Kirish, fonetik sath, leksik-semantik sath


Mustaqil o‘zlashtirish uchun


Download 213.06 Kb.
bet3/45
Sana02.05.2020
Hajmi213.06 Kb.
#102891
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
B.Mengliyev-Hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Mustaqil o‘zlashtirish uchun


Xudovandiki birdur beshak-u rayb, Ravo ermas anga o‘rtoq ila ayb.

Aning farmonidin hech kim qutulmas, Tavonodur hamisha, o‘zga bo‘lmas. Erur ul barcha olamning Xudosi, Aning yo‘q ibtidosi, intihosi.

Erur hozir hamisha, yo‘q makoni, Anga qilg‘on emas sabqat zamoni. O‘zi beshubhadir ham benamuna, Ravo ermas anga chun-u chiguna.

Ko‘ngilga kechsa, ko‘zga tushsa har shay, Erur andin munazzah Xoliq-u Hay.

Udur hokim-ki hukmin o‘zga etmas, Aning zotig‘a hech kim aqli yetmas. Farishtalar, nabilar yetmadilar, Bo‘yinsundilar-u fikr etmadilar.

Vale fikr et, Xudoning qudratig‘a, Ajoyib ishlarig‘a, san’atig‘a4.
Quyidagi savollarga javob izlaymiz.

Mantiqiy mushohada uchun


  1. Xudovandiki birdur, beshak-u rayb, Ravo ermas anga o‘rtoq ila ayb” baytining mazmuni bilan lisoniy birlik orasida qanday bog‘liqlik va o‘xshashlik bor?

  2. Aning farmonidin hech kim qutulmas, Tavonodur hamisha, o‘zga bo‘lmas” misralaridagi sifatlarni lisoniy birlikka tatbiq qilish mumkinmi yoki nutqiy birlikka?

  3. “Aning zotig‘a hech kim aqli yetmas” misrasi mazmunini lisoniy birlik talqiniga tatbiq qilishga urinib ko‘ring.





4 So‘fi Olloyor, “Sabotul-ojizin” www.ziyouz.com

Butun borliq hodisalaridagi UMIS va AHVOni ko‘ra bilish hamda ular orasidagi munosabatlarni aniqlay olish dialektik tafakkurni taqozo etadi.



Hikmat


Zohiran noo‘xshash hodisalar zamiridagi botiniy o‘xshashliklarni ko‘ra bilish qanchalar zavqli!

Albert Eynshteyn



Savol va topshiriqlar

  1. Ilmiy bilish nima?

  2. Ilmiy bilish qanday bosqichlardan iborat? 3.UMIS va AHVO tushunchalarini sharhlang.

4.“Ko‘rlar va fil hikoyati”ning bilishdagi ahamiyati nimada? 5.Tildagi UMIS va AHVOning xususiyatlari haqida gapiring.

Test


  1. Ilmiy bilishning ikki bosqichi: A) fahmiy, nominal B) fahmiy, nazariy C) aqliy, nazariy D) ratsional, nazariy.

  2. UMIS: A) umumiylik, mohiyat, imkoniyat, sabab B) umumiylik, muhimlik, imkoniyat, sabab C) universallik, mohiyat imkoniyat, sabab D) umumiylik, mohiyat, ixchamlik, sabab.

  3. AHVO: A) yaxlitlik, hodisa, voqelik, oqibat B) yakkalik, hodisa, vaqtiylik, oqibat C) yakkalik, hodisa, voqelik, ochiqlik D) alohidalik, hodisa, voqelik, oqibat.



Glossariy


AHVO borliq hodisalari zamirida yotgan umumiylik (mohiyat, imkoniyat, sabab) asosida namoyon bo‘ladigan alohidalik (hodisa, voqelik, oqibat)

botiniy belgi borliq hodisalarining kishi sezgi a’zolari bilan fahm qilinmaydigan, idrokiy yo‘l bilan zohiriy xususiyatlarni umumlashtirish asosida aniqlanadigan belgilari

fahmiy (empirik) bilish ilmiy bilishning ilk bosqichi bo‘lib, borliq hodisalarning bevosita kuzatish mumkin bo‘lgan zohiriy jihatlarini tadqiq qilish; empirik yondashuv

ilmiy bilish borliq hodisalarini muayyan ilmiy xulosalarga kelish maqsadida va ongli ravishda maxsus tadqiq metodikasi (metodologiyasi va metodlari) asosida o‘rganish

nazariy (idrokiy, mantiqiy, ratsional) bilish ilmiy bilishning ikkinchi bosqichi bo‘lib, borliq hodisalarning bevosita kuzatish mumkin bo‘lmagan botiniy jihatlarini fahmiy (empirik) bilish xulosalariga tayangan holda tadqiq qilish; nazariy yondashuv UMIS bevosita kuzatishda berilgan borliq hodisalari zamirida yotgan, ularda namoyon bo‘ladigan umumiylik (mohiyat,

imkoniyat, sabab)



WPm o‘zbek tilidagi AHVO tabiatli muayyan gaplarning umumiy qolipi, UMISi

zohiriy belgi borliq hodisalarining kishi sezgi a’zolari bilan fahm qilinadigan xususiyatlari

munosabat borliq hodisalari orasidagi aloqadorliklar, o‘xshash va farqli jihatlar majmuyi

Adabiyotlar


  1. Vohidov R., Ne’matov H., Mahmudov M. So‘z bag‘ridagi ma’rifat. – Toshkent: Yozuvchi, 2001.

  2. Navoiy A. Lisonut-tayr. –Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Nashriyot-matbaa birlashmasi, 1991.

  3. Nasafiy Shayx Aziziddin. Zubdat ul-haqoyiq // Tafakkur, 1995. – № 3-4.

  4. Ne’matov H., Bozorov O. Til va nutq. −Toshkent: O‘qituvchi, 1993.

  5. Ne’matov H., Rasulov R. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 1995.

  6. Tulenov J., G‘afurov Z. Falsafa. – Toshkent: O‘qituvchi, 1997.

  7. Холмўминов Ж. Жомий ва ваҳдат ул-вужуд таълимоти. – Тошкент: “Ўзбекистон Миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2008.

  8. Философия. Наука. Методология. − М.: Наука, 1980.
    1. §. Til, lison, nutq munosabati



Tayanch tushunchalar:

ilmiy bilish, fahmiy (empirik) bilish, nazariy (idrokiy, mantiqiy, ratsional) bilish, zohiriy belgi, botiniy belgi, empirik yondashuv, nazariy yondashuv, munosabat, UMIS va AHVO, WPm

Egallanadigan tushunchalar:


til, lison, nutq, me’yor
Tilning tarkibiy qismlari. Umuman borliq uchun xos bo‘lgan UMISning tildagi ko‘rinishi lison (aniqrog‘i, lisonning mazmuni), AHVOniki esa nutq (aniqrog‘i, nutqning mazmuni) deb yuritiladi. Lison va nutq majmuyi til deyiladi. Albatta, o‘quvchi bunda ushbu so‘zlarning etimologik ma’nosiga emas, balki terminologik ma’nosiga e’tibor qaratishlari kerak. Zero, ko‘p hollarda etimologik va terminologik ma’nolar mos kelmaydi. Masalan, o‘zbekcha til so‘zi arabcha lison atamasi bilan bir xil ma’noni bildiradi. Biroq o‘zbek tilshunosligida ular boshqa-boshqa terminologik ma’nolar uchun qabul qilingan.

  1. tilshunoslik paydo bo‘lgandan buyon lison va nutni farqlashga, tilga sistema sifatida munosabatda bo‘lishga harakat qilinadi. Chunki har qanday fan cheksiz hodisalarni umumlashtirishni maqsad qilib qo‘yadi. Xususiy hodisalar zamiridagi umumiylikni ko‘rishga intilish bilishning har ikki (fahmiy va idrokiy) bosqichida ham mavjud. Shu boisdan aytish mumkinki, bilishning empirik bosqichi mutlaq xususiylik bilan o‘ralashib qolmaganligi kabi idrokiy bosqich ham mutlaq umumiylikni – UMISni tiklay olmaydi. Biroq tilshunoslikning har bir bosqichi o‘z vazifalariga ega. Bugungi kunda tilshunoslik quyidagi taraqqiyot bosqichlarini bosib o‘tdi:

  2. tilshunoslikning qiyosiy-tarixiy davri. Bu davrda til sistemalarining kelib chiqishiga asosiy urg‘u berilib, til yaxlit olinib, uning birliklarini lisoniy va nutqiy turlarga ajratish masalasiga e’tibor qaratilmadi;

  3. tilshunoslikning sistem-struktur davri. Bu davrda tillarning sistemaviy xususiyatlariga, til birliklarini lisoniy va

nutqiy turlarga ajratishga asosiy urg‘u berilib, lisoniy imkoniyatlarning nutqiy voqelanishiga e’tibor qaratilmadi;

  1. tilshunoslikning antroposentrik davri. Bu davrda til sistemalarining amal qilish xususiyatlariga, lisoniy imkoniyatlardan kishilarning nutqda amaliy foydalanish samaradorligiga e’tibor qaratila boshladi.

Download 213.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling