Kirish. Fizik kimyoning tekshirish ob’ekti


Termodinamik jarayonlar. Jarayonlarning o’z-o’zicha borish imkoniyatlari


Download 0.86 Mb.
bet25/43
Sana08.01.2022
Hajmi0.86 Mb.
#239350
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   43
Bog'liq
Fizik kim shippi

24. Termodinamik jarayonlar. Jarayonlarning o’z-o’zicha borish imkoniyatlari.

Termodinamik jarayonlar bir necha sinfga bo’linadi:

O`z-o`zicha boruvchi, o`z-o`zicha bormaydigan, muvozanat-nomuvozanat, termodinamik qaytar-qaytmas jarayonlar va hokazo.

O`z-o`zicha boruvchi va o`z-o`zicha bormaydigan jarayonlar.

Tabiatda mavjud jarayonlar ma’lum tomonga yo`nalgan bo`lib, ularni “orqasiga” qaytarish uchun energiya sarflash kerak bo`lady. Masalan, doim issiqlik issiq jismdan sovuq jismga o`zicha o`tadi, turli bosimdagi gazlar o`z bosimini tenglashtirishga intiladi, ishqalanish jarayonlarida ish issiqlikka aylanadi, elektr yuqori potensialdan past potensial tomon o`tadi, idishlarga solingan suyuqliklarning sirti tenglashadi, turli bosimdagi gazlar yuqori bosimdan past bosim tomon, ya’ni bosimlar tenglashish tomoniga boradi va hokazo. Bu xildagi jarayonlar ma’lum tezlik bilan muvozanat tomon harakat qiladi. Ular o`z-o`zicha boradigan yoki musbat jarayonlar deyiladi. Bu xil jarayonlarda sistema ish bajaradi, ya’ni energiya ajraladi.

Lekin yuqoridagi jarayonlar teskari yo`nalishda borishi ham mumkin. Bunday jarayonlar ko`p. Masalan, issiqlikni sovuq jismdan issiq jismga o`tkazib (masalan, muzlatgichlarda) issiqlikni ishga aylantirish mumkin. Bu xildagi jarayonlar energetika sanoatida keng qo`llaniladi. Lekin bu xildagi jarayonlar “o`z-o`zicha” bormaydi, ularning borishi uchun sistemaga tashqaridan qo`shimcha energiya berish, ya’ni energiya sarflash kerak bo`ladi. Ular o`z-o`zicha bormaydigan yoki manfiy jarayonlar deyiladi.

O`z-o`zicha bormaydigan jarayonlarning sodir bo`lishi uchun ular o`z-o`zicha boradigan jarayonlar bilan birgalikda olib borilishi kerak. Masalan, o`z-o`zicha bormaydigan issiqlikning ishga aylanish jarayoni o`z-o`zicha sodir bo`ladigan issiqlikning issiq jismdan sovuq jismga o`tish jarayoni bilan birgalikda olib boriladi. Shunday qilib, o`z-o`zicha bormaydigan jarayonlarning borishi uchun kompensatsiya zarur, ya’ni ular o`z-o`zicha boradigan jarayonlar bilan birlashtirilishi, tashqaridan energiya sarf qilinishi kerak.


Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling