Kurs ishining maqsadi. O’quvchilarning ovqatlanishida taomlar uchun vitaminlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari bolalar va umumiy ovqatlanish oziq-ovqatlari hamda konditer mahsulotlari sifatida chiqariladi. A, S, Vb V2 va D vitaminlarining tabiiy manbai bo’lgan yoki shu vitaminlar bilan sun’iy boyitilgan turli mahsulotlardan maxsus tayyorlangan aralashmalar ham mavjud. Masalan, ba’zi bir margarinlar A va D vitaminlari bilan, ba’zi bir un sortlari esa V gruppa vitaminlari bilan boyitilgan holda savdoga chiqariladi. 1 yoshdan oshgan bolalar uchun vitaminlashtirilgan sabzavot un aralashmasi chiqariladi, ularga S vitaminiga boy bo’lgan na’matak qaynatmasi qo’shiladi. Shuningdek, tarkibida ko’p miqdorda karotin (A provitamini) bo’lgan ko’k no’xot, sabzi, ismaloq, o’rik pyurelari, qora smorodina pyuresi, S vitamini bilan boyitilgan sut, A va V gruppa vitaminlari bilan boyitilgan guruch va jigar aralashmalari ishlab chiqarilmoqda. Vitaminlashtirilgan mahsulotlarning ovqatga ishlatilishi organizmning turli kasalliklarga qarshilik ko’rsatishi va bolalarning yaxshi o’sishi va rivojlanishiga yordam beradi.
O’quvchilarning ovqatlanish meyori tarkibida dorivor, ziravor va ayrim kislotalarni bu juda muhimdir. Ziravorlar va dorivorlar tarkibida efir moyi, glikozid, alkaloidlar bor ta’m beradigan mahsulotlardan iborat. Ular o’tkir, xushbo’y, ko’pincha juda achchiq ta’mli bo’ladi. Ziravor va dorivorlar ovqatning ta’m xususiyatlarini yaxshilaydi, oshqozon suvi ajralishini tezlatib, ovqat hazm bo’lishiga yordam beradi.
Kurs ishining vazifasi.
O’quvchilarga ovqatlarni tarqatilishi qoidalari:
O’zbek milliy taomlari sifatiga qo’yiladigan talablar;
Parhez taomlarni tayyorlanish texnologiyasi;
O’zbek milliy suyuq oshlarini tayyorlash texnologiyasi haqida tushunchalarga ega bo’lish.
I BOB. BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARI UCHUN TAXMINIY TAOMNOMA TUZISH
Do'stlaringiz bilan baham: |