Kirish I bob. Oqsil strukturalarini va uning modellari


Download 1.28 Mb.
bet1/19
Sana21.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1368114
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
OQSIL STRUKTURALARINI OLDINDAN AYTISH VA MODELLASHRTIRISH



OQSIL STRUKTURALARINI OLDINDAN AYTISH VA MODELLASHRTIRISH


Mundarija:

KIRISH…………………………………………………………………………….2

I BOB. OQSIL STRUKTURALARINI VA UNING MODELLARI

1.1. Oqsil strukturalarini uzatilish jarayoni va uning asosiy vositalari……....5


1.2. Oqsil strukturalarining turlari va modellari………………………...……10
II BOB. BIOINFORMATIK TAHLILLAR
2.1. Protein ketma-ketligini o‘z ichiga olgan qo‘shimcha bioinformatik tahlillar....................................................................................................................27
2.2. Proteinli bioinformatik resurslar..................................................................30
2.3. Expasy, Shveytsariya bioinformatika resurs portali, uning foydalanuvchilari tomonidan ishlab chiqilishi....................................................35
XULOSA VA TAVSIYALAR…………………………………………….……..45
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………..………………..48
ILOVALAR…………………………………………………………………..…..52
KIRISH
“Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo’lib, dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi, baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”
Sh.M.Mirziyoyev

Oqsillarning strukturasi va xususiyatlarini in silico sharoitida o‘rganish.


Oqsil strukturasini oldindan aytish va o‘rganish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar. Ramachandra xaritalari. Barqarorlik va oqsillar foldingi. Gidrofoblik profilining tahlili. Strukturaviy tekislanishlar. Oqsil strukturalarini modellashtirish va oldindan aytish. Genomlarda oqsil strukturalarini aniqlash.
Mavzuni dolzarbligi: Proteomika yaqin yillarda paydo bo‘lgan yosh fanlardan biri hisoblanadi. XX asrning ikkinchi yarmida biokimyo, molekulyar biologiya va xisoblash texnikasi jadal sur'atlar bilan rivojlandi. Shunga bog‘liq ravishda DNK taxlili bilan bog‘liq fanlar ham rivojlangan, aynan mana shu davrda 2 ta yangi biologiya fanlari vujudga keldi: 1987 yilda ilmiy nashrda “genomika” atamasi ilk bor qo‘llanilgan bo‘lsa, 1993 yilda esa “bioinformatika” atamasi paydo bo‘lgan.
Bugungi kunda sanoatning yuqori suratlar bilan takomillashuvi ishlab chiqarish texnologiyalarini rivojlantirish bilan birga radiatsiya nurlarining ko’payishi turli kasalliklar ehtimolining ortishiga ham olib kelmoqda .Ayniqsa bu kasalliklarni mutatsiyaga uchrab turli organizmlarda turlicha kechishi kuzatilmoqda.
Shu bois bu muammoni hal qilish uchun mutatsion jarayonlarni,ularni kelib chiqish sabablarini o’rganish muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda.
Bugungi kunda biz talaba yoshlarning oldimizda turgan asosiy vazifalardan biri yuqori malakali kadrlar bo’lib yetishish,shuningdek kasbimizni puxta
egallash,chuqur bilimga ega bo’lish va bu asosida fan rivojiga munosib hissa qo’shishdir.Biologiyaning yangi yo’nalishi hisoblangan “Genetika “ning yuqori suratlar bilan rivojlanayotganligi ham mutatsion kasalliklarni oldini olish va davolash uchun bugungi kunda dasturi amal bo’lib xizmat qilib kelmoqda.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling