Kirish. Fizik kimyoning tekshirish ob’ekti


Kimyoviy birikmalarning hosil bo’lish va yonish issiqliklari


Download 0.86 Mb.
bet23/43
Sana08.01.2022
Hajmi0.86 Mb.
#239350
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   43
Bog'liq
Fizik kim shippi

22. Kimyoviy birikmalarning hosil bo’lish va yonish issiqliklari.

Oddiy moddalardan 1 g-molekula birikma hosil bo`ganida ajralib chiqadigan yoki yutiladigan issiqlik miqdori shu birikmalarning hosil bo`lish issiqligi deyiladi.

Masalan:

H2+S+2O2=H2SO4—∆H1

S+3O2=SO3—∆H2

H2+½O2=H2O—∆H3

Bu yerda ∆H1, ∆H2, ∆H3 ― sul’fat kislota, oltingugurt (IV)- oksid va suvning hosil bo`lish issiqlik effekti.

Masalan: suvning hosil bo`lish issiqligi 68,5 kkal ga teng. Demak, 2 gr H2 va 16 gr O2 o`zaro birikib, 18 gr H2O hosil qilganda 68,5 kkal issiqlik chiqadi.

Oddiy modda molekula (H2,O2, N2, Cl2, Br2 va hakozo) larning hosil bo`lish issiqlik effekti nol (0) gat eng deb qabul qilingan. Oddiy modda standart sharoitda (T=2930K; P=1 atm) barqaror agregat holatda olinadi.

Har bir kimyoviy reaksiyaning issiqlik effekti qat’iy aniq kattalikka teng. Lekin bu kattalik reaksiya uchun olingan va reaksiya natijasida hosil bo`lgan moddalarning agregat holatlariga bog’liq bo`ladi. Masalan; gaz holatdagi (g) O2 va gaz holatdagi (g) H2 dan hosil bo`lgan suvning agregat holatiga qarab, reaksiyaning issiqlik effekti turlicha bo`ladi; buni quyidagi sxemadan ochiq ko`rish mumkin:

H2(g) +½O2(g) →H2O(s)+68,5 kkal

H2(g) +½O2(g) →H2O(g)+57,8 kkal


Bu yerda kuzatilgan ayirma (10,7kkal) 1gr gaz holatidagi suvning 1gr suyuq suvga aylanish vaqtida chiqadigan issiqlik miqdoriga teng.

Hosil bo`lish issiqligining son qiymatiga va ishorasiga qarab birikmaning naqadar barqaror yoki beqaror ekanligini bilish mumkun. Agar birikma hosil bo`lish paytida issiqlik ko`p chiqsa, bu birikma ancha barqaror bo`ladi va aksincha, issiqlik kam chiqsa, birikma beqaror bo`ladi.

½H2+½Cl2=HCl, QP=−∆H=22,0 kkal

½H2+½J2=HJ, QP=−∆H=−5,43 kkal

Ca+½O2=CaO, QP=−∆H=152,8 kkal

Na+½Cl2=NaCl QP=−∆H=97,8 kkal

Bu tenglamalardan ko’rinib turibdiki, HJ HCl ga qaraganda ancha beqarordir.

Bir qancha moddalarning hosil bo`lish issiqliklarini bir-biri bilan solishtirish natijasida quyidagi qoidalar topilgan:

1.D.I.Mendeleev jadvalining ma’lum qatorida turgan elementlardan birikmalar hosil bo`lganida kuzatiladigan hosil bo`lish issiqligi o`zaro birikuvchi elementlarning tartib nomerlari orasidagi farqning ortishi bilan ortib boradi. Masalan: QNaCl=98,3 kkal; ½QMgCl2=76,6 kkal; QAlCl3=55,6 kkal.

Bu yerda bitta bo`lanish uchun to`g`ri keladigan issiqlik berilgan.



Bu sonlarni bir-biriga taqqoslab, quyidagi qoida aniqlanadi:o`xshash birikmalar hosil bo`lganida o`rtadagi element birikmasining hosil bo`lish issiqligi uning yonidagi ikkala element birikmalari hosil bo`lish issiqliklarining o`rtacha arifmetik qiymatiga teng bo`ladi; masalan, MgCl2 ning hosil bo`lish issiqligi .8 kkal, ya’ni 76.6 kkal ga yaqin. Bu qoida 1928 yilda A.M.Berkengeym tomonidan topilgan.

2.Biror metallning davriy jadvalning ma’lum guruhidagi metalloidlar bilan birikma hosil qilish issiqligi metalloid atom og’irligining ortishi bilan kamayadi. Masalan:

QKF=134,5 kkal QKBr=95,3 kkal

QKCl=105,6 kkal QKJ=80,1 kkal

3.Bir metal ma’lum bir metalloid bilan bir nechta birikma hosil qila oladigan bo`lsa, metal bilan metalloidning birinchi atomi birikkanda eng ko`p issiqlik chiqib, keyingi atomlar birikkanda kamroq issiqlik chiqadi.

Masalan:

QFeCl2=82,1 kkal

QFeCl3=99,0 kkal

Bu qoidaga asoslanib, birikmadagi eng keyingi metalloid atomini chiqarib yuborish oson degan xulosa chiqara olamiz.

4. Kimyoviy xossalari bir-biriga yaqin elementlarning o`xshash birikmalar hosil qilish issiqliklari bir-birinikiga yaqin bo`ladi.

Masalan:

QFeO=60,0 kkal; QFeS=18 kkal; QFeCl2=82,1 kkal

QNiO=57,9 kkal; QNiS=17,3 kkal; QNiCl2=74,0 kkal

QCoO=57,6 kkal; QCoS=19,7 kkal; QCoCl2=76,0 kkal

5. Kristall moddaning hosil bo`lish issiqligi amorf moddaning hosil bo`lish issiqligidan ortiq bo`ladi.

6. Birikmalarning atomlardan hosil bo`lish issiqligi molekulalardan hosil bo`lish issiqligidan ortiqdir.

Gess qonuni muhim amaliy ahamiyatga ega. U kimyoviy reaksiyani o`tkazmay turib, uning issiqlik effektini hisoblashga imkon beradi. Bu qonun fiziologik va biokimyoviy jarayonlarda ko`p qo`llaniladi. Organizmda ovqat maxsulotlari oksidlanganda qancha energiya chiqishi hisoblab topiladi va ovqatlarning kaloriyasi (to`yimliligi) aniqlanadi.


Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling