Kirish. I. Bob. Tarbiya darslarida o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash pedagogik muommo sifatida


Download 67.26 Kb.
bet1/6
Sana17.06.2023
Hajmi67.26 Kb.
#1549357
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
TARBIYA DARSLARI ORQALI O\'QUVCHILARNI VATANPARVARLIK TUYG\'USINI TARBIYALASH METODIKASI


KIRISH.
I.BOB.TARBIYA DARSLARIDA O‘QUVCHILARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASH PEDAGOGIK MUOMMO SIFATIDA.
1.1. O‘quvchilarning vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning mohiyati.
1.2. Maktab o‘quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda tarbiya fanining ahamiyati.
II.BOB. TARBIYA DARSLARIDA O‘QUVCHILARNING VATANGA MUHABBAT RUHIDA TARBIYALASHNING YO‘L VA VOSITALARI.
2.1. Tarbiya darsi jarayonida o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
2.2. Dars jarayinida maqol va hikmatli so‘zlardan foydalanib,o‘quvchilarni vatanparvarlik tuyg'usini shakllantirish.
XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI.

KIRISH.
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi.Mavzuning dolzarbligi. Respublikamizdagi ijtimoiy – iqtisodiy o‘zgarishlar ta’lim sohasida tub islohotlarni talab qilmoqda. Chunki, jamiyat taraqqiyotida yuqori rivojlanish bosqichini boshdan kechirayotgan mamlakatlar tajribasida ta’lim – tarbiyaga alohida e’tibor qaratilganligi va uning jamiyat rivojiga ta’siri insoniyat tomonidan e’tirof etilmoqda.
Vatan ravnaqi avvalo uning farzandlariga, ularning ma’naviy va jismoniy kamolotga bevosita bog‘liq”.
Shaxsning barkamolligida ta‘lim – tarbiyaning roli nihoyatda muhimligi pedagogik manba‘larda keng miqyosda asoslangan. Faqatgina chinakam ma‘rifatli odam inson qadrini, millat qadriyatlarini, bir so‘z bilan aytganda, o‘zligini anglash, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o‘ziga munosib, obro‘li o‘rin egallashi uchun fidoiylik bilan kurashish mumkin”.
Demak, ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotda jahon xamjamiyatiga kirish, tenglar ichida teng qadam tashlamoq uchun, ta’lim – tarbiyada halqimiz tajribasida sayqal topib, uzoq asrlardan buyon ta’lim – tarbiya vositasi bo‘lgan milliy qadriyatlarimizni e’zozlash, ularning yosh avlodni axloqiy-estetik shakllantirishdagi mohiyatini teran his etmoq, hayotiy zaruratga aylandi.
Darhaqiqat, kelajagi buyuk davlat yaratish, halqning turmush madaniyatini oshirish inson aql – tafakko‘rini kuchga kiritishga imkon ochilayotgan davrda barcha imkoniyatlarni ishga solmaslik, «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» tamoyillarini bajarishga hissa qo‘shmaslik, fuqarolik burchini anglamaslik bilan tengdir.
«Chindan ham, vatan tuyg‘usi, vatan tushunchasi biz uchun sajdagohday muqaddas, sajdagohday pok va ulug‘ bo‘lmog‘i kerak»
Mustaqillikning hayotbaxsh sharofati o‘laroq o‘tmishga nazar solsak, biz qanday yutuqlarga erishdik (Maktablar soni va terining ko‘payishi, ma’lumotlilar sonining ortishi) va qaysi o‘rinda kamchiliklarga yo‘l qo‘ydik (kishilar o‘rtasida o‘zaro hurmat, imon, e’tiqod, sharm – hayo, ota – ona qadri, oilaviy burch) ayon bo‘ladi.
Tadqiqotimizning mavzusi tarbiyaiy o‘tmishni tahlil etishni taqozo etmaydi, balki kelajak avlodni baxtiyor ko‘rmoq uchun bugun nimalarga e’tibor qaratish, qanday ishlarni amalga oshirishni jadallashtirish zarurligini ilmiy – nazariy jihatdan talqin etadi. Zero “O‘z tarbiyaini bilmaqdigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo‘q. Bu haqiqat kishilik tarbiyaida ko‘p bora o‘z isbotini topgan”.
Ayniqsa, yoshlarda Vatan tuyg‘usini shakllantirish Vatanimiz o‘tmishi, madaniyati, ma’naviyatini o‘rganish asosida hozirgi kundagi asosiy vazifalarni anglab yetmoqlik muqaddas ona Vatanni buguni va kelajagi ana shu yosh avlodga bog‘liqligini har bir yuragida o‘ti bor Vatan farzandi Vatan istiqlolini himoya qilishga har doim tayyor turishi, Vatani madaniyati, ma’naviyati va ma’rifatini rivojlantirish, uni dunyo sivilizatsiyasi darajasiga yetkazish uchun mas’ul ekanini anglab yetmoqlikka tayyorlash zarur.

Download 67.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling