Kirish, fonetik sath, leksik-semantik sath
Download 213.06 Kb.
|
B.Mengliyev-Hozirgi o‘zbek tili (darslik)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
- §. Til birliklari Tayanch tushunchalar
- Mustaqil o‘zlashtirish uchun
Glossariytil – lison, nutq, me’yor va nutqiy faoliyatni o‘z ichiga oluvchi ijtimoiy hodisa lison – tilning lisoniy birliklar va lisoniy munosabatlarni o‘z ichiga oluvchi, virtual qismi nutq – lisonning me’yor asosida individual shaxs orqali moddiy tusga kirishi me’yor – jamiyatda lisoniy imkoniyatlardan tanlashni amalga oshirish uchun shaklllangan, muhit, sharoit va vaziyat mahsuli bo‘lgan, tildan foydalanish ijtimoiy malakasi AdabiyotlarMirtojiyev M. O‘zbek tili semasiologiyasi. – Toshkent: Fan, 2007. Ne’matov H., Bozorov O. Til va nutq. −Toshkent: O‘qituvchi, 1993. Ne’matov H., Rasulov R. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 1995. Nurmonov A. Lingvistik belgi nazariyasi. – Toshkent: Fan, 2008. Safarov Sh. Semantika. – Toshkent: “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2013. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2010. Сhomsky N. Language and mind. – Cambridje: Cambridje Univ. Press. 2006. Wilkinson P.R. Thesaurus of Traditional English Metaphors. -London, New York: Routledge, 1992. Холмўминов Ж. Жомий ва ваҳдат ул-вужуд таълимоти. – Тошкент: “Ўзбекистон Миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2008. §. Til birliklari Tayanch tushunchalartil, lison, nutq, lisoniy birlik, nutqiy birlik, UMIS, AHVO O‘zlashtiriladigan tushunchalarfonema, tovush, morfema, qo‘shimcha, leksema, so‘z, qolip, hosila Til lison va nutqdan iborat bo‘lganligi sababli lisoniy va nutqiy sath birliklarini umumlashtirib, til birliklari deyish mumkin. Fonema, tovush, morfema, qo‘shimcha, leksema, so‘z, qolip, hosila til birliklaridir. Fonema va tovush. Fonema – eng kichik lisoniy birlik. “Ma’no farqlash” vazifasini fonemaning mazmuniy jihati deyish mumkin. Demak, fonemaning ma’no farqlashi deganda, turli fonemalarning nutqiy ko‘rinishlari bo‘lgan nutq tovushlarning ma’no farqlashi tushuniladi. Boshqacha aytganda, fonema o‘zining nutqiy ko‘rinishi bo‘lgan nutq tovushlari vositasida ma’no farqlaydi. Fonema muayyan til egalarining bir turdagi tovushlar (masalan, nutqdagi ko‘plab а tovushlari) haqidagi umumiy tasavvuridir. Fonema ongda yakka holda, ajralgan tarzda mavjud bo‘ladi. Ya’ni, masalan, [a] fonemasi hech qachon boshqa fonema bilan birikkan holda bo‘lishi mumkin emas. Har bir fonema so‘zlovchilar ongida bir turdagi tovushlarning umumiy “akustik- artikulyatsion portreti” yoki “tovushlar obrazi” sifatida saqlanadi. O‘zbek tilida so‘zlovchi shaxslar ongida tovushlarning 30 ta tipi – fonema haqida ma’lumot bor. Fonemaning nutqda voqelanishi tovushdir. Nutqdagi barcha til birliklari tarkibidagi ovozli til hodisasi nutq tovushi hisoblanadi. Tabiatdagi tovushlar uch xil: fizik, biologik va nutq tovushi. Fizik tovush jonli va jonsiz mavjudotning barchasiga xos, u havoning siqilishidan hosil bo‘ladi. Biologik tovush jonli mavjudotga xos va tiriklik bеlgisidan biri. Hayvon va parrandaning ovozi, kishining gap hosil qilmaydigan tovushlari: qiyqiriq, xurrak, kulgi, yig‘i ovozi. Nutq tovushi faqat insonga xos bo‘lib, uch xil xususiyati bor:
ijtimoiy tabiatga ega; ma’no farqlaydi; nutq hosil qiladi. Nutq tovushi kishilik jamiyati bilan bog‘liq ravishda vujudga kеlganligi va uning uchun xizmat qilganligi bois ijtimoiy tabiatga ega dеyiladi. Ma’no farqlash xususiyati dеganda bir tovush o‘rni boshqa tovushga bеrilsa, so‘z va qo‘shimcha ma’nosi farqlanishi, ya’ni boshqa so‘z va qo‘shimcha vujudga kеlishi tushuniladi: bosh – bеsh – bo‘sh; ko‘r – so‘r – bo‘r; ko‘l – ko‘r – ko‘z; -chi – -ni – - gi kabi. Bir tovushning ikki xil varianti bo‘lishi mumkin. Masalan, maktab so‘zidagi a tovushi til oldi, qalam so‘zidagi birinchi a til orqa talaffuz etiladi. Lеkin bundagi til oldi tovushini til orqa tovushi bilan almashtirsak, baribir o‘sha so‘z, ma’no qolavеradi. Dеmak, o‘zbеk tilida ikkita – til oldi va til orqa a tovushi yo‘q, ular bir fonemaning ikki variantdir. Nutq tovushi so‘z va qo‘shimchalar tarkibida bo‘lsa, fonema o‘zaro ajralgan holda ongda mavjud bo‘ladi. Tovush nutq hosil qilishi lozim. Bir qarashda bir-ikki oylik chaqaloq a, b, d kabi tovushni talaffuz etgandеk tuyuladi. Lеkin u nutq, ya’ni so‘z, gap hosil qilishda ishtirok etmaganligi bois nutq tovushi emas, biologik tovush hisoblanadi. Tovush ba’zan so‘z va qo‘shimchaga teng bo‘lishi mumkin:
jihatdan bir tovush, leksik jihatdan so‘z yoki morfemik jihatdan qo‘shimcha sanaladi. Mustaqil o‘zlashtirish uchunFonetik hazil Tilning tilsimoti – haqning qudrati, Undagi har unsur hikmatga ega. Har bitta birlikka vazifa tayin, Istalgan vosita qiymatga ega. Bilsangiz, unlilar tizimchasini, Oltovlon birlashgan bir vujud erur. Ortiq yo kam degan kalom yo‘q bunda, Haqiqat amri-la ul mavjud erur. Har bitta unlida ikki belgi bor, Juftlik tamoyili ularga tandir. Baqamti yashaydi zotiy belgilar, Bir unli ul juftga ayni vatandir. Lablangan har birlik lablanmagandan Farq qilib turadi o‘z borlig‘ida. Quyimi, o‘rtami yoki yuqori – Faqat qo‘sh belgi bor til yorlig‘ida. Ikki va uch belgi ko‘paytmasidan Unlilar miqdori tayin bo‘lgandir. Belgilarning soni o‘zgarsa, balki, Miqdor saqlanishi qiyin bo‘lgandir. Tilning fonetik sathi eng barqaror sath hisoblanadi. Ming yillarda ham sath birliklari tarkibida o‘zgarish bo‘lmaydi. Leksik va grammatik sathlar tarkibida o‘zgarishlar bo‘lib turadi. Lekin fonetika o‘ta barqarorligi bilan xarakterlanadi. Download 213.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling