Kirish, fonetik sath, leksik-semantik sath
Mustaqil o‘zlashtirish uchun
Download 213.06 Kb.
|
B.Mengliyev-Hozirgi o‘zbek tili (darslik)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil o‘zlashtirish uchun
Mustaqil o‘zlashtirish uchunMUNOSABAT [a. ﻣﻨﺎﺻﺒﺖ– munosiblik, muvofiqlik; joizlik; qarindoshlik; aloqadorlik]. Kishilar, tashkilotlar, davlatlar o‘rtasidagi bordi-keldi. oldi- berdi muomalalari; tirikchilik, moddiy va ma’naviy hayot bilan bog‘liq bo‘lgan aloqa. Kishining voqelikka, voqelikdagi narsalarga, hodisalarga qarashi, yondashish prinsipi. Muayyan tizimdagi elementlarning joylashish xarakteri va ularning o‘zaro bog‘liqligini ifodalovchi falsafiy tushuncha. Biror ish, harakat, gap va kabilarga daxli bo‘lgan narsa, tegishli asos; bois, daxl. Bu ishga sizning gapingizning hech qanday munosabati yo‘q. NISBAT [а.ﻧﺼﺒﺖ — munosabat, aloqa; qarindoshlik; o‘zaro bog‘lanish; miqdor] Narsalarning bir-biriga qaraganda katta-kichikligi, oz-ko‘pligi va h. Bir sonning ikkinchi songa qaraganda qiyosiy kattaligi, bir sonning ikkinchi songa bo‘linishidan hosil bo‘lgan bo‘linma. NISBATAN Boshqalariga qiyosan; qiyosan olganda. Har qanday sistema (narsa)ni uni tashkil etuvchi elementlarning o‘zaro nisbati, munosabati deb qarash mumkin. Bu nisbat, munosabat o‘zgarishi bilan narsalar ham o‘zgaradi. Jamiyatda kishilarning faoliyati jarayonida yuzaga kelgan o‘zaro munosabatlar ijtimoiy munosabatlar sanaladi. Ijtimoiy munosabatlar jamiyat sistemasining o‘ziga xosligini keltirib chiqaradi. Tillar ulardagi gaplarning ega va kesimi munosabatiga qarab turli sistemalar ekanligini namoyon qiladi. Masalan, agglyutinativ tillarda ega ma’nolari kesimdan anglashilib turadi va shuning uchun kesim egaga ko‘p ham ehtiyoj sezavermaydi. Flektiv tillarda kesim egasiz xabar ifodalishi qiyin. Demak, gap sistemasidagi elementlar (ega va kesim) munosabatining o‘ziga xosligiga qarab, tillar sistemalari farqlanadi. Shuning uchun ham agglyutinativ, flektiv va amorf tillar turli sistemali tillar deyiladi. Munosabatlar tillarning tabiatini belgilashini shunda ko‘rish mumkin.
Har bir til hodisasi yuzlab xususiyat, ya’ni qirralarga ega. Shunga ko‘ra til hodisalarida o‘rganish manbayi va o‘rganish predmeti farqlanadi. Bunda tegishli til hodisasi o‘rganish manbayi va uning tadqiq uchun olingan xususiyati o‘rganish predmeti deyiladi. Tilshunoslikning sohalari bir o‘rganish manbayining qaysi qirrasini o‘rganish asosida farqlanadi. Masalan, [a] fonemasini olaylik. Fonetikaning turli sohalari uning turli qirralarini o‘rganish predmeti sifatida tanlaydi. Lekin bu fonema fonetika sohalarining barchasi uchun umumiy o‘rganish manbayi sifatida qolaveradi. E’tibor qiling:
Bu qatorni yana davom ettiraverish mumkin. Har bir davr ijtimoiy ehtiyojlardan kelib chiqqan holda bu fonemaning yangi- yangi qirralarini o‘rganishni kun tartibiga olib chiqaveradi – fanning yangi sohalari shakllanib, rivojlanaveradi. Demak, aytish mumkinki, munosabat – keng qamrovli tushuncha. U butunning tarkibiy qismlari – birliklari orasidagi o‘zaro aloqa va bog‘lanishni anglatadi. Bunday aloqani tilimiz birliklari orasida ham kuzataylik. Quyidagi gapga diqqat qiling: Ularning otlari – Salim va Halim. Bundagi nutqiy birliklar turli munosabat bilan bog‘langan. Ular so‘zi otlari so‘zi bilan, u olmoshi -lar qo‘shimchasi bilan ketma-ket, zanjirsimon aloqada. Yoki otlari so‘zi 6 ta tovushning ketma-ketligidan iborat. Gap ham, so‘z ham tarkibiy qismlarga bo‘linar ekan, butunlik, sistema sanaladi. Munosabat falsafada va xususiy fanlarda o‘ziga xos tushuniladi. Barcha fanlarda munosabat tushunchasi falsafiy munosabatning tor doiradagi ko‘rinishlari hisoblanadi. Tilshunoslikda munosabatning bir necha ko‘rinishlari farqlanadi. Ulardan eng muhimlarini ko‘rib o‘tamiz. Download 213.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling