Kirish, fonetik sath, leksik-semantik sath
Download 213.06 Kb.
|
B.Mengliyev-Hozirgi o‘zbek tili (darslik)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil o‘zlashtirish uchun
- Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
- Glossariy
Mantiqiy mushohada uchunNoto‘liq ziddiyatdagi kuchli a’zoning imkoniyati tor va kuchsiz a’zoning imkoniyati kengligini dalillang. Noto‘liq ziddiyatdagi kuchli a’zoning belgisi aniq va kuchsiz a’zoning belgisi noaniqligini unlilar asosida dalillang. Ekvipolent (teng qiymatli) ziddiyat. Ekvipolent ziddiyatda ikki a’zo qarshilantirilib, har biri o‘ziga xos, ikkinchisiga xos bo‘lmagan belgiga ega bo‘ladi. Masalan, ovoz va shovqinga ko‘ra jarangli va jarangsiz undosh teng qiymatli (o‘ziga xos belgiga ega bo‘lgan a’zoli) ziddiyatni hosil qiladi. Muntazam (proporsional) ziddiyat. Muntazam (proporsional) ziddiyatda bir belgi juftlangan turli birliklar uchun ziddiyat ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, “jins” belgisi ota-ona, aka-opa, singil-uka, tog‘a-xola lug‘aviy zidlanishlari uchun umumiy. Lekin ular bu belgini o‘z-o‘zicha “bo‘lib olishadi”. “jins” belgisini [aka] leksemasi “erkak”, [opa] leksemasi “ayol” ko‘rinishida xususiylashtiradi. Darajali ziddiyat. Darajali ziddiyat a’zolari kamida uchta bo‘lib, ziddiyat belgisining o‘sib borishiga ko‘ra a’zolar qator hosil qiladi. Masalan, tilning ko‘tarilishiga ko‘ra unli fonemalar darajalanishi quyidagicha: [a] – [e] – [i] yoki [o] – [o‘] – [u]. Bunda belgi birinchi a’zoda kuchsiz, ikkinchi a’zoda o‘rtacha va keyingi a’zoda kuchli yoki aksincha bo‘lishi mumkin. Darajali ziddiyat ham barcha sath birliklarida uchraydi. Masalan, leksikada [ninni] – [chaqaloq] – [go‘dak] – [bola]...,[turq] – [bashara] – [bet] – [yuz] – [chehra]..., morfologiyada harakat nomi – sifatdosh – ravishdosh (“fe’lni o‘zgalash darajasiga ko‘ra” belgisi asosida) kabi. А’zolari miqdoriga ko‘ra ziddiyat ikki a’zoli (binar) va ko‘p a’zoli ziddiyatga bo‘linadi. Masalan, noto‘liq ziddiyat ikki a’zoli (binar), darajali ziddiyat esa ko‘p a’zoli (ternar) ziddiyatdir. Lisoniy birliklar orasidagi ziddiyatlarni to‘g‘ri anglash va idrok etish ular mohiyatini aniq tushunish va talqin qilishning asosidir. Mustaqil o‘zlashtirish uchunO‘zbek substansial tilshunosligi tamoyillari Har bir ilmiy yo‘nalish, maktab o‘ziga xos tamoyillarga ega bo‘ladi va shu jihati bilan boshqa yo‘nalishlardan farqlanadi. O‘zbek substansial tilshunosligi ham ana shunday o‘ziga xos qonuniyat va tamoyillarga ega. Substansiallik tamoyili. Bunga ko‘ra, lisoniy birlik nutqda voqelantiruvchi barcha ma’no va vazifalarini o‘zida mujassamlashtirgan, yashirgan deb olinadi. Nutqda hech bir narsa yaratilmaydi, balki lisoniy birlikdagi imkoniyat faqat yuzaga chiqariladi, xolos. Shuning uchun tilshunoslik oldida lisoniy birlik voqelanishidagi nutqiy alohidaliklarni umumiy lisoniy ma’noga birlashtirish va lisoniy imkoniyat sifatida ongda va lisoniy tizimda mavjud bo‘lgan bu ma’noni nutqda muayyan ko‘rinishlarda voqelantirish yo‘llarini o‘rganish vazifasi turadi. Ichki ziddiyatlik tamoyili. Lisoniy birlikning umumiy lisoniy ma’nosi ontologik ziddiyatli, qarama-qarshilikli – turli tabiatli tomonlarning birlashishidan iborat bo‘lgan dialektik butunlik. U hamisha serqirra. Ko‘p qatorlilik tamoyili. Lisoniy birlik ontologik ziddiyatli tabiati asosida boshqa lisoniy birliklar bilan bir necha oppozitiv qatorga (munosabatlarga) – har bir qirrasi bilan alohida-alohida siralarga – paradigmalarga kiradi. Shuning uchun uning umumiy lisoniy ma’nosi bir necha oppozitiv siralardagi (paradigmalardagi) farqlanuvchi belgilarining yig‘indisi, mohiyatiga ega bo‘ladi. Oraliq uchinchining mutlaqligi tamoyili. Lisoniy birliklardagi qarama-qarshi ma’no va vazifalar, paradigmalardagi bir-birini inkor etuvchi birliklar zid tomonlarni o‘z ontologik tabiatida birlashtiruvchi hodisa (birlik)da birlashadi va ikki qarama-qarshilik orasida birlashtiruvchi vosita – oraliq uchinchi mavqeyida bo‘ladi. Tabiatan istalgan lisoniy birlik oraliq uchinchi mohiyatiga ega. Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar1. “Ziddiyat” tushunchasini sharhlang. 2.Noto‘liq ziddiyat nima? 3.Teng qiymatli ziddiyatni tavsiflang. 4.Muntazam ziddiyat haqida gapiring. 5.Darajali ziddiyatni sharhlang. TestQaysi ziddiyatda lisoniy imkoniyat kuchsizlik belgisi bilan yonma-yon keladi: a) noto‘liq b) darajali с) muntazam d) teng qiymatli. Qaysi ziddiyatda lisoniy belgi o‘sishi ko‘rinadi: a) noto‘liq b) darajali с) muntazam d) teng qiymatli. Qaysi ziddiyatda belgi tenglashadi: a) noto‘liq b) darajali с) muntazam d) teng qiymatli. Qaysi ziddiyatda belgi bo‘linadi: a) noto‘liq b) darajali с) muntazam d) teng qiymatli. Glossariyziddiyat – lisoniy sistema (paradigma)dagi elementlarning o‘zaro farqlanish munosabati ziddiyat a’zosi – lisoniy sistema (paradigma)dagi ziddiyat munosabatiga kirishuvchi elementlar ziddiyat belgisi – lisoniy birliklarning muayyan ziddiyatdagi farqlovchi belgisi ikki a’zoli (binar) ziddiyat – lisoniy sistemadagi zidlanuvchi juft birlik ko‘p a’zoli ziddiyat ternar – lisoniy sistemadagi zidlanuvchi ikkitadan ortiq birlik privativ (noto‘liq) ziddiyat – ziddiyat belgisi a’zolaridan birida voqelanadigan, boshqasida voqelanishi ham, voqelanmasligi ham mumkin bo‘lgan ziddiyat turi teng qiymatli ziddiyat – zidlanuvchi juft birlikning har birida ziddiyat belgisining bir qirrasi namoyon bo‘ladigan ziddiyat turi muntazam ziddiyat – a’zolari bo‘linuvchi belgi asosida zidlanadigan ziddiyat turi darajali ziddiyat – biror belgining oshib yoki kamayib borishiga asoslanuvchi, a’zolari uchtadan kam bo‘lmagan ziddiyat turi Download 213.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling