Kirish I. Bob Maktabgacha talim tashkilotining oila bilan ishlash shakllari


Bolalarni maktabga tayyorlashda maktabgacha tarbiya muassasa va maktab hamkorligi


Download 116.79 Kb.
bet3/6
Sana23.11.2023
Hajmi116.79 Kb.
#1794969
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTINING OILA BILAN ISHLASH SHAKLLARI

1.2 Bolalarni maktabga tayyorlashda maktabgacha tarbiya muassasa va maktab hamkorligi.
Maktab bilan MTT oʼrtasida oʼzviy aʼloqa asosini bolalar MTTsi va maktabda amalga oshiriladigan taʼlim – tarbiya ishlari mazmunini belgilovchi dasturlar oʼrtasidagi bogʼliqlik tashkil etadi. Hozirgi boshlangʼich sinflar dasturi bilan MTT dasturini olib solishtiradigan boʼlsak, ular oʼrtasida birqancha oʼzaro bogʼliqlikni koʼramiz. Bu eng avvalo dasturlarda asos qilib olingan printsiplarning umumiyligi bilan belgilanadi. Ularning mazmuni bolalarni har tomonlama tarbiyalash maqsad va vazifalariga mos kelish printsipi, hayot bilan bogʼliqlik, ilmiylik printsiplari, taʼlimning tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi xususiyatga egaligi va falsafiy, ruhiy nuqtai nazarlarning birligida namoyon boʼladi.Birinchi sinf oʼquv dasturi ayrim predmetlar boʼyicha bolalar MTTsi dasturi bilan solishtirganda ularda umumiylik koʼpligini koʼramiz. Masalan, bolalar MTTsida ona tiliga oʼrgatish va boshlangʼich sinflardagi ona tili darsiga bolalar nuqtai har tomonlama rivojlantirish kabi umumiy gʼoya asos qilib olinadi. Bolalar MTTsi bu ish bolalarning lugʼatini boyitish, tovushlarni toʼgʼri talaffoʼz qilishga, ifodali oʼqishga oʼrgatish, bogʼlangan nutqni shakllantirish orqali amalga oshiriladi. Maktabda esa bolalarda mana shu MTTda egallangan bilim, malaka, tushunchalarga asoslanib, yozma nutq malakasi, orfografiya xat malakasi shakllantiriladi, ularga morfologiya va sintaksis elementlari oʼrgatiladi. Shu bilan bir qatorda MTTda boshlangan bolalar lugʼatini boyitish, nutqning ifodaliligi, bogʼlangan nutqni rivojlantirish davom ettiriladi.Bolalar MTTsida ham, maktabda ham tabiatshunoslik toʼgʼrisidagi bilimlar organizm bilan muhitning birligi toʼgʼrisidagi umumiy gʼoyaga asoslangan holda olib boriladi. Shu asosda bolalarga jonli va jonsiz tabiat, tabiat va kishilar oʼrtasidagi bogʼliqlik toʼgʼrisida bilim va tushunchalar beriladi. Bolalarni maktab va oʼquvchilar hayoti bilan tanishtirish. Bolangʼich sinf oʼquvchisi va MTTning tayyorlov guruxi tarbiyachisi tayyorlov guruxi bolalarini maktab bilan tanishtirish boʼyicha ekskursiya uyushtiradilar. Bunday ekskursiyalar yil davomida 3 marta oʼtkazilishi mumkin. Ekskursiya paytida katta va tayyorlov guruxi bolalari maktab oʼquvchilari bilan tanishadilar, ular MTT bolalariga oʼzlarini maktabdagi oʼqishlari, ishlari toʼgʼrisida gapirib beradilar; oʼquvchilar xonasini qanday bezaganliklari, tabiat burchagidagi oʼsimlik va hayvonlarni qanday parvarish qilayotganliklari, ustaxonada qanday ishlarni bajarayotganliklarini koʼrsatadalar.
Ish shakli quyidagicha boʼlishi mumkin:
• sinfda «Rasmga qarab soʼzlab berish» mavzusidagi dars – mashgʼulotni birga oʼtkazish. Sport maydonchasida yoki sport zalida maktabdagi jismoniy tarbiya mashgʼulotini birga bajarish;
• birinchi sinf oʼquvchilari va tayyorlov guruxi bolalari ishlagan rasmlarni birgalikdagi koʼrgazmasini tashkil etish;
• maktab ustaxonasida oʼquvchilarni mehnat mashgʼulotini kuzatish. Oʼquvchilar oʼzlari tayyorlagan oʼyinchoqlarni MTT bolalariga sovgʼa qilishadi;
• maktabda oʼqiyotgan bolalar oʼz MTTsiga kelishadi;
• «Maktab» oʼyini tashkil etish.
Bolalar MTTsi tarbiyachisi va boshlangʼich sinf oʼquvchisi faoliyatiga izchillik yaqqol namoyon boʼladi. Biri bolalarni tarbiyalash va taʼlim berishni boshlaydi, ikkinchisi davom ettiradi. Maktab bilan MTT oʼrtasidagi aʼloqa mustahkam boʼlgandagina bola tarbiyasidan koʼzlangan maqsadga erishish mumkin.
Bolalar MTTsi bilan maktab oʼrtasidagi aloqaning mazmuni va shakllari. MTT va maktab oʼrtasidagi aloqa ikki yoʼnalishda olib boriladi:
• Bolalar MTTsi bilan maktabning pedagoglar jamoasi oʼrtasidagi aloqa.
• MTT bolalari va boshlangʼich sinf oʼquvchilarini bir-birlariga yaqinlashtirish.
Tarbiyachilar boshlangʼich sinfda olib boriladigan taʼlim-tarbiyaviy ishning mazmunini, oʼziga xos tomonlari bilan tanishadilar, natijada MTTda bolani maktab talabi darajasida tayyorlash istiqbollari belgilab olinadi. Maktabning boshlangʼich sinf oʼquvchilari katta va tayyorlov guruxlarida olib boriladigan ishlar mazmuni bilan tanishib boradilar va maktabda taʼlim berishda bolalar egallagan bilim, malaka va koʼnikmalarga asoslanadilar. Bolalar MTTsi bilan maktab pedagoglarining oʼzaro aloqa oʼrnatishlaridan koʼzlangan asosiy maqsad bolalarni zamon talabiga javob beradigan darajada maktab taʼlimiga tayyorlash uchun oʼquv tarbiyaviy ishlar boʼyicha maktab bilan MTT oʼrtasida mustaxkam aloqa oʼrnatish, bolalarning maktabda muvaffaqiyatli oʼqib ketishlari uchun bolalar MTTsi va maktabda olib borilayotgan taʼlim-tarbiyaviy ishlarni chuqur taxlil qilib, bu soxada yuqori natijalarga erishishdir. Bolalar MTTsi bilan maktab pedagogik tashviqot, metodik va amaliy masalalar yuzasidan bir-biri bilan aloqa bogʼlaydi. Pedagogik tashviqot ishlari bolalar MTTsi maktabga tayyorlov guruxi tarbiyachisining va birinchi sinfda olib boriladigan taʼlim-tarbiyaviy ishlar vazifasi bilan tanishtirishni, maktabga tayyorlov guruxi va 1-sinf dasturi mazmunini, tayyorlov guruxi bolalari v maktabdagi 1- sinf oʼquvchilarining oʼziga xos xususiyatlarini oʼrganishni taqozo etadi. Bolalar MTTsi bilan maktab oʼrtasidagi uzviy aloqaning pedagogik vazifasi MTTning tayyorlov guruxida va maktabning 1-sinfida olib boriladigan taʼlim-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishdagi faoliyat shakllari va usullari bilan oʼzaro tanishishni taqozo etadi. Bu masalada MTTning tayyorlov guruxi tarbiyachilari maktabning 1-sinfida olib borilayotgan darslarni koʼzatadilar va dars, mashgʼulotlardan keyin birgalikda yigʼilishib uni muxokama qiladilar, ayrim metodikalar boʼyicha seminar-praktikumlarda qatnashadilar: ilgʼor tajribalar bilan oʼrtoqlashish, brlalarni maktabga tayyorlash boʼyicha yoki 1-sinfda bolalarga bilim berish boʼyicha pedagogik kengashlarni oʼtkazadilar. Bolalar MTTsi bilan maktab oʼrtasidagi aloqaning amaliy vazifasi, shundan iboratki, bir tomondan, oʼqituvchi MTTning tayyorlov guruxiga borib oʼzining boʼlajak oʼquvchilari bilan tanishib boradi, ikkinchi tomondan, tayyorlov guruxi tarbiyachilari oʼzlarining sobiq tarbiyalanuvchilarini birinchi sinfda qanday oʼqiyotganini oʼrganib boradilar.Bolalar MTTsi bilan maktab oʼrtasidagi uzviy aloqa samarali boʼlishi uchun quyidagi shartlarga amal qilish lozim. MTT bilan maktab oʼrtasidagi aloqa izchil amalga oshirilib borilishi, u uzoq muddatga moʼljallangan boʼlishi, amalga oshiriladigan ishlar, hal qilinadigan masalalar rejali tusda boʼlishi zarur.Hamkorlik asosini birgalikda ishlash boʼyicha tuzilgan istiqbol rejasi tashkil etib, unda oʼzaro aloqaning bosh vazifasi, mazmuni, ish shakllari, vaqti, bajarish uchun javobgar shaxslar koʼrsatilishi lozim.Maktab bilan MTT yil davomida manna shunday aloqa oʼrnatib borishi natijasida taʼlim-tarbiyaviy ishlar yaxshi natija beradi.Bolalarni maktab oʼquvchilariga yaqinlashtirish shakllari ham xilma-xil: maktabga ekskursiya uyushtirish, sinf xonasiga, kutubxona, bayram ertaliklari oʼtkazish va boshqalardir. Rejalar aniq, mazmunli boʼlsa va ogʼishmay amalga oshirilib borilsa, birgalikdagi ishlar boʼyicha istalgan natijalarga, muvaffaqiyatlarga erishish mumkin. Bu esa bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlashda, ularning maktabda qiynalmay oʼqib ketishlarida yaxshi samara beradi.
Oilada bolalarni xar tomonlama maktab taʼlimiga tayyorlash Bolaning maktab taʼlimiga psixologik rivojlanishning asosiy vazifalaridan biridir. Maktabga borish bola hayotida eng qiyin vaziyatlardan xisoblanadi. Bu hayotning yangi obraziga, faoliyatning sharoitlariga, jamiyatning yangi oʼrniga kattalar va tengdoshlari bilan muloqotga kirish davri hisoblanadi. Oʼquvchining vazifasi shundan iboratki, uning uchun oʼqish majburiy, jamiyatda oʼrinli faoliyat hisoblanadi. U oʼqituvchi, maktab, oila oldida javobgarlikni oʼz boʼyniga oladi. Oʼzaro muloqot oʼqituvchi va oʼquvchi oʼrtasida shakllanib boradi. Oʼqituvchi nafaqat oʼrnak koʼrsatadigan inson balki, u bola oldiga qoʼyilgan talablarni yetkazadigan jamiyat vakilidir. Oʼquvchining darsda oladigan bahosi uning oʼziga emas balki, oʼquvchi majburiyatlarini bajargan bilimiga qoʼyilgan obʼektiv bahosidir.
Maktab oʼquvchisining oʼqish faoliyati mazmuniga koʼra maktabgacha yoshdagi bolaning oʼziga xos faoliyat turlaridan farqli ajralib turadi. Bolalarga berilayotgan maktabdagi bilim fanga taalluqli xarakterga ega.
Аgar shu paytgacha boshlangʼich taʼlimga tayyorgarlikni koʼrilgan boʼlsa, endi u xaqiqatdan shunga intilgan guruh boʼlib, u 1-sinfdan boshlanadi. Uquvchi ishining formalaridan biri dars hisoblanadi. Bu darsda har bir daqiqa xisobga olingan boʼlib hamma bolalar oʼqituvchining koʼrsatmalariga rioya qilishlari kerak.
Maktab oʼquvchisining asosiy hayotiy majburiyati va faoliyati uning shaxs boʼlib shakllanishidagi ruhiy holati va bilimlari oldiga qoʼyilagan talablaridan biridir.
Maktab oʼquvchisi oʼqishga javobgarlikni xis qilgan xolda yondashishi kerak. Maktab hayotidagi qonun – qoidalarga rioya qilishi kerak. Yaxshi oʼqishi uchun u keng bilim doirasiga ega boʼlishi lozim. Maktab oʼquvchisi shunday sifatga ega boʼlishi kerakki, u bilim olishni, oʼqishni bilishi oʼqituvchi topshiriqlarini maʼnosini tushunishi kerak. Oʼz- oʼzini nazorat qilishi va oʼz-oʼziga baho berish bilimiga ega boʼlishi kerak.
Boladagi erkinlik xususiyatlari katta axamiyatga ega. Erkinlik nafaqat tashqi koʼrinishida balki, bolaning aqliy faoliyatida, diqqatida, xotirasida, fikrlashida oʼz oʼrnini topishi kerak.
Bola kuzatishni, eshitishni, eslab qolishni, oʼqituvchi tomonidan qoʼyilgan vazifalarni yechishni bilishi kerak. Bola hayotdagi voqelik bilan ilm-fanning oʼzviy bogʼliqligini fan oʼrganyapti. Bu tushuncha, ketma-ketlik bilan aqliy fikrlash doirasida boʼlishi kerak.
Maktab taʼlimga bolada psixologik tayyorgarlik uning maktabga borish davrida shakllanib boradi. Bu psixologik xususiyatlar oʼquvchini shakllantiradi va bu uning maktabdagi hayoti va faoliyati davomida shakllanib boradi. Maktabgacha boʼlgan davrda bu xususiyatlar shakllanib, maktab sharoitiga bolalarda istak xosil qiladi. Oʼqishga xoxish, qiziqish uygʼonadi. Koʼpchilik bolalarda bunday xoxish maktabgacha boʼlgan davrning soʼngida tugʼiladi.
Maktab oʼquvchisi bulish uchun oʼziga tortayotgan narsa – “Maktab- hayotining atributlari”, “Partada oʼtirish”, ”tanaffus”, “baholar”, “portfel”....
Bu narsalar oʼquvchilarda shunday namoyon boʼladi: - Maktabda menga yoqadigan narsa... “U yerda menga baho qoʼyishadi”, “MTTda tarbiyachi, maktabda oʼqituvchi ”
Bunday tashqi vaziyatlar oʼqishdan xam koʼra, jamiyatda oʼz oʼrnini oʼzlashtirish va boshqa insonlar oʼrtasidagi oʼrni bola uchun katta axamiyatga egadek koʼrinadi. Maktabga borish davri bolada psixologik tayyorgarlikni muxim oʼrni uning erkin rivojlanishidir. Turli bolalarda bu davr turli xil oʼtadi. Lekin 7 yoshga yaqinlashgada 1-sinfga kelishi bilan maktab va oʼqituvchi tomonidan qoʼyilgan xayotiy faoliyatiga tez kirishib ketadi.
Boshlangʼich sinfdagi taʼlim bolalarning oʼqish davrida ularning yoshini xisobga olgan xolda talablar xam qoʼyiladi.
Аqliy rivojlanish bolaning maktabga tayyorgarlik vaqtida 1-sinfga kelgan bola uchun bizni oʼrab turgan olam narsalar ularning xususiyatlari jonli jonsiz tabiatning xodisalari xaqida, odamlar ularning mehnati, “Nima yaxshiyu- nima yomon?”, yaʼni oʼzini qanday tutushi kerak, shu kabi zaxira bilimlari boʼlishi kerak. Maktab uchun bolalar tasavurida yigʼilgan bilimlar qanchaligi emas balki ularni toʼgʼri va aniqligi muxim rolь oʼynaydi. Yaxshi bilim olganda bolalar xodisaning xaqiqiyligini koʼra bila oladilar. Bunday tasavvurlar bolada maktab ilm fanini oʼrganishda katta yordam beradi. Sistematik ravishda xar bir fanni oʼrganish bu kelajakka intilish xisoblanadi.
Аgar oʼquvchi maktabga va oʼqishga qiziqishi yetarli boʼlmasa yangiliklar uni qiziqtirmasa oʼqituvchi oʼzoq muddatda oʼquvchi bilan ishlashi, qiziqishini uygʼotishi lozim. Tekshirishlar shuni koʼrsatadiki boshlangʼich sinflarda koʼproq qiyinchilik koʼproq qiyinchlik tugʼdiradigan bolalar: MTT yoshidan keyin toʼliq bilimga ega boʼlmagan bolalar emas, balki baʼzi “intelektual passiv” yaʼni oʼylashga firklashga misollar yechishga xoxishi boʼlmagan bolalar koʼproq qiynaydilar. Misol uchun 1-sinf bolasi bir misolni xech xam yecha olmadi xadeb ogʼziga kelgan raqamlari: 5,3,10 deb aytaverdi. Lekin xayotiy misol qilib “Otang senga 1 soʼm berdi Onang 1 soʼm berdi necha soʼm boʼldi?” deb soʼraganda xech oʼylamasdan “Аlbatta 2” deb javob berdi.
Аyrim bolalarda intelektual passivlik sezilganda ular bilan chuqurlashtirilgan tarzda tarbiyaviy ishlar olib borish kerak. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilim saviyasi yetarli boʼlsa boshlangʼich sinflarda yaxshi samara beradi. Maktabga borayotgan bola reja asosida predmetlarni oʼrganib ularning xususiyatlarini soʼzlab berishi kerak. Ular dunyo olam xaqidagi tushunchalarni albatta oʼqituvchi yordamida toʼliq fikrlay ola bilishi kerak. Maktabda bola birinchi kundanoq tashqi muxitdan foydalangan xolda oʼqituvchi tomonidan topshiriqlar oladi. Shunday topshiriqlardan biri “Chapga, yuqoriga, nuqtadan oʼng pastki nuqtalarni birlashtiring” yoki yana boshqacha topshiriq turi va unga vaqt berish uning bajarilishini kuzatishi kerak. Аyniqsa bolalarning fikrlashi qobiliyatiga talab kuchli. Bola tashqi muxit xodisalarni aniqlashi, taqqoslashi yoki boshqachaligini farqlay olishi kerak, ularni muloxaza qila olishi lozim. Darsda u oʼqituvchini kuzatishi va undan soʼng xulosa chiqara olishi kerak. Bunday fikrlash xususiyatlari shuni koʼrsatadiki maktabga kelgan bola 1-sinf dasturini toʼliq egallay oladi.
Ruxiy rivojlanishning xususiyatlaridan biri bolaning maktabda oʼqishda uning ogʼzaki, maʼnoli, ketma-ket soʼzlashib koʼrib turgan narsalarning taʼriflashini bilishi kerak. Bolaning maktabga psixologik tayyorgarligi shaxsiy xususiyalarida namoyon boʼladi, u sinfdagi jamoaga kirishib borishga, oʼz oʼrnini topishga intiladi.

Download 116.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling