Kirish, fonetik sath, leksik-semantik sath


Mustaqil o‘zlashtirish uchun


Download 213.06 Kb.
bet20/45
Sana02.05.2020
Hajmi213.06 Kb.
#102891
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   45
Bog'liq
B.Mengliyev-Hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Mustaqil o‘zlashtirish uchun


Tilshunoslikning o‘rni

Qadimda ko‘plab sharq donishmandlari fanlarni tasniflash bilan shug‘ullanishgan. Xususan, Abu Rayhon Beruniy ham o‘z davridagi fanlarni tasniflashga ayricha yondashgan. Bunda u o‘z davrida fanlarga qanday munosabatda bo‘linganligiga tayangan.

Mutafakkir fanlarni shu tarzda joylashtirganki, unga ko‘ra tartib sodda va tushunarli fanlardan boshlanib, qiyiniga qarab yo‘l olgan. Birinchi fanni o‘zlashtirish uchun boshqa fanni bilish talab qilinmasligi e’tiborga olingan. Ikkinchi fanni o‘zlashtirish uchun, albatta, birinchi fanni o‘zlashtirish shartligi nazarda tutilgan. Uchinchi fanni o‘zlashtirish esa undan oldingi fanni o‘zlashtirish tayangan. Olimning tasnifida birinchi o‘rinni matematikaga bergan. Matematikani o‘zlashtirish uchun boshqa fanni o‘zlashtirish talab qilinmagan. Ikkinchi o‘rinda fizika turgan. Fizikani egallash uchun avval matematikani to‘liq o‘zlashtirish, keyin bu fanga o‘tish zarur bo‘lgan. Shu tariqa, uchinchi o‘rinda kimyoga o‘rin berilib, kimyogar avval matematikani, keyin fizikani mukammal egallashi, so‘ngra kimyoga o‘tishi kerak bo‘lgan. Va keyingi o‘rin biologiyaga berilgan bo‘lib, bunda ham yuqoridagi qonuniyatga tayanilgan. Xullas, ro‘yxatning oxiridan falsafa o‘rin olgan. Demak, haqiqiy faylasuf bo‘lish uchun o‘z davridagi barcha fanlarni to‘liq va mukammal o‘zlashtirish talab qilingan. Axir, bejiz Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Abu Nasr Forobiy kabi ajdodlarimiz faylasuflar sanalmagan.

Xo‘sh, filologiya fanlari, xususan, tilshunoslikning fanlar tasnifida tutgan o‘rni qanday bo‘lgan degan haqli savol tug‘iladi.

Birinchidan, u zamonlarda tilshunoslik degan alohida fan bo‘lmagan va u falsafaning tarkibida bo‘lgan. Demak, ko‘rinadiki, tilshunoslikka ham tasnifning oxiridan o‘rin berilgan deyish mumkin. Bilasizmi, bu nimadan dalolat beradi? Demak, mantiqan yondashadigan bo‘lsak, tilshunoslikni o‘zlashtirish uchun ham boshqa barcha fanlarni to‘liq o‘zlashtirish shart ekan-da. Ha, shunday. Chunki tilshunos, deylik, lug‘at tuzish bilan shug‘ullanyapti. U har bir so‘zning ma’nosini tushungan holda izohlamas ekan, bu izohni boshqalarning ham tushunishi mahol. Masalan, matematikadagi tangens, sinus, fizikadagi qarshilik kuchi, massa, tezlik, kimyodagi oksidlanish, laktonoidlar kabi terminlarning ma’nosini va mohiyatini tushunmasdan turib qanday izohlash mumkin? Ko‘rinadiki, bobomiz Abu Rayhon Beruniy tasnifi ham qat’iy qonuniyatga, va, obrazli qilib aytganda, achchiq haqiqatga asoslangan.

Mantiqiy mushohada uchun


1.Fikr izchilligi tasnifga qay darajada aloqador? 2.Tartibsizlik zamirida tartib bo‘ladimi? Fikringizni asoslang. 3.She’rda qanday tartib va tasnif bor?

Savol va topshiriqlar


  1. Tasnif nima?

  2. Tasnif fan uchun qanday ahamiyatga ega? 3.Tasnifning qanday turlari bor?



Test


  1. Tasnif oddiy bo‘lishdan nimasi bilan farqlanadi:

a) a’zolarining ko‘pligi bilan b) a’zolarining har xilligi bilan

с) a’zolarining bir xilligi bilan d) barqaror belgisi mavjudligi bilan.



  1. Tasnif va tartib qanday munosabatda: a) tartib tasnifni o‘z ichiga oladi b) tasnif va tartib munosabatda emas с) tasnif tartibni o‘z ichiga oladi d) tartib va tasnif teng qiymatli tushunchalar

  2. Bir vaqtning o‘zida nechtagacha tasnif belgisiga asoslanishi mumkin: a) bitta b) ikkita с) uchta d) to‘rtta.

  3. Qaysi tasnif ko‘p a’zoli: a) dixotomik b) monotomik с) trixotomik d) politomik.

Glossariy


tasnif – tabiat, jamiyat va tafakkur hodisalarini barqaror belgilari asosida tur va jins tushunchalariga ajratish

tasnif asosi (belgisi) – sistema elementlarini guruhlarga ajratishga asos bo‘luvchi belgi

dixotomik tasnif – tasniflanayotgan hodisalarning ikki guruhga ajratilishi

politomik tasnif – tasniflanayotgan hodisalarning ikkitadan ko‘p guruhlarga ajratilishi

dixopolitomik tasnif – tasniflanayotgan hodisalarning birinchi bosqichda ikki va keyingi bosqichda ko‘p guruhlarga ajratilishi

noto‘liq tasnif – turning barcha jinslari to‘liq sanalmasligi

ortiqcha a’zoli tasnif – tasniflangan guruhlar hajman tasniflanuvchi butunlikdan katta bo‘lishi

Adabiyotlar


  1. Mirtojiyev M. O‘zbek tili semasiologiyasi. – Toshkent: Fan, 2007.

  2. Ne’matov H., Bozorov O. Til va nutq. −Toshkent: O‘qituvchi, 1993.

  3. Ne’matov H., Rasulov R. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 1995.

  4. Nurmonov A. Lingvistik belgi nazariyasi. – Toshkent: Fan, 2008.

  5. Safarov Sh. Semantika. – Toshkent: “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2013.

  6. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2010.

  7. Сhomsky N. Language and mind. – Cambridje: Cambridje Univ. Press. 2006.

  8. Wilkinson P.R. Thesaurus of Traditional English Metaphors.

-London, New York: Routledge, 1992.

  1. Tulenov J., G‘afurov Z. Falsafa. – Toshkent: O‘qituvchi, 1997.

  2. Ne’matov H., Mengliyev B. Tilshunoslikning metodologik masalalari. – Toshkent, 2017.

IKKINCHI FASL FONETIK-FONOLOGIK SATH

    1. §. Fonologiya va uning o‘rganish obyekti



Tayanch tushunchalar

til sathlari, lison, nutq, lisoniy sath, nutqiy sath, til birligi, lisoniy birlik, nutqiy birlik

Download 213.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling