Kirish I. Bob. Hayvonlarning biosferadagi ro’li


Download 1.37 Mb.
bet1/11
Sana07.03.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1245253
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
HAYVONLARNING BIOSFERADAGI ROLI VA AXAMIYATI


Mundarija:


Kirish………………………………………………………………….….3
I.BOB. HAYVONLARNING BIOSFERADAGI RO’LI……………….6
1.1.Hayvonot dunyosi haqida tushuncha…………………..................6
1.2.Hayvonot dunyosining kelib chiqishi ……………………………10
II.BOB. HAYVONLARNING BIOSFERADAGI AXAMIYATI……...14
2.1. Hayvonlarning inson hayotidagi axamiyati……………………...14
2.2. Havvonlarni ozuqa zanjiridagi ro’li……………………………...20
2.3. O’zbekistonda hayvonlarni muxofaza qilish…………………….22
Xulosa…………………………………………………………………...32
Fodalanilgan adabiyotlar……………………………………34

KIRISH
Fotosintez, biomassa, yashil o’simlik, hashorot, umurtqali hayvon, umurtqasiz hayvon, sut emizuvchi, o'txo'r, yirtqich, qo’riqxona, zoopark, Qizil kitob.
O’simlik va hayvonlar yerning hayot qobig'i-biosferaning asosiy komponentlaridan bolib, tabiiy resurslar orasida alohida o'rinni egallaydi. Oqilona foydalanilganda o’simlik va hayvonlar tiklanadigan va cheksiz mahsulot beradigan manbaga aylanishi mumkin. Biosferadagi o'ziga xos tabiiy muvozanat ko’p jihatdan o"simlik va hayvonlarning biologik rang-barangligini saqlanishi bilan bogliqdir. O’simliklar va hayvonlar sayyoramizning genofondi hisoblanadi va har bir tur tabiatdagi o'z o'rniga ega. Biosferada moddalarning aylanma harakati faqat tirik organizmlar ishtirokida amalga oshadi. Bu jarayonni biosferada uglerod (SO2 ) ning aylanma harakati misolida ham ko’rish mumkin. (O'simlik va hayvonlarning mahsulotisiz inson hayotini tasavvur qilib bo'lmaydi.
Mavzu dolzarbligi: Ma’lumki, yer yuzida biologik xilma-xillikni saqlash, jumladan liayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish xalqaro ahamiyatga molik boigan dolzarb masalalardan biridir. Hayvonot dunyosining geografik tarqalishini va bu tarqalishning umumiy qonuniyatlarini o'rganuvchi zoogeografiva fani o'quvchida zoologiya, ekologiya va geografiya fanlaridan olingan bilimlarni boyitishga, mustahkamlashga hamda amaliyot bilan bog'lashga xizmat qiladi. Oliy ta ’lini muassasalarida o Lqitilib kelinayotgan zoogeografiya fani bo'yicha shu kunga qadar o'zbek tilida chop etilgan o'quv qo'llanma yoki darslik mavjud emas. Juda kam sondagi rus tilida chop etilgan adabiyotlar esa talabalarning ehtiyojlarini qondira olmaydi.
O’simliklar yer yuzidagi hayotning asosi hisoblanadi. Sayyoramizda 500 mingdan ortiq o'simlik turlari mavjuddir. O’ simliklarning tabiat va inson hayotidagi ahamiyatiga ko'ra bir necha guruhlarga bo'lish mumkin. Suv o’simliklaridan inson kam foydalanadi,lekin ular tabiatda kislorod va ozuqa manbai hisoblanadi. Bakteriyalar, ayrim qo'ziqorinlar va suv o'tlari tuproqda ham kcfplab uchraydi. Ular tuproqning unumdorlik xususiyatiga ta'sir ko"rsatadi, organizmlar qoldiqlarini parchalaydi. Turlar soni eng kami yer osti o"simliklari bo’lib ular asosan bakteriyalardan iborat va 3 km gacha va undan ortiq chuqurliklarda uchraydi. Yer usti o’simliklari turlarga eng boy, shuning bilan birga eng ko'p ishlatiladigan va insonning kuchli ta'siri ostidagi o’simliklardir.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling