Kirish I. Bob. Adabiyotlar sharx
III.BOB LOYIXANING IKTISODIY VA IJTIMOIY QISMI
Download 1.48 Mb.
|
1-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA……………………………………………………………….............93 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ................................................................94 Kirish
III.BOB LOYIXANING IKTISODIY VA IJTIMOIY QISMI…62
31. Mexnat muxofazasi………………………………………………...............62 3.1.1 Konunlar, normalar va koidalar..............................................................64 3.1.2.Umumiy malumotlar va ximoya tadbirlari………………………….. 65 3.1.3.Kayta ishlash kompleksi maydonining kurilishi va kompanovkasi.....66 3.1.4.Yongin va portlashdan ximoya…………………………………………….68 3.1.5.Changdan ximoya……………………………………………………………69 3.1.6.Karroziyadan ximoya………………………………………………………69 3.2.Atrof-muxit muxofazasi………………………………………................70 3.3. Fukaro ximoyasi…………………………………………………...............77 3.4. Texnik-iktisodiy kursatkichlar………………………………...............82 XULOSA……………………………………………………………….............93 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ................................................................94 Kirish Loyixa mavzusining dolzarbligi. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov «Jaxon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi, О‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yullari va choralari» asarida, jaxon moliya-iqtisodiy inqirozi sharoitlarida birinchi navbata modernizatsiyaning tezkor о‘tkazilishi zarurligi, bundan tashqari korxonalarning texnikaviy va texnologik qayta qurollanishi va zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish ishlarini amalga oshirish kerakligi qayd etilgan [1]. Bu birinchi navbatda iqtisodiyotning bazaviy soxalariga tegishlidir, ular eksportga yо‘naltirilgan bо‘lishi kerak va ishlab chiqarishlar lokalizatsiya qilinishi zarurdir. Respublika axolisini tez о‘sishi, suv resurslarini tanqisligi, sanoat va uy-joylarning keng kо‘lamda qurilishi tufayli axoli jon boshiga sug‘oriladigan shudgor yerlar о‘lchami kamayayotgan bir pallada axolini oziq-ovqat maxsulotlari bilan faqatgina qishloq xujaligidagi ishlab chiqarishni jadallatirish, chunonchi uni kimyolashtirish xisobiga ta’minlash mumkin. Ushbu masalada о‘g‘itlarning axamiyati juda katta. Respublikaning azotli, fosforli va kaliyli о‘g‘itlarga bо‘lgan talabi yiliga 761,8 ming tonna 100 % li azot, 518,3 ming tonna 100% li R2O5 va 278,1 ming tonna 100% li K2O ni tashkil qiladi. Kimyo sanoati esa hozircha 100 % ta’sir qiladigan moddalar xisobida 737 ming tonna azotli va 140 ming tonna fosforli о‘g‘itlar ishlab chiqarmoqda. Kaliyli о‘g‘itlar kо‘p bо‘lmagan miqdorda Rossiya davlatidan sotib olinadi [2]. О‘zbekistonda qishloq xо‘jaligi uchun ishlaydigan yirik kimyo sanoat soxasi tashkil qilingan. Uchta ochiq aksionerlik jamiyati: azotli о‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi, “Maksam-Chirchik”, „Navoiazot” i „Farg‘anaazot”, ularning turlari quydagilar ammiakli selitra, karbamid va ammoniy sulfat. Uchta OAJ: „Ammofos-Maksam”, Samarkand kimyo va Qoqon superfosfat zavodlari fosforli о‘g‘itlar ishlab chiqaradi, ularning turlari ammofos, suprefos, ammoniy sulfatfosfat, oddiy ammoniylashtirilgan superfosfat va nitrokalsiyfosfat о‘g‘itlaridan iborat. Qizilqum fosforit kombinati ularni fosfatli xomashyo bilan ta’minlaydi. Navoiy OAJ „Elektrokimyozavodi” о‘simliklarni ximoyalovchi xar xil kimyoviy preparatlar ishlab chiqaradi. Ammo Respublikamizda kaliyli о‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi korxona mavjud emas. Xozirgi kungacha kaliyli о‘g‘itlar Rossiyadan 25 ming t. K2O miqdorida olib kelinadi va u tegishli miqdordagi valyuta sarflanishini ta’lab qiladi, sotib olingan о‘g‘it esa qishloq xо‘jaligi extiyojini tо‘liq ta’minlamaydi [3]. О‘zbekistonda esa yetarli darajada silvinitning konlari mavjud va uning asosida Respublikamizda kaliyli о‘g‘itlar ishlab chiqarilishini tashkil etish mumkin [4]. Shuning uchun Qashqadaryo viloyatining Dexqonobod shaxrida kaliyli о‘g‘itlar korxonasi qurilmoqda 2010 yilda uning ishga tushishi kutilmoqda. Loyixalanayotgan Dexkonobod silvinitini kayta ishlash korxonasini quvvati yiliga 200 ming t. ( K2O hisobida 120 ming t.) tashkil kiladi. Korxonada kaliy xlor flotatsiya usulida ishlab chikariladi. Jarayonlar kuyidagi asosiy boskichlardan iborat: bulaklash va saralash; maydalash va saralash; shlamsizlantirish; rudani flotareagentlar yordamida flotatsiyalash; konsentratni ajratish va suvsizlantirish; quritish va sovitish; chiqindini suvsizlantirish. Xar qanday kimyoviy ishlab chiqarishni loyixalashda eng asosiy vazifa ishlab chiqarish usulini va jarayonlar amalga oshiriladigan uskunalarni tug‘ri tanlash xisoblanadi. Ushbu ishda bо‘laklash jarayoni uchun yaxshi texnik – iqtisodiy kо‘rsatkichlarga ega bо‘lgan samarali uskunalar tanlash va bо‘laklash bо‘limini loyixasini tayyorlash ishlari bajariladi. Silvinitni flotatsiya usulida kayta ishlashda kо‘p enegiya talab qiladigan jarayonlardan biri bu bо‘laklash jarayonidir. Bо‘laklash bо‘limini tashkil qilishda «Xech narsani ortiqcha maydalamaslik» prinsipiga rioya kilinadi [5]. Rudani flotatsiya usulida ajratishda eng muxim faktorlardan biri bu maydalangan rudada 0,5 mm dan kichik о‘lchamli zarrachalarni miqdori kamligi xisoblanadi. Uning miqdori ortganda flotatsiya jarayonini samaradorligi kamayadi va KSI ni shlam bilan yо‘qolishi ortadi. Sabab, flotatsiya jarayonida tuproqsimon minerallar suvli eritmaga tushganda bо‘kadi va 0,7 mm kichik fraksiyaga disperslanadi. Maydalangan rudada kichik о‘lchamli tuprpoqsimon minerallarni uchrashi flotatsiya jarayoniga salbiy ta’sir qiladi, shuning uchun xar xil usullar bilan texnologik sxemadan mayda о‘lchamli tuproqsimon minerallarni chiqarib tashlashga xarakat kilinadi, natijada esa texnologik sxema murakkablashadi. Shuning uchun bо‘laklash uskunalarini tanlaganda maydalangan KSI va NaSI zarachalar о‘lchami optimal sharoitga yakin ya’ni bir xil 1mm dan katta 3 mm dan kichik bо‘lishi katta axamiyatga ega, tuproqsimon minerallar о‘lchami esa yirikroq bо‘lishiga intiladi bu esa ularni texnologik sxemadan chiqarish jarayonini osonlashtiradi [6]. Xulosa qilish mumkinki, Xozirgi vaqtda Respublikamizda kaliyli о‘g‘itlar valyutaga sotib olinadi. Shuning uchun maxalliy xomashyo asosida kaliyli о‘g‘it ishlab chiqarish dolzarb masala bо‘lib turmoqda bu masalani muvaffaqqiyatli xal kilish mumkin. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling