Kirish, fonetik sath, leksik-semantik sath
Download 213.06 Kb.
|
B.Mengliyev-Hozirgi o‘zbek tili (darslik)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mantiqiy mushohada uchun
- Mustaqil o‘zlashtirish uchun
Mantiqiy mushohada uchunTil tafakkurni shakllantiradi degan hukmni qanday tushunasiz? Til tafakkurni qay tarzda shakllantirishini izohlashga harakat qiling. Tilning akkumulyativ vazifasi deganda nimalarni tushunasiz? “Lison” tushunchasi haqida ma’lumot. Lison – ma’lum bir til jamiyatning barcha a’zolari uchun ajdodlar tomonidan tayyor holga keltirib qo‘yilgan, umumiy va majburiy, fikrni shakllantirish, ifodalash, uzatish va boshqa maqsadlar uchun xizmat qiladigan vosita (birlik)lar hamda ularning o‘zaro birikish qonuniyatlarining ongdagi sistemasi. Ajdodlar tomonidan bizga tegishli fonemalar, leksemalar, iboralar, morfemalar hamda ularning o‘zaro birikish qoidalari qoldirilgan. Ular bizning ongimizda nutqda qo‘llanish uchun shay holatda turadi. Lisonga xos birliklar lisoniy birlik deyiladi. Lison va nutq tilshunoslikda sath atamasi bilan yuritiladi. Demak, til lisoniy va nutqiy sathlardan iborat. Har qanday lisoniy birlik virtual xususiyatga, ya’ni ongda mavjudlik tabiatiga ega. Shu bilan birga, ular quyidagi ikki tomonning bir butunligidan iborat:
shakliy jihat; mazmuniy jihat. Lisoniy birlik mazmunan UMIS sifatida mavjud ekan, u moddiylikdan xoli bo‘lmog‘i lozim. Bunda “lisoniy birlikning shakliy jihati” moddiylikka ishora qilmaydimi, degan savol tug‘ilishi tabiiy. To‘g‘ri, lisoniy birlik moddiylikdan xoli. Biroq ular ongda qandaydir ramz sifatida saqlanadi. Masalan, [a] fonemasining talaffuz xususiyati haqida umumlashma tasavvur o‘zbek tilida so‘zlashuvchi barcha jamiyat a’zolari ongida mavjud. Bu [a] fonemasining shakli, tashqi tomoni hisoblanadi, uning ma’no farqlash tomoni ichki, mazmuniy jihati sanaladi. [a] fonemasi ana shu nisbiy shakl hamda mazmunning yaxlitligi sifatida ongda mavjud. Har qanday lisoniy birlik (UMIS) ongda ma’lum bir mavjudlik sifatida yashaydi. Mavjudlik shaklsiz bo‘lmaydi. Har bir fonemaning ma’no farqlash (mazmuniy) va talaffuz (shakliy) xususiyatlarining ongdagi umumlashmasi o‘ziga xos, biriniki ikkinchisinikidan farqlanadi. Lisoniy birliklarning tashqi va ichki tomonini bir-biridan ajratish mumkin emas. Ular et bilan tirnoq kabi yaxlit bo‘lganligi sababli “dialektik birlikda” deyiladi. Boshqacha aytganda, lisoniy birlikdagi ichki va tashqi jihatlar bir varaqning ikki tomoniga o‘xshaydi, ularni ajratish mumkin emas.
Mavjudlik shaklsiz bo‘lmaydi, degan hukmni qanday tushunasiz? Ongdagi har bir lisoniy birlik (UMIS) tafakkur mahsuli degan hukmni qanday tushunasiz? “Dialektik yaxlit” bo‘lgan narsa bo‘linuvchanmi yoki bo‘linmas? “Nutq” tushunchasi haqida ma’lumot. Nutq lisoniy birlikning jamiyat a’zolari ongida o‘rnashgan me’yor asosida muayyan moddiy (yozma, og‘zaki va h.) shakllardan birida voqelanishidir. Masalan, a fonemasi og‘zaki nutqda eshitiladigan tabiatga ega bo‘ladi, bu eshitilish tovushning baland/pastlik, cho‘ziq/qisqalik, kuchli/kuchsizlik, urg‘ulilik/urg‘usizlik kabilarni o‘z ichiga oladi. So‘zlovchi fonemalarni nutq tovushiga qanday sharoitda qay tarzda aylantirish qoidalarini biladi va bu qoidalarni til jamiyatidan o‘zlashtirib oladi. Ana shu qoidalar me’yor deyiladi. Mustaqil o‘zlashtirish uchunPIYOLA Oldimizdagi piyolani kuzataylik. U go‘yoki nutqiy hodisa. U o‘ziga xos UMISning voqelanishi. Aslida har qanday AHVO faqat o‘z UMISining voqelanishidan iborat bo‘lmaydi. Unda har xil boshqa UMISlarning tajallilari ham aks etadi. Masalan, Men o‘qiyman jumlasini olaylik. U nutqiy hodisa – gap. Unda gap UMISi voqelanishi bilan birga boshqa UMISlar ham tajallilangan. Masalan, fonetik UMIS, leksik UMIS, morfologik UMIS va h. Bular lisoniy UMISlar zarralari. Unda yana nolisoniy UMISlar ham bor. Masalan, so‘zlovchi, tinglovchi, nutq vaziyati, muhiti va h.k. Yana piyolaga qaytamiz. Piyolada ham faqat piyolaga xos UMIS tajallisi bilan birga boshqa UMISlar zarralari ham mavjud. Narsaning o‘ziga xos sof UMISini aniqlash uchun boshqa UMIS zarralarini aqliy yo‘l bilan piyola AHVOsidan soqit qilish kerak. Piyolada qum, rang, harorat, qum zarralarini birlashtiruvchi modda va h. UMISlar mavjud. Xullas, Siz piyoladagi o‘z va o‘zga UMIS tajallilarini farqlab, ajrata olsangiz, nutqdagi tegishli AHVOlar zamiridagi UMISlarni aqliy yo‘l bilan tiklay olasiz. Marhamat, o‘zingizni sinab ko‘ring. “Me’yor” tushunchasi haqida ma’lumot. Me’yor – lisoniy birlikning nutqda voqelanishi uchun tanlanish omil va usullari majmuyi. Masalan, o‘lmoq fe’li o‘rnida asfalasofilinga ravon bo‘lmoq iborasini qo‘llab bo‘lmaydigan vaziyat va holatlar mavjud. Ana shu vaziyat va holat – me’yorning bir ko‘rinishi. Me’yorni lisonning nutqqa aylanish muhiti, sharoiti deyish ham mumkin. Insonning nutqiy qobiliyati qaysi birlikdan qay vaziyatda qaysisini qo‘llash malakasidir. Bu qobiliyat nutqiy muhitni his etib, lisonga murojaat qilishni ta’minlaydi. Bir-birini taqozo etuvchi, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan lison – me’yor – nutq zanjirida faqat nutq tashqi (moddiy) shaklda (og‘zaki, yozma) namoyon bo‘ladi va sezgi a’zolarimizga ta’sir qiladi. Mustaqil o‘zlashtirish uchunSistema nima? Har qanday sistema quyidagi talablarga javob berishi kerak: 1)sistema kamida ikki elementdan tashqil topadi; bu elementlar orasida aloqa-munosabat (struktura) mavjud bo‘ladi; sistema elementlari birlashib, yaxlitlikni tashkil qiladi. Demak, sistema munosabatlar asosida yaxlitlashgan elementlar majmuyidir. Sistemaning turlari ko‘p. Ularni umumlashtirib, ikki guruhga bo‘lish mumkin: 1)abstrakt sistemalar; 2)muayyan sistemalar.
Eslatib o‘tish joizki, borliqda unlilar, ruboiylar, janrlar, she’rlar mavjud, ammo ular shu nomdagi sistema sifatida mavjud emas. Masalan, ijod mahsuli sifatidagi ruboiylar o‘zaro tarqoq, sochilgan, bog‘lanmagan, uzilgan holda yashaydi. Inson tafakkuri ularni bog‘laydi, birlashtiradi – natijada abstraksiya mahsuli bo‘lgan mavhum (abstrakt) sistema vujudga keladi. Muayyan sistema borliqda mavjud bo‘ladi. Ularni sezgi a’zolari vositasida his etish (ko‘rish, o‘qish, eshitish, hidlash va b.) mumkin. Masalan, har qanday she’r, har qanday sintaktik qurilma, umuman, borliqdagi har bir narsa muayyan sistemadir. Lison – abstrakt, nutq muayyan sistemadir. Ferdinand de Sossyur lison-nutq munosabatini shatranj o‘yini qoidalari asosida tushuntirib berishga harakat qilgan. Shaxmat donalari va har bir donaning yurish qoidasi ongdagi lisoniy birliklar va ularning birikish imkoniyatiga o‘xshaydi. O‘yinchi bamisoli so‘zlovchi, shaxmat o‘yinini bilishi esa so‘zlovchining nutq qobiliyatiga monand. Donalarning harakatlantirilishini nutqqa qiyoslash mumkin: Download 213.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling