Kirish I. Bob. Adabiyotlar sharx


Loyixaning maqsad va vazifalari


Download 1.48 Mb.
bet3/21
Sana11.02.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1190337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
1-2

Loyixaning maqsad va vazifalari
Quydagilardan iborat:

  • Silvinit rudasini bо‘laklash bо‘limini loyixasi va bо‘laklagichning mukammal xisobi:

  • yillik ishlab chiqarish hajmini ta’minlash uchun xomashyo va materiallar hisobi:

  • texnologik jixozlarni tanlash va ularning tavsifi, tuzilishi va ishlash tartibi:

  • texnologik va yordamchi jixozlarning ish unumini va zaruriy sonini xisoblash:

  • Qurilish maydonini xisobi:

  • Qurilish elementlarini tanlash va ularning izoxi:

  • Obyektning rejasi:

  • Loyixalangan texnologik jarayon bayoni:

  • Energetik hisoblar:

  • Asosiy uskunalar xisobi.

Loyihaning ilmiy yangiligi.
Tyubegatan koni silvinitini talab etilgan darajada bо‘laklash uchun eng afzal bolg‘ali bо‘laklagich uskunasi tanlandi va bо‘laklash bо‘limini yangi texnologik loyixasi tayyorlandi.
Loyixa predmeti.
Tyubegatan koni silvinitini bо‘laklash uskunasi, bо‘laklash bо‘limini texnologik sxemasi.
Loyixa obyekti.
Tyubegatan koni silviniti, silvinit bо‘laklari, kaliy xlorid, natiriy xlorid, namokob, kaliy xlorid kristallari.
Loyixaning amaliy axamiyati.
Tyubegatan koni silvinitini bо‘laklash bо‘limi uchun eng samarali uskunalar tanlandi va bо‘laklash bо‘limini optimal loyxasi ishlab chiqildi, natijada flotatsiya jarayonini samaradorligi ortadi va tayyor maxsulotning tannarxi kamayadi.
Dissertatsiya ishining hajmi va strukturasi.
Dissertatsiya uchta bobdan, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxatidan iborat. Ish betdan iborat kompyuterli tekstda keltirilgan 7-ta rasm va 12- ta jadval mavjud. Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati ta.
Loyixa “О‘zkimsanoatloyixa” OAJ talablarigi muvofiq bajarilgan.


I BOB. Adabiy sharx
1.1. Silvinitdan kaliy xlorni ajratib olishni xozirgi xolati
Silvinitdan kaliy xlor asosan galurgik va flotatsiya usulida ajratib olinadi [7].
Silvinitdan kaliy xlorni ajratib olishni gallurgik usuli.
Gallurgik usulida silvinitdan kaliy xlorini ajratib olish KCl va NaCl larning suvdagi eruvchanllik farqiga asoslangan. Eritish jarayoni 90 – 100 0S haroratda amalga oshiriladi va keyinchalik xarorat 20 – 25 0S gacha pasaytiriladi, ikkala tuz bilan tо‘yingan eritmalarda xarorat 20-25 0S dan 90 – 1000S gacha ortganda kaliy xlorning eruvchanligi taxminan ikki barobar ortadi, natriy xloridning eruvchanligi esa deyarli о‘zgarmaydi. KCl va NaCl eritmalarning ushbu xususiyati silvinitdan kaliy xlorid olish siklik jarayonida amalga oshiriladi.
Yopiq siklda kaliy xlorid ishlab chiqarishning asosiy bosqichlari:

  1. Silvinit rudasini maydalash.

  2. Qaynoq aylanma eritma bilan silvinitdan kaliy xloridni eritmaga о‘tkazish.

  3. Qaynoq namokobni chо‘kmadan ajratish va uni tindirish tuzli va loyli shlamdan tozalash.

  4. Eritmani sovitib kaliy xlorni kristallash.

  5. Eritmadan kaliy xlorid kristallarini ajratish va ularni quritish.

  6. Eritmani qizdirish va silvinitni qayta ishlashga siklga qaytarish.

Eritish va kristallash usuli bо‘yicha silvinit rudalaridan kaliy xlorid ishlab chiqarishga yuqorida qayd qilingan bosqichlar ushbu texnologiya uchun asos bо‘lib xizmat qiladi. Jarayonning rejimlarida va texnologik sxemalarida ayrim farqlari xomashyo tarkibi о‘zgarishi va turli konstruksiya apparatlar qо‘llanilishi bilan farqlanishi mumkin [8].
Eritilish va kristallanish usuli bilan kaliy xlorid ishlab chiqarish asosi bо‘lib KCl – NaCl – H2O sistemani eruvchanlik diagrammasidan foydalaniladi [9].

25 va 100 0S larda izotermalarni solishtirish shuni kо‘satadiki, past temperaturalarda evtonik eritma natriy xolidning miqdori oshib borgan sari 1000Sda YE100 evtonik eritmaning tarkibiga muvofiq sistemaning figurativ nuqtasi kaliy xloridni kristallanish maydoniga tо‘g‘ri keladi.
Demak, KCl va NaCl lar bilan tо‘yingan eritmasini sovitish natijasida chо‘maga faqat KCl tushadi. KCl ning tо‘yingan eritmasiga qattiq NaCl qо‘shilgan xolda KCl ning bir qismi eritmadan chо‘kmaga siqib chiqariladi.
YE100 evtonik eritma 100 dan 250S gacha sovitilganda KCl chо‘kmaga tushish natijasida eritmaning tarkibi о‘zgaradi, uning figurativ nuqtasi kristallanish Cn – E100 chizig‘i bо‘yicha n gacha boradi. KCl chо‘kmasini ajratgandan keyin n eritmani 1000S gacha qizdirilsa, kaliy xlorid bilan kuchli tо‘inmagan bо‘ladi va natriy xlorid bilan ozgina tо‘yingan bо‘ladi. Shuning uchun ushbu issiq eritma bilan silvinitga ishlov berilsa, asosan kaliy xlorid eriydi. Lekin bu qarama – qarshi oqimda silvinitga eritma bilan ishlov berish sharoitlariga bog‘liqdir. Tarkibida deyarli kaliy xlor yо‘q material bilan eritma uchragan xolatda kaliy xlorga nisbatan kо‘proq natriy xlor eriydi, undan keyin faqat kaliy xlor eriydi va shuning uchun eritmadan nartiy xlor chо‘kmaga tushadi. Qattiq natriy xlorni ajratishdan keyin yana issiq YE100 evtonik eritma olinadi va uni sovitish natijasida kaliy xlor ajralib chiqadi. Bundan siklik jarayon yordamida silvinitni KCl va NaCl ga ajritish mumkin [10].
Silvinitdan KCl ni tо‘liq ajritish uchun uning siklga kiritilayotgan miqdori sirkulyatsiyada yurgan eritmaning miqdoriga muvofiq bо‘lishi kerak. Eritilish va kristallanishdan keyin qattiq va suyuq fazalarning amalda olinayotgan tarkiblari yuqoridagi kо‘rgan jarayonlarga nisbatan farq qiladi. Silvinit eritilishdan keyin issiq eritmaning tarkibi evtonik eritmaga nisbatan farq qiladi, eritilish usuliga kо‘ra kaliy xlorid bilan uning tо‘yinish darajasi 90 – 96 % ni tashkil qiladi shuning uchun eritma sovitilish natijasida faqat natriy xlorid kristallanadi. Tо‘yinishga muvofiq temperaturga erishilgandan keyin KCl ning kristallanishi boshlanadi, oldin ajralib chiqan NaCl faol aralashishda yana erishi mumkin, lekin u KCl kristallari bilan qoplanadi va shuning uchun u erimaydi [11]. Ushbu sababga kо‘ra maxsulot natriy xlorid bilan ifloslanadi. Issiq eritmani kaliy xlorid bilan tо‘yinish darajasi 96 % bо‘lgan xolda kristallanayotgan tuzda uning miqdori 99.3 % ni tashkil qiladi, 90.6% gacha tо‘yingan eritmadan 94.3% ga ega bо‘lgan tuz xosil bо‘ladi. Bu esa KCl ning issiq eritmasini mukammal tо‘yinish darajasiga va tо‘g‘ri oqimli eritilishning muxum axamiyatini kо‘rsatmaqda. Bu xolda eritmada mayda kristalli qiyin ajratiladigan NaCl miqdori kam bо‘ladi. Qarama qarshi oqimda kaliy xlorid bilan natriy xloridni tuzsizlantirish natijasida eritmada mayda kristalli NaCl miqdori nisbatan kо‘proq bо‘ladi.
Ishlab chiqarish sharoitida issiq eritmani tindirish jarayonida u ozgina sovitiladi va undan bir qancha miqdorda NaCl kristallanadi va tuzli – loyli shlamlar bilan chiqarib yuboriladi, bu yerda issiq eritmaning о‘zini о‘zi tozalash xodisasi paydo bо‘ladi, kaliy xlorid bilan uning tо‘yinish darajasi oshadi [12].
Nazariy jihatdan eritmani vakumli usulda 100 dan 200S gacha sovitilish natijasida kristallanayotgan KCl ni NaCl bilan ifloslanmasdan 12 % suv bug‘latilishi mumkin. Amalda kristallanish boshlanishda ajralanayotgan natriy xlorid suv bug‘latilishi bilan kaliy xlorid qoplamasi bilan qoplanadi va qayta eritmaga о‘ta olmaydi; shuning uchun filtrli suyuqlik NaCl bо‘yicha tо‘yinmagan bо‘ladi u asosan qattiq fazada joylashgan bо‘lsa ham, KCl va NaCl bilan ifloslanmagani uchun kristallanish boshlanishda yoki undan oldin eritmaga suv – kondensat qо‘shiladi [13].
Agar silvinit karnallit bilan ifloslanmagan bо‘lsa eritmani sirkulyatsiyasi natijasida uning tarkibida asta sekin magniy xlorid yig‘ila boshlaydi. Bu xolda eritmani yangilash kerak, chunki magniy xlorid mavjudligida kaliy xloridning eruvchanligi kamayadi, magniy xloridning konsentratsiyasi 100g/ 100g suvdan katta bо‘lganda temperaturaning kamayishi bilan kaliy xlorning tо‘yingan eritmalarida NaCl ning eruvchanligi kamayadi magniy xlor yо‘qligida oshib boradi. Bu esa kaliy xlorning ifloslanishiga olib keladi, issiq eritmani natriy xlorid bilan sovitish natijasida kaliy xlorid kristallanadi. Silvinitda 1.106 % MgCl2 mavjud bо‘lganda va eritmani sovitish jarayonida 4% suv bug‘latilishi natijasida maxsulotdagi 87 % KCl kristallanadi, filtrli suyuqlikda MgCl2 ning konsentratsiyasi 137g /1000g suv va 80% konsentratsiya 213g/ 1000g suv bо‘lganda. Xomashyodan KCl ning kristallanish mos ravishda 90.3 va 92% tashkil etadi [14].



Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling