Kirish. I. Bob. Tarbiya darslarida o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash pedagogik muommo sifatida


Kurs ishining maqsadi va vazifalari


Download 67.26 Kb.
bet2/6
Sana17.06.2023
Hajmi67.26 Kb.
#1549357
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
TARBIYA DARSLARI ORQALI O\'QUVCHILARNI VATANPARVARLIK TUYG\'USINI TARBIYALASH METODIKASI

Kurs ishining maqsadi va vazifalari: Tarbiya darslari orqali o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yuksak insoniy fazilatlarni egallash imkoniyatlarini aniqlash va ulardan vatanparvarlik tarbiyasida foydalanish yo‘llari va usullarini ishlab chiqish.
Tarbiya darslari orqali o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning mazmuni.
Tarbiya darslari orqali o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash jarayoni.
mavzuga oid ilmiy adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish.
Tarbiya darslari orqali o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash imkoniyatlarini aniqlash;
- o‘quvchilar va o‘qituvchilar bilan suhbat, anketa, test va boshqa ilmiy-tadqiqot metodlarini qo‘llab o‘quvchilarda vatanparvarlik hislarini shakllanish va rivojlanish darajasini o‘rganish;
Tarbiya darslarida ta’lim – tarbiya jarayonida halq og‘zaki ijodidan keng doirada foydalanib, o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning yo‘l va usullarini ishlab chiqarish;
Tarbiya darslari orqali o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir tavsiyalar tayyorlash.
Kurs ishining o‘rganilish darajasi. Barkamol avlodini shakllantirishda ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri.
Jumladan, bu masala yuzasidan yurtimiz ziyolilari, olim va peda-goglari jiddiy izlanishlar olib bordilar. Xususan, A.Ibroximov, X.Sultonov, N.Jurayevlar, A.Meliboyev, M.Isokova, S.Axmedov va Sh.Rizayevlarni ilmiy asarlari va boshqa ko‘plab olimlarning to‘plamlari yuzaga keldi
Qadriyatlar, ularning turlari, milliy va umuminsoniy qad-riyatlarning o‘zaro aloqadorligi va mushtarakligini ta’minlash muammo-larini yoritishda H.Po‘latov, S.SHermuhamedov, A.Valiyev, E.Yusupov, J.To‘lenov, A.Jalolov, K.Nazarov kabilarning ilmiy-tadqiqotlari diq-qatga molikdir.
Bu borada o‘tmish allomalarimizdan Abu Nasr Forobiyning "Ixso al-ulum", Abu Rayhon Beruniyning "Xindiston", "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar", Abu Ali ibn Sinoning "Donishnoma", "Kitob un-najot", "Kitob ishorat va tanbihot", Yusuf Xos Xojibning "Qutadg‘u bilig", Kaykovusning "Qobusnoma", Ahmad Yugnakiyning "Hibat ul-Xaqoyiq", Alisher Navoiyning "Max,bub ul-qulub", "Nazm ul-javohir", "Arbain" va boshqa ko‘plab asarlarida pedagogikaning muammolari tadqiq etilgan. Bu jixatdan, ayniqsa, Imom Ismoil al-Buxoriyniig "Al-adab al-mufrad", "Saxih.", Imom at-Termiziyping "Sunai", kabi asarlaridan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash vositasi sifatida foydalanish mumkin.

Download 67.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling