Kirish. I. Bob. Tarbiya darslarida o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash pedagogik muommo sifatida


Dars jarayonida maqol va hikmatli so‘zlardan foydalanib ,o‘quvchilarni vatanparvarlik tuyg'usini shakllantirish


Download 67.26 Kb.
bet5/6
Sana17.06.2023
Hajmi67.26 Kb.
#1549357
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
TARBIYA DARSLARI ORQALI O\'QUVCHILARNI VATANPARVARLIK TUYG\'USINI TARBIYALASH METODIKASI

2.2. Dars jarayonida maqol va hikmatli so‘zlardan foydalanib ,o‘quvchilarni vatanparvarlik tuyg'usini shakllantirish .
O‘qituvchi dars jarayonida maqol va hikmatli so‘zlardan foydalanib dars o‘tsak o‘quvchilarga ko‘proq vatanparvarlik tuyg'usini qadim qadimdan va hozirgi avloddan avlodga o‘tib kelayotganini ham dars jarayonlarida o‘rgata olishimiz maqsadga muvofiq b'oladi.
O‘zbek halqining qadim-qalimdan shakllanib kelayotgan odob axloq qoidalari, insonlararo munosabatlar o‘quvchilarda o‘z vataniga, o‘z halqiga muhabbatni tarbiyalashga xizmat qiladi. O‘quvchilarga ijobiy sifatlarni singdirishda ajdodlarimizning hayotiga doir hikoyatlar, rivoyatlar ham katta ahamiyatga ega. Shunday rivoyatlardan biri:
Bir kishi Luqmoni Hakimdan: Odobni kimdan o‘rgandingiz ? – deb so‘raganda “Odobni odobsizdan o‘rgandim”, deb javob qilgan ekanlar
O‘quvchilarini tarbiyalashda eng yuksak tuyg‘u Vatan tushunchasini singdirish Vatanga mehr-muxabbat ruhida tarbiyalash biz tarbiyachilarning birinchi navbatdagi vazifamizdir. Vatanni sevmoq imondandir deyiladi, Hadislardan birida. Inson dunyoga kelib ko‘z ochib ko‘rgani uning Ona yurti, Ona vatani bo‘lib hisoblanadi. Bolalarga mana shu tuyg‘ularni singdirish uchun, she’riyatdan, adabiyotdan, halq og‘zaki ijodidan keng foydalanish yaxshi samaralar berishi tayin. Shu sababli o‘quvchilarni eng boshlang‘ich davridan boshlaboq, Vatanni sevishga unga sadoqat, mehr-muxabbat ruhida tarbiyalash har birimizning oldimizda to‘rgan oliy maqsad bo‘lib hisoblanadi. Biz pedagogik-amaliyot davomida shunday eksprimental tadqiqot ishlarini olib bordik. Bizga darslar jarayonida iloji boricha Vatan, Vatan sharafini himoya qilish, Ona, unga mehr-muxabbat qadr-qimmat tushunchalarini bolalar ongiga singdirishga harakat qilyapmiz. Quvnoq daqiqalarda va darsni boshlashdan oldin dars oxirida yuqoridagi mavzularda she’rlar, o‘zbek halq maqollari, do‘stlik birodarlik borasidagi. Hadislar, o‘git nasixatlardan keng foydalandik va tez kunda o‘z ijobiy natijasini ko‘rsatdi. Bolalarga Vatan, Ona, non, do‘stlik haqidagi savollar bilan murojaat qilganda tutilmay tez va aniq javob qaytarish malakasiga ega bo‘lganligini ko‘rdik. Ular o‘z fikrlarini xatto she’rlar bilan maqollar bilan ifodalashga harakat qiladilar.
A.Navoiyning g‘azal, ruboiylaridan, A.Yassaviy hikmatlaridan yod olishdi va bular sinfdan tashqari bo‘ladigan tadbirlarda juda qo‘l keldi.
Bizning mamyaakatimizda yuqoridagi sifatlarni yoshlarda tarbiyalashda tarbiya darslari muhim ahamiyatga ega. Tarbiya darsi yosh avlodni axloqiy yetuk hamda goyaviy yuksak kadrlar etib tarbiyalash uchun katta imkoniyatlarga ega. Yoshlarning ma’naviy rivojlanishi ma’naviy boylik, axloqimizda bilinadi .

Xulosa.
Vatanimiz tarbiyai shundan dalolat beradiki, hamma davrlarda ham xalqni birlashtirishga qaratilgan qiyinchilik va mashaqqatlarni yengib o‘tishga yordam beruvchi bog‘lovchi omillardan biri vatanparvarlik bo‘lgan.
Vatanparvarlik - Vatanga, muhabbat, unga sadoqat, o‘z harakatlari bilan uning manfaatlariga xizmat qilishga intilishdir.
Yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va fuqarolik shakllanishi muammosi bugungi kunda mamlakatimiz davlati, jamiyati va ta’lim muassasalarining dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.
Maktab o‘quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash o‘quvchilarda yuksak vatanparvarlik ongini, o‘z Vataniga sadoqat tuyg‘usini, Vatan manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha o‘z fuqarolik burchi va konstitutsiyaviy majburiyatlarini bajarishga tayyorligini shakllantirishga qaratilgan tizimli va maqsadli faoliyatdir.
Vatanparvarlik tarbiyasining maqsadi shaxsda fuqarolik mas'uliyatining, ma'naviyatning yuksak ijtimoiy faolligini rivojlantirish, ularni ijodiy jarayonda, Vatan manfaatlari yo‘lida namoyon etishga qodir ijobiy qadriyatlar va fazilatlarga ega shaxsni shakllantirishdir. .
Shaxsini shakllantirish, uning fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi. Tarbiya vatanparvar, fuqaroni yaratuvchi qudratli va abadiy barhayot kuchdir.
Mana mening vazifam – tarbiya o‘qituvchisining vazifasi – bolalar qalbida o‘z yurti, oilasi, ona yurti tarbiyaiga hurmatni saqlash; shaxsning vatanparvarlik tuyg'ularini, fuqarolik fazilatlarini tarbiyalash. Tarbiya darslari o‘quvchilarda fuqarolik, vatanparvarlik tuyg‘ularini tarbiyalashga hissa qo‘shishga qaratilgan. O‘quvchi Vatan g‘oyasini o‘zlashtirib, unga mehr-muhabbat, ishtiyoq, uning buguni va kelajagi haqida qayg‘urish, o‘z qadr-qimmatini ko‘taradi, Vatan qahramonlaridek bo‘lishga intiladi. Tarbiya darslarida Vatan qahramonlarining jasoratlari, xalqning ajnabiy bosqinchilarga qarshi qahramonona kurashi, olimlar, iste’dod sohiblari – vatandoshlarning erishgan yutuqlari tarbiya darslarida bolalar uchun vatanparvarlikning ajoyib namunasidir.
Deyarli hech bir tarbiya darsi munosib shaxslarni o‘rganmasdan o‘tmaydi. Qahramonlarning jasoratlarini ochib berish, o‘quvchilarni olis ajdodlarimiz va yaqin o‘tmishdoshlarimiz nima uchun Vatan manfaati yo‘lida o‘z boyligini, muhabbatini, hayotini fido qilganliklarini anglab etishlari zarur.


Download 67.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling