Kirish I bob. Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun taxminiy taomnoma tuzish


Download 1.17 Mb.
bet7/17
Sana30.04.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1406320
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
BOSHLANG\'ICH SINF O\'QUVCHILARI UCHUN TAXMINIY TAOMNOMA TUZISH

Vitaminli preparatlar. Organizmga yuqori harorat va tarkibida nikotin bo‘lgan chang ta’sir qiladigan ishlab chiqarishda band bo‘lgan ishchilarga PPOning mustaqil ko‘rinishi sifatida tekin vitaminli preparatlar beriladi.
PPO tarqatilishi qoidalari. Parhez-profilaktika oziq-ovqatlari faqatgina ≪ОЧа zararli mehnat sharoitlarida ishlash bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun tekin PPO olish huquqini beradigan kasblar, lavozimlar va ishlab chiqarishlar ro‘yxati≫ tomonidan berilishi ko‘zda tutilgan ishchilarga, ushbu ishlab chiqarishlar iqtisodiyotning qanday sohalariga aloqadorligi, shuningdek, tashkiliyhuquqiy shakli va ish beruvchilarning mulkchilik shaklidan qat’i nazar, tekin beriladi. Yuqorida ko‘rsatib o ‘tilgan Ro‘yxatga kiritiladigan o ‘zgarishlar va to ‘ldirishlar 0 ‘zbekiston Respublikasi hukumatining qarorlariga ko‘ra 0 ‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirhgi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Parhez-profilaktika oziq-ovqatlari ishchilarga ishlab chiqarishda ularning haqiqatan ham ishlayotgan kunlarida ko‘rsatilgan ishni ish kunining kamida yarmi mobaynida bajargan paytlarida, shuningdek, mehnat layoqatini vaqtincha yo‘qotgan kunlarida agar kasallik o ‘z xususiyatlariga ko‘ra kasbiy kasallik bo‘lsa va bemor kasalxonaga yotqizilmagan bo‘lgan taqdirdagina beriladi. Parhez-profilaktika oziq-ovqatlari quyidagilarga ham beriladi: 1) qurilish, qurilish-montaj, ta'mirlash-qurilish va ishga tushirish ishlarida band boigan ishchilarga, o ‘ta zararh mehnat sharoitlarida to‘liq ish kuni bilan ishlovchilarga, bularda asosiy ishchilarga ham, ta ’mirlash xodimlariga ham PPO berilishi ko‘zda tutiladi;
2) jihozlami tozalash va ta ’mirlash yoki korxonaning sexi (uchastkasi)da konservatsiyalashga tayyorlayotgan ishchilarga, PPO berilishi ko‘zda tutilgan
ishchilarga;
3) kasb kasalligi oqibatida nogiron bo‘lib qolganlarga, agar ishining xususiyatlari
oqibatida kelib chiqqan nogironlik boshlanishi oldidan PPOdan
foydalangan bo‘lsa - nogironlik tugaguniga qadar, ammo nogironlik berilganidan
keyin bir yildan ko‘p emas;
4) tekin PPO olish huquqiga ega bo‘lgan va ishining xususiyatlariga ko‘ra kelib chiqqan kasb kasalligining boshlang‘ich holatlari paydo bo‘lganligi oqibatida vaqtincha boshqa ishga o‘tkazilgan ishchilarga — bir yildan oshiq boimagan muddat davomida;
5) homiladorlik va tug‘ruq ta ’tili boshlanguniga qadar tekin PPO ohsh huquqini beradigan kasb, lavozim va ishlab chiqarishda band bo‘lgan ayollarga — homiladorlik va tug‘ruq bo‘yicha ta ’tilining boshidan-oxirigacha.
Agar homilador ayollar zararli omillar bilan aloqani yo‘qotish uchun shifokor
xulosasiga ko‘ra boshqa ishga o‘tkazilsa, PPO ularga ta’tilgacha boigan davr
va ta’til mobaynida beriladi. Ko‘rsatib o‘tilgan sabablarga ko‘ra, boshqa ishga
o‘tkazilgan ayolning bir yarim yoshgacha bo‘lgan farzandi bo‘lsa, unga PPO
to farzandi bir yoshga tolguniga qadar beriladi.
Parhez-profilaktika oziq-ovqatlari quyidagi hollarda berilmaydi:
ishlanmagan kunlarida;
— ta ’til kunlarida;
— xizmat safarlari kunlarida;
— ishlab chiqarishdan uzilgan holda o‘qish kunlarida;
— PPO berilmaydigan boshqa uchastlcalarda ishlagan kunlarda;
— davlat va jamoatchilik majburiyatlarini bajarish kunlarida;
— umumiy kasalliklar bo‘yiclia vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davrida;
— davolanish uchun kasalxonada yoki sanatoriyda bo‘lgan kunlarda.
PPO olish huquqiga ega bo'lgan, ammo salomatlik holatiga ko‘ra yoki yashash joyi uzoq bo‘lganligi tufayli vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davrida yoki kasb kasalligi oqibatidagi nogiron bo'lib qolganlar oshxonadan PPO ololmagan paytlarida tashkilotning tibbiy-sanitariya xizmatining, bunday xizmat bo'imagan taqdirda — davsanepidnazoratni amalga oshirish vakolatiga ega bo‘lgan hududiy muassasalarning muvofiq ma’lumotnomasiga ko‘ra tayyor ovqat ko‘rinishidagi PPOni uyga olib ketishlariga ruxsat beriladi. PPO uyga berib yuborilishining bunday tartibi bir yarim yoshgacha bo‘lgan farzandi bor ayollar zararli ishlab chiqarish omillari bilan aloqani yo'qotish uchun boshqa ishga o ’tgan holatlarda ham qoilaniladi. Boshqa barcha holatlarda PPOning uyga tayyor taom sifatida berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. PPOni o ‘tgan vaqt uchun berilishiga va o‘z vaqtida olinmagan PPO uchun pullik to‘lov toianishiga ruxsat berilmaydi.Issiq nonushtalar tayyorlanishi va berilishi amalga oshiriladigan jamoatchilik ovqatlanishi tashkilotlari to‘liq texnologik sikldagi korxonalar sirasiga kiritilishi va tuzilishi hamda tarkibiga ko‘ra amaldagi sanitariya me’yorlari va qoidalariga to‘1iq mos kelishi kerak.

O’zbek taomlari pazandaligi inson faoliyatining san’at darajasiga kutarilgan eng qadimiy sorhalaridan biridir. Bu san’at davr utishi bilan takomillashib, iste’molchilar talabiga tobora ko’prok, moslashib bormokda. Pazandalar tayyorlagan yukori sifatli taomlar xo’randalar ish qobiliyatiga, sog’ligiga va boshqa jismoniy salohiyatiga barakali ta’sir ko’rsatadi. Taomlar tayyorlash va tarqatish usullariga kura sovuq, issiq, suyuk,, quyuq yoki umumiy, milliy va hokazo turlarga bulinadi. Taomlar xonaki usulda yoki umumiy ovkatlanish korxonalarida tayyorlanadi.


O’zbek milliy taomlari boshk,a millatlar taomlaridan o’ziga xos an’anaviy xususiyatlari bilan farqlanadi. Tabiatimizning saxiyligi, xilma-xil oziq-ovqat maxsulotlariga boyligi va uzoq zamonlardan davom etib kelayotgan o’zbek pazandaligi xalqimizning ulkan xazinasi va milliy faxridir. O’zbek milliy pazandaligi, ayniqsa masalliqga o’ziga xos ishlov berilishi, taom tayyorlashda uziga xos asbob-anjomlar, qurilmalar va boshqa jixozlar ishlatilishi, taomlar tarqatishda uziga xos idish-tovoqlardan foydalanilishi bilan ajralib turadi.
O’zbek milliy taomlarini tayyorlashdan avval ayrim masalliqlarga maxsus ishlov berilib, ularning xushxo’rligi oshiriladi. Bunday usullardan biri mahsulotni tilimlab, unga tuz va ziravor bilan ishlov berishdir. O’zbek taomlarini tayyorlashda xalq ko’p iste’mol qiladigan go’sht, un, sut, qatiq, loviya, no’xat, shuningdek meva, poliz, kukat maxsulotlari va xokazolardan foydalaniladi. Bu masalliqlar taom turlariga qarab o’ziga xos ishlovdan o’tadi. Milliy taomlarni xonaki usulda tayyorlashda qozon va o’choqdan, issiqlik manbai sifatida esa o’tin, ko’mir, tabiiy gaz, maxsus tandir va boshqalardan foydalaniladi.
Hozirgi o’zbek milliy pazandaligi tabiiy, tarixiy va ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar ta’siri ostida shakllangan. Xalqlarning o’zaro madaniy aloqalari orqali o’zbek milliy taomlarini tayyorlashda ham iste’mol qilinadigan masalliqlarni ishlatish imkoniyati yaratilmoqda. Bu bilan milliy taomlar turi kengayib bormoqda. Bunga misol tariqasida avvalgi o’zbek pazandaligini hozirgi pazandaligi bilan qiyoslaymiz. Avvalgi o’zbek pazandaligida baliq taomlari kam iste’mol qilingan bo’lsa, ular xozir ko’proq iste’mol qilinadi. O’zbekistonning ba’zi joylarida taomlar ilgari kartoshka va pomidor ishlatilmay tyiyorlangan bo’lsa, hozirgi kunda bu mahsulotlarsiz taomlar uchramaydi hisob.
O’zbek milliy pazandaligi tayyorlanadigan taomlar turi va ularni tayyorlash shart-sharoitlarini chuqur o’rganishni talab qiladi. Aks holda tayyorlangan taom o’z milliylik xususiyatini yo’qotishi bilan birga, iste’mollilik qobiliyatidan ham mahrum bo’ladi. O’z ko’rsatkichlariga ko’ra talabga javob beradigan taomlarni o’ziga xos idish tovoqlarda tortmaslik bu taomlarning iste’mol xususiyatini pasaytiradi. Umumiy ovqatlanish korxonalarida taom tayyorlashga “O’zbekiston xalqlarining milliy taomlari va pazandalik maxsulotlarini tayyorlash usullari to’plami” hujjatidan foydalanilgandagina ruxsat etiladi.



Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling