Kirish. Fizik kimyoning tekshirish ob’ekti


Fizik kimyoning bo’limlari


Download 0.86 Mb.
bet4/43
Sana08.01.2022
Hajmi0.86 Mb.
#239350
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
Fizik kim shippi

4. Fizik kimyoning bo’limlari.

Fizikaviy kimyo, asosan quyidagi bo`limlardan iborat.

1. Moddalarning agregat holatlari;

2. Moddalarning atom-molekulyar tuzilishi;

3. Termodinamika asoslari ( Kimyoviy termodinamika);

4. Kimyoviy muvozanat

5. Eritmalar

6. Adsorbsiya

7. Elektrokimyo;

8. Kimyoviy kinetika va kataliz;

9. Fotokimyo

Kimyoviy termodinamika bo`limida termodinamikaning umumiy qonunlari asoida kimyoviy muvozanat va fazaviy muvozanat haqidagi ta`lumot qonunlari bayon etiladi. Fazaviy muvozanat fazalar qoidasi deb yuritiladi. Kimyoviy termodinamikanining bir qismi termokimyodir. Unda kimyoviy reaksiyalarnig issiqlik effekti ko`riladi.Fizik kimyoda bayon etilgan muvozanat haqidagi ta`limot bu fanning eng muhim boblaridan biridir, chunki kimyo va kimyoviy texnoligiyada qilinadigan asosiy hisoblar, reaksiyaning maksimal ishi, hosil bo`layotgan moddaning miqdori, muvozanatning barqarorligi va boshqalar hisobi shu bobdagi qonunlarga asoslanadi. Muvozanatni bilish, ya`ni undagi moddalarni va bu moddalar miqdorini topish, kimyoviy reaksiyaning sirlarini va nozik tabiatini ochish demakdir. Shuning uchun kursda kimyoviy muvozanat batafsil ko`rib chiqiladi.Fizik kimyo tekshiradigan asosiy sohalardan biri eritmalar sohasidir, chunki atrofimizni o`rab turgan butun borliq, hayvonot, o`simliklar, dengiz suvlari, to`g jinslari, tuproqlar, hatto odamning o`zi ham eritmadan iborat. Fizik kimyo fani eritmalarning xossalarni o`rganishdan vujudga kelgan.Xilma-xil eritmalarning xossalari va ular orasidagi bog`lanishlar turli-tuman yangi usullar yordamida o`rganilgan va o`rganilmoqda. Bu bilimlardan sanoatda keng ko`lamda foydalanib kelinmoqda. Masalan, haqiqiy eritma bilan dengiz suvlaridan yoki soda va boshqa tuz kombinatlarida har xil tuzlar ajratib olish, suyuq moddalar ( spirt, al`degidlar, kislotalar va h.k) ishlab chiqaradigan korxonalarda suyuqliklarni ajratib olish, metallardan qattiq va puxta qotishmalar tayyorlash jarayonlari fizik kimyoning eritmalar haqidagi sohasi bilan chambarchas bog`liqdir. Lekin bu sohada hali qilinmagan ishlar juda ko`p. Kimyo sanoati va boshqa sanoatlar uchun ahamiyati katta bo`lgan bu ishlarni bajarish fizikaviy kimyo fanining eng dolzarb vazifalaridan biridir.




Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling