Kirish I. Bob. Hayvonlarning biosferadagi ro’li


Qizilsuv tog '-archa davlat qo 'riqxonasi


Download 1.37 Mb.
bet9/11
Sana07.03.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1245253
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
HAYVONLARNING BIOSFERADAGI ROLI VA AXAMIYATI

Qizilsuv tog '-archa davlat qo 'riqxonasi
1975-yilda Qashqa-daryo viloyati Yakkabog' tumanida tashkil qilingan. Umumiy maydoni 30094 ga, uning 4192 gektari o'rmon bilan qoplangan. 400 dan ortiq o'simlik turlari o'sadi. Hayvonot olami ham boy, turli sutemizuvchi hayvonlarning 23 turi mavjud. Qushlarning 66 turi uchraydi, ulardan 27 turi shu yerda qishlaydi. Oq tirnoqli ayiq, bars, Markaziy Osiyo silovsini, qizil sug'ur, pamir oqtishi, tolay quyoni va Markaziy Osiyo takasi qo'riqlanadi.
Miroki davlat qo 'riqxonasi
1976-yilda Qashqadaryo viloyatida tashkil qilingan. Oqsuv va Tanxozdaryo havzalarida joylashgan. Qo'riqxona hududida Seversov muzligi - O'zbekistondagi yirik muzlikla.rdan biri joylashgan. Bu yerda g'orlar ko'p, lekin ular hali yaxshi o'rganilmagan. Oqsuv daryosida juda chiroyli sharshara mavjud.
Qo'riqxonada o'sadigan o'simliklarning ko'pi oziq-ovqat, dori-darmon va manzaraliligi bilan katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, Maksimovich rovochi, anzur piyozi, kiziliya, tog' rayhon, kiyik o'ti, lolalar, shirach, tog'olcha, qoraqant va boshqalar ko'p uchraydi.
Hayvonot olami ham ancha boy. Qorli cho'qqilarda bars yoki uning izlarini uchratish mumkin. Archazorlarda Turkiston
silovsini va oq tirnoqli ayiq hayot kechiradi. Qo'riqxonaning janubiy qismida Markaziy Osiyo takasi, bo'ri, tulki, jayra, qizil sug'ur, tolay quyoni keng tarqalgan. Qo'riqxonada turli sayroqi va yirtqich qushlarni uchratish mumkin.
Payg'ambar Orol qo'riqxonasi.
1971-yilda Amudaryodagi payg'ambar orol qo'riqxona deb e'lon qilingan. Umutniy maydoni 4043 gektar, shundan 964 gektari to'qayzor. Qo'riqxona Amudaryo yuqori oqimining to'qayzor namunasi sifatida saqlash maqsadida tashkil qilingan. Bu yerda asosan Buxoro bug'usi-xongul muhofaza etiladi.
Qizilqum to'qay-cho'l qo'riqxonasi.
1971-yilda Amudaryo bo'yida tashkil qilingan. To'qay va cho'l bo'limlari 3985 gektarni egallaydi, ulardan 1883 gektari to'qayzor. Cho'l hududiga xos bo'lgan hayvonlar uchraydi. Cho'l mushugi, bo'ri, tulki, yovvoyi cho'chqa, tovushgon ko'p. Bu qo'riqxona jayron va xongulni muhofaza qilish maqsadida tashkil qilingan.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling