Kirish, fonetik sath, leksik-semantik sath


Mustaqil o‘zlashtirish uchun


Download 213.06 Kb.
bet28/45
Sana02.05.2020
Hajmi213.06 Kb.
#102891
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   45
Bog'liq
B.Mengliyev-Hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Mustaqil o‘zlashtirish uchun


Leksema o‘rganish obyekti va uning qirrasi o‘rganish predmeti sifatida

O‘rganish predmeti

Tilshunoslikning qaysi

bo‘limi, yo‘nalishlarida o‘rganiladi

Leksemaning kelib chiqishi va

rivojlanishi



Diaxronik leksika

Leksemaning tilning muayyan

davrdagi xususiyati



Sinxronik leksika

Leksemaning boshqa leksemalar

bilan paradigmatik munosabatlari



Struktural leksika

Leksemaning tabiatdagi

ifodalovchilari bilan aloqalari



Naturalistik leksika

Ma’lum bir tildagi leksemani

qarindosh bo‘lmagan boshqa tildagi leksema bilan qiyoslash



Tipologik leksika

Bir tildagi leksemani shu til bilan qarindosh bo‘lgan boshqa til

materiallari bilan qiyoslash



Qiyosiy leksika

Leksemaning inson ruhiyatiga

ta’siri, uni qabul qilish va hosil qilish xususiyatlari



Psixolingvistik leksika

Leksemaning jamiyatga ta’siri, nutq jarayonidagi o‘ziga xosliklari,

ularning ijtimoiy ahamiyati



Sotsiolingvistik leksika

Leksemaning bir til hududida tarqalish xususiyatlari

Areal leksika

Leksemaning leksikografik talqini

Leksikografiya

Leksemaning xususiyatlari juda ko‘p bo‘lib, uni o‘rganuvchi

leksikologiya turlarini ko‘plab keltirish mumkin.



Struktur yondashuvda so‘z leksikologik nazariyasining asosiy vazifasi, uning alohidaligi va o‘ziga xosligi mezonini tiklashdir. Birinchi holatda so‘z so‘z birikmasi bilan qiyoslanib, uning tugal shakllanganlik va alohidalik belgilari ochiladi. So‘zning nutqdagi

analitik shaklining lisoniy asosi yoritiladi. Ikkinchi holatda so‘zning turli grammatik shaklidan hosil qilingan lisoniy invariantini tiklash xususida so‘z boradi. Shu munosabat bilan grammatik shakl olgan leksema – so‘zshakl tushunchasi muayyanlashtiriladi. Shuningdek, leksemaning turli nutqiy – fonetik, morfologik, leksik-semantik variantlari o‘rganiladi.

Lug‘aviy birlikning semantik tahlilida, ular (lug‘aviy birliklar) leksik semantika – semasiologiya tadqiq manbayiga aylanadi. Bunda so‘zning tushuncha (signifikat) va borliqdagi atalmish (denotat)ga munosabati o‘rganiladi. Semasiologiyada so‘zning semantik xususiyati – bir ma’nolilik va ko‘p ma’nolilik, umumiy va xususiy, mavhum va muayyan, bosh va hosila, to‘g‘ri va ko‘chma ma’nolari tekshiriladi. Bunda asosiy e’tibor so‘zning semantik strukturasiga, so‘z ma’nolari tipi va ularni ajratish mezoniga, so‘z ma’nolarining o‘zgarishi va taraqqiyoti, so‘zning ma’nosini yo‘qotishi va grammatik formantga aylanishi – desemantizatsiya hodisasiga qaratiladi.

Funksional yondashuvda so‘zning nutqda voqelanish jarayonidagi roli, shuningdek, boshqa lisoniy sath birliklari voqelanishiga, ular umumiy ma’nolarining parchalanishiga qo‘shgan «hissasi» tekshiriladi. Masalan, odamcha so‘zida odam leksemasi -cha morfemasining «kichraytirish-kamsitish» ma’nosini qizcha so‘zidagi «kichraytirish-erkalash» ma’nosidan farqlagan, morfologik sath birligi bo‘lgan -cha morfemasining «kichraytirish» umumiy ma’nosini parchalab, uning birini ikkinchisidan ajratgan.

Leksikologiya leksikaga til sistemasidagi ichki sistema sifatida qaraydi. Shuningdek, o‘zaro ma’noviy umumiylikka ega bo‘lgan lug‘aviy birlik yanada kichik, ichki sistemacha sifatida qaraladi. Shu asosda katta va kichik, ichki sistemalarning pog‘onali, bir- birini tashkil etuvchilik munosabati ochiladi. Masalan, olma, o‘rik, nok kabi ho‘l meva nomi bir sistemani tashkil etadi. Sabzavot nomi boshqa bir sistemani tashkil qiladi. Ular yuqoriroqda yana birlashadi – kichik sistemachalardan tashkil topgan «meva- sabzavot nomi» sistemasini tashkil qiladi va umumlashtirish yuqoriga qarab davom etaveradi.

Leksik aljabr:


[ko‘lam] – [katta] = [...] – [gulobi]

[yuz] – [bashara] = [...] – [josus]

[afzal] – [abzal] = [...] – [tom]

[bosh] – oyoq = [...] – [tub]

Nuqtalar o‘rniga tegishli so‘zlarni qo‘ying.
Tilning lug‘aviy tarkibi bir xil emas. So‘zlar turli asosga ko‘ra ko‘plab turlarga ajratiladi. Masalan, qo‘llanish darajasiga ko‘ra umumiy iste’mol va chegaralangan (yoki xususiy) leksika, qo‘llanish davriga ko‘ra eskirgan so‘z, zamonaviy so‘z va neologizm, qo‘llanish doirasiga ko‘ra dialektizm, professionalizm, jargon kabi turlarga bo‘linadi.

Leksikologiya til lug‘at tarkibining boyishini o‘rganganda uning 3 tipini ajratadi. Bulardan 2 tasi (yangi so‘z yasash, so‘zni yangi ma’noda qo‘llash) ichki boyish imkoniyati bo‘lsa, bittasi tashqi (so‘z o‘zlashtirish) imkoniyatdir.

Lug‘aviy birlikning borliqqa munosabatini o‘rganish – leksikologiyaning muhim aspektidan biri. Bunda ularning kishi hayotiga, amal qilayotgan davrga munosabati ochiladi. Masalan, yaqin o‘tmishda savdogar so‘zida salbiy ottenka bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda ijobiy bo‘yoqli so‘z sifatida keng iste’molda.

Amaliy leksikologiya leksikografiya (lug‘atchilik), tarjima, lingvopoetika va nutq madaniyatini o‘z ichiga oladi. Ularning har biri leksikologik nazariyani boyitadi. Masalan, tarjima qiyosiy leksikologiya uchun qimmatli materiallar beradi.

Nazariy leksikologiya leksikada lisoniy va nutqiy jihatlarni farqlab, ularning sistemasiy munosabatlarini tadqiq qiladi.

Leksikologiya o‘z o‘rganish predmeti tadqiqida umumlingvistik tadqiq usul – distributiv (so‘zning chegarasini belgilash, morfologik strukturasini aniqlash), substitutsiya (so‘zlar ma’noviy xususiyatlarini tahlil etish), komponent tahlil (leksema va so‘zlar ma’noviy tarkibini aniqlash), transformatsion va statistik metodlaridan foydalanadi.



Download 213.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling