Kirish I. Bob. Adabiyotlar sharx


Rudalarni bо‘laklash usullari, nazariyasi va mashinalarining tavsifi


Download 1.48 Mb.
bet8/21
Sana11.02.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1190337
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
1-2

1.4. Rudalarni bо‘laklash usullari, nazariyasi va mashinalarining tavsifi
Maydalash deganda qattiq material bо‘laklarini zaruriy о‘lchamlarigacha, yani materialdan sanoatda foydalanish uchun zarur bо‘lgan о‘lchamlarigacha maydalash tushuniladi.
Materiallarni maydalash jarayoni maydalash va kukunlash bosqichlariga bо‘linadi. Dastlabki bо‘lakning mо‘rtligiga qarab maydalash jarayoni о‘z navbatida yirik – 350-100 mm, о‘rta - 100-30 mm, mayda – 30-8 mm, va mayin - 0,1 mm va о‘ta mayin -0,01 mmli bosqichlar bilan farqlanadi [24].
Vazifasi va ishlash tarziga qarab xar qaysi maydalash agregati maydalanadigan material bо‘laklariga yemiruvchi kuchning tо‘rta tasir xilidan foydalanish mumkin: 1 - zarb; 2 – egish; 3 – ezish; 4 – ishqalash. Qanday kuchlardan foydalanish zarurligi, shuningdek tasir tarzi va о‘lchamlari bо‘yicha mashinalarning xar xilligi maydalanadigan materiallarning xossalari va о‘lchamlarining turli-tumanligi bilan boglik. Qarshiligining qiymatiga karab materiallarni ezib maydalash uch guruxga bо‘linadi: ezishga qarshiligi 100 MPa dan kichik bulgan yumshok, 100 -500 MPa bо‘lgan о‘rta va 500 MPa dan yuqori bо‘lgan qattiq.
Maydalash mashinalari ishining asosiy texnik-iktisodiy kо‘rsatkichlaridan biri maydalash darajasi bо‘lib, bu dastlabki maxsulot bо‘laklari о‘lchamlarining tugal maxsulot bо‘laklarining о‘lchamlariga nisbatidan iborat, u material maydalangan bо‘laklari о‘lchami qancha marta kichrayganligini kо‘rsatadi, ya’ni
i = Dо‘r / d о‘r (1) bu yerda D о‘r , d о‘r dastlabki va tugal mahsulot bо‘laklarining о‘rtacha maydalangan о‘lchami, m.
Maydalashda i = 2 - 20 maydalash mashinalarining maydalash darajasi kichik bо‘lgani uchun kо‘p bosqichli maydalash sxemasiga zaruriyat tugiladi. Xozirgi zamon zavodlarida qattik materiallarni ochik sikl bо‘yicha ikki bosqichli mukammallashtirilgan va maydalash sxemasi qabul qilingan.
Materialni maydalashga sarflanadigan ish yangi xosil bо‘ladigan sirtga mutanosib ekanligi ushbu tenglik asosida ifodalanadi [4].
A = K ∆F, J (2)
bu yerda K — mutanosiblik koeffitsiyenti; ∆F — sirtning о‘sishi.
Bu maydalashning birinchi qonuni yoki sirtlar konuni deb ataladi. Materialni maydalashga sarflanadi­gan solishtirma ish quyidagicha ifodalanadi:
A = k(i-1)Q / Dо‘r J/kg (3)
Yuqorida keltirilgan tengliklar maydalash darajasigacha taxminan № 006 elakka mos zarralar mayinligi, ya’ni kurilish materiallarini kukunlash mayinligi chegarasida urinlidir.
Deformatsiya ishini quyidagi formula va elastiklik nazariyasi asosida ifodalash mumkin.
A = σ2 V / 2E (4)
Bunda YE — deformatsiya paytida vujudga keladigan zо‘rikish, N/m2; V-deformatsiyalanadigan jism xajmi, m3; σ— elastiklik moduli.
Bu tenglikka asosan geometrik о‘xshash shaklli va bir jinsli jismlarni bir tekis maydalash uchun zarur energiya shu jismlarping xajmi yoki massasiga mutanosib buladi.
Yangi sirtlarning hosil bо‘lishi sekin yuz beradigan maydalashda yuqoridagi tenglik о‘rinlidir. U ayni ma­terial uchun chegaraviy kuchni bir marta qо‘yilishdan kelib chiqib, jismning elastik va plastik deformatsiyasi uchun sarflarni xisobga oladi, biroq, formula (3) da materialning maydalanish darajasi xisobga olinmaydi. Bu esa maydalashda energiya sarfiga ancha katta ta’sir qiladi.
Ushbu tenglikda yemiriladigan bо‘laklarning deformatsiyasiga sarflanadigan ish va yangi sirtlarning xosil bulishiga sarflanadigan ish birlashtirilgan [14].
A = K1 ∆V + K2 ∆G, J (5)
unda K1, K2 -mutanosiblik koeffitsiyentlari; ∆V — deformatsiyalangan x.ajm; ∆F— yangi xosil bulgan sirt.
Ushbu tenglik keng foydalanilmaydi, chunki aniq, bir xol uchun mutanosiblik koeffitsiyenti kiymatlarini tanlashga oid ishonchli tavsiyalar yuk.
1951 yilda F. Bond [4] taklif qilgan g‘oya mayda­lash qonuni deb ataladi. Ritinger va Kirpichev Kik nazariyalari orasida turgan ushbu qonunga asosan ezishda jismga uzatiladigan energiya oldin uning massasi buyicha, ya’ni D3 xajmga mutanosib tarzda tarqaladi, lekin sirtda darzlar paydo bо‘la boshlagan vaqtdan boshlab bu energiya darzlarning chetlarida tо‘planadi xamda D2 ga mutanosib bо‘ladi, ish esa quyidagiga teng bо‘ladi:
(6)
Maydalash darajasini xisobga olganda
bu yerda Q-maydalanadigan material mikdori; Dо‘p maydalanadigan materialning о‘rtacha о‘lchami; dyp maydalangan materialning о‘rtacha о‘lchami. Kо‘rib chiqilgan nazariyalar materialni maydalashda yuz beradigan barcha murakkab jarayonlarning moxiyatini ochib bermaydi, lekin maydalash kukunlash mashinalarini yaratish va takomillashtirish bilan bog‘liq bо‘lgan masalalarni samarali xal qilishga imkon beradi.
Maydalash jarayonlaridagi kabi ushbu jarayonlar uchun ishlatiladigan mashinalar maydalagichlar va tegirmonlarga bо‘linadi.
Ishlash tarziga kо‘ra maydalagichlar: jag‘li, materialni ezish, sindirish va qisman ishqalash ta’sirida ikkita jag‘lar dambadam bir-biriga yaqinlashganda maydalanadi (1-rasm a); konusli, ikkita kо‘nussimon sirt orasida material ezilib, bukilib qisman ishkalanib maydalanadi, konuslardan biri ikkinchisiga nisbatan ekssentrik tarzda xarakatlanib, materialni uzluksiz maydalaydi (1-rasm b); juvali, ushbu maydalagich ezib ishqalab ishlaydi (1-rasm v); zarbiy, ular uz navbatida bolg‘ali, (1-rasm, g), rotorli, (1-rasm, d) xillarga bо‘linadi. Bolg‘ali maydalagichlarda material asosan о‘rnatilgan sharnirli bolg‘alarning zarbiy ta’sirida, shuningdek ishqalanib maydalanadi. Rotorli maydalagichlarda rotorga biriktirib maxkamlangan savagichlar materialga zarb bilan urilishi, material kaytargich plitalarga urilishi va material bо‘laklarining bir-biriga urilishi natijasida maydalanadi.









1-rasm. Maydalash mashinalari: a) jagli maydalagich: 1 - qо‘zgalmas jag‘, 2 - qо‘zg‘aluvchi jag‘; b) konusli maydalagich: 1- tashki konus, 2- ichki konus 3- vertikal о‘q; v) juvali maydalagich: 1, 2- juvalar; g) zarbiy bolg‘ali maydalagich: 1 - bolg‘a, 2 - tez aylanadigan rotor; d) zarbiy rotorli maydalagich.



Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling