Kirish I. Bob. Adabiyotlar sharx
Silvinit rudalarini bо‘laklash uskunalari
Download 1.48 Mb.
|
1-2
1.5. Silvinit rudalarini bо‘laklash uskunalari
Kaliyli rudalar yengil bо‘laklanadigan materiallar sinfiga ta’aluqlidir. Dastlabki bо‘laklash shaxtada burg‘ulash-portlatish usulida kaliy ma’danlarini olishda, uning bо‘laklari – 200 - 250 mm ga, kombaynda esa – 50 - 150 mm ga yetadi. Shaxtadan keltirilgan ruda asosan bо‘laklagichlarda 10-12 mm gacha maydalanadi. Kaliyli rudalarni о‘rtacha va mayda bо‘laklarga bо‘laklashda urib qaytarish xaraktiga ega bо‘lgan bolg‘ali va rotorli bо‘laklagichlar keng qо‘llaniladi [4]. Bolg‘ali maydalagichlar о‘rtacha qattiqlikdagi va yumshok, bir oz nam va yopishqoq materiallarni maydalashda qо‘llaniladi. Quyidagi asosiy alomatlari buyicha xillarga bо‘linadi: - rotorlarning soni buyicha: bir rotorli va ikki rotorli; - bolg‘alarni tutgichga maxkamlash buyicha: oshiq – moshiqli (sharnirli) о‘rnatilgan bolg‘ali va bikr maxkamlangan bolg‘ali; - panjara mavjud bо‘lganda: maydalagichning material solish materialni bо‘shatish qismlarida va panjarali va panjarasiz. Bolg‘alarning tuzilishi buyicha: tuzilishi oddiy ixcham. Bolg‘ali maydalagichlarning ishlash prinsipi materialga zarbiy va ishqalab ta’sir kilishdan iborat. Bikr yoki oshiq –moshiqli maxkamlangan bolg‘alarda tо‘plangan kinetik energiya xisobiga maydalash yuz beradi. Zarbiy ta’sir qiladigan maydalagichlarda material zarbiy kuch xisobiga maydalanadi. Bu kuch material bilan maydalovchi jism tushayotganda urilishi xisobiga, tushayotgan material kuzg‘almas sirtga urilishi xisobiga, maydalanayotgan zarralar tushayotganda bir-biriga urilishi xisobiga paydo bо‘ladi jismning urilish payotidagi kinetik energiyasi Yeu quyidagi formula yordamida topiladi: Yeu =ρ·w2Y/2g (1) bu yerda: ρ – uriladigan jisimning og‘irlik markazi; w2Y - zarb paytida jismninig xarakat tezligi. Jism yemirilganda energiyaning bir qismi sarflanadi, bir qismi esa zarb bilan bergan jismga qaytadi. Zarbdan sо‘ng jismning kinetik inergiyasi En = R*W2n / 2g (2) Bunda Wρ - zarbdan sо‘ng jismning tezligi: Wn =u*Wu. Maydalangan jismga beriladigan energiya (1) va (2) tenglamalardan: ∆Yeu = Yeu- Yen = R*W2u (1-u2 )/ 2 g (3) Bunda u - tо‘qnashadigan jismlarning shakli va jismga bog‘lik bо‘lgan tiklash koeffitsenti. Maydalanadigan jismni yemirish uchun ∆YE ezishga va yemirishga ketadigan ishga teng yoki undan katta bо‘lishi lozim. Ish formula bо‘yicha quyidagicha teng A= σ2 *ϑ/ 2YE; ∆YE > A (4) Ushbu formula asosida zarb beradigan jismning og‘irligi bilan xarakat tezligi orasidagi va materialning yemiriladigan bо‘laklarning mexanik xossalari va о‘lchamlari orasidagi munosabat topiladi. Elastik zarraning yemirilish ishi kuyidagiga teng: A=a2 ρ R8 2YE (5) Bunda R - yemiriladigan bо‘lakning ogirligi; ρ - materialning zichligi. Material bulaklari tо‘qnashganda xosil bо‘ladigan yemiruvchi tezlik kuyidagi munosabatlardan topiladi [25]. Bunda m - uriladigan jismning ogirlik markazi; W — zarb paytida jismning xarakat tezligi. Bunda g — sm/s2da berilgan. Bolg‘ali maydalagichlarning ishlash prinsipi tez aylanayotgan bolg‘alarning zarbi ta’sirida materialning maydalanishidan iborat. Bolg‘alar xar xil shaklda bо‘lishi mumkin, lekin prizma yoki trapetsiya shaklidagi bolg‘alar kо‘p ishlatiladi. Agar abraziv materiallarni maydalashga tо‘g‘ri kelib qolsa, bolg‘alar xalqasimon qilib yasaladi, shunda ular bir tekis yeyiladi. Maydalagichdagi bolg‘alarning soni 3 dan 300 donagacha, og‘irligi 3 dan 70 kg gacha bо‘lishi mumkin. Bolg‘alar maydalash usuliga kо‘ra oshiq – moshiqli о‘rnatilgan va bikr maxkamlangan xillarga bulinadi. Rotorlar soni bо‘yicha bir rotorli va ikki rotorli maydalagichlar bо‘ladi. Rotorlarning aylanishlar soni 300 -2500 ayl/min. Bolg‘ali maydalagichlarning afzalliklari: tuzilishi oddiy, ixcham, yengil va maydalash darajasi yukori. Kamchiliklari: bolg‘alar, panjaralar va zirx plitalar tez yeyiladi, ancha nam plastik materiallarni maydalashda panjaralarga material tiqilib kolaveradi. Maydalagichning quyma pо‘lat korpusi bо‘lib, asos va voronkali kо‘prikdan iborat. Material solinadigan voronkada panjara joylashgan bо‘lib, ular orasida rotor bolg‘achalar xarakatlanadi. Panjara orasidagi masofa bolg‘alar qalinligidan 1,5—2 marta katta. Uchta podshipnikka о‘rnatilgan oltiyokli valga rotor montaj qilingan, u uchburchak tutkich (koromislo – tayanch nuqtasi) 1 va presslangan futulkalardan iborat. 2-Rasm .. Bir rotorli maydalagich: a - ushlagich; b - bolg‘alar. Presslarning teshiklaridagi о‘qlarga bolgalar 2 osib quyiladi. Xar qaysi juft tutkich yonidagiga nisbatan 60° nari turadi. Rotor bolg‘alar ostiga bо‘shatish kolosnik panjarasi 3 о‘rnatilgan. Kolosniklar orasidagi masofani о‘zgartirib, maydalangan maxsulotning mayda yirikligini о‘zgartirish mumkin. Panjara qovushqoq pо‘latdan tayyorlanib, ustiga qattiq qotishma qoplanadi, bu esa ularning xizmat muddatini oshiradi. 2-Rasm .. Ikki rotorli maydalagich: 1, 2- rotor; 3-voronka. Ikki rotorli maydalagichlar materialni birlamchi dag‘al maydalash uchun ishlatiladi. Unda bolg‘ali ikkita rotor bо‘lib, ular bir biriga tomon aylanadi. Ikki rotorli maydalagichlar kam joy egallaydi, dastlabki xarajatlarni kam talab qiladi, ish unumdorligi ikkita bir rotorli maydalagichnikiga yaqinlashib koladi. Ikki rotorli maydalagichlarda ikkita yuritgich va ikkita tez yeyiladigan panjara bо‘lganligi uchun tez tez tо‘xtatib turiladi. Shuning uchun ikki rotorli maydalagichlardan foydalanish koeffitsiyenta bir rotorlinikidan kam bо‘ladi. Zarbiy kaytargich maydalagichlar ancha takomillashgan, ularda bolg‘alar maxkamlangan tez aylanib turuvchi rotorlar bо‘laklarni maxsus bosma panjaralarga katta kuch bilan yurgizadi. Shunda tez uchib kelgan bо‘laklar kolosniklarga urilib maydalanadi. Rotor bittadan uchtagacha bо‘lishi mumkin. Bunday maydalagichlarda tushayotgan yirik material bо‘laklarini savagich birinchi qaytargich plitaga kuch bilan irg‘itadi. Shunda material maydalanadi. Maydalangan bо‘laklar rotor savagachlarga tushib, ikkinchi kaytargich plitaga irg‘itiladi. Maydalangan bо‘laklar yana rotorning savalagichlariga tushib, yana ikkinchi qaytargich plitaga irg‘itiladi. Material maydalagich korpusining orqa devoriga о‘rilganda xamda biri-biri bilan tuknashganda xam maydalanadi. Maydalangan material bо‘shatish noviga tushadi. Maydalaniladigan materialning mayda bо‘laklari qiya panjara teshiklari orqali о‘tib, rotorga tushmasdan bevosita bо‘shatish noviga boradi. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling