Kirish, fonetik sath, leksik-semantik sath


Mustaqil o‘zlashtirish uchun


Download 213.06 Kb.
bet13/45
Sana02.05.2020
Hajmi213.06 Kb.
#102891
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   45
Bog'liq
B.Mengliyev-Hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Mustaqil o‘zlashtirish uchun


Sinonimlar paradigmami?

Bir-biriga sinonim bo‘lgan so‘zlar tizimini paradigma deyish mumkinmi? Masalan: Boqmoq, qaramoq, nazar tashlamoq, nigoh solmoq... kabi. Albatta, yo‘q deb javob beramiz.



Bir-birini almashtiruvchi paradigma a’zolari pozitsiya, qay o‘rinda kelishi bilan shartlangan bo‘ladi. O‘rin, pozitsiya – mana paradigma uchun nima muhim! Shuning uchun paradigma a’zolarining miqdori cheklangan va aniq bo‘ladi. To‘g‘ri, ba’zi olimlar o‘zbek tilidagi kelishiklarni ba’zan 7 ta, ba’zan 8 ta deyishadi. Bu paradigmaning xususiyati bilan emas, balki ilmiy yondashuvlarning tabiati bilan bog‘liq. Bunga qarama-qarshi o‘laroq, sinonimlarning aniq miqdorini hech kim ayta olmaydi. Kontekstual sinonimlar qo‘shiladigan bo‘lsa, bu yana qiyinlashadi. Albatta, sinonimlar matn bilan juda bog‘liq va ularning har biri alohida pozitsiya uchun xoslangan. Lekin sinonimlarni har holda almashtirsa bo‘ladi. Shuningdek, ularning denotatlari (borliqda ifodalaydigan hodisalari) ham bitta. Shu bilan birga, ularning qo‘llanishi til jamiyati tomonidan belgilanmagan, balki alohida so‘zlovchiga bog‘liq bo‘ladi. Bularning barchasi sinonimik qatorni qat’iy tartib asosida tashkil topgan, a’zolari aniq pozitsiya bilan bog‘langan paradigmadan farqlashga asos bo‘ladi.

Savol va topshiriqlar


  1. Assosiatsiyaning mohiyati haqida gapiring.

  2. Lisoniy paradigma deganda nimani tushunasiz? Misollar keltiring.

  3. Lisoniy paradigma qanday turlarga ega?



Test


  1. Paradigma so‘zining ma’nosi: A ) namuna B) o‘xshashlik C) qator D) tizim.

  2. Morfologik paradigma: A) so‘z turkumlari B ) morfologik kategoriyalar C) nokategorial shakllar D) so‘zning morfologik shakllari.

  3. Lisoniy paradigma: A) bir sathga mansub, bir umumiy ma’- noli lisoniy birliklar B) bir sathga mansub ketma-ket bog‘langan nitqiy birliklar C) assosiativ bog‘langan gaplar D) turli sathga mansub, bir umumiy ma’noli lisoniy birliklar.



Glossariy


assosiatsiya – bog‘liqlikka asoslangan eslash jarayoni

sistema – birdan ortiq elementlarning o‘zaro munosabatga kirishishidan hosil bo‘lgan butunlik

element – butunlikni tashkil etishda munosabatga kirishuvchi qism

paradigma – lisoniy sistema

paradigma a’zosi – lisoniy sistema elementi fonetik paradigma unli va undoshlar sistemasi morfemik paradigma – morfemalar sistemasi

morfologik paradigma – grammatik shakllar sistemasi, grammatik kategoriya

leksik paradigma – leksemalarning muayyan belgi asosidagi tizimi

Adabiyotlar


  1. Mirtojiyev M. O‘zbek tili semasiologiyasi. – Toshkent: Fan, 2007.

  2. Ne’matov H., Bozorov O. Til va nutq. −Toshkent: O‘qituvchi, 1993.

  3. Ne’matov H., Rasulov R. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 1995.

  4. Nurmonov A. Lingvistik belgi nazariyasi. – Toshkent: Fan, 2008.

  5. Safarov Sh. Semantika. – Toshkent: “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2013.

  6. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2010.

  7. Сhomsky N. Language and mind. – Cambridje: Cambridje Univ. Press. 2006.

  8. Wilkinson P.R. Thesaurus of Traditional English Metaphors.

-London, New York: Routledge, 1992.
    1. §. Lisoniy munosabat va uning turlari Tayanch tushunchalar


assosiatsiya, munosabat, sistema, struktura, element paradigma, paradigma a’zosi, fonologik paradigma, morfemik paradigma, morfologik paradigma, leksik paradigma

O‘zlashtiriladigan tushunchalar


munosabat, paradigmatik munosabat, sintagmatik munosabat, pog‘onali munosabat, partonimik munosabat, giponimik munosabat, totonim, giperonim
Munosabat” tushunchasi haqida. Falsafada munosabat muayyan sistemadagi elementlarning joylashish tabiati va ularning bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqligi sifatida qaraladi. Masalan, shaxs jamiyatdagi boshqa shaxslar bilan bog‘liq holda yashaydi. Ushbu bog‘liqlik shaxsning munosabatidir. Oila a’zolari orasidagi bog‘liqlik bunga yaqqol dalil bo‘la oladi.

Oilada ota bilan ona, ular bilan farzandlar, farzandlar orasida o‘zaro o‘ziga xos munosabatlar oila sistemasining xususiyatini namoyon qiladi. Unda har bir a’zo (element)ning tutgan o‘rni bor. Bu o‘rin boshqa a’zolarga ta’sir qiladi. U – oila yaxlitligini va

mustahkamligini ta’minlovchi munosabat. Ahillik, hurmat-e’tibor, farosat, oilaga e’tiqod oila sistemasidagi munosabatlarning yorqin ko‘rinishlaridir.

Yoki ustoz-shogirdlik munosabatini olaylik. Ustoz shogirdiga ta’lim-tarbiya beradi, uning dunyoqarashini shakllantiradi. Ustoz ta’lim-tarbiya berishga ehtiyoj sezadi. Shuningdek, shogird ta’lim- tarbiya olishga ehtiyojmand bo‘ladi. Bu ta’lim-tarbiya hodisasining sistema, uning asosiy elementlari ustoz va shogird ekanligidan dalolat beradi. Ustoz-shogirdlik tizimida har bir elementning mavqeyi, roli, vazifasi, majburiyat va burchlari bor. Ularga tegishli element (ustoz va shogird)ning amal qilish darajasi, ya’ni munosabat bu sistemaning barqarorlik va bardavomlik darajasini belgilaydi.

Shaxs biror narsa yoki hodisaga nisbatan ma’lum bir mavqeda bo‘ladi: narsani o‘rganadi, uni vujudga keltiradi, isloh qiladi. Bu ham munosabatning bir ko‘rinishidir. Yoki kishi turli obyektlarni yoki biror obyektning turli tomonlarini fikran taqqoslaydi. Bunda ikki xil munosabat namoyon bo‘ladi: kishining obyektga va bir obyektning ikkinchi obyektga munosabati.

Bir narsaning ikkinchi narsaga munosabati masalasi haqida gap ketganda, kimyoviy elementlarning davriy jadvalini misol qilib keltirish mumkin. Kimyoviy elementlar jadvali mavhum (ongda mavjud) sistemaning bir ko‘rinishi. Bunda elementlar atom og‘irliklari asosida joylashgan. Boshqacha aytganda, ular atom og‘irliklari asosida tartiblangan. Bu tartib atom og‘irliklari asosidagi munosabat deyiladi. Yanada aniqroq tushunish uchun ko‘z oldimizga avtomobilni keltiraylik. Avtomobil muayyan (borliqda mavjud) sistema sifatida, avvalo, shassi, kuzov va dvigatel elementlaridan tashkil topgan. Bu elementlar bir-biri bilan zich bog‘langan. Biri boshqalarini taqozo etadi. Ulardan biri mavjud bo‘lmasa, sistema (avtomobil) harakatga kelmaydi.

Ko‘rinadiki, muayyan sistema elementlari o‘zaro munosabatga kirishmasa, sistema o‘z vazifasini bajara olmaydi. Munosabat bo‘lmasa, narsa element bo‘la olmaydi va elementning funksiyasini bajara olmaydi. Element sistema tarkibida munosabatlar asosida o‘z mohiyatiga ega bo‘ladi. Masalan, insonning ko‘zi inson

tanasidagina element bo‘lib, undan uzilsa, element bo‘la olmaydi va o‘zining elementar mohiyatini yo‘qotadi.

Munosabatlar tegishli elementlardan turli darajadagi murakkab sistemalarni keltirib chiqaradi. Masalan, har qanday qonunlar jamiyatni sistema sifatida tartibga solib turadi. Agar bu qonunlar bo‘lmasa, jamiyat sistemasi ham mavjud bo‘lmaydi, sistema o‘z vazifasini to‘laqonli bajara olmaydi va barbod bo‘ladi. Shuning uchun mamlakatning xususiyati undagi asosiy munosabat – qonunlarga itoat qilish darajasi bilan belgilanadi.

Har bir narsa, shaxs ko‘p qirrali, ko‘p vazifali bo‘ladi. Shu boisdan ular har bir qirrasi asosida turli sistemalarga mansub bo‘la oladi va bu sistemalardagi munosabatlari ham turlicha bo‘ladi. Masalan, biror turmushga chiqqan talabani olaylik. U ta’lim sistemasida shogird, oila sistemasida turmush o‘rtog‘i/ona/kelin, ota-onasi oilasiga munosabatda farzand/opa/singil, yo‘l harakati tizimida yo‘lovchi, tushlik paytida xo‘randa. Har bir qirrasini namoyon qilganda u ma’lum bir sistema tarkibiga kirib, bu sistema tarkibidagi boshqa elementlar bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Bir sistemadagi munosabatlari boshqa sistemadagi munosabatlaridan farqlanadi.




Download 213.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling