26. Karno sikli. Foydali ish koeffitsienti.
II bosh qonun 1824 yilda S. Karno tomonidan ochilgan va Karno sikli bilan bog’langan. Shunga ko`ra, bu sikl amaliy hamda tarixiy ahamiyatga egadir. Karno siklida, o`z-o`zicha bormaydigan – issiqlikni ishga aylanish jarayoni o`z-o`zicha boruvchi jarayonni issiqdikning issiq jismdan sovuq jismga o`z-o`zicha o`tish jarayoni bilan qo`shib birgalikda olib borganda amalga oshishi mumkinligi, shu bilan birga texnikada amaliy ahamiyatga ega bo`lgan foydali ish koeffitsienti () ning nimalarga bog’liqligi va uni oshirish usullari ko`rsatilgan.
Karno sikli T1 – temperaturali issiqlik manbai va T2 – temperaturali sovitkich rezervuaridan iborat. Ular juda katta hajmda bo`lib, isitkichdan issiqlik olinganda va sovitkichga issiqlik berilganda, ularning temperaturasi deyarli o`zgarmaydi. Hamma jarayonlar kvazistatik muvozanat holatidan cheksiz kichik farq qiladigan holatda bosqichlab olib boriladi. Bular esa hamma jarayonni termodinamik qaytar ravishda olib borishni ta’min qiladi. Karno sikli aylanma jarayon bo`lib, jarayondan so`ng sistema va tashqi muhit o`zining oldingi holatiga qaytadi. Ikki rezervuar o`rtasida ishchi jism – ideal gaz o`rnatilgan, gaz kengaygan-siqilganda porshen ideal holatda harakat qiladi. Karno sikli quyidagi rasmda (12-rasm) tasvirlangan.
Karno siklida ish bajarish siklik, ya’ni aylanma jarayon natijasida amalga oshiriladi. Bu sikl birin-ketin boradigan to’rtta qaytar jarayondan iborat:
a) gazning izotermik kengayishi – AB izotermasi;
b) gazning adiabatik kengayib, sovishi – BC adiabatasi;
v) gazning izotermik siqilishi – CD izotermasi;
d) gazning adiabatik siqilib, isishi – DA adiabatasi;
Do'stlaringiz bilan baham: |