Kirish, fonetik sath, leksik-semantik sath
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
Download 213.06 Kb.
|
B.Mengliyev-Hozirgi o‘zbek tili (darslik)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Glossariy
- Adabiyotlar
- §. Leksema va so‘z Tayanch tushunchalar
- Mustaqil o‘zlashtirish uchun
- Morfologiyada
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlarLeksikologiya so‘ziga izoh bering. Leksikologiya tilshunoslikning qanday bo‘limi hisoblanadi? Leksikologiya fanining o‘rganish manbayi va predmeti haqida gapiring. Leksik sathning asosiy birligi nima? So‘zlar lisoniy birlik sifatida qanday yo‘nalishlarda o‘rganiladi? So‘zga struktur jihatdan yondashuvda nimalarga e’tibor beriladi? Semantik va funksional jihatlardan yondashuvlarda-chi? Leksikologiyaning umumiy va xususiy turlarining o‘ziga xos xususiyatlari haqida gapiring. Leksikologiyaning turlarini sanab bering. Sistem yondashuvda leksik sath birligi nima? TestO‘qi leksemasining grammatik shakli A) buyruq mayli B) aniq nisbat C) birlik, ikkinchi shaxs D) grammatik shaklsiz Leksema va qo‘shimchani farqlovchi belgi: A) mustaqil shakl/nomustaqil shakl B) paradigma tashkil etish/etmaslik C) barqarorlik/beqarorlik D) miqdoran cheksizlik/cheklanganlik Yoz (qalamda yozmoq), yoz (dasturxonni yozmoq), yoz (yoz fasli). Uchala o‘rinda qo‘llangan yoz leksemasining xususiyati to‘g‘ri izohlangan qatorni toping. A) bir xil shaklga ega bo‘lgan yagona leksema B) bir xil shaklga ega bo‘lgan uchta leksemaning ko‘rinishi C) bir shaklga ega bo‘lgan ko‘p ma’noli leksema D) birgina leksemaning uch o‘rinda qo‘llanishi. Ushbu gapda nechta leksema mavjud? Men maktabda uch yildan beri o‘qiyman. A) 6 B) leksema mavjud emas С) 5 Glossariyleksik-semantik sath – denotativ ma’noli lisoniy birliklarni o‘z ichiga oluvchi sath leksikologiya – tilshunoslikning denotativ ma’noli lisoniy birliklarni o‘rganuvchi bo‘limi morfema – o‘zbek tilida leksemalarni hosil qiluvchi va grammatik jihatdan shakllantiruvchi mustaqil holda ma’no anglatmaydigan, denotativ mohiyatsiz lisoniy birilk leksema – tayyorlik, majburiylik, takrorlanuvchanlik, ijtimoiylik xususiyatlarini mujassamlashtirgan, shakl va denotativ ma’no birligidan iborat, mustaqil anglanish va qo‘llanish tabiatiga ega bo‘lgan lisoniy birlik AdabiyotlarMirtojiyev M. O‘zbek tili semasiologiyasi. – Toshkent: Fan, 2007. Ne’matov H., Bozorov O. Til va nutq. −Toshkent: O‘qituvchi, 1993. Ne’matov H., Rasulov R. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 1995. Nurmonov A. Lingvistik belgi nazariyasi. – Toshkent: Fan, 2008. Safarov Sh. Semantika. – Toshkent: “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2013. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2010. Сhomsky N. Language and mind. – Cambridje: Cambridje Univ. Press. 2006. Wilkinson P.R. Thesaurus of Traditional English Metaphors. -London, New York: Routledge, 1992. Tulenov J., G‘afurov Z. Falsafa. – Toshkent: O‘qituvchi, 1997. §. Leksema va so‘z Tayanch tushunchalarleksik-semantik sath, leksikologiya, morfema, leksema O‘zlashtiriladigan tushunchalarleksema, so‘z Leksema talqiniga doir. Leksema (gr. Lexis – so‘z, ifoda) terminini qo‘llash 1918-yilda rus tilshunosi A.M.Peshkovskiy tomonidan taklif etilgan. Ilk marta N.N.Durnovoning “Grammatik lug‘at”iga kiritilgan. Leksema termini so‘zlarni grammatik xususiyatlardan xoli idrok etish uchun tanlangan. Shu boisdan kitob, kitobni, kitobga birliklari grammatik shakllangan uchta so‘z, lekin ular zamirida bitta leksema yotadi. Tilshunoslikda bu talqinga V.V.Vinogradov, A.I.Smirnitskiy, A.A.Zaliznyak katta hissa qo‘shishgan. Amerika tilshunosligida bu termin 1938-yilda B.Uorf, 1963-yilda J.Layonz tomonidan qo‘llangan. Ular tomonidan leksema terminini qo‘llashda so‘zlarning lison va nutqdagi o‘rniga e’tibor qaratilmaydi. Masalan, U.Vaynrayx (1966) lug‘atda qamrab olinuvchi har qanday ifodani, hatto idiomalarni ham leksema sifatida qaraydi. Fransuz tilshunosligida leksemani mustaqil ma’no ifodalovchilar sifatida olib, morfemaga qarama-qarshi mohiyatli birlik sifatida tushunish ham mavjud (A.Martine, 1963). O‘zbek tilshunosligida lison va nutqning izchil farqlanishi natijasida leksemaga mustaqil leksik ma’no, qisman faqat grammatik ma’no (masalan, yordamchi so‘zlar) anglatishi mumkin bo‘lgan til hodisasi sifatida qarash ommalashgan. Mustaqil o‘zlashtirish uchunMa’no nozik masala Bir qarashda til birliklarining ma’nosi oddiyga o‘xshaydi. Biroq har bir sathda o‘z birliklarining ma’no sirlari bor. Leksikadaso‘zlar birlik va ko‘plikda bo‘ladi deymiz: oyoq, uy, stul birlikda; qo‘llar, toshlar ko‘plikda; xalq, millat – jamlovchi ot. Lekin nega oyoq bitta predmetni anglatsa, Tovuq bir oyoqda turibdi deymiz? Demak, oyoq so‘zida birlik ma’nosi ikki marta ifodalangan ekan-da! Uy toshdan qurilgan (bitta toshdanmi?) MorfologiyadaYoki chaqaloqcha so‘zini olaylik. Chaqaloq aslida “kichkina” ma’nosiga ega. Lekin unga kichraytirish-erkalash qo‘imchasini qo‘shamiz. Teshik so‘zida ham “kichik” degan ma’no bor. Ammo juda katta teshik degan birikmani qo‘llaymiz. Download 213.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling