфазли тўпламоқ. 11. Частотали ютилиш 
компенсацияси. 12. Амплитудаларни тузатиш. 13. Қайта динамик вазифани ечиш. ВСП-
ОГТ материалларини қайта ишлаш 3 та асосий босқичдан иборат. Биринчи вазифаси 
дала материалларини ЭҲМ дастурига киритишдан иборат. Бунинг учун IBM-370 
маълумотларни узатишда демультпликация ва бошқа бир қатор дастурлардан 
фойдаланилади. Профил геометриясини олишда паспорт тузилади, портлатув пункти 
ва сейсмограммалар тартибга солинади. Бундан сўнг маълумотлар магнит линтадан 
ЭҲМ дастурлари қаттиқ дискига ёзилади. Иккинчи босқичда трассалар ва 
сейсмограммалар рўйхатга олинади, улар фильтрация қилинади. Сўнгра сўнувчи 
тўлқинлар ҳисобланади. Бунда ВСП маълумотларини қайта ишлашга мўлжалланган 
ҳар хил пакетли дастурлар жараёнидан фойдаланилади. Биринчи ва иккинчи 
босқичлар ВСП материалларини қайта ишлашда умумий ва стандарт ҳисобланади. 
Учинчи босқичнинг вазифаси олдинги олинган натижалар бўйича ВСП-ОГТ кесимини 
қуриш ҳисобланади. Бу VSPCDP дастурида амалга оширилади. Ушбу дастур 1992 йилда 
А.А. Табакаов бошчилигида қурилган. Бу дастур тик сейсмик профиллаш (ВСП) 
маълумотларини қайта ишлаш учун қудуқ туби ва ундан чуқур муҳитларнинг юқори 
сифатли суръатларини олишга мўлжалланган. 
31. Gradiyent va potensial zondlar, ularning turlari. 


Эхтимолий қаршилик ва уларнинг оддий геологик шароитлардаги кўринишлари. 
Солиштирма қаршиликни ўлчаш учун қудуққа зонд туширилади. Зонд бу бир бўлак 
кабел бўлиб унинг узунлигини икки четдаги электродлар орасидаги масофасидан 1-2 
м узунроқ олинади. Электродлар томири пўлатдан иборат қўрғошин симдан 
тайёрланиб, узунлиги 20-30 см.ни ташкил
қилади. Учта электрод кабелнинг хар бир 
томирига алоҳида-алоҳида уланиб, сўнгра қўрғошин симлар кабелга ёнма-ён 
ўраладилар. Электродларнинг атиги 1-2 ўрамигина очиқ қолдирилади, қолганлари эса 
изоляцион лента билан ўралади. Шундай усулда нуқтавий электродлар ясалади. 
Нуқтавий электродлар - булар катталиклари электродлар орасидаги масофадан бир 
неча бор кичик электродлардир. Электродлар бажарадиган вазифаларига биноан икки 
турли бўладилар: ток юборувчи ва ўлчовчи (қабул қилувчи) электродлардир. Ток 
электродлари А, В, ўлчовчи электродлар М, N харфлари билан белгиланади. Шундай 
қилиб А ва В электродлари ток манбаъига уланиб қудуқларда электр майдони ҳосил 
қилинади (2.1 расм а,б). Ҳосил қилинган сунний электр майдони ўлчовчи (қабул 
қилувчи) М ва N электродлари орқали ўрганилади. А ва В ток занжирининг 
электродлари, М ва N ўлчовчи занжирнинг электродлари жуфт электродлар деб 
аталадилар. Одатда уч томирли кабеллар ишлатилганлиги туфайли қудуққа бир ток 
электроди А ва жуфт электродлар М ва N туширилади
32. Ekranlashtirilgan mikrozondlar. 
1) ювилган зона қаршилигини аниқлаш; 2) ўтказувчан қатламларни ажратиш; 3) қатламлар қалинлигини 
баҳолаш, ўтказувчан қатламлар ичидаги зич ― ўтказмас қатни ажратиш; 4) ювилган зона қаршилиги 
қийматидан фойдаланиб, коллекторларнинг ғоваклилигини аниқлаш ва б. БКЗ ва МБК эгри чизиқларини 
таққослаб, қатламдаги флюиднинг ҳаракатчанлигини, қолдиқ нефтлилик коэффициентни, ҳамда нефть 
чиқариб олиш коэффициентни аниқлаш мумкин. Микрозонд турлари. Ўлчаш принципи. Ечадиган вазифалари. 
Микроградиент ва микропотенциал зондлар билан эҳтимолий қаршиликни бир пайтда ёзиш. Микрозондлар 
қудуқ кесимларини муфассал ўрганиш учун ишлатилади. Шунинг учун улар қудуқларни фақат махсулдор 
қатламлари учрайдиган оралиқларида, 1:200 масштабида ўтказилади. Микрозонд электродлари (1- расм) 
изоляцион материаллардан ташкил топган бошмоққа (1) 4.1-расм ўрнатилгандир. Бошмоқ рессора (2) га 
ўрнатилган бўлиб, пружина (5) орқали қудуқ деворига бевосита тақалиб туради. Микрозонд электродлари 
доимо қудуқ деворларига тақалиб туради. Мирозонд электродлари орасидаги масофалар 0.025 м. ни ташкил 
этиб, булардан икки турдаги микроградиент ва микропотенциал зонд ясаш мумкин. Уччала электродлардан 
А0.025М0.025N ташкил топган зонд - микроградиент (МГЗ) зонд деб аталади. МГЗ нинг ёзув нуқтаси М ва Н 
электродлари ўртасига жойлашган бўлиб, зонд узунлиги эса ушбу нуқтадан А элетродигача бўлган масофани, 
яъни L=0.0375 м. ни ташкил қилади. Микропотенциал (МПЗ) зондни икки четдаги электродлардан 
фойдаланилиб, яъни А0.05М деб олинганига айтилади. МПЗ нинг узунлиги L

0.05 м. ни ташкил этади ва ёзув 
нуқтаси А ва М электродлари ўртасига жойлашган бўлади. 
33. Burg‘i qudug‘i kesimini o‘rganish bo‘yicha olingan geofizik ma’lumotlarni geologik izohlash. 
Нефть ва газ конларидаги қудуқларни геологик хужжатлаштиришда каротаж ишлари ўтказиш ва геофизик 
тадқиқотлар бажариш кенг тарқалган. Қудуқларда бажариладиган геофизик тадқиқотлари самарали бўлиб, 
бундай методлар ёрдамида қудуқ кесимининг маҳсулдор қисми билан бир қаторда, қудуқ кесимида 
учрайдиган ҳамма тоғ жинслари ҳам тадқиқ қилинади. Қудуқ кесимини керн олиб ўрганиш жуда машаққатли 
ва иқтисодий жиҳатдан самарасиз ҳисобланади, шунга кўра каротаж ёрдамида олинган диаграмма қудуқ 
танасини тўлиқ ва узлуксиз тавсифлаш имконини беради. Геофизик методларни қўллаш тадқиқотлар аниқлиги 
ва ишончлилигини оширади, чунончи: кесимда турли литологик таркиб ва коллекторлик хусусиятларига эга 
бўлган ва қатламнинг маҳсулдор қисмидан таркиби ва хусусиятларига кўра кескин фарқланадиган 


қатламларни ҳамда жуда юпқа қатларни ажратиш мумкин. Натижада, конни ишлатиш системасини, яъни 
қатлам босимини сақлаш мақсадида қатламга сув ҳайдаш режимини танлашда маҳсулдор горизонтларнинг 
геологик тузилиши тўғрисидаги жуда муҳим далилий маълумотлар тўпланади. Каротаж диаграммаси 
қудуқнинг ягона ва асосий хужжати бўлиб, унинг асосида қудуқда кейинчалик бажариладиган геология 
қидирув ишлари режалаштирилади. Кон-геофизикаси тадқиқотлари натижасини геологик талқин қилиш 
(изоҳлаш) кончи - геолог ишининг муҳим қисми ҳисобланади, каротаж натижаларидан тўғри ва мазмунли 
фойдаланиш қудуқда нафақат маҳсулдор горизонтни очиш ва синашни тўғри ташкил қилишни, балки, айрим 
қудуқларни ишлатиш режимини ва конни ишлатиш шароитини аниқ белгилаш имкониятини ҳам яратади. 
Каротаж диаграммасини изоҳлаш орқали кон геологиясига тааллуқли муҳим масалалар ҳал қилинади. Уларга 
қуйидагиларни киритиш мумкин: 1) турли литологик таркибга эга бўлган қатламларнинг ётиш чуқурлигини ва 
улар чегараларини аниқлаш; 2) тадқиқотлар олиб борилаётган қудуқ кесимидаги жинсларнинг литологик 
таркибини аниқлаш; 3) қатлам кесимида нефть ва газ коллекторларини ажратиш; 4) қатламни нефть, газ ва 
сувга тўйинганлик даражасини белгилаш; 5) қатламни коллекторлик хусусиятларини ― ғоваклилиги, 
ўтказувчанлиги ҳамда нефтга тўйинганлигини баҳолаш 
34. Elektr va radio karotaj ishlarini izohlash. 
Geofizik ma’lumotlarni geologik talqin qilish usuli. Karotaj diagrammalarini geologik talqin qilish natijasida burg‘i 
quduq kesimida neftli, gazli qatlamlarni ajratish, ularning g‘ovaklilik, o‘tkazuvchanlik, uglevodorodga to‘yinganlik 
koeffitsiyentlarini va b.ni aniqlash mumkin. Karotaj diagrammalarini to‘g‘ri va ishonchli talqin qilish uchun karotaj 
metodlarining fizik asoslarini bilish lozim, bunday ma’lumotlar kon geofizikasi fanida keng beriladi. Shu sababli bu 
bobda burg‘ qudug‘i ochgan tog‘ jinslarining litologik tarkibini qiyosiy aniqlash imkonini beruvchi karotaj 
diagrammalarini geologik talqin qilish asoslari bilan cheklanamiz. Ma’lumki, burg‘i qudug‘ining geologik kesimi ikki 
yo‘l bilan tuziladi. Birinchisida kesim burg‘ilash chog‘ida olingan jins namunalari va kern tavsifi asosida, ikkinchisida 
quduqda bajarilgan geofizik karotaj ishlari natijalariga qarab tuziladi. Kesimning aniqligi va ishonchliligi karotaj egri 
chiziqlari va jins namunalaridan aniqlangan litologik tarkib ma’lumotlarini o‘zaro solishtirish va ularning bir-biriga 
qanchalik mos kelishiga qarab belgilanadi. Karotaj diagrammasiga asoslanib aniqlangan quduq kesimidagi jinslarning 
litologik tarkibining ishonchliligi maydonning geologik jihatdan qay darajada o‘rganilganligiga va geologik-geofizik 
sharoitlariga bog‘liq. Odatda bir tarkibli jinslardan (terrigen, karbonat) tuzilgan geologik kesimlardagi qatlamlarning 
litologik tarkibi karotaj egri chiziqlarida turli-tuman litologik tarkibli jinslardan tuzilgan qatlamlarnikiga nisbatan 
yaqqol ajralib turadi. Birinchi holda kesimdagi jinslarni litologik tarkibiga ko‘ra ajratish uchun standart karotajdan 
foydalanish kifoya qilsa, ikkinchisida standart karotajdan tashqari kon-geofizikasi metodlari majmuidan ham 
foydalanish zarur bo‘ladi. Karotaj egri chizig‘i ma’lumotlari yordamida kesimni qatlarga ajratish va litologik tarkibini 
aniqlashda ularga karotaj o‘lchovlari o‘tkazilayotgan sharoitlar ta’siri kuchli bo‘ladi. Masalan, quduq sho‘r burg‘ilash 
eritmasi bilan to‘ldirilgan bo‘lsa, KS va PS egri chiziqlari biroz tekislanib qoladi, natijada olingan elektr karotaj 
ma’lumotlari kesimni ajratish uchun etarli bo‘lmaydi, katta diametrli quduqlarda bajarilgan neytron gammakarotaj 
egri chiziqlari kuchsiz taqsimlanganligidan ular asosida turli litologik tarkibli jinslarni ajratish qiyin kechadi. Geologik 
jihatdan yaxshi o‘rganilgan rayonlarda, masalan, foydalanilayotgan konlar maydonlarida kesimni bir yoki ikki metod 
bilan bajarilgan karotaj egri chiziqlari yordamida o‘rganish kifoya qiladi, razvedka quduqlarida esa kesimdagi 
jinslarning litologik tarkibini aniqlash uchun ko‘p sonli karotaj metodlaridan foydalanish zarur bo‘ladi 
35. Quduqlarni texnik holatini o‘rganishda qum-gilli jinslarni ajratish.
Солиштирма қаршиликнинг паст қийматлари ғоваклиги юқори жинсларга ― қум ва бўшоқ қумтошларга хос; 
ғоваклиги кам, нисбатан цементланган қумтошлар қаршилиги юқори бўлиб, катта интервалда ўзгаради, жуда 
қаттиқ цементланганларининг қаршилиги бўшоқ қумтошларникига нисбатан ўн ва юз марта юқори. Нефть ва 
газга туйинган қумли жинсларнинг қаршилиги эса, ушбу горизонтга хос минераллашган сувлар билан тўйинган 
шундай жинслар қаршилигига нисбатан бир неча баробар юқори бўлади. Демак, электр каротаж 
диаграммаларида қум қатламларининг зоҳирий қаршилиги юқори ёки паст кўрсаткичларга эга бўлиши 
мумкин. Чучук сувда тайёрланган бурғилаш эритмаси зардобини қудуқ деворига сингишидан қумли 
қатламларнинг зоҳирий қаршилиги ортади. Гил жинслари аралашмалари ва қатчаларидан ҳоли қум ва қумтош 
жинслардаги қатлам сувларининг минераллашиш даражаси бурғилаш эритмасиникидан юқори бўлганда 
уларда ўтказилган ўз-ўзидан қутбланиш каротажи (ПС) диаграммасида қаршилик эгри чизиқлари қиймати энг 
кам-манфий қийматли томонга оғади, яъни минимумга яқинлашади. Бунинг акси бўлганда қум ва 


қумтошларда ПСнинг мусбат аномалиялари қайд қилинади. Агар бурғилаш эритмаси ва қатлам сувларининг 
минераллашганлиги бир хил бўлса, у ҳолда юза қудуқлардаги сувли горизонтлар каротажида ҳамда шўр 
бурғилаш эритмаси билан тўлдирилган чуқур қудуқлар каротажида ПС эгри чизиқлари силлиқланган-
текисланган кўриниш олади, қум ва қумтош қатламлар қаршисида аномалиялар кузатилмайди. Таркибида гил 
аралашмалари бўлган қум ва қумтош қатламларга ПС эгри чизиқларининг минимуми мос келади; агарда гил 
аралашмалари миқдори кўп бўлса, у ҳолда ПС диаграммаларида гилли қумлар ва гилли қумтошларни 
ажратиб бўлмайди. Гил цемент билан цементланган қумтош жинслар ПС каротаж эгри чизиғида кучсиз 
қийшайишлар кузатилади. Зич гилли қумтошларни ПС диаграммасида ажратиб бўлмайди. Нефть ва газга 
тўйинган қумтошлар ПС эгри чизиғида худди сувли горизонтникига тенг қийматларга эга бўлади. Қумли 
жинсларнинг табиий радиоактивлиги гил жинслар табиий радиоактивлигига нисбатан паст. Шунга кўра гамма-
каротаж диаграммасида қум ва қумтош қатламларнинг кўрсаткичи улар билан қаватланадиган гил 
жинсларникига кўра анча кам бўлади. Шу сабабли гамма-каротаж эгри чизиқлари ёрдамида қумли-гилли 
жинслар кесимида қум қатламларини ажратиш қийин кечмайди. Гилли қумлар ва қумтошлар қаршисида 
чизилган эгри чизиқлардан уларнинг табиий гамма-нурланиш қиймати тоза қум жинсларникига нисбатан 
юқорилигини ажратиш осон; қум ва қумтош жинсларда гил аралашмаларининг кўпайиши уларнинг табиий 
радиоактивлигининг ошишига олиб келади. Баъзан қум жинсларнинг юқори радиоактивлиги фақат гил 
аралашмалар миқдори билан боғлиқ бўлмай, уларда учрайдиган қатлам сувларининг юқори даражадаги 
радиоактивлигидан ҳам келиб чиқади 
36. Quduqlarni texnik holatini o‘rganishda qum-gilli jinslarni ajratish (Qum va qumtoshlar). 
Қудуқнинг геологик кесими қум, қумтош, алевролит ва гил жинслардан таркиб топган бўлса, уни ўрганишда 
электр каротаж диаграммаси аҳамият касб этади. Қум ва қумтошлар. Қум зарралари ўлчами 2 мм дан 0,05 мм 
гача ўзгаради. Зарраларнинг катта-кичиклигига кўра йирик (2-1 мм), ўртача ― (1-0,5 мм), майда ― (0,5-0,25 
мм), жуда майда (0,25-0,05 мм) қумлар бўлади. Минералогик таркибига кўра кварцли, аркоз, глауконитли, 
темирли ва кўп минералли қумлар мавжуд. Қумтош цементланган қум бўлиб, асосан калций, гипс, гил, кварц, 
халтседон, опал, темир оксиди, битум ва бошқа моддалар билан цементланади. Зарралар ўлчамига кўра 
дағал, йирик, ўртача ва майда заррали хиллардан иборат бўлади. Одатда қум ва қумтошларнинг электр токи 
ўтишига қаршилиги уларнинг ғоваклигининг ва зарралар орасидаги бўшлиқлар структурасининг ҳамда 
ғовакларни банд қилган суюқликлар туз миқдорининг ўзгаришига кўра катта чегарада ўзгаради. Ер юзасига 
яқин жойлашган, чучук ва кам минераллашган сувлар билан тўйинган қум қатламларининг солиштирма 
қаршилиги юқори бўлиб, одатда бир неча ўн ва хатто юз ом-метрга этади. Катта чуқурликларда жойлашган 
қумтош жинслар кўпинча кўп минераллашган қатлам сувларига тўйинганлигидан уларнинг қаршилиги 
ғоваклик миқдорининг ўзгаришига боғлиқ ҳолда ом-метрнинг ўнли улушидан бир неча ом-метргача ўзгаради. 
Солиштирма қаршиликнинг паст қийматлари ғоваклиги юқори жинсларга ― қум ва бўшоқ қумтошларга хос; 
ғоваклиги кам, нисбатан цементланган қумтошлар қаршилиги юқори бўлиб, катта интервалда ўзгаради, жуда 
қаттиқ цементланганларининг қаршилиги бўшоқ қумтошларникига нисбатан ўн ва юз марта юқори. Нефть ва 
газга туйинган қумли жинсларнинг қаршилиги эса, ушбу горизонтга хос минераллашган сувлар билан тўйинган 
шундай жинслар қаршилигига нисбатан бир неча баробар юқори бўлади. Қумли жинсларнинг табиий 
радиоактивлиги гил жинслар табиий радиоактивлигига нисбатан паст. Шунга кўра гамма-каротаж 
диаграммасида қум ва қумтош қатламларнинг кўрсаткичи улар билан қаватланадиган гил жинсларникига кўра 
анча кам бўлади. Шу сабабли гамма-каротаж эгри чизиқлари ёрдамида қумли-гилли жинслар кесимида қум 
қатламларини ажратиш қийин кечмайди. 
37. Quduqlarni texnik holatini o‘rganishda karbonat jinslarni ajratish (Mergellar). 
Каротаж диаграммалари ёрдамида карбонат жинсларни табақалаш ва айниқса оҳактош ва доломитларни 
ажратиш қийин кечади. Мергеллар. Таркиби оҳак ва лойқадан иборат жинс. Унинг таркибида карбонатлардан 
калсит ва доломит (40-60 фоизгача), гилли минераллардан эса монтмориллонит, глауконит, каолинит, 
шунингдек, кварц, гипс ва темирли минераллар бўлади. Ранги оқ, пушти, сарғиш қизғиш, яшил. Мергел 10% ли 
хлорид кислотада кучли «қайнайди». Унга кислота томизилганда юзасида доғ қолади. Мергелларнинг 
солиштирма қаршилиги ғоваклигига ва гиллилик даражасига боғлиқ ҳолда катта интервалда ўзгаради. 
Мергеллар ғоваклиги гилли қумтошлар ва алевролитлардан фарқли ўлароқ чуқурлик ошган сари ўзгармайди. 
Бунинг асосий сабабларидан бири мергел таркибидаги карбонат материал жинснинг мустаҳкам скелетини 


ҳосил қилади ва натижада юқорида ётган жинслардан бўладиган босим таъсирида зичлашмайди. Мергелнинг 
бўш, юқори ғовакликка эга бўлган турларининг солиштирма қаршилиги тахминан 5-7 Ом·м га тенг, жуда зич 
тузилган (масалан, Бухоро-Хива нефть-газли регионида келловей-оксфорд, неоком, алб ва б. яруслар) 
мергелларининг зоҳирий қаршилиги қиймати бир неча юз Ом·метрга этади. Шу сабабли мергелнинг зоҳирий 
қаршилик эгри чизиқларининг кўриниши турлича бўлади. ПС каротажи диаграммаларида мергеллар худди 
гил жинсларники каби чизилади, яъни гил жинсининг нол чизиғидан деярли оғмайди. Қаршиликлар 
диаграммасида оддий зондлар ёрдамида чизилган эгри чизиқларда зоҳирий қаршилик қиймати юқори бўлса, 
градиэнт ва потенциал микрозондларида чизилган эгри чизиқларда мусбат орттирмалар учрамайди. Гамма-
каротаж диаграммаларида мергеллар оҳактош ва гил жинслар оралиғидаги ҳолатда бўлади. Мергелларнинг 
табиий радиоактивлигининг ўртача қиймати тоза оҳактош ва қумтошларникига нисбатан юқори, лекин гил 
жинслар, гилли алевролит ва аргиллитларникидан паст бўлади. Нейтрон гамма-каротаж диаграммаларида 
мергеллар бошқа гил жинслардек ажратилади, масалан, гилли алевролитлар ва гилли қумтошларнинг 
кўрсаткичлари гил жинсларникига нисбатан юқори бўлса, зич оҳактош ва кучли цементланган 
қумтошларникидан паст бўлади. 
38. Quduqlarni texnik holatini o‘rganishda karbonat jinslarni ajratish (Ohaktoshlar va dolomitlar). Оҳактошлар ва 
доломитлар. Оҳактошлар асосан калсий карбонатдан таркиб топган зич, серғовак, нозик кристалл жинслар 
бўлиб, таркибидаги аралашмаларга кўра кулранг, қора, қўнғир ёки қизғиш тусли хиллари учрайди. Улар 
органик, кимёвий ва аралаш йўл билан ҳосил бўлади. Оҳактош денгиз, кўл ва бошқа сувларда эриган ҳолдаги 
оҳакнинг маълум шароитларда сув тубига чўкиши натижасида ҳам пайдо бўлади. Доломит асосан доломит 
минералидан таркиб топади (95 фоиздан кўп). Қум, гил, темир битуми аралашмалари 3-5 фоизгача бўлади. 
Доломит ташқи кўринишидан оҳактошга ўхшаш бўлсада, унда организмларнинг қолдиқлари учрамайди. 
Тузилиши жиҳатидан оҳактошлардан қаттиқ бўлиб, зич қатламлар ҳосил қилади. Доломитлар баъзи кўллар 
тубида (масалан, Балхашда) ҳозир ҳам пайдо бўлмоқда. Оҳактош ва доломитларнинг геофизик тавсифи бир-
бирига жуда яқин, шу сабабли каротаж эгри чизиқларида бундай жинслар бир гуруҳга―карбонат жинсларга 
бирлаштирилади. Одатда, шўр сувлар билан тўйинган гилли ва юқори ғовакликка эга бўлган карбонат 
жинслар фарқланиб, уларнинг қаршилиги паст бўлади. Карбонат жинсларнинг қаршилиги терриген 
жинсларникидан юқори бўлиб, каротаж диаграммаларида терриген жинслар орасида учрайдиган оҳактош ва 
доломит қатларининг кўрсаткичлари анча юқори қийматга эга. Кристалланган ва кремнийлашган оҳактошлар 
қаршилиги жуда юқори. Қаршилик миқдори бўш, юқори ғовакли, дарзли, доломитлашган оҳактошларда 
ҳамда юқори минераллашган сувларга тўйинган чиғаноқтош ва бўр ётқизиқларида пасаяди. Таркибида гил 
аралашмалари бўлган зич карбонат жинсларнинг солиштирма қаршилиги ҳам паст бўлади. ПС каротажи эгри 
чизиғидаги аномалиялар амплитудаси миқдори ва уларнинг ишоралари (мусбат ёки манфий) карбонат 
жинсларнинг гиллашганига боғлиқ ҳолда ўзгаради. Гиллилик ошган сари ПС эгри чизиғи амплитудасининг 
оғиши камаяди. Таркибида гил фракциялар кўп бўлган карбонат жинслар ПС эгри чизиғида гил жинслар каби 
ажратилади ва мусбат аномалияга эга бўлади. 
39. Quduqlarni texnik holatini o‘rganishda bo‘r jinslarni ajratish (Gidrokimyoviy cho‘kindilar).
Улар эритмалардаги кимёвий моддаларнинг чўкишидан ҳосил бўлади. Бундай жараён денгиз ва океан 
сувларида, қуриб бораётган сув ҳавзаларида, шўр сувли булоқларда кузатилади. Гидрокимёвий тоғ 
жинсларига тоштуз, гипс ва ангидритлар киради. Уларнинг сувда эришидан ғоваклар, бўшлиқлар ва дарзлар 
ҳосил бўлади. Гипс ва ангидрит буғланиш кучли бўлган ва суви оқиб чиқиб кетмайдиган денгиз қўлтиқларида 
тузларнинг чўкишидан ҳосил бўлади. Улар тоштуз билан бирга ёки алоҳида қатламлар ҳолида, баъзан гил ва 
қумтошлар орасида учрайди. Тоштуз жинслари шўр кўллар ва денгиз қўлтиқларидаги ётқизиқлар орасида 
ҳосил бўлиб, унинг ранги таркиб топиш шароитига ва таркибидаги турли аралашмаларга қараб оқ, сариқ, 
қизил, ҳаворанг бўлади. Сувда осон эрийди. Асосан у галит (NaCl) минералидан ташкил топган. Гидрокимёвий 
жинсларнинг тоза хиллари жуда юқори қаршилик кўрсатади, зоҳирий қаршиликлар қиймати асосан қудуқни 
тўлдириб турувчи эритма ва унинг диаметрига боғлиқ ҳолда ўзгаради. Шунга кўра, тоштуз ва калий тузлари 
қудуқларда сув таъсирида эрийди, натижада қудуқ диаметри катталашади, зоҳирий қаршилик қиймати эса 
камаяди. Чўкинди жинслар орасида гипс, ангидрит ва тоштуз (галит) жуда паст радиоактивликка эга. Шу 
сабабли гамма-каротаж диаграммаларида гидрокимёвий ётқизиқлар энг паст кўрсаткичлар намоён этади. 
Гаммакаротаж диаграммаларида калий тузлари (силвин) юқори радиоактивлик билан тавсифланади, бунинг 


асосий сабабларига унинг таркибида калийнинг радиоактив изотопининг борлигидир. Нейтрон гамма-каротаж 
диаграммаларида гидрокимёвий чўкиндилар қайд қилинган гамма- нурланиш жадаллиги қиймати билан 
ажралиб туради. НГК диаграммаларида аномал юқори кўрсаткичлар тоштузи қатламлари қалинлигига тўғри 
келади. Хлор атомлари нейтрон ядроси билан қамраб олинганда гамманурланиш шиддатли ва катта энергия 
таъсирида содир бўлади. Қудуқ диаметри намликда тузларнинг эриши ҳисобига катталашганда (40 см дан кўп 
бўлганда) НГК кўрсаткичлари тоштуз қатламлари қаршисида кичик қийматга эга бўлади. Агар қудуққа 
мустаҳкамлаш қувурлари туширилган, қувур орти бўшлиғи цемент билан тўлдирилган бўлса, у ҳолда бундай 
қудуқларда бажарилган НГК диаграммаларида тоштуз қатлами паст кўрсаткичларга эга бўлади. Бундай 
ҳолларда қудуқ диаметрининг катталиги ҳисобига тоштузнинг НГК кўрсаткичларига таъсири жуда оз бўлади, 
шу сабабли НГК кўрсаткичлари юқори ғовакликка эга бўлган цемент ҳалқанинг нейтронли хусусиятлари билан 
аниқланади 
40. Quduqlarni texnik holatini o‘rganishda bo‘r jinslarni ajratish (Magmatik va metamorfik jinslar). 
Оҳактошларнинг бир тури бўлиб, унинг таркибида оҳакли сув ўтлари қолдиқлари (30-40 фоиз) ва организмлар 
скелетининг оҳакли қолдиқлари (60-70 фоиз) учрайди. Бўр 5% ли хлорид кислотада кучли «қайнаб», ундан 
карбонат гази ажралиб чиқади. Ранги кўпроқ оқ, сарғиш ёки яшил, қўлга юқади. Бўр физик ва коллекторлик 
хусусиятларига кўра кучсиз цементланган жинсларга ― қум, бўш қумтош ва алевролитларга яқин. Юқори 
ғоваклилиги ҳамда жуда шўр сувларга тўйинганлиги сабабли солиштирма қаршилиги паст бўлади, нисбий 
қаршилиги қиймати 15-20 Ом/м дан ошмайди. Агар бўр таркибида гил аралашмалари учрамаса худди юқори 
ғовакли қумтош каби унинг солиштирма қаршилиги ПС эгри чизиғида минимум томон оғади. Микрозонд 
диаграммаларида бўр ётқизиқлари зоҳирий қаршиликларнинг минимум қиймати бўйича мусбат орттирмалар 
ҳисобига ажратилади. Гамма-каротаж диаграммаларида бўр жинсларига энг паст кўрсаткичлар мос келади; 
гилли бўрларда эса ГК кўрсаткичлари ортади. Нейтрон гамма-каротаж диаграммаларида суюқлик билан 
тўйинган бўр жинслари бошқа юқори ғовакли жинслар каби паст қийматлар билан тавсифланади. 
Кавернограммаларда эса бўр жинсларидаги қудуқлар диаметрининг кичрайиши кузатилади, кичрайиш қудуқ 
деворларига эритма зардобини сингишидан ҳосил бўлган гилли қобиқ ҳисобига юзага келади. Магматик ва 
метаморфик жинслар. Бундай жинсларнинг каротаж тавсифлари аниқ белгиланмаган. Магматик жинсларнинг 
зоҳирий қаршилиги бир неча юз Ом·метрга этиши мумкин. Лекин, пойдевор (нураш пўсти)нинг энг юқори 
қисмидаги майдаланган, парчаланган жинсларнинг зоҳирий қаршилиги қиймати бўш оққумли жинсларникига 
яқин бўлади. Табиий потенциаллар (ПС) диаграммасида магматик ва метаморфик жинслар аномалия 
қийматлари билан ажралиб туради. Радиоактив каротаж эгри чизиқларида отқинди жинслар гил 
жинсларникига нисбатан паст кўрсаткичларга, НГК эгри чизиғида эса юқори кўрсаткичларга эга бўлади. Нураш 
зонаси НГК диаграммаларида паст қийматлар билан тавсифланади. 
41. Neft-gazli va gazli svitalarni ajratish. 
Қудуқ кесимида нефтли ва газли қатламларни ажратиш ва уларнинг нефть-газга тўйинганлигини баҳолашда, 
геофизик, геокимёвий ва геологик тадқиқот маълумотларидан фойдаланилади. Жинсларнинг нефть ва газга 
тўйинганлигини миқдорий баҳолаш қаршиликлар методи ёрдамида бажарилган геофизик тадқиқотлар 
орқали амалга оширилади. Нефть ва газли қатламларнинг солиштирма қаршилиги жинсларнинг 
ғоваклилигига, ғовак бўшлиғи структурасига, ундаги нефть, газ ва сувларнинг фоиз миқдорига, қатлам 
сувларининг минераллашганлигига ва б. боғлиқ. Бир хил шароитда жойлашган нефть ва газли жинсларнинг 
солиштирма қаршилиги жинсни тўйинтириб турган сувнинг солиштирма қаршилигига тўғри мутаносибдир. Шу 
сабабли, нефть ва газли қатламнинг солиштирма қаршилиги жинснинг нефть ва газга тўйинганлик даражасини 
ифодалай олмайди. Нефть ва газга турли даражада тўйинган жинсларнинг қаршилиги нефть ва газга бир хилда 
тўйинганларидан фарқ қилади. Шунга кўра нефтли ва газли жинсларни ажратишда солиштирма қаршилик 
ўрнига ғоваклари нефть ёки газ ва қолдиқ сув билан тўлган қатламнинг солиштирма қаршилиги қийматидан 
фойдаланиш мумкин. Бунда қатламнинг ғоваклари маълум ҳарорат ва шўрликдаги сувларга 100 фоиз 
тўлгандаги қаршилиги ҳисобга олинади. Нефть ва газли жинсларнинг солиштирма қаршилигини уларнинг 
ғоваклари шўр сувга тўлиқ тўлгандаги қаршиликка нисбати қаршилик ортиши коэффициент деб аталиб, у 
сувли коллекторнинг ғоваклари нефть ёки газга қисман тўйинганда уларнинг солиштирма қаршилиги неча 
марта ортишини кўрсатади. Қаршилик ортиши коэффициент миқдорига кўра қатламни нефть ва газга тўйиниш 
коэффициентни аниқлаш мумкин. Қатлам қаршилигининг ортиш коэффициент жинсларнинг нефть ва газга 


тўйиниш даражасига, жинсда сув, нефть ва газнинг тақсимланиш характерига, ғовак ва бўшлиқлар 
структурасига, жинсларнинг литологик-петрографик хоссаларига ва қатламдаги суюқликнинг физик-кимёвий 
хусусиятларига боғлиқ. Одатда, қатламнинг қаршилик ортиши коэффициентни баҳолашда сувли қатламнинг 
солиштирма қаршилигини эҳтимолий қийматидан фойдаланилади. Бундай қийматлар сувга тўйинган 
намуналарнинг лаборатория шароитида ўлчанган солиштирма қаршилигининг тақсимланишини ифодаловчи 
эгри чизиқларидан ёки коннинг чегара ташқарисидаги қатламларни ёнлама зондлаш каротажи ўтказиб 
олинган маълумотларидан фойдаланиб аниқланади. 
42. Quduq karotajining boshqa metodlari. 
1) Газ каротажи ― бурғиланаётган қудуқ кесимида газга тўйинган горизонтларни ажратиш, уларнинг ётиш 
чуқурлиги ва қалинлигини аниқлаш ҳамда ажратилган қатламларнинг нефть-газга тўйинганлигини саноат 
миқёсида баҳолаш; 2) Механик каротаж ― бошқа каротаж методлари мажмуи билан биргаликда қудуқ 
кесимида жуда қаттиқ, қаттиқ ва бўш жинсларни ажратиш имконини беради; 3) Фотокаротаж ― жинсларнинг 
литологик таркибини аниқлаш ва баҳолаш мақсадида қудуқ деворини суратга олиш; 4) Акустик каротаж ― 
литологик таркибни аниқлаштириш, уларнинг ғоваклилигини ўрганиш, коллекторларни суюқликка тўйиниш 
характерини баҳолаш учун ўтказилади; 5) Кавернометрия ― қудуқ диаметрини, жинсларнинг литологик 
таркибини ўрганиш ва турли техник масалаларни хал қилиш, қудуқни цементлаш ва синаш ишларини 
белгилаш; 6) Термокаротаж ― қудуқ кесимида газли қатламни ажратиш ва қудуққа сув ҳайдалганда у 
ютиладиган зонани аниқлаш мақсадида бажарилади. Бундан ташқари ер қобиғини температурасини ўзгариш 
градиэнтини ўлчайди. 
43. Gaz korataji va uni izohlash. 
Quduq burg‘ilash chog‘ida gaz-neftli qatlam ochilganda suvli gil eritmaga gazsimon va suyuq uglevodorodlarning 
o‘tishini o‘rganishga asoslangan. Quduqdan chiqayotgan gil eritmadan vaqti-vaqti bilan yoki uzluksiz ravishda 
namuna olib, uning tarkibidagi gazsimon va suyuq uglevodorodlar miqdori aniqlanadi, eritma tarkibidagi yonuvchi 
gazlar miqdori ma’lumotidan gaz karotaji egri chizig‘ini chizishda foydalaniladi. Bunda ordinata o‘qiga qabul qilingan 
masshtabda quduq chuqurligi, absisissa o‘qiga gil eritmadagi gaz miqdori metanga nisbatan foizda qo‘yiladi. Gaz 
karotaji Sobiq Ittifoqda 1963 yili birinchi bo‘lib M.V. Abramovich va V.A. Sokolovlar tomonidan ishlab chiqilgan va 
Apsheron rayonidagi Karachuxur konida sinovdan o‘tkazilgan. Hozirgi vaqtda gaz karotaji jinslarning gaz-neftliligini 
boshqa usullar bilan aniqlash mumin bo‘lmaganda ishlatiladi. Gaz karotaji natijasiga ko‘ra gazga to‘yingan qatlamlarni 
ajratish mumkin. Gil eritmadan gaz namunasini olishda gaz karotaji stansiyasining gazsizlantirgichidan foydalaniladi 
va gaz miqdori gaz aniqlagich yordamida aniqlanadi. Kern olib burg‘ilashda gaz karotaji kernda bajarilishi ham 
mumkin. Gaz karotajini o‘tkazishda og‘ir uglevodorodlar miqdorini uglevodorodli gazlarning umumiy miqdoridan 
ajratilgan holda aniqlash zarur, chunki neftli qatlamlarda og‘ir uglevodorodlar ko‘p uchraydi. Gaz karotajini o‘tkazish 
natijasida egri chiziq chiziladi, unda quduqni burg‘ilash chog‘ida gil eritma qo‘shilgan uglevodorod gazlarining nisbiy 
miqdori o‘z ifodasini topadi. Gaz karotaji uzluksiz o‘tkazilganda ikkita egri chiziq yoziladi, ulardan biri uglevodorod 
gazlarining umumiy miqdorini, ikkinchisi ― og‘ir uglevodorod gazlar miqdorini ko‘rsatadi. Gaz karotaj egri chizig‘i 
tarkibida gaz va neft bo‘lgan qatlamlar yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘ladi. Neftli qatlamlar toza gazli qatlamlardan 
farqli o‘laroq gil eritmalarga o‘zidan ko‘proq yonuvchi gazlarni o‘tkazadi. Gaz karotajida qayd qilingan gazning nisbiy 
miqdori asosan gil eritmasidan olingan namunaning chuqurligiga bog‘liq holda o‘zgaradi. Katta chuqurlikdan chiqib 
kelayotgan gil eritmadan olingan namunaning tadqiqi gaz karotaji egri chizig‘ida fon qiymatni namoyon etishi 
mumkin, lekin yuqorida joylashgan qatlamlardan gil eritmaga qo‘shilayotgan gazlar miqdori juda oz miqdorda 
bo‘lganligidan ular gaz karotaji egri chizig‘ida qayd qilinmay qolishi ham mumkin. Gaz karotaji diagrammasini 
to‘laqonli talqin qilish uchun gil eritmasi lyuminessent tahlildan o‘tkaziladi. Bunda toza gaz uyumlari 
lyuminessensiyalanmasligi (gaz sovuq holda nur sochmasligi) mumkin. Neft uyumlari mavjud bo‘lganda gil eritmalari 
namunasida uglevodorod gazlari miqdori oshadi va undagi gazlar lyuminessensiyalanadi. Neftga to‘yinish past yoki 
tarkibida og‘ir neft bo‘lgan intervallardan olingan gil eritmalar namunalarida uglevodorod gazlar miqdori kam bo‘lsa, 
ular lyuminessentlanadi (nur sochadi). 
44. Mexanik korataj va uni izohlash.


Burg‘ilanayotgan jinslarni dolotalarning emirilish xususiyatiga ko‘ra o‘rganish murakkab ishlardan biri deb 
hisoblanadi. Dolotoning emirilish shakli va xususiyatiga qarab qanday tog‘ jinslari burg‘ilanayotganligini taxminan 
bilish mumkin. Masalan, gil jinslarni yoki bo‘sh qumlarni burg‘ilashda doloto kam emiriladi, zich va qattiq jinslarda esa 
emirilish kuchli bo‘ladi. Ohaktoshlar va ohakli qumtoshlar dolotoni o‘tmas (arra) qilib qo‘yadi. Gil jinslarda u o‘tmas 
bo‘lib qoladi, jinslarning kesuvchi tishlari yumaloq shakl oladi (masalan, RX dolotosi). Zich qumtoshlarda doloto bir 
tekis va kuchli emiriladi. Burg‘ilash jarayonini xronometrajlash (biror narsaga sarf bo‘lgan vaqtni aniq o‘lchash) da 
kesimning 1m oralig‘ini o‘tishga (toza burg‘ilashga) sarflangan vaqt qayd qilinadi. Tog‘ jinslarining qattiqligi turlicha 
bo‘lib, burg‘ilashga har xil qarshilik ko‘rsatadi, shu sababli 1 m jinsni burg‘ilashga sarflanadigan vaqt ham turlicha 
bo‘ladi. Xronometrajning to‘liq bajarilishi uchun quduqni burg‘ilash jarayoni va boshqa zaruriy ishlarga sarflanadigan 
vaqt uzluksiz yozib boriladi. Natijada 1 m qazishga sarflangan vaqt o‘lchovlariga ko‘ra diagramma chiziladi, uni 
vertikal o‘qiga quduq chuqurligi masshtabida qo‘yiladi, gorizontal o‘qiga esa har bir metr o‘tishga sarflangan vaqt 
(soat) da qo‘yiladi. Natijada karotaj egri chizig‘iga o‘xshash grafik hosil bo‘ladi, egri chiziqning o‘tkir uchlari qattiq 
jinslarga, yassi joylari bo‘sh va yumshoq jinslarga to‘g‘ri keladi. Shunday qilib, chizilgan diagramma mexanik karotaj 
diagrammasi deb ataladi, uning yordamida kesimdagi qattiq va yumshoq jinslarni, ayniqsa karbonat jinslar ichidagi 
neftli intervallarni ajratish va shu bilan elektr karotaj diagrammasini izohlashni osonlashtirish mumkin bo‘ladi. 
Darzliklari, bo‘shliqlari va kovaklarida neft bo‘lgan karbonat jinslari zich tuzilgan turdoshlariga nisbatan oson 
burg‘ilanadi va ularni mexanik karotaj yordamida ajratish engil kechadi (ularni elektr karotajda umuman ajratib 
bo‘lmaydi). Mexanik karotaj diagrammasining aniqligiga doloto o‘lchami va tipi, qotishmalarni o‘rnatish usuli, quduq 
chuqurligi, burg‘ilash uskunasi massasi, rotorning aylanish miqdori, burg‘ilash nasosi quvvati, burg‘ilash usuli (rotorli, 
turbinali va b.) ta’sir etadi. Shunga ko‘ra turli quduqlar bo‘yicha olingan mexanik karotaj diagrammalarini faqat 
burg‘ilashning texnologik rejimi butkul bir xil bo‘lgandagina taqqoslash mumkin 
45. Quduq kavernometriyasi va kavernogrammalarni izohlash. 
Кавернометрия - қудуқлар деворининг кенгайиши ва торайишини ўлчаш мақсадида 
қўлланилувчи каротаж усули. 1935 йилда С.Я.Литвинов ва Г.Н.Строцкийлар 
кавернометрия усулини шлаб чиқиб, амалиётга тадбиқ қилдилар.
Кавернометрия – (каверн- туйнук, очиқ жой, ковак деган маъноларни англатади) 
қудуқнинг ҳақиқий диаметрини чуқурлик бўйича ўзгариши ўлчанади. Кузатувлар 
кавернометр деб аталган асбоблар билан ўтказилади. Кавернометрлар одатда уч ёки 
тўртта дастакли тузилишда бўлади. Ишлар олиб боришда Каернометр асбоби қудуқ 
тубигача туширилади дастаклари очилгач (98-расм) асбоб кабел ёрдамида тепага 
кўтарилиб қайд қилиш бошлангач дастаклар қудуқ девори бўйлаб ҳаракатланади, 
дастаклар қудуқ девори сиқилган пайтда дастаклар асбоб томон яқинлашади, қудуқ 
девори кенгайган пайтда дастаклар асбобдан узоқлашади ушбу ўзгаришлар каротаж 
стансиясида қайд қилинади.
Quduq kesimini o‘rganishda kavernogramma ma’lumotlaridan keng foydalaniladi. Uning yordamida chuqurlik bo‘ylab 
quduq diametri o‘zgarishini ifodalovchi egri chiziq chiziladi. Kavernogramma quduqda bajarilgan geofizik tekshiruvlar 
natijasini taqqoslab, quduq holatini baholash, qatlamning geologik tavsifini va diametrini aniqlash uchun tuziladi. 
Kavernogramma chiziladi. Kavernogramma ma’lumotlaridan, shuningdek, quyidagi maqsadlarda foydalaniladi: a) 
quduq devori bilan mustahkamlash quvuri oralig‘idagi bo‘shliqni sementlashga sarf bo‘ladigan sement miqdorini 
hisoblashda; b) quduq ichidagi holatni baholashda; v) quduqning geologik kesimini aniqlashda; g) geofizika 
ma’lumotlarini taqqoslashda; d) quduqning texnik holatini nazorat qilishda; e) qatlamlarni sinashda paker qurilmalari 
va mustahkamlovchi quvurlar boshmog‘i o‘rnatiladigan joylarni tanlashda; j) quduq kesimida kollektorlarni ajratishda 
(boshqa kon-geofizika metodlari diagrammasi bilan birgalikda), gil qobiq qalinligini aniqlashda va b. da. 
Kavernogramma quduq chuqurligi bo‘ylab 1:500 yoki 1:200, diametri bo‘ylab 1:10 yoki 1:5 masshtabda qayd qilinadi. 
Chizilgan egri chiziqlar tahlili quduq diametri qiymatining jinslarning litologik tarkibiga ko‘ra sezilarli darajada 
o‘zgarishini ko‘rsatadi. Gil va alevrolit qatlamlarida bajarilgan kavernogrammalarda quduqning haqiqiy diametri 


nominal (belgilangan o‘lcham)dan katta bo‘ladi. Diametrning kattalashish darajasi gil jinslar xususiyatiga va qatlamni 
harakatlanayotgan burg‘ilash eritmasi bilan qancha vaqt yuvib turilganligiga bog‘liq. Kollektorlik xususiyatlari yaxshi 
bo‘lgan donador ohaktoshlar va dolomitlarda hamda qumtosh va alevrolitlarda gil eritmasi yordamida quduq 
burg‘ilanganda eritma zardobini qatlam-kollektorga singishi kuzatiladi, natijada quduq devoridagi bunday jinslarda 
gilli qobiq hosil bo‘ladi, bu jarayon kavernogramma diagrammasida qayd qilinadi va quduq diametrini belgilangan 
o‘lchamidan kichiklashganligi kuzatiladi. Demak , kavernogrammaning gorizontal masshtabi to‘g‘ri tanlansa, uning 
yordamida quduq kesimidagi terrigen jinslarni aniq ajratish mumkin bo‘lar ekan, ba’zan standart zondlar bilan qayd 
qilingan KS va PS da karotaj diagrammalariga qaraganda ham aniqroq natija olinadi. Kavernogramma ma’lumotlarini 
talqin qilishda quydagilarga e’tibor berish zarur: qatlam-kollektorlarni ochgan quduqlar diametri 
kavernogrammalarda haqiqiysidan kichikroq bo‘lishi, agar qatlamning qalinligi kam va u yuvilgan gillar ustida yotgan 
bo‘lsa, biroz kattalashgan bo‘lishi mumkin; 1) kavernogrammalarda zich tuzilgan gilli qumtoshlar va alevrolitlarni gil 
jinslardan ajratish mumkin, standart elektr karotaj diagrammalarida esa ular tavsifi deyarli bir xil bo‘ladi. 2) Qumtosh 
va alevrolitlar orasida joylashgan yupqa gil qatlar kavernogrammalarda standart elektr каротаж 
диаграммаларидагига нисбатан яхши фарқланади.
46. Quduqlarda otish va portlatish ishlarini olib borish. 
• 1) нефтли, газли ва сувли қатламларни очиш учун мустаҳкамловчи қувур ва унинг ортидаги цемент тошини 
перфорация (тешиш) қилиш; • 2) қудуқларда бурғилаш қувурларини (зарурат бўлганида) кесиш ва уларни 
юқорига чиқариш; • 3) қудуқ деворларидан тоғ жинси намуналарини олиш; • 4) коллектор қатламларни 
синаш мақсадида уларнинг ичидаги суюқлик ва газ намуналарини олиш. •Портлатиш ишлари қудуқларда 
қуйидаги вазифаларни ечиш мақсадида қўлланилади: •1) эксплуатацион қудуқларда қатламнинг 
маҳсулдорлигини ошириш, сув ҳайдовчи қудуқларда қатламнинг қабул қилиш қобилиятини ошириш; •2) 
қатламларни бир-биридан ажратиш; •3) филтрларни тозалаш; •4) бурғилаш қувурларини, авария бўлганида, 
бўшатиш ва уларни қудуқдан чиқариб олиш; •5) бурғилаш давомида бурғилаш эритмасининг ютилишини 
олдини олиш; •6) нефт ва газ фаввораларини ўчириш. • Қудуқларда бу ишларни амалга ошириш мақсадида 
портлатиш материаллари (ПМ) ишлатилади. Портлатиш материаллари ПМ га портлатиш моддалари (ПМо) ва 
портлатиш воситалари (ПВ) киради. • Пмо-кимёвий бирикма ёки аралашма бўлиб, четдан бўладиган таъсир 
остида ўта тез ва ўзўзидан тарқалувчи кимёвий жараёнким, бу туфайли иссиқлик, ҳамда юқори температурали 
газлар ажралади. Булар ўз навбатида бузиш ва силжитиш ишларини олиб боради. • Пмо лар ўз таъсирлари 
бўйича: 1) бризантли (бўлувчи, чақувчи); 2) қўзғотувчи; 3) отувчи (порохлар) гуруҳларга бўлинадилар. • ПВ-
асосий портлатиш моддаларида портлашни қўзғотиш учун ишлатиладилар. Буларга олов ўтказувчи (бикфорд) 
шнур, капсул-детонатор, электр запал, электр портлатгич, портлатиш патрони. детанацияловчи шнур ва 
ҳоказолар киради. 
47. Quduqlarni perforatsiya qilish. 
• Қудуқлар қазиб бўлинганларидан сўнг уларга мустаҳкамловчи қувурлар туширилади ва қудуқ девори билан 
улар оралиғига цемент қоришмаси қуйилади. Қатламларни синаш ва уларни эксплуатация қилиш мақсадида 
перфорация ўтказилади. •Перфораторлар икки турли бўладилар: •ўқли ва кумулятив. •Ўқли перфораторлар ўқ 
отувчи қуроллар принципида ишлайдилар. Перфоратор корпусида бирнеча горизонтал ёки эгри чизиқли 
стволлар бўлиб, уларнинг ичига порох ва пўлат ўқ жойлаштирилган бўлади. Электр аланга олдирувчи ствол 
ичидаги порохларни ёндиради. Порох ёниши натижасида катта босим ҳосил бўлади ва бу босим пўлат ўқнинг 
катта тезликда перфоратордан отилиб чиқаради. Унинг тезлиги мустаҳкамловчи қувурларни, ортидаги цемент 
тошини ўтиб, қатлам ичидаги нефт, газ, сувларга қудуққа чиқиш йўлини очиб бериш даражасида бўлади. • 
Ўқли перфораторлар селектив ва бирданига отадиган турларга бўлинадилар. Селектив перфораторлар 
кичкина қалинликдаги қатламларни очиш учун ишлатиладилар. Перфораторлар бирнечта секциядан 
(қисмдан) иборат бўлиб, ўқлар бирданига эмас, қудуқларнинг ҳархил чуқурликларида, юқоридан берилган 
кўрсатмага биноан отадилар. Буларнинг турлари ССП-108, ССП-88 ва бошқалар. Сонлар перфораторнинг ташқи 
диаметрини кўрсатади. • Бирданига отадиган перфораторлар ППЗ-98, ППЗ-80, ППЗ-65 ва ҳоказолар бир-
бирларидан диаметрларининг турличалиги билан фарқланадилар. Мустаҳкамловчи қувурларни узилишидан 
сақлаш мақсадида перфоратор ўқлари бир-бирларига ҳархил бурчакда жойлашганлар. Перфоратор ўқларни 
бир пайтда отади. • Ўқли перфоратор туркумига Коладяжний томонидан таклиф этилган торпеда-
перфораторини ТПК-22 ни ҳам киритиш мумкин. Бу перфоратордан отилган ўқ қатлам ичига киргандан кейин, 


қўшимча портлатиш моддалари борлигиги туфайли, қатлам ичида портлайди ва коллекторларда қўшимча 
дарзликлар ҳосил қилиб коллекторлик хусусиятларини яхшилайди. Ўқли перфораторларнинг турлари ва 
техник характеристикалари жадвал 26.1 да келтирилган. • Перфоратор АРВ-130 қудуқларда учрайдиган 
тошларни парчалаш учун ишлатилади. Буларда катта габаритли ўқлардан фойдаланилади. Одатда бу турдаги 
перфораторлар тилла конларини очиш учун қазилаётган қудуқларда ишлатилади. 
48. Korpusli perforatorlar. 
• Корпусли кумулятив перфораторларда зарядлар гуруҳи, детонация шнури, портлатадиган патрон битта 
корпус ичига герметик жойлаштирилган бўлади • Корпусли перфораторлар ўз навбатларида бир марта 
ишлатиладиган ва кўп марта ишлатилган турларга бўлинадилар. • Кўп марта ишлатиладиган корпусли 
перфораторларнинг ғилофи ўта мустаҳкам хромникелмолибден аралашмали пўлатдан бўлиб, 10дан 50 
мартагача ишлатиш имконини беради. Кумулятив зарядлар перфоратор ўқига перпендикуляр 
жойлаштирилади.Заряд ўқлари орасидаги масофа 50-80 мм. олинган, бу эса битта заряд портлаши иккинчи 
зарядни детонация билан портлатиб юбормайди. Мустаҳкамловчи қувурларда дарзликлар ҳосил қилмаслик, 
уларни узиб олмаслик мақсадида, заряд ўқлари бир-бирларидан 90-120° бурчакка силжитилган. Заряд 
гуруҳлари детонация шнури воситасида бир пайтда портлатиладилар • Корпусли бир марта ишлатиладиган 
кумулятив перфораторларнинг ғилофи пластик материаллар алюминий бирикмалари, латунь, мўрт 
материалларчўян, пластмасса ва ҳоказолардан ясалади. Агарда ғилоф пластик материаллардан ясалган бўлса, 
корпусли перфораторлар отиб бўлганидан сўнг юқорига кўтарилиб олинадилар. Агарда мўрт материаллардан 
ясалган бўлсалар, перфоратор корпуси бутунлай парчаланиб қудуқда қолиб кетади. Зарядлар перфоратор 
ўқига перпендикуляр ва бурчак остида жойлашиши мумкин. Бурчак остида жойлашган зарядлар юпқа 
қалинликдаги қатламларни очиш учун ишлатилади. • Бир марта ишлатиладиган корпусли перфораторнинг 
қуввати кўп марта ишлатиладиган пефораторнинг қувватидан анча каттадир. Уларнинг авзалликлари яна оғир 
бурғи қоришмаларида перфораторларни қудуқларда ушланиб қолиш эҳтимоллари кўп бўлади ва шунинг учун 
бир марта ишлатиладиган перфораторларни қудуқда қолдириш ҳам мумкин. 
49. Torpedalash. 
Quduqlarda o‘tkazilgan portlatish ishlarini torpedolash deb ataladi va quduqqa tushirilgan 
portlatish moddasini torpedo deb ataladi. Odatda torpedo portlatish moddasi va portlatish 
vositasi - elektr zapali, kapsul-detonator va yuqori brizantli (parchalovchi) portlatish 
moddasining shashkasidan iborat bo‘ladi. 
Torpedolash ishlovchi quduqlarni debitini oshirish, avariyalarni tugatish, filtrlarni 
tozalash, quduq tubidagi metal qoldiqlarini parchalash, favvoralarni o‘chirish kabi 
maqsadlarda 
qo‘llaniladi. 
Torpedolash 
maqsadida 
quduqlarda 
fugasli 
va 
kumulyativ torpedolar ishlatiladi. 
Fugasli torpedalar TSH va TSHT (jadvalda) larning g‘iloflari yupqa qalinlikdagi 
alyuminiydan ishlangan bo‘lib, ichiga birnecha silindrik shashka ko‘rinishida bo‘lgan 
portlatish moddalari joylashtirilgan. Bu portlatish moddasi germetik qobiqda joylashgan 
portlatish-patroni orqali portlatiladi. Agarda yuqorida keltirilgan torpedalarda portlatish 
moddasi quvur ichidagi suyuqlik bilan bevosita kontaktda bo‘lsa, F-2, FT-60 torpedalarida 
portlatish moddalari ham portlatish vositalari kabi garmetik korpusning ichida bo‘ladilar. 
 
Quduqlarda tog‘ jinslarining o‘pirilishi natijasida burg‘ilash quvurlari ushlanib 
(prixvat) qoladi. Shuningdek burg‘ilash dolotolari quduqlarda qoldirib ketilgan metall 
predmetlar tufayli qisilib (zaklinivaniye) qolishi mumkin. Bu hollarda burg‘ilash quvurlari va 
burg‘ilash dolotolarini bo‘shatish kerak bo‘ladi. Ushlanib qolingan joylar aniqlanib, shu 
yerda kichkina zaryadlarni portlatib, burg‘i quvurlari bo‘shatiladi. Lekin bu usulda 
bo‘shatishni iloji bo‘lmasa, quvurlar ushlangan yeridan yuqori qismini qirqib olinadi. 


Quvurlarni qirqish ham torpedolar yordamida amalga oshiriladi. Quduq tubida qoldirilgan 
metall predmetlarni kumulyativ perforatorlar TKO bilan tugatiladi. 
. 50. Quduqlarni sinash. 
Қудуқларни синашнинг асосий мақсади – ўрганилаётган объектнинг коллекторлик хоссаларини 
маҳсулдорлигини, улардаги нефть ва газ заҳираларини, уларнинг эксплуатация қилиш усулларини танлашни, 
оптимал режимини баҳолаш учун аниқ ва тўлиқ маълумот йиғишдан иборат. Одатда, қудуқлар 
ўзлаштирилгандан кейин дарҳол синашга ўтилади. Разведка қилинадиган ҳар қайси маҳсулдор қатлам 
алоҳида-алоҳида синалади. Синаш пастки қатламдан бошлаб кетма-кет ўтказилади. Кейинги объектни 
синашдан олдин юқорида жойлашган объектни синалган объектдан герметик цемент кўприги ёрдамида 
чегараланади.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling