Kirish I. Bob. Adabiyotlar sharx
Og‘ir suspenziyalarda boyitilish
Download 1.48 Mb.
|
1-2
1.3.3. Og‘ir suspenziyalarda boyitilish
Agarda boyitilishning ushbu usulida yurish tezligi juda katta bо‘lsa va zarrachalar chо‘masi, suspenziya suyuqlikning bir xilidagi xususiyatlariga ega bо‘ladi. Suspenziyaga nisbatan zichligi kam bо‘lgan zarrachalar yuqoriga suzib chiqadi, yuqorizichli zarracha chiqa boshlaydi. Galitning zichligi 2.170 kg/sm3 silvinit 1.98 g/sm3 ni tashkil qiladi. Shuning uchun maydalangan silvinit og‘ir suyuqlik yoki zichli 2.05-2.10 g/sm3 bо‘gan suspenziyaga, silvin yuqoriga suzib chiqadi, galit chо‘kadi. Og‘ir suyuqlik bilan ishlash qulay bо‘lar edi. Lekin narmal sharoitda bunday suyuqlikni olish juda qiyin masaladir. Shuning amalda NaCl va KCl ga nisbatan tо‘yingan eritmalarda magnetit yoki ferrosilitsiy suspenziyalaridan foydananiladi. Magnetit yoki ferrosilitsiyli suspenziyalari tinch xolatda birga bо‘lshlari mumkin emas, minerallarni ajratish jarayonini suspenziya doimo harakatda bо‘ladigan apparatda amalga oshirish mumkin. Bunday apparat sifatida gidrotsiklonni qо‘llash mumkin. Bu apparatda markazdan qochma kuchlar ta’sirida katta zichlikga ega zarrachalar devorlarga tashlanadi, sipiral bо‘yicha pastga yuradilar va pastki shtuserdan chiqib ketadilar. Shu bilan birga kichik – zichlikli zarrachalar yuqorga chiqib, yuqori shtuserdan chiqib ketadilar. “Past” va “yuqori” tushunchalar bu yerda uncha aniq emas, chunki gidrotsiklon gorizantal holatda ham ishlash mumkin . Boyitilish mahsulotlari vibratsion groxotlarga kelib tushadi va bu yerda tuzlar va suspenziyalar bir biridan ajratiladi, undan keyin yuvish jarayoni amalga oshiriladi. Yuvilgan konsentrat quritilishga yuboriladi va 65 % KCl 0.4 % H2O larga ega bо‘lgan material keyingi pog‘analarga yuboriladi. Suspenziya yuvilishdan keyin paydo bо‘lgan chiqindilar saqlagichga yuboriladi. Vibratsion groxotlarda ajratilgan magnetli suspenziya mahsus yig‘uvchi bakga yuboriladi. Yuvilishda paydo bо‘gan quyiltirilgan suspenziya gidrotsiklonlardan о‘tkaziladi va bu yerdan aralashma quyiltirgichga yuboriladi, quyiltirilgan maxsulot magnetli separatsiyaga jо‘natiladi. Magnitli separatsiya jarayonida magnitit magnit bilan tortib olinadi va nomagnit materiallardan ajratib olinishi mumkin. Ajratilgan magnetit magnitsizlanish nitushkadan о‘tadi va yig‘uvchi bakga kelib tushadi, nomagnit material esa quyiqlashtirgichga yuboriladi. Quyiqlashtirgichdan chiqqan eritma jarayonga qaytariladi. Quyiqlashtirgichning quyiqlashgan pulpasi shlamdan iborat, u qarama qarshi yuvilish qurilmasida yuviladi va tashlanadi . Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling