Kirish, fonetik sath, leksik-semantik sath
Download 213.06 Kb.
|
B.Mengliyev-Hozirgi o‘zbek tili (darslik)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil o‘zlashtirish uchun
- Mantiqiy mushohada uchun
Mantiqiy mushohada uchunTilda nega boshqa tillardan nutq tovushi o‘zlashtirilmaydi? 2.Bir kishi o‘z nutqida o‘zlashma so‘zlarni aslidagidek talaffuz qiladi. Nega biz uni fonetik o‘zlashmaga misol qilmaymiz? 3.Grammatikada o‘zlashtirilgan hodisalar bormi? 4.O‘zbeklarning o‘zga tillar fonetikasini o‘zlashtirishi nisbatan yengil kechadi. Buning sababi nimada?
Leksema tilning asosiy va markaziy birligi. So‘z termini leksema ma’nosida ham qo‘llanadi. Shaxsning tili bilimi uning fonetik yoki grammatik bilimi bilan emas, balki leksik zaxirasining boyligi bilan o‘lchanadi. Ona tili o‘qitishning asosiy vazifasi ham leksema, ya’ni so‘z ta’limidir. Bejiz so‘z tilga tenglashtirilmaydi: Xalqaro anjumanda o‘zbek so‘zi jarangladi. Buyuk sharq mutafakkirlari ham so‘z deganda ko‘p hollarda tilni nazarda tutishgan. Mustaqil o‘zlashtirish uchunSo‘z ta’rifida So‘z gavharining sharafi shunchalar yuksakki, gavhardek qimmatbaho narsa ham unga sadaf bo‘la olmaydi. To‘rt sadaf ichidagi gavharga quti ham shu so‘z, yetti qavat osmon yulduzlarining burjlari ham shu so‘zdir. So‘z jon bo‘lib, ruh uning qolipidir. Tanida ruhi bor odam doim unga ehtiyoj sezadi. So‘z dunyoda bor barcha ko‘ngillarning qutisidagi javhar, hammaning og‘iz qutisidagi qimmatbaho gavhardir. Agar til bamisoli bir po‘lat xanjar bo‘lsa, so‘z unga qadalgan injulardir. Til shu chamanning ochilgan lolasi bo‘lsa, so‘z durlari unga qo‘ngan shabnamlardir. So‘z o‘lgan odamning tanasiga pok ruh bag‘ishlaydi. So‘zdan tandagi tirik ruh halok bo‘lishi mumkin. Yaxshi so‘z bilan o‘lganni tiriltira olgani uchun Iso payg‘ambar o‘zini “Jonbaxsh” degan laqab bilan atagan. So‘z tufayli Xalil o‘zini o‘tga tashlagan; Jabroil ham so‘z yukiga hammol bo‘lgan. Tangri insonni sirlar xazinasi darajasiga ko‘targan ekan, uni so‘zlash qobiliyatiga ega bo‘lgani uchun hayvonlardan ortiq qilib yaratdi. G‘uncha og‘izlik, shirin lab jonon gapirmasdan labini yopib turib olsa, uning mayday totli la’li lablari aqlni mast qilsa, mastlik u yoqda tursin, mayparast qilib qo‘ysa ham, tashqi ko‘rinishi bilan osmondagi oy bo‘lsa ham, devordagi surat bilan uning ko‘rinishi o‘rtasida farq yo‘q. Bazmda har qanday sozanda dilkash kuylarni ijro etib, kuyda qancha yaxshi takrorlar, mashqda qancha yaxshi naqarotlar bo‘lmasin, tushungan odamlar undan to‘la qanoatlanadilar. Kuy ijrosi cho‘zilib ketsa, ularga malol ham keladi. Bu kuy orasida joyini topib, Navoiy so‘zi bilan bir g‘azal ashula qilib aytilsa, so‘zlar olov purkab, tinglovchilar qalbini mung bilan ezsa, u vaqtda sen bazmdagi to‘polonni ko‘r! Mayxonadagi g‘avg‘olarni tomosha qil! Yoqa yirtish qanday bo‘lishini ko‘r, fig‘on tortib, o‘zini o‘ldirganlarga boq! Durning bir donasi bilan bog‘liq gapga ishonma, so‘zni jahon dengizidagi haqiqiy durdona deb bil6!
Hazrat Navoiy so‘z istilohini qaysi o‘rinlarda til ma’nosida qo‘llagan? Mutafakkir to‘rt sadaf deganda nimani nazarda tutgan? 3.“Durning bir donasi bilan bog‘liq gapga ishonma, so‘zni jahon dengizidagi haqiqiy durdona deb bil” jumlasida dur, durdona, jahon dengizi so‘z va birikmalari nimaga nisbatan qo‘llangan? Har bir leksema lisoniy birlik sifatida mazmun mundarijasiga ham ega. Leksemaning mazmun mundarijasi denotat yoki referent 6 Alisher Navoiy. “Hayrat ul-abror” deb ataladigan, borliqdagi narsa, harakat, belgi, miqdor kabilarni ifodalaydigan tushunchalarni anglatadi. У semema deyiladi. Leksemaning mazmuni bo‘lgan sememani tashkil etuvchi qism
Morfema ham tashqi (shakliy) va ichki (mazmuniy) tomonlar yaxlitligidan iborat. Morfema o‘zining nutqiy ko‘rinishlari bo‘lgan qo‘shimchalar orqali ifodalanadigan ko‘plab ma’nolarning umumlashmasini, “mag‘zi”ni o‘zida (lisonda) saqlaydi. Morfemaning mazmuniy tomoni grammema, grammemaning nutqiy voqelanishi grammatik ma’no deyiladi. Masalan, [-ni] tushum kelishigi morfemasining grammemasi – “oldingi mustaqil so‘zni keyingi fe’lga tobelash” lisoniy sathda mavjud. Bu morfema nutqdagi Kitobni o‘qidim gapida qo‘shimcha sifatida voqelangan bo‘lib, uning mazmuniy tomoni – “oldingi kitob so‘zini keyingi o‘qidim so‘ziga tobelash” grammatik ma’nosidir. Lisoniy sathda so‘z yasovchi (derivatsion) morfemalar va grammatik morfemalar guruhi mavjud. Ularning nutqdagi ko‘rinishlari lison va nutq bo‘linishiga mos ravishda so‘z yasovchi qo‘shimcha va grammatik qo‘shimcha deb nomlanadi.
Mustaqil o‘zlashtirish uchunYana tilning sistemaviyligi haqida Rus tilshunosi Dmitriy Nikolayevich Ushakov “Til haqidagi fanga qisqacha kirish” kitobida yozishicha, so‘z leksik va grammatik qismlarga bo‘linishi uchun ikki talabga javob berishi kerak. Birinchidan, grammatik qism ushbu ma’nosi bilan boshqa so‘zlarga ham qo‘shilib kelaverishi kerak. Ikkinchidan, so‘z ushbu ma’nosi bilan boshqa grammatik shakllarni o‘ziga biriktira olishi kerak. Masalan, qo‘lim so‘zi qo‘l+im tarkibiy qismlarga -im qo‘shimchasi oyog‘im, qulog‘im, tirnog‘im, barmog‘im, sochim, kitobim kabi so‘zlarda uchraganligi uchungina emas, balki qo‘l so‘zi qo‘llar, qo‘lni, qo‘l bilan, qo‘ldek kabi so‘zlarga asos bo‘lganligi uchun ham ajratiladi. Agar bu asoslardan biri bo‘lmasa ham, so‘z tarkibiy qismlarga ajralmaydi. Masalan, shilqim so‘zidagi -im qo‘shimchasi qo‘lim so‘zidagi -im qo‘shimchasining vazifasini bajarmaydi. Bitta grammatik shakl birgina so‘zga, bir so‘z birgina grammatik shaklga ega bo‘la olmaydi. Olim tilning sistema ekanligini shunday asoslaydi. O‘tgan asrning 20-yillarida tilning sistema ekanligini asoslashda bunday yondashuvlar kam uchraydigan holatlardan edi. Shuning uchun u o‘z davrida eng dong taratgan fikrlardan edi. Qolip va hosila. Lisoniy birlikning navbatdagi turi qolip deyiladi. Qolip deganda yasama so‘z, so‘z birikmasi va gaplar hosil qilishning ongdagi sxemalari tushuniladi. Bu sxemalar til jamiyati a’zolarining lisoniy birliklarni nutqda biriktirib voqelantirish malakalari sifatida yuzaga chiqadi. Grammatik qonuniyat va qoidalar faqat qoliplarda amal qiladi. Qolipdan tashqarida sintaktik aloqa haqida gap bo‘lishi ham mumkin emas. Masalan, leksema faqat qolipda grammatik jihatdan shakllanadi. Qoliplar ikki xil bo‘ladi: so‘z yasash qolipi; sintaktik (so‘z birikmasi va gap hosil qilish) qolip. So‘z yasash qolipidan kam foydalanamiz. Chunki biz har doim ham so‘z yasayvermaymiz. Qolip ham boshqa lisoniy birliklar kabi UMIS tabiatli bo‘ladi. Masalan, nutqdagi cheksiz yasama so‘z (masalan, sutchi, nisholdachi kabi) bitta, bevosita kuzatishda berilmagan lisoniy birlik (masalan, [narsa/buyum oti + chi = shu narsa/buyum bilan shug‘ullanuvchi kishi], ya’ni so‘z yasash qolipining nutqiy hosilasi. Kitobni o‘qimoq nutqiy hosilasi boshqa o‘ziga o‘xshash cheksiz so‘z birikmalari (qog‘ozni yirtmoq, uyni sotmoq va h.k.) bilan birgalikda [ottushum kelishigi + Fe’l = vositasiz to‘ldiruvchili fe’lli birikma] lisoniy sintaktik qolipi asosida hosil qilingan nutqiy birlik. Qolip miqdoran cheklangandir. Masalan, o‘zbek tilida so‘z birikmasi hosil qilishning 18 ta ustuvor qolipi ajratilgan va nutqimizda ulardan son-sanoqsiz so‘z birikmasi hosil qilinadi (bu haqda “So‘z birikmasi” bo‘limida batafsil bayon etiladi). Qolip ham boshqa lisoniy birliklar kabi shakl va mazmun yaxlitligidan iborat. Yuqorida keltirilgan qoliplarning tenglikdan chap qismi shakliy, o‘ng qismi esa mazmun tomoni deb yuritiladi. Qolipning [sifat + ot] tarzida mazmuniy tomonsiz berilishi ham xato emas. Chunki, masalan, [–mi] morfemasi misol sifatida olinganda, uning grammatik ma’nosi, [kitob] leksemasi haqida fikr yuritilganda, har doim uning sememasi ham berilishi (masalan, [– chi = so‘roq, taajjub bildiruvchi morfema], [kitob = varaqlaridan tashkil topgan, muqovalangan, bosma yoki qo‘lyozma holdagi o‘qish quroli]) shart emas. Shu boisdan qolip haqida gap ketganda, uning shakl tomonini qayd etish kifoya qiladi. Download 213.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling