Kirish I. Bob Maktabgacha talim tashkilotining oila bilan ishlash shakllari
II.Bob Oilada bolalarni tasviriy faoliyat asosida maktabga tayyorlash
Download 116.79 Kb.
|
MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTINING OILA BILAN ISHLASH SHAKLLARI
II.Bob Oilada bolalarni tasviriy faoliyat asosida maktabga tayyorlash
2.1 Oilada bolalarni xar tomonlama maktab taʼlimiga tayyorlash Olti yoshli bolalarni maktab faoliyatidagi kun tartibi juda murakkab vazifa boʼlib, ayrim ota-onalar bu masʼuliyatni ayniqsa bola xayoti va maktabgacha yoshdan oʼtish davrida muximligini xis kilmaydi. Uqish davrini birinchi yili 1-sinf oʼquvchilariga katta talab qoʼyiladi. Bola mexnat tizimiga tayyorlanadi, unda yangi majburiyat va masʼuliyatlar paydo boʼladi. Unga belgilangandanda koʼproq xarakatlanish toʼgʼri keladi. Oila tashkil kilib bergan barcha kun tartibi va maxsus shugʼullanish xamda idrok etishga bogʼlik mashgʼulot bolani maktabda oʼqishga yaxshi tayyorlash mumkin. Bolalar uchun toʼgʼri tashkil etilgan bir kunlik kun tartibini uni nafaqat bilimiga balki sogʼligini mustaxkamlashga yordam beradi. Kun tartibi umumiy koʼrsatkich asosida olinib: kundoʼzi va kechki uyqu, gigienik tayyorgarlik, yetarlicha toza xavodagi faol xarakatdan turli mashgʼulotlarni olish bu navbatma navbat almashtirish va ovqat ratsionidan iborat.Meʼyoridagi uyqu vaqtida bola organizmi dam oladi uni ishchanlik qobiliyati tiklanadi. Sogʼlom bolani xar kuni bir vaqtda uxlashga oʼrgatsak, tezda koʼnikib, uxlab qoladi. Belgilangan vaqtga bolani uxlashga va uygʼonishga odatlantirish juda muxim.Uyqudan oldin asosan kechki uyqudan oldin bola tinch va xotirjam boʼlishi kerak. Uyqudan oldin kattalar bolalarga kiyimlarini va oyoq-kiyimlarini saranjomlashga oʼrgatadilar. Keyin bolalar umumiy gigiena qoidalarini amalga oshiradilar.Nafaqat gigiena orqali emas, suv bilan chiniqish asab sistemasiga taʼsir koʼrsatadi.Bu xar kuni bir vaqtda amalga oshirilsa, bola tezda uyquga ketishiga yordam beradi. Bola oʼrni ozoda, juda qattiq xam yumshoq xam boʼlishi kerak emas.Shu kabi tovushlar, chiroq, radio ovozi, qattiq gaplashish bola uyqusiga xalaqit beradi. Bola tez-tez shamollatib boriladigan xonada uxlashi zarur. Sovuq kunlarda xona xarorati +18 gradus boʼlishi kerak. Kechki uyqu 11.5, 12 soatga choʼzilishi mumkin. Maktab yoshidagi bola xar kuni kamida 4 soat ochiq xavoda boʼlishi shart. Ochiq xavoda bolani yurishi uni xayotiy jarayonlarini (moddalar almashinuvi, nafas va yurak qon-tomir sistemasiga)chiniqtirish faoliyatini kuchaytiradi. Qishda sovuq xavoda bolalarni ochiq xavoda boʼlishi kamaytiriladi, yozda esa bolalar koʼproq kun davomida ochiq xavoda boʼlishlari zarur. Bolaning kuni ertalabki badan tarbiyadan boshlanishi kerak.Jismoniy mashq bolalarda kuch va qiziqish uygʼotadi. Badan tarbiyadan keyin bolalarda chiniqish xolatlari: xoʼl sochiqqa artinish yoki sovuq suvda yuvinish olib boriladi. Soʼngra bola kiyinadi, tishini tozalaydi, yuvinadi. Sochini tartibga soladi. Shaxsiy gigiena qoidalarini kuzatishda bolani sogʼligini saqlashga eʼtibor berishi щart. Аyni maktabgacha yoshda boʼlgan bolalar murakkab boʼlmagan yangi madaniy-gigienik bilimlarni juda tez oʼzlashtiradi. Bolalarga gigienik yangi bilimlarni oʼrgatishda ota-onalar shaxsiy xulq-atvorlari, bolalarga namuna boʼlishida katta axamiyatga ega. Bolada yuz va qoʼli uchun aloxida oyoq uchun sochigʼi, tish chyotkasi, va tish pastasi boʼlishi shart. Tishlarni xar kuni ertalab va kechqurun tozalash kerak.Bola xayotining 8-yilida kun tartibida ona tili mashgʼuloti, xisoblash, tasviriy faoliyat, loy ishi, qurish-yasash olib boriladi. Maktabdagi pedagog maslaxati ota-onalarga bolalari bilan oʼtadigan mashgʼulotlar tarkibini aniqlashga yordam beradi. Bunday mashgʼulotlar 1-sinf ishini oʼzlashtirishga tayyorlaydi. Аmaliyotda tekshirib koʼrilgan va oʼzini yoqlagan quyidagi mashgʼulotni oʼtish varianti va uning davomiyligi: - Birinchi davr – 3 ta mashgʼulot, 20 minutda , ular orasidagi 10 minutni tanaffus bilan. - Ikkinchi davr – 3 ta mashgʼulot 25 minutdan, ular orasidagi 10 minutli tanaffus. Bu davrlarni 1,5-2 oyga oʼzaytirish mumkin. Olimlarni isbotlashicha, 6 yoshli bolalarda faol diqqati davomiyligi 15-20 minut mashgʼulotidayoq bolalar charchaydi, ularning mexnat qobiliyati pasayadi va 10 minut oʼtmaguncha xam tiklanmaydi. Shuning uchun xam 2 ta mashgʼulotni savodxonlik va xisobni ketma-ket berish maqsadga muvofiq emas. Yaxshisi 2-mashgʼulotni xarakatli oʼyinlar bilan oʼtkazish kerak. Sayrdan keyin tushlik va uyqu oraligʼida yana bitta mashgʼulot oʼtkazsa, 3 ta mashgʼulotni sekin-astalik bilan oʼtkazish kerak. Bola organizmi «ishga chiqishga» sekinlik bilan taʼmirlanadi. Bu davr 5-6 yoshli bolalarning 80% i da 2 dan 7 minutgacha oʼzayadi. Oʼrtacha xisobda 5-6 minut. Keyin ishchanlik qobiliyati yuqori darajada tiklanadi. Bu qobiliyat oʼzgarishi sogʼlom bolalar uchun belgilangan. Bolalar charchaganida ishchanlik qobiliyati va diqqati tarqoq boʼladi. Odatda u tashqi koʼrinishda, tez chalgʼishida, xavotirli xarakatlarda seziladi. Kichik «jismoniy daqiqa» oʼtkazilishi bolalarni ishchanlik qobiliyati tiklanishiga imkoniyat yaratadi. Kerak boʼlsa mashgʼulot yana 10-15 minut oʼtkazilishi mumkin. Haftani oʼtishida bolani ishchanlik qobiliyati xarakterini oʼzgarishiga olib keladi. Seshanba kuni 6 yoshli bolalarda markaziy nerv sistemasi funktsional darajasi yaxshi boʼladi va ishchanlik qobiliyati juda baland koʼrsatkich boʼladi. Chorshanbadan shanbagacha bolalarda qisqa mashgʼulotlarda xam ishchanlik qobiliyati pasaya boshlaganini Kuzatishmumkin.Dushanba ertalabki vaqt ishchanlik qobiliyati past boʼladi. Bunday ishchanlik qobiliyati oʼzgarishini inobatga olgan xolda, bolalarga dushanda va shanba kuni tasviriy faoliyat, loy ishi, applikatsiya, qurish-yasash mashgʼulotlari oʼtiladi. Mashgʼulotdan avval xona shamollatiladi. Kattalar bolalarni ish stolini joylashishi va oʼlchamlariga eʼtibor berish kerak. Stolni oyna oldiga shunday joylashtirish kerakki, yorugʼlik chap tomondan tushsin, maktabgacha yoshdalilar uchun, maxsus oʼquvchilar uchun oʼzgaruvchan oʼzunlik va qiya qopqoqqa ega boʼlgan stolcha-parta kerak boʼladi. Stol oʼzunligi va stul oʼlchamlari bola boʼyiga mos boʼlishi kerak. Oʼlcham olishda uni kiyimlari inobatga olinadi.
Tushlik ovqatlanish bolani meʼyordagi jismoniy va aqliy rivojlanishini asosiy shartlaridan biri xisoblanadi va bolani maktabga tayyorlash shartlaridan biri xamdir. Oziqlanish tarkibi bolada energetik quvvatga xayotiy jarayonlarni charchashiga olib keladi. Bola 5-6 yoshda 2000 kaloriya sutkada qabul qilishi kerak. Bunda oqsil, yogʼ va uglevod, xayvon va oʼsimliklar yogʼi, mineral toʼz va vitaminlar boʼlishi kerak. Ovqatlanish 4 maxal, aniq bir vaqtda boʼlishi shart. Oqsil, yogʼ, uglevod va mineral toʼz organizmning asosiy ozigʼidir. Ovqat tarkibidagi oqsil va uni sifati organizmni oʼsishi va oʼsish jarayoniga bogʼliqdir. Hayvon oqsilida va bolani ovqatlanishidagi oqsil umumiy tarkibini 60% ga toʼgʼri keladi. Hayvon oqsili goʼsht, baliq va tuxum tarkibida mavjud. Oqsil yetishmasligi organizmni oʼsish jarayoniga taʼsir koʼrsatadi, turli kasalliklar keltirib chiqaradi. Yogʼlar asab va ish uchun asosiy qurilish materialidir. Bolalarga kuchli yogʼlar mol va qoʼy yogʼlaridan foydalanish tavsiya etilmaydi. 1 sutkada yogʼdan foydalanish 11 g oʼsimliklar yogʼini tashkil etadi. Аsosiy energiya manbai – uglevodlardir. Uglevodlar non, kartoshkada mavjud. Bir sutkada qabul qilingan uglevod 60 g toza shakar va 10-15 g qandolat maxsulotiga toʼgʼri keladi. Koʼp miqdordagi shakar va shirinliklar bolalarga berish tavsiya etilmaydi. Normadan ortishi sekretsiya va oshqozon yoʼllariga taʼsir koʼrsatadi. Ovqatlanish vaqtida stol ustiga suv quyish kerak emas, agar suv quyilsa, bola oʼzi xoxlamagan xolda unda ichish istagi xosil boʼladi. Tushlik odidan bolalarni suv ichishga odatlantirish kerak emas. Suv oshqozon suyuqligiga taʼsir koʼrsatadi. Suv va boshqa suyuqliklar oshqozonda maʼlum xajmda turadi va ovqatga boʼlgan extiyojini kamayishiga olib keladi. Bolalarga sintetik ranglar quyilgan gazli ichimliklar berish mumkin emas. Bolalar uchun eng yaxshi ichimlik – kuchsiz choy, sutli choy, sutli kofe. Tabiiy sharbat va toza qaynagan suvdir. Yangi oʼzilgan mevalar chanqoqni yaxshi bosadi. Bolalarga shoshmasdan, chappilamay, ovqatni mayda chaynab yeyish, sanchqi, qoshiq va boshqa buyumlardan toʼgʼri foydalanish oʼrgatiladi. Sogʼlom ishtaxa, atrofdagi narsalarni joylashishiga bogʼliq. Toza tushlik stoli, dasturxon solingan. Non ozodalik bilan toʼgʼralgan, tarelkalar chiroyli joylashtirilgan boʼlishi kerak, Oshxonadagi barcha gigienik talablarni bajarilishi uni kun tartibini toʼgʼri tashkil etilishi katta maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashni yengillashtiradi. Download 116.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling