Kirish I bob. Tilda ko’chma ma’nolilikning hosil bo’lishi
Download 118.38 Kb.
|
Badiiy nutqda metafora ozoda1
3.2. Metafora-epitet
. Epitet (sifatlash). Yunon - epitheton so’zidan olingan bo’lib,so’zma-so’z tarjima qilganda izohlovchi dagan ma’noni bildiradi . Ammo u doimiy aniqlovchilardan o’zining ekspressivligi , ko’chma ma’noda ishlatilishi bilan farq qiladi. Epitet- poetic aniqlovchi. Unarsa yoki hodisaning biror tomonini , biror xususiyatini yoki belgisini alohida ta’riflab ko’rsatish , alohida baholash uchun predmet , voqea nomini bildiruvchi so’z oldidan qo’shimcha ravishda ishlatiladigan so’zdir. _____________________________ 11. Умиров И.Э. Ўзбек тил и парафразалари: филол. фанлари номзоди ... дисс. -Тошкент, 1996. Predmet nomi oldidan keltiriladigan har qanday aniqlovchi ham emotsional qimmatga ega bo’lavermaydi. Oddiy , tarixiy ,traditsion epitetlar ham borki, ular kishida hech qanday hayajon , hissiy to’lqin o’yg’ota olmaydi. Yaproqlqr shitirlar oyoq ostida Oltin kuz va bayram bir-biriga ko’rk (A.Mutor.,,Toshkentliklar’’). So’raymanki, shu qora kozlarning vafosi yo’qolmasin. Misollardan keltirilgan qora ko’z va oltin vodiy birikmalaridagi qora, oltin so’zlari yangi yangi kitob ,oq og’oz, qorong’i kecha , eski mashina so’zlari kabi odatdagi aniqlovchi bo’lib, ularda hech qanday emotsionallik yo’q.Bu so’zlar ayni paytda ,neytral qimmqtdagi so’zlardir – ular faqat predmetning qandaydir belgisini ko’rsatish uchun xizmat qiladi. Bunday aniqlovchilarni ba’zan epitetdan farqlash uchun logic aniqlovchilar deb yuritadilar. Agar biz huddi shu birikmalardan , qora, yangi, eski, qorong’i so’zlarini , uning birikishi uchun xarakterli bo’lmagan konstruksiyada boshqa so’zlar bilan birga qo’llasak , ularda metaforik ma’no hosil bo’lishi mumkin: ko’ngli qora odam, eski og’izdan yangi so’z,balandparvoz kishi,chiroq yoqib qarasangiz ham u kishining ichidan bir yaxshi so’z topolmaysan kabi birikma va gaplarda , buzningcha, eski qorong’i , qora so’zlari birinchi holatdagi kabi emas albatta . Chunki bu birikma va gaplarda so’zlovchining tasvirlanayotgan predmetga munosabati sezilib turibdi. Bunday sifatlar ancha nursiz , sayoz bo’lsa ham , har holda metaforik epitetga yaqinlashadi. Hamid Olimjonning ,, Men bir qora tunda tug’ildim, tug’ildim-u, shu on bug’ildim deganida esa, qora so’zi orqali turmushni ,, qora tun’’ga o’xshatadi va so’zga zo’r emotsiya beradi. Bu yerda qora so’zi endi to’liq epitet sifatida qarash kerak. Oddiy aniqlashdan epitetning eng asosiy farqi shundaki, u ayni paytda , tasvirlanayotgan narsaning so’zlovchi nuqtai nazaridan muhim deb hisoblagan Tomoni ta’kidlab , bo’rttirib ko’rsatadi. Ochig’ini aytganda , haqiqiy badiiy epitet so’zning ko’chma ma’nosi asosida paydo bo’lishi lozim. Chunki poetic asarlarda prozaik asarlarga nisbatan so’zning estetik va emotsional ta’siri kuchliroq bo’lishi kerak. Bunday epitet ko’pincha qisqargan metaforaga o’xshab ketadi. Shuning uchun bunday epitetlar metaforik epitetlar deb yuritiladi. Epitet yozuvchining maqsadi va epitetning mazmun nuqtai nazaridan tasviriy va lirik deb ikkiga bo’linadi. Download 118.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling