Kirish. I. Bob. Tarbiya darslarida o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash pedagogik muommo sifatida
II.BOB.TARBIYA DARSLARIDA O‘QUVCHILARNING VATANGA MUHABBAT RUHIDA TARBIYALASH
Download 67.26 Kb.
|
TARBIYA DARSLARI ORQALI O\'QUVCHILARNI VATANPARVARLIK TUYG\'USINI TARBIYALASH METODIKASI
II.BOB.TARBIYA DARSLARIDA O‘QUVCHILARNING VATANGA MUHABBAT RUHIDA TARBIYALASH.
2.1. Tarbiya darsi jarayonida o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning vositalari . Tarbiya darsi jarayonida o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yollari va vositalarini bilishimiz va darslarni tashkil etishda o‘qituvchi mahorati alohida o‘rin tutadi. O‘zbek halqining qadim-qadimdan shakllanib kelayotgan ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan odob – axloq qoidalari mavjud. Unga ko‘ra odamlarni hurmat qilish, bir-biriga hurmatda bo‘lish, mehr-oqibat, mehr-muruvvat kabi sifatlar mavjudki bu sifatlar millatimizning qon-qoniga singib ketgan. Shuningdek ajdodlarimiz merosida o‘zga halqlarga hurmat bilan qarash, ularnini ranjitmaslik musulmonchilik sifatlaridan biri ekanligi ko‘rsatilgan. X1 asr tasavvuf ta’limoti vakillaridan biri Ahmad Yassaviyning “Hikmatlar” asarida shunday deyiladi: Sunnat ermish, kofir o‘lsa berma ozor, Ko‘ngli qattiq dilozordan xudo bezor. Olloh haqi bunday qulga sijjin tayyor, Donolardan eshitib bir so‘z dedim mano. Demak hatto boshqa millat va boshqa din, e’tiqod vakillariga ham hurmat bilan qarash lozimligi bu hikmatda ko‘rsatilgan. Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonida asosiy qahramonlar – Farhod Chin elining farzandi, Shirin arman qizi, Shopur eron yigiti, lekin ular o‘rtasidagi do‘stlik va muhabbat har qanday sharoitda ham g‘alaba qozonadi. Bu bilan Alisher Navoiy halqlar, elatlar, ularning urf-odat, an’analari, odatlari har xil bo‘lganligi bilan insoniylik, hamjihatlik doim qadr topishini ko‘rsatadi. O‘zbek halqining qadim-qalimdan shakllanib kelayotgan odob axloq qoidalari, insonlararo munosabatlar o‘quvchilarda o‘z vataniga, o‘z halqiga muhabbatni tarbiyalashga xizmat qiladi. O‘quvchilarga ijobiy sifatlarni singdirishda ajdodlarimizning hayotiga doir hikoyatlar, rivoyatlar ham katta ahamiyatga ega. Shunday rivoyatlardan biri: Bir kishi Luqmoni Hakimdan: Odobni kimdan o‘rgandingiz ? – deb so‘raganda “Odobni odobsizdan o‘rgandim”, deb javob qilgan ekanlar O‘quvchilarini tarbiyalashda eng yuksak tuyg‘u Vatan tushunchasini singdirish Vatanga mehr-muxabbat ruhida tarbiyalash biz tarbiyachilarning birinchi navbatdagi vazifamizdir. Vatanni sevmoq imondandir deyiladi, Hadislardan birida. Inson dunyoga kelib ko‘z ochib ko‘rgani uning Ona yurti, Ona vatani bo‘lib hisoblanadi. Bolalarga mana shu tuyg‘ularni singdirish uchun, she’riyatdan, adabiyotdan, halq og‘zaki ijodidan keng foydalanish yaxshi samaralar berishi tayin. Shu sababli o‘quvchilarni eng boshlang‘ich davridan boshlaboq, Vatanni sevishga unga sadoqat, mehr-muxabbat ruhida tarbiyalash har birimizning oldimizda to‘rgan oliy maqsad bo‘lib hisoblanadi. Biz pedagogik-amaliyot davomida shunday eksprimental tadqiqot ishlarini olib bordik. Bizga darslar jarayonida iloji boricha Vatan, Vatan sharafini himoya qilish, Ona, unga mehr-muxabbat qadr-qimmat tushunchalarini bolalar ongiga singdirishga harakat qilishimz kerak. Download 67.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling