Kirish I bob. Tilda ko’chma ma’nolilikning hosil bo’lishi
Download 118.38 Kb.
|
Badiiy nutqda metafora ozoda1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-bob . METAFORANING IKKILAMCHI NOMINATSIYANING TURI EKANLIGI 3.1 . Metafora-perifraza
BOB BO’YICHA XULOSA
Ko‘chma ma’no biror so‘z leksik ma’nosi referenti bilan obyektiv borliqdagi narsa, voqelik, harakat, holat, belgi yoki sezgi kabilardan biri bilan aloqador yoki munosabatda bo‘lganligi uchun, uning nomida atalib kelishi orqali vujudga keladi. Ya’ni so‘z leksik ma’nosi ikkinchi bir leksik ma’noni hosil qiladi. Shu sababli keyingi leksik ma’no metafora deb ataladi. Xulosa qilib aytganda, metaforik qo’llanish so’zning sintaktik bog’lanish imkoniyatiga (valentligiga) ta‘sir etadi. Biroq so’zning ko’chma ma‘noda qo’llanilishi uchun uni muayyan sintaktik pozitsiyaga xoslab bo’lmaydi. Tilshunoslikning uzoq asrlik tarixi, aftidan, hozirgi kunda ushbu hodisa ham kam o’rganilgan deyilishga asos qoldirmadi. Darhaqiqat, qaysi sohaga qo’l urilmasin, bu borada qilingan yuzlab arzirli kuzatishlar va ilmiy xulosalar, yana ham ko’proq amaliy kuzatish natijalariga duch kelamiz. Metafora borasida ham shu fikrni aytish mumkin. So’zlarni metaforik ma‘noda qo’llashning asosiy vazifasi nutqning obrazliligini, tasviriyligini oshirish bo’lsa, shu obrazlilik va tasviriylik asosida matnda yuzaga keluvchi emotsional-ekspressivlik konnotativ ma‘nodir. Metafora juda keng miqyosli hodisa bo’lib, metaforik qo’llangan so’z sintaktik-stilistik chegaralarni bilmaydi. Metafora – lirik subyekt kayfiyatini berish, emotsional tonallikni belgilashning tengsiz vositasi. Yozuvchi yoki shoir she‘rlarining ta‘sirchanligini, obrazliligini oshirishda, umuman, konnotativ ma‘no hosil qilishda metaforalardan unumli foidalaniladi. 3-bob . METAFORANING IKKILAMCHI NOMINATSIYANING TURI EKANLIGI 3.1 . Metafora-perifraza Metaforani nom ko‘chishning boshqa usullaridan farqlovchi obyektiv yoki subyektiv o‘xshashlikka asoslanish belgisi murakkab jarayon bo‘lib, ikki omil bilan belgilanadi. 1.Metaforada ko‘chishning ko‘chish bazasi har doim ham to‘la, aniq bo‘lavermaydi. Masalan, “oltin bosh”, ko‘chayotgan so‘z oltin aynan qaysi so‘z o‘rnida kelayapti - noaniq. Balki “qimmatli”, “aqlli”, “dono” va hokazo. Ammo bu noaniq. Sanab o‘tilgan so‘zlarning har birida oltin bilan mutanosib sema bor. 2. O‘xshatish subyektiv hosil qilinganda esa, hosil qiluvchidan boshqa shaxs uchun o‘xshashlikni tiklash qiyin kechadi, hatto umuman mumkin bo‘lmaydi. Masalan, kimdir sevgan odamini “chumchuqcham” desa, chumchuqni yoqtirmaydiganlar bu metafora asosini topa olmaydilar. Bunday atashda mehr yoki mazah yotganligini farqlay olmaydilar. Demak, metafora asosida turuvchi o‘xshashlik metafora tabiatiga ta’sir o‘tkazadi. Shunga ko‘ra metafora – o‘xshatish ochiq bo‘lganda tushunarli, o‘xshatish hosil qilinganda tushunarsiz, o‘xshatish yo‘qolganda sezilarsiz bo‘ladi. O‘xshashlikning yo‘qolishi metaforik qo‘llanuvchi so‘zlarni oddiy nomlarga aylantirib qo‘yadi.1 A. Avelichevning fikricha, metafora so‘zlovchining quyidagi ehtiyojlaridan kelib chiqadi: birinchidan, bir narsani nomlash, ikkinchidan, nomlanganda ham nomning “gapiradigan bo‘lish zaruriyati”2. ______________________________ 1. Мамажонов С. Услуб, образ, тасвирий воситалар// Шарк юлдузи. 1969, № 6. 2. Холмуродова М.Ф. «Кутадгу билиг» лексикаси. Филол. фан. PhD дисс. автореф. - Тошкент, 2019. - 24 б. (Xolmurodova M.F. «Qutadg'u bilig» leksikasi. Filol.fan. PhD diss. avtoref. - Toshkent, 2019. - 24 b.) Bu yerda nomlash atamasi ostida bir-biridan mohiyatan farq qiluvchi ikki xil hodisa nazarda tutiladi. 1. Nomsiz narsani nomlash; 2. Nomli narsaga qayta nom berish (ikkilamchi) Nomsiz narsani nomlash zaruriyatini tushuntirib o‘tirishga hojat yo‘q, chunki nom inson bilimi faoliyatining eng zaruriy uzvidir. Ammo ikkilamchi nomlash zaruriyati nimadan kelib chiqadi? Bu zaruriyat mavjud bo‘lgan nom so‘zlovchi nuqtai nazaridan ayni nutqiy sharoitni ta’minlay olmay qolganda yuzaga keladi. Ayrim tilshunoslar so‘zning ko‘chma ma’nosi ikkilamchi nominatsiya natijasidir deb hisoblaydilar. Agar muayyan so‘zda ayni jarayon (ikkilamchi)da qatnashish imkoniyati bo‘lmasa, u bu jarayonda qatnasha olmaydi. Bunday imkoniyat esa so‘z sememasi (ma’nosi)ning tarkibiy qismlari - semalarining nisbiy mustaqillikka erisha olish qobiliyatidir. Ya’ni ikkilamchi nominatsiya uchun zaruriy semalar yorqinlashadi, mustaqillashadi va mutanosib semaga ega bo‘lgan boshqa bir so‘z bilan sintagmatik aloqaga kirishadi. Natijada ikkilamchi nominatsiya vujudga keladi. Demak, ko‘chma ma’noni o‘rganish Aristotel zamonidan boshlanib shu kunga qadar davom etib kelmoqda. Jahon tilshshunosligida ko‘chma ma’noni olimlar Aristotel ta’rifiga tayangan holda tadqiq qilganlar va o‘rganganlar. Keyinchalik o‘zbek tilshunoslari ham jahon tilshunos olimlarining tadqiqotlariga tayangan holda ko‘chma ma’nolar ustida ilmiy izlanishlar olib borganlar. Natijada metafora o‘zbek tilshunosligida o‘z o‘rniga ega hodisalardan biri bo‘lib qoldi. XX asrning 50-yillarida perifrazalar dunyo tilshunosligida, ayniqsa, rus tilshunosligida I.Z.Ilina, , V.P.Utkinalar tomonidan lingvistik jarayon sifatida boshqa hodisa yoki vositalar (istiora (metafora), metonimiya, sinekdoxa, majoz (allegoriya), kinoya, sifatlash (epitet), kichraytirish (litota), mubolog'a (giperbola)) bilan bog'liq holda tasvirlangan. Perifrazalar emotsional- ekspressivlik ma'nolarini o'zida mujassamlashtirgan, so'zlovchining xarakter- xususiyatini ochib beruvchi, tasviriy obrazlar orqali ifodalangan erkin ibora yoki butun jumla shaklida ma'noga ega bo'lgan tilning uslubiy vositalaridan biri sifatida talqin etib kelingan. , I.R.Galperin perifrazaga «bir predmetning ma'lum bir xususiyatini ko'rsatish uchun uni boshka nom bilan atashdir» deya ta'rif berib, perifrazalarni til perifrazali va nutq perifrazali kabi turlar orqali izohlaydi. Til perifrazalarining ko'p qo'llanilishi va kontekstdan tashqarida xam tushunarli bo'lishini ta'kidlaydi. U nutqiy perifrazani mantiqiy va metaforik perifrazaga ajratadi. Metaforik perifraza metafora yoki metonimiyaga, mantiqiy perifraza esa predmetning o'ziga xos biror-bir xususiyatiga asoslangan bo'lishi haqidagi izoh bilan to'ldiradi . Umuman, dunyo tilshunosligida perifrazalar talqiniga bag'ishlangan juda ko'plab monografik tadqiqotlar olib borilgan, barcha izlanishlarda bu atama «perefras», «perifrazis», «perifrasis», «perifraza» «parafraz», «parafraza», «parafrazis» kabi fonetik hodisalarning variantlashuvi asosida izohlanganligiga guvoh bo'ldik. «Parafraza» va «perifraza» atamalarida «para» ham, «peri» ham yunonchadan olingan bo'lib, «para» - yonida, atrofida, yonma-yon ma'nolarida, «peri» - haqida, to'g'risida, xususida ma'nolarida qo'llaniladi. O'zbek tilida perifraza atamasini qo'llashni mantiqan to'g'ri deb hisoblaymiz. Umumfilologiyada yagona nom bilan atalishi xususida H.Shamsiddinov ham o'z mulohazalarida nufuzli lug'atlar sharhiga asoslangan holda perifraza atamasini qo'llashni ma'qul deb topadi. Ilmiy adabiyotlarda bu hodisaga turlicha ta'riflar berilganki, bu perifrazaning ko'p aspektli, o'zgaruvchan tabiatli ekanligidan darak beradi. Bundan tashqari, bu atamaning xorijiy lug'atlardagi turlicha talqini, ularning farqli va o'xshash jihatlari xususida ham bahs olib borilgan.. Perifraza, aslida, grekcha so'z bo'lib (paraphrasis), u lingvistikada, jumladan, o'zbek tilshunosligida «tasviriy ifoda» ma'nosida qo'llanilmoqda. Qayd etish kerakki, tadqiq etilayotgan hodisaning tasnifi o'zbek tilshunoslari e'tiboridan ham chetda qolmagan. O'rganilgan manbalarga xronologik tarzda murojaat qilamiz: Leksikograf O.S.Axmanova tahriri ostida nashr qilingan lingvistik qomusiy lug'atda perifrazaga «biror so'zni (ba'zi predmetlarning so'zlar orqali oddiy ifodalanishini) tasviriy ifoda bilan almashtirishdan iborat bo'lgan ko'chim» degan izoh keltirilgan. O'zbek tilshunosligida ko'chim turi sifatida perifrazani o'quv qo'llanmalariga olib kirgan tilshunos olim R.Qo'ng'urov 1983 yilda nashr etilgan «O'zbek tili stilistikasi» qo'llanmasida: «...kishilarning otlarini yoki boshqa predmetlarning nomini to'g'ridan-to'g'ri gapirmasdan, ularni turli xil so'z yoki tasviriy iboralar vositasida bayon qilish perifraz deyiladi. Bu termin perifraza, parafraz, parafraza deb ham yuritiladi», deb ta'riflaydi .3 A.Hojievning «Lingvistik terminlarning izohli lug'ati»da peirfrazalarga quyidagicha izoh berilgan: «Narsa, hodisani o'z nomi bilan emas, tasviriy usul bilan ma'lum kontekst, situatsiyadagi xarakterli belgi-xususiyati orqali ifodalaydigan stilistik priyom. Masalan, dala malikasi, (makkajo'xori)» 4 O'zbek tili va tilshunosligi ilmida perifraza to'g'risidagi ilmiy ma'lumotlar, asosan, M.Mirtojievning tadqiqotlarida kengroq o'rganilganligi bilan ko'zga tashlanadi. Olimning ta'kidicha: «Perifrazalar ma'lum bo'lagi yoki bo'laklari ko'chma ma'noda bo'lib, ular ma'nosi sintezidan tashkil topgan, bir tushunchani bildiruvchi lug'aviy birlikdir. ... Perifraza holida maqom olgan birikmada, garchi semantik qayta bo'linish kechgan bo'lsa ham, unda sintaktik qayta bo'linish kuzatilmaydi» 5 __________________________________ 3. Кунгуров Р. Узбек тили стилистикаси. - Тошкент: Укдтувчи, 1983. - Б. 148. (Qo'ng'urov R. Ozbek tili stilistikasi. - Toshkent: Oqituvchi, 1983. - B. 148.) 4. Хожиев А. Лингвистик терминларнинг изохли лугати. - Тошкент: Укдтувчи, 1985. - Б. 267. (Hojiyev A. Lingvistik terminlarning izohli lug'ati. -Toshkent: Oqituvchi, 1985. - 267 b.) 5. Миртожиев М.М. Узбек тили лексикологияси ва лексикографияси. -Тошкент: Фан, 2000. - Б. 42. (Mirtojiyev M.M. Ozbek tili leksikologiyasi va leksikografiyasi. - Toshkent: Fan, 2000. - B. 42.) O'zbek tilshunosligida perifrazaga bag'ishlangan ilk va jiddiy maqolasida H.Shamsiddinov tomonidan e'lon qilingan. Maqola muallifi o'zak masala -perifrazaning frazeologizm bilan umumiy va xususiy jihatlari haqida fikr yuritgan o'rinlarda perifrazaning predmet-hodisani qayta nomlash, frazeologizmning esaa belgini, holatni va harakatni qayta nomlashini dalillaydi hamda perifraza ham frazeologizmlar kabi til fakti sifatida tan olinishi lozimligini uqtiradi .6 .Shuni qayd etish joizki, tilshunoslar orasida perifrazalarni frazeologik ibora tarzida talqin etuvchilar ham uchraydi. Jumladan, professor A.N.Kojin «golubo ekran» (bu o'zbek tiliga «zangori ekran» tarzida tarjima qilingan va aholi nutqida keng ommalashgan) perifrazasini frazeologik ibora sifatida tahlil qiladi . I.E.Umirov «O'zbek tili perifrazalari» mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasida o'zbek tili perifrazalarini ilk marta monografik planda ilmiy-nazariy jihatdan atroflicha o'rgandi 7 . Tadqiqotda perifrazalarga, asosan, nutqiy hodisa sifatida yondashildi va perifrazalarning quyidagi turlarga bo’lindi: a) hosil bo'lish usuliga ko'ra: leksik perifraza, frazeologik perifraza, sintaktik perifraza, logik perifraza, sof va kontekstual perifraza; b) semantikasiga ko'ra: mualliflik ma'nosini ataydigan perifraza, kasb-kordagi mahoratni anglatadigan perifraza, shaxsning jamiyatda tutgan o'rnini anglatadigan perifraza, ijodkor asaridagi biror g'oya va mavzuni bildiradigan perifraza, san'at namoyandalari yaratgan o'lmas obrazlarni bildiradigan perifraza, muassasa va muayyan joylarni anglatadigan perifraza, suyuqlik va texnika ____________________________ 6. Шамсиддинов X,. Перифраза хусусида айрим мулохазалар // Узбек тили ва адабиёти. 1993, № 4. - Б. 29-35. (Shamsiddinov H. Perifraza xususida ayrim mulohazalar // Ozbek tili va adabiyoti. 1993, № 4. - B. 29-35.) 7. Умиров И. Узбек тили перифразалари. Филол.фан. номз. дисс. автореф. -Тошкент, 1996. - 23 б. (Umirov I. Ozbek tili perifrazalari. Filol.fan. nomz. diss. avtoref. - Toshkent, 1996. - 23 b.) predmetlarini anglatadigan perifraza, tabiat hodisalari va o'simliklarni anglatadigan perifraza, jonivor nomlarini anglatadigan perifraza, shaharlarni ifodalaydigan perifraza. Olim o'zi ajratgan turlarning tabiati, mohiyatini ochib berishga harakat qilgan. shuningdek, perifrazalarning kasb-hunar leksikasi, evfemizm, frazeologizm, sinonim, epitet, metafora (badiiy metafora), metonimiya, sinekdoxa, funksional ko'chish kabi lisoniy hodisalarga munosabati ham I.Umirovning mazkur tadqiqotida batafsil yoritilgan. Yozuvchi asarlarida perifraza va metonimiyadan foydalanish ham farqlanadi. Perifraza qayta nomlanish jihatidan metonimiyaga ham o‘xshab ketadi, ayni paytda undan keskin farq qiladi. Chunki bu tushunchalarda nomlanishning mohiyati turlichadir. Chunonchi, metonimiyadagi nomlash bir predmetdan ikkinchisiga to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘tsa, perifrazada qayta nom (tasviriy nom) xosil qilinadi. Masalan: "- Qani dasturxonga marhamat! - Ana umivalnik - O‘ktam o‘ylanib, qo‘shimcha qildi, - agar yo‘lda chang bo‘ldik desangizlar, tepada dush bor" ("So‘nggi bekat") 8. "- Bo‘laveradi, - dedi va ayoliga qarab qo‘ydi. - Bunaqa odamlar bilan ichsang, maza qilasan!" Munira tabassum qildi" ("So‘nggi bekat"). Ushbu matnlar orqali perifraza va metonimiya orasidagi farqli tomonlarni ko‘rib o‘tish mumkin. Birinchi matnda dasturxonga marhamat birikmasi metonimik hodisa bo‘lib, dasturxon emas, balki dasturxondagi noz-ne’matlar nazarda tutilgan, ya’ni ma’no bir predmetdan ikkinchisiga ko‘chirilgan. Ikkinchi matnda qo‘llanilgan tabassum qilmoq birikmasi orqali esa kulmoq so‘zining ma’nosi kelib chiqqan, bunda qayta nomlash yuzaga kelgan. Demak, bu ko‘rinishlar perifraza va metonimiyaning o‘zga tushunchalar ekanligini anglatadi. __________________________________ 8. Russkiy yazik: ensiklopediya. -M; Sovetskaya ensiklopediya, 1979. - B.203. Ta’kidlash joizki,metaforada ko‘chgan ma’no predmetning doimiy nomiga aylanishi mumkin. Masalan: Tulki - xayvon, tulki odam (tulkining ayyorligi odamga ko‘chirilgan), Ilon - zaharli sudralib yuruvchi ma’nosida ilonning zahar sochishi odamga nisbatan ko‘chirilgan, ilon odam va boshqalar. Perifrazada esa predmetlarning tasviriy vositasi yuzaga keladi. Yozuvchi asarlari tiliga xos bo‘lgan ayrim matnlar orqali ham ushbu xolatni ko‘zdan kechiraylik:9 "Qurbon o‘zini Olimjon aka oldida qandaydir oqlash, hazratdan yanada uzoqlashishi uchun: - U kishi bizga eng katta dushman! - dedi. Va ushbu hikoyani aytib berdi" ("Qil ko‘prik", )10 "Nafsambiri, otasi unga yomonlikni ravo ko‘rmaydi. Axir mexribon volidasidan ajratib olib ketar ekan, demak, u yer, bu yerdan yaxshiroq bo‘lishi kerak o‘sha joy!..." ("Qil ko‘prik"). Keltirilgan matnlarda oqlash va volidasi so‘zlari berilgan bo‘lib, birinchisi metaforik ko‘chim orqali xosil bo‘lgan, ya’ni bu so‘z ma’nosida oqlamoq, so‘zining yangi ma’noga o‘tishi (biror narsani oqlashi yoki uyni oqlash emas) balki o‘zini yaxshi ko‘rsatmoq ma’nosi anglashilgan, volidasi perifrastik so‘zi kishining onasi ma’nosini ifodalash maqsadida qo‘llanilgan. Shu kabi ko‘rinishlar perifraza va metafora o‘rtasidagi yaqinlik va farqli tomonlarni ajratib ko‘rsatadmov I.A. O‘zbekistan buyuk kelajak sarn - Toshkent: O‘zbekiston, Perifraza komponentlaridagi so‘zlardan biri ko‘chma ma’noda qo‘llanilsa, ularni metaforik perifraza deb nomlash o‘rinli bo‘ladi.Masalan : kumush tola ; qora oltin; yaylov bahodirlar. Metafora muayyan narsa, belgi, harakat nomini boshqasiga o'xshashlik asosida ko'chirish hodisasidir. Bunda bir predmetga nom berishda asos bo'lgan belgi ikkinchi bir predmetda ham mavjud bo'ladi. Bunday ma'no ko'chishi tibbiy __________________________ 9.Hojiyev A. Lingvistik terminlar izohli lug‘ati. - Toshkent, 1985. - B, 267; 10. Shamsiddinov X- Perifraza xususida ayrim mulochazalar // O‘zbek tili va adabiyoti. - 1993. -№4. B. 29-35. perifrazalarda ham kuzatiladi: Oshqovoq – sariq oltin. Salomatlik va yoshlik ramzi –zaytun (Mehrigiyo reklamasi matnidan). Bugungi kunda viruslarga qarshi vaksina yordamida organizmda immunitet hosil qilishdan ortiq o‟tkir, ishonchli qurol yo‘q. (―Fan va turmush). ―O‘zbek tilining izohli lug‘atida berilgan ta‘rifga ko‘ra, Vaksina lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, vaccinus- sigirga oid ma‘nosini bildiradi. Vaksina yuqumli kasalliklarning oldini olish va davolash uchun ishlatiladigan emdori; emlashda ishlatiladigan doridir. Yuqoridagi misolda uning organizmda immunitet hosil qilishdagi xizmati e‘tirof etilgan va immunitet hosil qilishda o‘tkir qurol, immunitet hosil qilishda ishonchli qurol degan metafora usulida perifraza hosil qilingan 11. Ko‘p yeyish kasallik moyasidir (Fariduddin Attor). Farididdin Attor ko‘p yeyishni kasallik moyasiga qiyoslagan. Ko‘p yegan odam kasallik bilan boj to‘laydi, ko‘p yeyishlikning to‘lovi kasallikdir, degan ma‘nolar o‘z ifodasini topgan va inson sog‘lig‘i haqidagi fikr ta‘sirchanligi shu perifraza orqali o‘quvchiga yetkazilgan. Shuni alohida qayd etish kerakki, tibbiy perifrazalarning metafora asosida vujudga kelishida shakl o'xshashligi emas, balki rang, muayyan belgi-xususiyat o'xshashligi yetakchi o'rin egallaydi. Badiiy nutqda metaforik yo’l bilan hosil qilingan misollarga yana shuni keltirish mumkinki: Shunda alomat hodisa yuz berdi :shu bilan muhtaram ustod menga go’yo muborak ko’zoynaklarini berdilar: ,, Mana buni taqib , o’z xalqingning o’tmishiga nazar sol’’ ,- dedilar. ( A.Qahhor). Ey, qalam tebratuvchi aziz qadrdonim, Buxoroyi sharifda mundog’ beparhezlar hukmdorlikka minib sizningdek ahli ilmlarga ozor bergan bo’lsalar , ularning ham jazolarini berguvchi qahhor zuljalol egam bordir (A.Qodiriy ,,Kichik asarlar’’ ). Misollarni kuzatsk, ularda predmet va voqea – hodisa to’g’ridan – to’g’ri ko’rsatilmadan metaforik ravishda boshqacha izohlanadi. Birinchi gapda muhtaram ustod birikmasi orqali A.Qahhor A.P.Chexov haqida gapirayotganini sezishimiz mumkin. Ikkinchi gapda qalam tebratuvchi aziz qadrdonim birikmasi orqali shoir ,yozuvchi , olim tushuniladi.Ko’pincha biz badiiy asarlarda H.Olimjon deyish o’rniga baxt kuychisi , Oybek- ,,Navoiy’’ muallifi, Samarqand- qadimgi Sug’diyonaning markazi kabi jumlalarni uchratamiz.Bunday vaqtlarda misolimida keltirilgan gaplarning ikkinchisini o’qish bilan ko’z oldimizga darrov birinvhisi gavdalanadi. Yuqoridagi misollardan faqat atoqli otlar ta’rifiy ibora yoki so’zlar bilan almashtirilar ekan degan xulosaga kelish to’g’ri bo’lmaydi. Chunkipoetik nurqda turdosh otlarning ham boshqa so’z yoki iboralar bilan almashtirish hollari mavjud. Badiiy nutqda perifraza ko’proq metaforik yoki metonimik xarakterga ega bo’ladi. Yoshlik – umrning bahori, yo’lbars- havonot dunyosining podshosi, tuya- ahro kemasi sifatida almashtirish poetic perifrazaning ko’rinishlaridandir. Perifrazaning ba’zilari kishi tasavurida konkret tushuncha hosil qiladi ( masalan, ro’yi zamin sayqali deganda Samarqand tushuniladi. O’zbek adabiy tilining soschisi deganda hech ikkilanmasdan Navoiyni tushunamiz). Download 118.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling