Kirish, fonetik sath, leksik-semantik sath


Mustaqil o‘zlashtirish uchun


Download 213.06 Kb.
bet17/45
Sana02.05.2020
Hajmi213.06 Kb.
#102891
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   45
Bog'liq
B.Mengliyev-Hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Mustaqil o‘zlashtirish uchun


Ma’rifat vodiysi

Ma’rifat vodiysin ondin so‘ngra bil, Dashti bepoyonlig‘in nazzora qil.

Kimki bu vodiyg‘a bo‘ldi muttasif, Topti onda hollarni muxtalif.

Vodiyedur yuz tuman ming onda yo‘l, Ul bu bir kelmay, oningdekkim bu ul.

Ixtilofi juzv ila kul mundadur-

Kim taraqqiy-u tanazzul mundadur. Pashsha onda rahnavard-u pil ham, Pashsha anda toyir-u Jibril ham.

Musi-yu Fir’avn onda rаhrav,

Bil yaqinkim, birdek ermas bul ikav. Da’b anda sayr etib yaxshi-yamon, Mo‘min onda solik-u kofir hamon. Munda solikka tafovut bo‘ldi fosh, Anga mehrob-u munga but bo‘ldi fosh. Bo‘ldi o‘z irfoni har kimga sifat,

Ko‘p tafovut qildi paydo ma’rifat. Muxtalif bo‘lmay ne bo‘lsun munda ish, Chun bu yanglig‘ muxtalif bo‘ldi ravish. Mundin aytibdur nabiyi rahbar,

Kim ulusqa haq sari bo‘lsa safar. Istasang yo‘l kasratig‘a add-u had, Xalq anfosi bilan teng bil adad.


Alisher Navoiy, “Lison ut-tayr”

Lisoniy paradigmada birliklarni bir-biriga bog‘lab turuvchi, paradigmaning yashovchanligini ta’minlovchi omil lisoniy ziddiyatdir. Lisoniy ziddiyat falsafadagi qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonunning tildagi xususiylashuvi, ko‘rinishidir.

Ziddiyat paradigmatik va iyerarxik munosabatning xossasi sifatida sintagmatik munosabatga qarama-qarshi qo‘yiladi. Sintagmatik munosabatda ziddiyat emas, uyg‘unlik ustuvorlik qiladi. Biroq uyg‘unlik farq va tafovutlar asosida kelib chiqadi.

Ma’lum bir lisoniy birlik mansub ziddiyatlar majmuyi bu birlikning lisoniy mohiyatini aniqlashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Lisoniy mohiyatni aniqlash lisoniy birlikning boshqa birlikdan farqlanuvchi barqaror belgilarini oydinlashtirishdir.

Lisoniy birliklar orasidagi ziddiyat ma’lum bir belgi asosida mavjud bo‘ladi. Ziddiyatga kirishuvchi lisoniy birliklar ziddiyat a’zosi, ziddiyatga asos bo‘luvchi belgi ziddiyat belgisi deyiladi. Masalan, [o] va [a] unlilari o‘zaro “lablanganlik/lablanmaganlik”

belgisi asosida qarama-qarshi turadi. Bunday qarama-qarshilik ziddiyat, qarshilanayotgan fonemalar ziddiyat a’zolari, “lablanganlik/lablanmaganlik” esa ziddiyat belgisidir.



Mantiqiy mushohada uchun


  1. Tafovut, farq, ziddiyat va qarama-qarshilik so‘zlarining ma’no farqlarini aniqlang.

  2. Bu so‘zlarning darajalanish qatorini tuzing va darajalanish belgisini toping.

Lisoniy sathda ziddiyatning turli ko‘rinishi mavjud. Ulardan eng muhimlarini ko‘rib o‘tamiz.

Ziddiyat a’zolari orasidagi qarama-qarshilikning xususiyatidan kelib chiqqan holda ziddiyatning:


  1. noto‘liq (privativ) ziddiyat;

  2. teng qiymatli (ekvipolent) ziddiyat;

e)muntazam (proporsional) ziddiyat

d) darajali (gradual) ziddiyat kabi turlari farqlanadi.



Mustaqil o‘zlashtirish uchun


Nikolay Sergeyevich Trubetskoy (1890 – 1938)

Nikolay Sergeyevich Trubetskoy Moskvada tug‘ilgan. Uning ota-onasi ham taniqli olimlar bo‘lishgan. Nikolay bolalikdan olimlik iqtidorini namoyon qila boshlagan. Birinchi ilmiy ishini 15 yoshida e’lon qilgan. Moskva davlat universitetini tamomlagan bo‘lajak olim, vatanidagi fuqarolar urushi sababli, xorijga ketishga majbur bo‘ldi. U va muhojir hammaslaklari birgalikda Pragada tilshunoslik maktabiga asos soldi va maktab tilshunoslik tarixida “Praga lingvistik to‘garagi” nomi bilan mashhur bo‘ldi.

Zamonaviy tilshunoslikka Nikolay Sergeyevich Trubetskoy tomonidan olib kirilgan “ziddiyat” (“oppozitsiya”) tushunchasi lisoniy sistemalarning mohiyatini tushuntirishda katta ahamiyat kasb etdi. Trubetskoy talqinicha, fonema juftliklari ma’lum bir barqaror belgilari asosida qarama-qarshi turadi. Masalan, [b] ~ [p],

[a] ~ [i], [ye] ~ [o], [g] ~ [k] kabi. Bu ziddiyat belgilari bitta ham, ko‘p ham bo‘lishi mumkin. Masalan, [a] ~ [o] unlilari bir belgi

bilan qarama-qarshi turadi: “lablanganlik/lablanmaganlik”. [i] ~ [o] unlilari orasida “lablanmaganlik/lablanganlik” va “keng-torlik” belgilari asosidagi qarama-qarshilik, ziddiyat mavjud.

N.S.Trubetskoy tomonidan ko‘p yillar davomida ilgari surilgan g‘oyalar tilshunoslikda yangi yo‘nalish va oqimlar shakllanishiga sabab bo‘ldi. Sossyurdan keyingi ko‘plab tilshunoslardan farqli ravishda u “til til uchun”, “til o‘zida” tamoyili changaliga tushib qolgani yo‘q. Olim har doim tilni til va jamiyat, til va madaniyat tamoyillari asosida tadqiq qildi. Bejiz 1929-yilda N.S.Trubetskoy va R.О.Yakobson tomonidan yozilgan “Praga lingvistik to‘garagi tezislari”da shunday deyilmagan: “lingvistik tahlilga aniq amaliy maqsadlarni ko‘zlagan funksional nuqtayi nazardan yondashmoq kerak.”


Noto‘liq ziddiyat. Noto‘liq (privativ) ziddiyatda qarshilanuvchi a’zolardan birida ziddiyat belgisi to‘liq va aniq, boshqasida esa noaniq namoyon bo‘ladi. Masalan, [bola] va [o‘g‘il] leksemalarini olaylik. Ular “erkak jinsli” deb atalgan ziddiyat belgisiga ikki xil munosabat bildiradi. Bu belgi [o‘g‘il] leksemasi ma’no tarkibida aniq berilgan, shu boisdan uning ushbu belgiga munosabati aniq yoki “belgilangan” deyiladi va shartli ravishda (+) belgisi bilan beriladi. [bola] leksemasida esa jins belgisi aniq emas. Chunki uning ma’no tarkibida “er” yoki “ayol” (ya’ni jins) semasi yo‘q. Boshqacha aytganda, bola so‘zi o‘g‘ilni ham, qizni ham ifodalashi mumkin. Shuning uchun bu leksemaning ziddiyat ko‘rsatkichiga ishorasi “belgilanmagan” (noma’lum, noaniq, majhul) deyiladi va shartli ravishda (+/–) yoki (0) (nol) belgisi bilan qayd etiladi(10-jadval):

  1. jadval

“erkak”

o‘g‘il (+)

bola (0)

Bu ziddiyatdagi aniq belgili a’zo kuchli a’zo, noaniq belgili a’zo esa kuchsiz a’zo ham deyiladi.

Noto‘liq ziddiyat tilning barcha sathida amal qiluvchi muhim qonuniyatdir. Masalan, morfologiyada leksemalarni umumiy grammatik ma’nosiga ko‘ra mustaqil va nomustaqil leksemaga

bo‘lish privativlik asosida amalga oshiriladi. Bunda “lug‘aviy ma’no ifodalay olmaslik” noto‘liq ziddiyatning belgisi, ziddiyatda mustaqil leksema belgilanmagan, kuchsiz a’zo bo‘lsa, nomustaqil leksema belgili, kuchli a’zo sifatida namoyon bo‘ladi (11-jadval):


  1. jadval

lug‘aviy ma’no ifodalay olmaslik”

nomustaqil leksemalar (+)

mustaqil leksemalar (0)

Chunki mustaqil leksema lug‘aviy ma’no ifodalashi ham, nomustaqil leksema vazifasida kelishi ham mumkin. Masalan, ot ko‘makchi, fe’l ko‘makchi, ko‘makchi fe’l va boshqalar o‘rni bilan nomustaqil leksema kabi lug‘aviy ma’nosiz ham bo‘la oladilar.

Noto‘liq ziddiyatda belgi tanlash ixtiyoriy emas. Masalan, bir qarashda yuqoridagi ziddiyatda belgini “lug‘aviy ma’no ifodalash” deb ham, “lug‘aviy ma’no ifodalay olmaslik” deb ham qo‘yish mumkindek tuyuladi. Кeling, ziddiyat belgisini yuqorida qo‘yilganidek emas, balki “lug‘aviy ma’no ifodalay olish” deb o‘zgartirib ko‘raylik (12-jadval):




  1. jadval

lug‘aviy ma’no ifodalay olish”

mustaqil leksemalar (+)

nomustaqil leksemalar (0)

Noto‘liq ziddiyatda qaysidir bir a’zo 0 (nol) belgisini olishi kerak. Oldingi ziddiyatda mustaqil leksemalar ushbu belgiga ega edi. Bunda endi nomustaqil leksemalar olishi kerakka o‘xshaydi. Yo‘q, aslida bunday emas. Chunki nomustaqil leksema goh lug‘aviy ma’no ifodalash, goh ifodalamaslik xossasiga ega emas. Ziddiyatning ikkinchi a’zosi (+) belgisiga egami? U (ya’ni mustaqil leksemalar) hamisha «lug‘aviy ma’no ifodalay olish» belgisiga ega bo‘lib, boshqa xil vazifada qo‘llana olmaydimi? Yo‘q, u bunday xususiyatga ega emas; oldingi ziddiyatda ko‘rib o‘tganimizdek, mustaqil leksema “lug‘aviy ma’no ifodalay olmaslik” belgisiga ega bo‘la oladi, () belgisiga ham ega. Demak, keyingi “ziddiyat” noto‘liq ziddiyat emas. Ziddiyat lisoniy birlikning mohiyatini, ya’ni substansial tabiatini o‘zida aks ettirmog‘i lozim. Aks holda

“sun’iy” ziddiyat kelib chiqadi. Boshqa ziddiyat kabi noto‘liq ziddiyat ham obyektiv va bizning xohish-irodamizga bog‘liq emas.

Noto‘liq ziddiyatdagi kuchli a’zoning belgisi aniq, shuning uchun uning imkoniyati tor, kuchsiz a’zoning belgisi noaniq, shuning uchun imkoniyati keng ekanligini esda tutish lozim.




Download 213.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling